Iqtisod va turizm



Download 8,61 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi8,61 Kb.
#817123
Bog'liq
Document


Mustaqil ish
Buxoro Davlat Universiteti “Iqtisod va turizm” fakulteti Mexmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish
9-1 MEXS 21 guruh talabasi
Bajardi: _____________
Tekshirdi: ______________
Buxoro 2022

MAVZU : Huquq tartibot organlari va sud tizimini o’rganishlar


Mamlakatimizda inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish va fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni kamaytirish bo‘yicha izchil islohotlar olib borilmoqda.


Shu bilan birga, hududlarda huquq ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining ijrosini tashkil etish holatini o‘rganish, baholash va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish lozim.


Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hududlarda huquq ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash borasidagi mas’uliyatini kuchaytirish, tegishli xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yanada yaxshilash maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:


1. Oliy Majlis Senati, Adliya vazirligi va Oliy sudning respublika hududlarida huquq ustuvorligining ta’minlanganlik holatini reyting asosida baholovchi Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini (keyingi o‘rinlarda — Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi) joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Bunda, Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar va o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlar natijalari asosida aniqlanadi:
qonun hujjatlariga rioya qilinishi;
fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi;
odil sudlov va sud qarorlarining ijro etilishi;
huquq-tartibot o‘rnatilganligi va xavfsizlikning ta’minlanganligi;
mahalliy ijro organlari faoliyatining samarali nazorat qilinishi;
korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligi;
hokimiyat institutlarining shaffofligi.
2. Quyidagilar:

Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aks ettiruvchi indikatorlar 1-ilovaga muvofiq;


Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin
.
3. Belgilansinki, Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash “Huquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — Tizim) orqali quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan Tizimga tegishli statistik ma’lumotlar har yili 1-fevralga qadar kiritib boriladi;
b) Adliya vazirligi tomonidan:
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi hamda tegishli mezonlar bo‘yicha vakolatli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Tizim orqali aholi va soha mutaxassislari o‘rtasida huquq ustuvorligi ta’minlanganlik holatiga oid ijtimoiy so‘rovlar har yili 1-martga qadar o‘tkaziladi;

Tizimga kiritilgan ma’lumotlar umumlashtirilgan holda o‘tgan hisobot yili uchun Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi har yili 1-mayga qadar tuziladi;


Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi natijalari bo‘yicha axborot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashiga har yili 15-mayga qadar kiritib boriladi hamda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinishi ta’minlanadi;
v) Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi natijalari bo‘yicha axborot Oliy Majlis palatalari, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi, Oliy Majlis Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari majlislarida har yili 15-iyunga qadar muhokama qilib boriladi.

Adliya vazirligiga Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash doirasida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish uchun autsorsing asosida boshqa tashkilotlarning xizmatlaridan belgilangan tartibda foydalanish huquqi berilsin.


4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:


Adliya vazirligi Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlashda ishtirok etuvchi mas’ul idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda Tizim operatori vazifasini bajaradi;

Adliya vazirligi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan birgalikda Hududlarning huquq ustuvorligi indeksida past natijalarga ega bo‘lgan subyektlarni aniqlaydi, tegishli indikatorlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni tahlil qiladi va ularning sabablarini o‘rganadi;


davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirish choralarini ko‘radi.


Tizimni ishlab chiqish, ishga tushirish, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash hamda uning funksional imkoniyatlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish Adliya vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armalari va xalqaro tashkilotlarning grant mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) Oliy sud (K.F. Kamilov), “Ijtimoiy fikr” markazi (N.H. Rahimova) hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:



  1. ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash bo‘yicha aholi va soha mutaxassislari o‘rtasida Tizim orqali o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish dasturi va baholash mezonlarini hisoblash metodologiyasi tasdiqlanishini ta’minlasin;


b) 2021-yil 1-mayga qadar Tizimning ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini ta’minlasin;
v) mas’ul idora va tashkilotlar bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar 2020-yil uchun Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash ishlarini yakunlasin va natijalarini e’lon qilsin;
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oliy Majlis palatalariga Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash jarayonidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritib borsin.

6. Oliy sud (K.F. Kamilov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) hamda boshqa mas’ul idora va tashkilotlar rahbarlari:


Tizimga ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishiga, shuningdek statistik ma’lumotlarning haqqoniyligiga;
Adliya vazirligining murojaatiga asosan so‘rovlarda ishtirok etuvchi potensial respondentlarni jalb qilish hamda tegishli ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishida amaliy yordam ko‘rsatishga shaxsan javobgar hisoblanadi.

7. Oliy sud (K.F. Kamilov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) hamda boshqa mas’ul idora va tashkilotlar ikki oy muddatda o‘zlarining idoraviy statistik hisobotlarining tizimga kiritiladigan statistik ma’lumotlar bilan moslashtirilishini va yangilangan hisobot shakllarining 2020-yil yakunlari bo‘yicha ham shakllantirilishini ta’minlasin.


8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi PQ-4210-son qarori ilovasining 5-pozitsiyasi “Mas’ul tadqiqot institutlari” ustunidagi “Toshkent davlat yuridik universiteti” so‘zlari “Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.


9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri R.Q. Davletov belgilansin.


Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.


Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-avgustga qadar axborot berilsin.
Download 8,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish