AQShda ayrim «biznes-malak»larning innovatsion tadbirkorlikkka
investitsiyalaridan o‘ta yuqori foyda olishi10 11
Kompaniyalar
|
«Biznes-malak»lar
|
Kiritilgan investitsiya miqdori, ming AQSh doll.
|
Olingan foyda miq- dori, ming AQSh doll.
|
Apple Computer
|
Nike Markkula
|
91,0
|
154 000,0
|
Amazon.com
|
Thomas Alberd
|
100,0
|
26 000,0
|
Blue Rhino
|
AndrewFillpowsk
|
500,0
|
24 000,0
|
Lifemiuders.com
|
Frans Kok
|
100,0
|
3 000,0
|
Body Shop
|
Ian McGlinn
|
4 000 funt
|
42 000 000 funt
|
Stiven Blankning «Barq urish sari to‘rt qadam» kitobida startapni muvaffaqiyatli kompaniyaga aylantirish uchun bosib o‘tilishi kerak bo‘lgan quyidagi to‘rt bosqich asoslab berilgan:
«lste 'molchilarni aniqlash». Bu bosqichda startap nazarda tutilgan mahsuloti uchun iste’molchilarni aniqlash farazini tuzadi.
«Iste 'molchilarni aniqlash»farazini tekshirish». Bubosqich farazni tekshirish hamda soʻluvni, marketing strategiyasini rejalashtirish, kompaniya tarafdorlarini izlashni qamrab oladi. Mazkur masalalarda muvaffaqiyatsizlikka uchralsa, «Iste’molchilami aniqlash» bosqichiga qaytiladi.
«lste 'molchUarni jalb qilish». Bu bosqichga kompaniya mahsuloti foydaligi tasdiqlangandan keyingina o‘tiladi. Bunda startap mahsulotlarini soʻlish boshlanadi va marketingga investitsiyalar kiritiladi.
«Kompaniyani yaratish». Bu - startapning pirovard maqsadidir. Ana shu bosqichda kompaniya tarkibi shakllantiriladi va bundan keyingi rivojlanish strategiyasi belgilanadi.
Innovatsion tadbirkorlikning ilk o 3/sh (ingl. «early growh») bosqichiga kompaniya mahsulotlari sinab ko‘rilishi va bozorda soʻlilishi muvaffaqiyatli boigandagina qadam qo‘yiladi. Ushbu davrda kompaniya olayotgan foyda u qadar salmoqli boimaydi, ammo uning kelajagi investorlarda shubhalanishga o‘rin qoldirmasligi shart.
Kompaniyaning kengayish va barqaror rivojlanish bosqichida pirovard mahsulotning samaradorligi aniq boiadi, investorlarda innovatsion g‘oyaning samarali ekanligiga shubha qolmaydi va katta foyda olinishiga ishonch tugiladi. Natijada, venchur kompaniyasi yangi biznes tuzilmasini kengaytirish, innovatsion mahsulot ishlab chiqarish koiamlarini oshirish choralarini ko‘radi.
16.4. Har bir oila - tadbirkor
Aholini mustaqil ish bilan bandligini ta’minlashning eng samarali shakllaridan biri - oilaviy tadbirkorlikdir. Oilaviy tadbirkorlikning afzalliklari ko‘p (17.5-rasm).
Eng awalo, u ijtimoiy-mehnat munosabatlarida shaxsning maqomini oshirishga - yollanma xodim yoki ish beruvchi bo‘lishni erkin tanlashiga xizmat qiladi. Biznes yuritishning ushbu shakli oilada farzandlar tarbiyasini ijtimoiy foydali mehnat bilan birga qo‘shib olib borish imkoniyatini yaratadi. Buning natijasida tadbirkorlik sulolasi an'analari avloddan-avlodga o‘tadi, kasb-hunarga o‘rgatishning «ustoz-shogird» usuli muvalfaqiyatli qo‘llaniladi.
16.5-rasm. Oilaviv tadbirkorlikning afzalliklari
Oilaviy tadbirkorlik subʻyektlari o‘z bizneslarining omadli bo‘lishidan shaxsan manfaatdor. Shu bilan birga ular tadbirkorlar sifatida yuksak ijtimoiy mas’uliyatga ham egalar. Chunki ular o‘z tadbirkorliklari jamiyat tomonidan munosib baholanishini juda qadrlaydi. Oilaviy tadbirkorlik jamiyatda ishbilarmonlik muhitini yaratadi.
Oilaviy tadbirkorlikning yana bir xususiyati - o‘z oila a’zolarini mustaqil ish bilan ta'minlash bilan birga boshqa ish beruvchilar tomonidan to‘liq qamrab olinmagan aholi toifalari - pensionerlar, talaba yoshlar, nogiron bolali ayollar va nogironlami ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilishidir. Shu bilan birga oilaviy tadbirkorlik arzon ish joyi yaratish afzalligi bilan ham ajralib turadi. Ekspertlarning tadqiqoʻllari oilaviy tadbirkorlikdabir ish joyini yaratish katta biznesnikiga nisbatan 10-20 baravar arzonga tushishini ko‘rsatgan.
Oilaviy tadbirkorlik bozorda raqobatni kuchaytirish orqali monopol ishlab chiqaruvchilartomonidantovarlarvaxizmatlarning narx-navolarini ixtiyoriy oshirib yuborishlariga to‘sqinlik qiladi. Oilaviy tadbirkorlik ixchamligi, tejamkorligi, bozoming tez o‘zgarib turadigan konyunkturasiga hozirjavobligi tufayli yirik kompaniyalar bilan raqobatlashishga qodir.
Har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad man- bayiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, eng awalo, olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hudud- larda aholining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi sifati va da- rajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan «Har bir oila - tadbirkor» dasturi amalga oshiriladigan bo‘ldi‘.
«Har bir oila - tadbirkor» dasturi quyidagilami nazarda tutadi:
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;
tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan aholiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish va tegishli faoliyat turini tashkil qilishga amaliy yordam ko‘rsatish;
tadbirkorlik subʻyektlari faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam berish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish;
-kasanachilikvakichikhajmdaishlabchiqamvchisubʻyektlarni(mikrofirmalami) tashkil etish uchun moliyaviy yordam berish orqali aholiga qo‘shimcha daromad ishlab topish imkoniyatini yaratish;
qishloq va mahallalarning ixtisoslashuvini (hunarmandchilik, tikuvchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini yetishtirish, ixcham issiqxonalar tashkil qilish va boshqalar) hisobga olgan holda, mazkur sohada ijobiy natijalarga12
erishgan ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlami mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlagan oilalarga biriktirish - mini-klasterlar tashkil etish (17.6-rasm);
17.6-rasm. Oilaviy tadbirkorlikning mini-klasterlari
joylarda oilaviy tadbirkorlikka ko'rsatiladigan xizmatlar koiamini tubdan kengaytirish, tadbirkor oilalarning ishlab chiqargan mahsulotlari savdosini tashkil qiluvchi bozorinfratuzilmasi obʻyektlari, xizmatko‘rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish;
qishloq va mahallalarda bo‘sh turgan yer maydonlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik subʻyektlarigaberish orqali aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish;
vaqtinchalik moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlab, ular faoliyatini tiklash va qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |