2. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar: Oldingi tahrirga qarang



Download 27,19 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi27,19 Kb.
#784662



[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Maktabgacha ta’lim]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Hududlarda maktabgacha ta’lim xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, 3 — 7 yoshli bolalarga ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda sohada nodavlat sektorining ulushini oshirish maqsadida:
1. 2021-2022-yillarda maktabgacha ta’lim xizmatlarini kengaytirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligiga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 100 million AQSh dollari miqdorida mablag‘lar ajratilsin.
2. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar:
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligiga foizsiz 2026-yilda qaytarish sharti bilan ajratiladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi PQ-5272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 07/21/5272/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ajratilayotgan mablag‘larni qaytarish O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi PQ-5272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 07/21/5272/1010-son)
3. Moliya vaziri T. Ishmetov boshchiligida Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni odillik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash va moliyalashtirish;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish va jihozlash bo‘yicha manzilli dasturlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish maqsadlariga ajratilayotgan markazlashgan mablag‘lardan manzilli va samarali foydalanishini ta’minlash, sohada amalga oshirilayotgan loyihalarni doimiy tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
maktabgacha ta’lim xizmatlarini kengaytirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyalashtirishda korrupsiya holatlariga, ortiqcha sarsongarchilik va qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘ymaslik.
4. Komissiya (T. Ishmetov) mazkur qarorga muvofiq belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborotni har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-may,
PQ-5125-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-maydagi PQ-5125-son qaroriga
ILOVA
Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha komissiya
TARKIBI

1.

T.A. Ishmetov



moliya vaziri, Komissiya raisi

2.

A.V. Shin



maktabgacha ta’lim vaziri, Komissiya raisining o‘rinbosari

3.

B.O. Onorboyev



Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri

4.

A.M. Boboyev



iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari

5.

N.B. Xusanov



bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

6.

B.I. Zokirov



qurilish vaziri

7.

A.A. Kamalov



Markaziy bank raisining o‘rinbosari

8.

Lavozimi bo‘yicha



Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, viloyatlar hokimlarining birinchi o‘rinbosari

9.

A.B. Eshchanov



Moliya vazirligi departament direktori, Komissiya mas’ul kotibi

Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.


(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2021-y., 07/21/5125/0503-son, 02.11.2021-y., 07/21/5272/1010-son)

Download 27,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish