UMUM TA’LIM MAKTABLARIDA METODIK ISHLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
Imomnazarova Oʻgʻiloy Fozilovna
Jizzax Davlat Pedagogika instituti akademik litseyi nazorat inspektori
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktablarda metodik ishlarni tashkil etish va boshqarish uslublari va maktab rahbarlarining kasbiy pedagogik tayyorgarligining boshqaruvda tutgan o’rni haqida so’z yuritiladi.
Klait so’zlar: Maktab, boshqaruv, metodik, qobiliyat, o’quvchi, o’qituvchi, uslub, sifat
Xalq ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga ko‘maklashadi. Bugungi kunda ta’lim muassasasining samarali faoliyati ko‘p jihatdan undagi menejmentning sifatiga bog‘liq. Ta’lim muassasasi rahbarining rahbarlik salohiyati va mahorati mazkur menejmentning sifatini belgilar ekan, ushbu xususiyatlarning o‘zi rahbar kadrning ma’lumoti, bilimi, ko‘nikma va malakasiga asoslanadi.
Ta’lim muassasalari boshqaruv amaliyotining ta’lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida uning bosh sub’ekti bo‘lgan, bo‘layotgan o‘zgarishlarni chuqur mulohaza qila oladigan rahbarlarga bo‘lgan ehtiyoj doimo ortib boradi.
Ta’lim tizimini moderinizatsiyalash umumta’lim maktablari rahbarlarining boshqaruvchilik tafakkuri, psixologiyasi va kompetentligini amalga oshirish bilan bog‘liq. Maktabni boshqarish rahbarlik sifatida qaralsada, asosiy urg‘u ―insoniy o‘zaro munosabatlar muhitiga yo‘naltiriladi, u boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga ta’sir ko‘rsatishi bilan chegaralanmasdan, ― sub’ektiv munosabatlari asosida rahbar va bo‘ysunuvchilarning o‘zaro ta’siri sifatida izohlanadi. Bu munosabatlar maktab rahbarlari kompetentligi mazmuniga insonparvarlik madaniyati, shaxsga gumanitar yo‘nalish, boshqaruv ob’ektlarini tizimli ravishda ko‘ra olish, nostandart vaziyatlarda harakat qila olish qobiliyati, zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini egallash, kommunikativ madaniyat, axborot bilan ishlash malakasini kiritishni taqazo etadi, zamonaviy rahbar o‘zida ham boshqaruvchi, ham rivojlanayotgan maktabni boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan islohotchi lider xususiyatlarini mujassamlashtirish kerak.
Umumiy o‘rta ta’lim maktab rahbarlarining kasbiy pedagogik tayyorgarligi deyilganda, uning ilmiy-nazariy, psixologik, pedagogik, ilmiy, metodik tayyorgarligi, g‘oyaviy, siyosiy va ma’naviy axloqiy etukligi tushuniladi.
Kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning tarkibiy qismlari bir-birini to‘ldiradi, o‘zaro uzviy ravishda shakllanib, rivojlanadi, rahbarning mazkur tarkibiy qismlari bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari pedagogik faoliyatda qo‘llaniladi. Shu sababli, rahbarning ilmiy-metodik tayyorgarligi kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning tarkibiy qismlari ichida asosiy o‘rinni egallaydi.
Maktabni ilmiy-metodik asosda boshqarish – o‘qituvchi va o‘quvchilarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, maktab hayotining barcha jabhalarida o‘qituvchi, o‘quvchilar, oila va jamoat tashkilotlarining ishtirokini ta’minlash hamda ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirgan holda yo‘lga qo‘yish ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillarini amalga oshirishdan iboratdir.
O‘quvchilarning millati, dini, e’tiqodlari, ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy sharoiti va qobiliyatidan qat’iy nazar, o‘quv jarayonida faol ishtirok etishlari uchun ijodiy muhit va imkoniyat yaratish, pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, erkin rivojlanishlarini ta’minlash, ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan ―DTS doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligiga amal qilishni ta’minlaydi.
Respublikamizda amal qilayotgan ta’limning yangi modeli – ta’lim-tarbiya jarayonini tubdan yangilash bilan bir qatorda, ta’lim muassasalari o‘rtasida raqobat muhitini vujudga keltiradi. Bu esa o‘quv muassasalarini rivojlantirishning asosiy omilidir. Shunga ko‘ra, maktab rahbarlari tashabbuskorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, ijodkorlik sifatlariga ega bo‘lishlari kerak. Ular muvaffaqiyatlarni ta’minlovchi vazifalarning qanchalik to‘g‘riligi va o‘z vaqtida ta’lim-tarbiyani tashkil etishda yangi yondashuvning asosiy mohiyati, an’anaviy ta’limda ko‘zda tutilgan natijalarni bermayotgan majburan o‘qitishdan voz kechish va uning o‘rniga:
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim jarayonini samarali tashkil etish;
o‘quvchilarning mustaqil ishlashi va mustaqil faoliyatiga keng yo‘l ochish;
tegishli talablarni jamoa orqali qo‘llashni amalga oshirish muhimdir.
Yangicha pedagogik munosabatlarning vujudga kelishi o‘quvchi shaxsiga tabaqalashgan yondashuv, ya’ni ta’lim jarayonini individuallashtirish tamoyilini ro’yobga chiqarishni talab etadi. Mazkur tamoyillar asosida ta’lim jarayonini tashkil etishda:
o‘rta saviyali o‘quvchiga nisbatan mo‘ljal olishdan voz kechish;
har bir o‘quvchi shaxsining eng yaxshi sifatlarini aniqlash va uni rivojlantirish, ularning qiziqishlari, ehtiyojlari, qobiliyatlari, tanlagan yo‘nalishlari, shaxsiy sifatlari, aqliy intellektual xususiyatlarini aniqlash;
har bir o‘quvchining ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatiga yarasha o‘quv topshiriqlarini tayyorlash;
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi shaxsining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Maktablarda ta’lim jarayonini ilmiy-metodik asosda tashkil etishning muhim jihati sifatida fan o‘qituvchilarining bilim, malaka, kasb-mahorati doirasida zamon talablariga muvofiq faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlovchi uzluksiz metodik xizmatni vujudga keltirish zarur. O‘qitish metodlarining har biri o‘zining umumdidaktik mohiyatiga ko‘ra, ta’lim jarayonining sub’ektlari o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorligidagi harakat modeli hisoblanadi.
Zamonaviy boshqaruv tizimida maqsad va vazifalarning o‘rni Tashkiliy faoliyat maqsadi har qanday tashkilot uchun kutilayotgan provard natija, faoliyat samarasidir. Alohida xususiyatlari: Tashkiliy faoliyat maqsadidan foydalanib, umumiy ishning provard natijasini baholash, faoliyat yo‘nalishi va ko‘lamini yangilash mumkin. Muayyan omillarga etishish yohud ularni saqlab qolish tashkiliy faoliyatning bosh maqsadidir. Tashkiliy faoliyat maqsadlari xamisha istiqbolli rivojlanishni nazarda tutuvchi gipotezalarga asoslanadi. Shuning uchun bu xil gipotezalarning puxtaligi samarali natijaga erishish uchun muxim garovga aylanadi. Istiqbolli rivojlanish rejasi qanchalik uzoq, vaqtni qamrab olsa, tashkiliy faoliyat maqsadlari shunchalik extimoliy tusga ega bo‘ladi.
Ma’lumki, aksariyat umumta’lim maktablari rahbarlari xalq ta’limi xodimlari orasida eng ko’p mehnat sarf qilib ishlayotganlar toifasiga kiradi. Shuning bilan birgalikda ular faoliyatlari davomida juda ko’p qiyinchiliklarga duch keladilar. Bunday ahvolining obyektiv va subyektiv sabablari bor, albatta. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
- ta’lim boshqaruvining nazariy asoslari to’g’risida sust bilimga ekanliklari;
- maktab ichki boshqaruvning samarasizligi;
- qog’ozbozlik va buyruqbozlikka asoslangan uslubning saqlanayotganligi;
-maktab rahbarlari o’rtasidagi ish taqsimotining amalda yaxshi ishlmayotganligi;
- malaka oshirish masalasiga e’tiborsizlik;
- vaqtdan unumli foydalanmaslik va hokazo.
Maktab ichki nazoratini rejalashtirib va tashkil qila turib, maktab rahbarlari nazoratning barcha obyektlari, yo’nalishlari to’g’risida aniq, puxta tasavvurga ega bo’lishlari lozim. Taxminan quyidagicha: o’quv rejasidan ayrim fanlari o’qitish holati; dastur materiallarini o’zlashtirish darajasining davlat talablariga (davlat ta’lim standartlariga) mosligi; pedagogik jamoaning iqtidorli va qobiliyatli o’quvchilar bilan ishlash tizimi; maktabda yuzaga kelgan, asosiy darajadan yuqori ma’lumot olishni ta’minlaydigan tizimning samaradorligi va rasionalligi (ixtiyoriy fanlar fakultativlar, maxsus kurslar va boshqalar); sust o’zlashtiradigan o’quvchilar bilan ishlash tizimi samaradorligi; pedagogik jamoaning majburiy tayanch va umumiy ta’limni ta’minlash bo’yicha ishlari; metodik ishlar; tarbiyaviy ishlar; maktab hujjatlarini yuritish; o’quv-moddiy bazadan foydalanish samaradorligi; kuni uzaytirilgan guruhlarda o’quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqalar.
Maktab jamoasi uz faoliyatini obyektiv tarzda baholash uchun so’ngi uch yil ichida bo’lib o’tgan olimpiada yakunlari, bitiruv imtihonlari, oliy va o’rta o’quv yurtlariga kirish uchun topshirilgan test natijalari xamda boshqa ko’rsatkichlar tahlil etiladi.
O’quv-tarbiya jarayonini baholashda reyting usuli xam keng qo’llanilmoqda. Miqdoriy ko’rsatkichlar asosida shaxsning sifat tavsifnomasini aniqlash jarayoni reyting deb ataladi. Bundan tashqari maktab ichki boshqaruvida jiddiy muammolardan biri - maktab hujjatlarini yuritish ustidan nazoratni tashkil qilish. Maktab hujjatlari - maktab - ishlarining ko’zgusidir, ular uz ichiga quyidagilarni oladi: o’quv-pedagogik, moliya-xo’jalik va ish yuritish hujjatlari. O’quv-pedagogik hujjatlarining ayrimlari ustida to’xtalib o’tamiz.
O’quvchilarning harakat daftari katta nazorat hujjati hisoblanib, maktabda 50 yil saqlanadi. Maktab direktori o’zgarganda akt bo’yicha yangi direktorga topshiriladi. Harakat daftarining yozuvlari o’quvchilar soni, harakati va ro’yxati to’g’risida, to’la, aniq ma’lumot beradi. Bu kitobdagi yozuvlarning to’g’riligiga maktab direktori javob beradi. Shuning uchun bu hujjatning to’g’ri yuritilishi o’quv yili davomida 3-4 marta tekshiriladi. Jumladan sinf jurnallari, kundaliklar, o’quvchilar daftarlarining nazorati xam maktab rahbarlari uchun o’quv-tarbiya ishlarini nazorat qilishning qulay va zarur usullaridan biri hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
https://hozir.org/1-maktab-ichidagi-boshqaruv-tizimi-va-tuzilishi-ichki-boshqaru.html
TA’LIM%20MUASSASALARIDA%20O‘QUV%20JARAYONLARNI%20BOSHQARISH%20MODULI%20BO‘YICHA%20O‘QUV-USLUBIY%20MAJMUA%20.pdf
http://reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/views/openlesson/download.php/?id=21256
http://tkti.uz/uploads/602497d228_1585811390.pdf
Do'stlaringiz bilan baham: |