16-Mavzu. Mehnat munosabatlari
16.1. Mehnat munosabatlarining mohiyati va ulaming turlari
16.2. Tadbirkorlik faoliyatida mehnat munosabatlari
16.3. Innovatsion tadbirkorlik - mehnat munosabatlarining zamonaviy shakli
16.4. Har bir oila - tadbirkor
16.5. Pensiya ta’minoti: uning modellari va xususiyatlari
16.6. Majburiy mehnatga barham berish
16.1. Mehnat munosabatlarning mohiyati va
ularning turlari
Mehnat munosabatlari - xodim va ish beruvchi o‘rtasida ish beruvchi zarur mehnat sharoitlarini yaratib bergan holda haq todanishi hisobiga xodim tomonidan shaxsan mehnat funksiyasini (shtat ro‘yxatiga muvofiq, kasbi, ixtisosligi bo‘yicha topshiriladigan aniq ishni) bajarish yuzasidan kelishuv natijasida paydo boiadigan munosabatlardir. Mehnat munosabatlarining subʻyektlari - xodim va ish bernvchi hisoblanadi. Mehnat munosabatlari ijtimoiy xususiyat kasb etganida, ushbu subʻyektlar qatoriga davlat ham qo‘shiladi.
Xodim va ish beruvchi o‘rtasida qonuniy mehnat munosabatlari faqat ushbu munosabatlar amaldagi mehnat qonunchiligi tomonidan tartibga solinadigan mehnat shartnomasi asosida rasmiylashtirilganda paydo bo‘la.d\. Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o'rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.
Mehnat shartnomasida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv bilan quyidagilar belgilab qo‘yiladi:
ish joyi (korxona yoki uning bo‘linmasi);
xodimning mehnat vazifasi - mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan lavozim;
ishning boshlanish kuni;
mehnat shartnomasi muayyan muddatda amal qilishi;
mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari.
Mehnat shartnomalari:
nomuayyan muddatga;
besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga;
muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan, deb hisoblanadi. Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga, shuningdek, muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab qayta tuzilishi mumkin emas.
Mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi mumkin:
- xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish;
-xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishningmaqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi.
Dastlabki sinovni o‘tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan boiishi lozim. Bunday shartlashuv boimagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan, deb hisoblanadi.
Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketmasligi kerak.
Homilador ayollar, uch yoshga toimagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar, o‘rta maxsus, kasb-hunar taiimi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli taiim muassasasini tamomlagan kundan e'tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda, shuningdek xodimlar bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.
Ayrim holatlarda bunday mehnat munosabatlarining huquqiy asoslari birmuncha murakkabroq xususiyatga ega bo‘Iadi (lavozim yoki xizmat vazifasiga saylanish yoki tayinlanish, bo‘sh ish joyiga tanlov asosida ishga qabul qilish, tuzilgan mehnat shartnomasi yuzasidan sud qarorining chiqarilishi va hokazolar).
Masalan, davlat organlaridagi saylab qo‘yiIadigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga saylab qo‘yiladigan lavozimdagi vakolatlari tugagandan keyin awalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmasa, awalgisiga teng ish (lavozim) beriladi.
Shubilanbirgaharbiyxizmatga chaqirilgan (o‘tgan)xodimzaxiragabo‘shatilgan yoki iste'foga chiqqanidan keyin, basharti, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shinlaridan bo‘shatilgan kunidan boshlab uzog‘i bilan uch oy ichida ishga joylashish masalasida ish beruvchiga murojaat etgan bo‘lsa, awalgi ish joyida ishga joylashish huquqiga egadir.
Mehnat munosabatlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
birinchidan, mehnat munosabatlarning subʻyekti - xodim, ya’ni mehnat funksiyasini bajaruvchi korxona (tashkilot) jamoasiga qo‘shiIadi. Bunday qo‘shilish ishga doimiy, vaqtinchalik yoki mavsumiy qabul qilinishi tarzida bo‘lishi mumkin. Har qanday xolatda eng asosiysi - xodimning birgalikdagi mehnat faoliyatida ishtirok etishidir;
ikkinchidan, mehnat munosabatlarining mazmuni xodim tomonidan muayyan mehnat funksiyasi bajarilishini nazarda tutadi. Mehnat funksiyasi, odatda, xodimning kasbi, ixtisosligi, malakasiga ko‘ra muayyan ishni, vazifani bajarishdan iborat bo‘ladi. Biroq zarurat tug‘ilganda xodim zimmasiga doimiy yoki vaqtincha boshqa mehnat funksiyalarini bajarish yuklanishi mumkin;
uchinchidan, mehnat funksiyasi ma’lum ish tartibi sharoitlarida bajariladi. Xodimning mehnatni tashkil etish talablariga bo‘ysunishi - mehnat munosabat- larining zarur unsuridir. Mehnat hamisha maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Shuning uchun mehnat munosabatlari bu o‘rinda jamiyat iqtisodiy asosini tashkil etadigan moddiy munosabatlarning ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi.
Mehnat munosabatlarida mehnat shartlari tushunchasi ham mavjud. Mehnat shartlari deganda, mehnat jarayonidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari tushuniladi (17.1 -rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |