MAVZU: UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABLARINI HUJJATLARINI YURITISH VA RASMIYLASHTIRISH, HAMDA IJRO INTIZOMINI TAʼMINLASH. REJA: KIRISH
I-BOB. UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARI HUJJATLARINI YURITISH VA RASMIYLASHLASHTIRISHNING ME`YORIY-HUQUQIY ASOSLARI 1.1. O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida ta`lim muassasi hujjatlarini yuritish va rasmiylashtirish mexanizmlari.
1.2. Maktab hujjatlarini yuritish va ularning asosiy turlari.
II-BOB. UMUMTA`LIM MAKTABLARI HUJJATLARINING IJRO INTIZOMI 2.1. Xalq ta`limi tizimida ijro intizomining amaliy mexanizmlari.
2.2. Umumta`lim maktablarida hujjatlar ijro intizomining iyerarxik tuzilmasi.
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan zamonaviy uzluksiz ta'lim tizimiga asos solgan ikkita juda muhim hujjat – “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingan. Ularning amaliyotga kiritilishi natijasida tarixan qisqa davrda tizimning nafaqat shakli, balki mohiyatida ham barkamol avlod tarbiyasini ta'minlaydigan keng ko‘lamli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ta'lim tizimida hamdo‘stlik davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib, quyidagi me'yoriy-xuquqiy asoslar yaratildi.
Respublikada ta'lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish yo‘lida olib borilayotgan islohatlarni amalga oshirish va bu borada qabul qilingan hujjatlar mohiyatini keng jamiyatchilik tomonidan chuqur anglab olinishiga har tomonlama sharoit yaratish – davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish idoralari, ta'lim-tarbiya muassasalari xodimlarining eng dolzarb vazifalari etib belgilansin deb ko‘rsatilgan.
Yana bir asosiy hujjatlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 12 avgustdagi “Ta'lim to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash va ularni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar xaqida”gi № 406-sonli qarori hisoblanadi.
Bu hujjatni to‘ldiruvchi qo‘shimcha 1998 yil 5 yanvarda “Uzluksiz ta'lim tizimi uchun Davlat ta'lim standartlarini ishlab chikishi va joriy etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli qarori qabul qilingan.
Bu qarorni 1-bandi bilan “Davlat ta'lim standartlari to‘g‘risida”gi “Nizom” tasdiqlangan.
Qarorni 5 bandida Oliy ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Davlat standartlash metralogiya va sertifikatlash markazi, ta'lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar bilan birgalikda “Davlat ta'lim standartlari to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ta'limning tegishli turlari uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Shuningdek xujjatning ilovaliridan birida “Ta'lim muassasalari Ustavini ishlab chiqish tartibi” ko‘rsatilgan.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning ta'lim tizimini isloh etishdagi bu tarixiy farmon va qarorlari birinchi navbatda mamlakatimizning ta'lim tizimini isloh etish, kadrlar tayyorlashning o‘zbek modelini yaratish va uni hayotga tatbiq etish, kelajak taqdirini savodli, iqtidorli, har tomonlama intelekti rivojlangan yoshlar qo‘liga berishga intilishdek yuksak siyosiy, ma'naviy kuch ifoda etilganligini alohida ta'kidlash, uni tinglovchilar diqqatiga yetkazish va maktabni boshqaruv ishida bu muhim davlat hujjatlaridan samarali foydalanishga qaratilgan.