Marketing tizimi haqida tushuncha.
Marketing tizimi - bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o‘zida to‘rtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, taqsimot (sotish, o‘tkazish, narxlarni) birlashtiradi.
Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, o‘lchovning holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni to‘xtatish paytini aniqlab olish kerak.
Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub’ektlar yig‘indisidan iboratdir. Marketing tizimi o‘z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi:
ta’minotchilar
raqobatchilar
vositachilar
iste’molchilar (bozor)
firma (kompaniya)
Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq o‘rab turgan muhit ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi.
Ta’minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yig‘indisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi.
Raqobatchilar – istak bo‘yicha, safdosh tovar bo‘yicha, tovar turi bo‘yicha, tovar markasi bo‘yicha turkumlanadi.
Marketing bo‘yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga yetkazish, sotish, aloqa o‘rnatish bo‘yicha yordam ko‘rsatuvchilardir.
Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga bo‘linadi.
Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir.
Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va okim holatlarini transportirovka qilish bilan shug‘ullanish.
Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi.
Iste’molchilar – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potensial guruxi bo‘lib, ular bozorda mavjud bo‘lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor.
Iste’molchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchini xulk-atvorini o‘rganish, uni ehtiyojini firma mahsulotiga bo‘lgan munosabatini o‘rganish, tahlil qilishdan iborat.
Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir o‘tkazib, dialektik bog‘liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab bo‘ladi.
Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning o‘zaro aloqasidir.
Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g‘oyasi serqirradir. Uning tarkibi yoki faoliyat sohalarida:
- ishlab chiqarish vositalari marketingi;
- iste’mol tovarlari marketingi;
- xizmat ko‘rsatish marketingi kabi turlarini ko‘rsatish mumkin.
Buning har birining faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib qoladi, ammo bu yo‘nalishlarning har biri o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi.
Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish talablarini hisobga olishga asoslanadi. Shu sababli maqsadga muvofiqlik maqbullik qat’iy uyg‘unlik eng birinchi o‘rinda turadi.
Iste’mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega bo‘lgan iste’molchilarning keng doiralari bilan bog‘liq.
Bu sohada iste’molchi fe’l atvorining tub moxiyatini o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Xususan iste’molchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni uyushtirish, bularning barchasi iste’mol tovarlari bozorida marketing faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, do‘konlarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyillari iste’mol tovarlari marketingi samarasi.
Iste’mol tovarlari xizmati marketingi ishlab chiqaruvchi bilan iste’mol o‘rtasida bevosita aloqaning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xizmatlarning ko‘pchilik qismi kompleks harakterga ega. Masalan, mehmonxonalar, jamoat ovqat joylari, ekskursion xizmat, yodgorlik mollari sotish va hakozolar paydo bo‘lishi yalpi turistik mahsulot tushunchasi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu sababli ko‘rsatish sohasida marketing juda katta yo‘nalishga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |