4-rasm. So’rov shakllari
2-jadval
So’rov shakllari ayrim jihatlarining taqqoslanishi
№
|
Omillar
|
Uyda so’rov
|
Savdo zalida
|
Pochta so’rovi
|
Pochta paneli
|
Yelektron pochta
|
Internet orqali
|
1
|
So’rovning egiluvchanligi
|
yuqori
|
yuqori
|
past
|
past
|
Past
|
sezilar-siz
|
|
Savolning xilma-xilligi
|
yuqori
|
yuqori
|
sezilar-siz
|
sezilar-siz
|
sezilar-siz
|
sezilar-siz
|
|
Anonimlik
|
sezilar-siz
|
past
|
past
|
yuqori
|
sezilar-siz
|
Yuqori
|
|
So’rov vaqti
|
sezilar-siz
|
sezilar-siz
|
-
|
-
|
Yuqori
|
Yuqori
|
|
Sarflanadigan xarajatlar
|
sezilar-siz
|
yuqori
|
yuqori
|
sezilar-siz
|
Past
|
Past
|
|
Ma’lumotlarning buzilishi
|
sezilarsiz
|
yuqori
|
yuqori
|
past
|
-
|
-
|
|
Zarur ma’lumot olish
|
yuqori
|
past
|
yuqori
|
-
|
Sezilarsiz
|
Yuqori
|
So’rovlarni o’tkazishda so’rov varaqalarini ishlab chiqish eng qiyin va mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. So’rov varaqalaridagi savollarni tuzishda savollarning axborotning eng muhim jihatlarini aks ettirishiga, savollarda ularga javob berishning prinsipial imkoniyati bo’lishligiga, savollarning shakli so’raluvchilarda javob bermaslik ishtiyoqini uyg’otmaslikka, savollarning mazmuni so’raluvchilarning tayyorgarligi, ma’lumoti, bilimlarining hajmiga mos kelishiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Pochta orqali savol-javob o’tkazish esa axborotni olishning nisbatan arzon usuli hisoblanadi. Bu usul bilan axborot olishning kamchiligi shundan iboratki, birinchidan, yuborilgan anketalarning qaytarilish darajasi juda past bo’lsa (taxminan 10-15 %), ikkinchidan, anketa javoblarini olish ko’p vaqt talab etadi.
So’rov o’tkazishning eng tezkor va arzon usullaridan yana biri yuqorida qayd etib o’tganimizdek, telefon orqali intervyular olish hisoblanadi. Bu usulning qulayligi shundaki, berilgan savollarga 80-90 foiz javob olish mumkin bo’ladi. Bu usulning kamchiligi esa, savollar sonining boshqa usullardagiga nisbatan cheklanganligidir.
Shunday qilib, marketing tadqiqotlari davomida olingan axborotlar matematik-statistik yo’l bilan tahlil qilinib, xulosalar shakllanadi va shu asosda manfaatdor shaxslarga tavsiyalar beriladi.
Anketa so’rovlarining yakuniy bosqichi bo’lib so’rov natijalari bo’yicha hisobotni tuzish va takliflarni ishlab chiqish hisoblanadi. Odatda, hisobot uch bo’limdan tashkil topgan bo’ladi: kirish, so’rov natijalari, xulosalar va takliflar.
Nazorat savollari.
Marketing axboroti nima?
Birlamchi axborot nimasi bilan ikkilamchi axborotdan farq qiladi?
Marketing axboroti tizimiga ta’rif bering.
Korxonalar uchun axborot qanday ahamiyatga ega.
4-MA’RUZA: MARKETING TIZIMI VA SOHASI (2-soat)
Reja:
1. Marketing tizimi haqida tushuncha
2. Marketing turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |