2-Topshiriq Quyidagi keltirilgan tovarlarni qaysi turdagi tovar tarqatish kanallari orqali iste’molchilarga yetkazish qulayroq va samarali deb hisoblaysiz? Fikringizni aniq misollar orqali izohlab bering.
1) muzqaymoq;
2) yaxna ichimliklar;
3) obinon;
4) «Darakchi», «Sug‘diyona» va «Bekajon» gazetalari;
5) chinni buyumlari;
6) sartaroshlik xizmati;
7) muzlatkich va sovutgichlar;
8) yengil avtomobillar;
9) lak-bo‘yoq tovarlari;
10) ho‘l meva-sabzavotlar.
a)
b)
v)
g) 3-Topshiriq
Quyidagi jadvalda taqsimot tizimining faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan harajatlar tarkibi va miqdori bu tizimga kiruvchi oborlar sonini hisobga olgan holda berilgan.
Taqsimot tizimi tarkibidagi omborlarning optimal miqdorini aniqlang.
Savdo korxonasining savdo hududida 6 ta magazin bor. Ularni tovarlar bilan ta’minlash uchun A, V, S va G punktlardan biridagi omborni ijaraga olishi mumkin.
Magazinlarning yuk oboroti va ularning har biridan A, V, S, va G punktlargacha bo‘lgan masofalar quyidagi jadvalda keltirilgan. Ushbu punktlarning qaysi biridagi omborni ijaraga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalani tovarlarni magazinlarga yetkazish bo‘yicha transport harajatlarini minimumlashtirish mezonidan foydalangan holda yeching. Masalani yechishning ma’lumotlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Do‘kon №
Yuk oboroti tonna/ oy
Masofa, km
A
В
С
D
1
60
0
5
5
6
2
40
10
3
4
10
3
40
6
0
4
3
4
44
4
8
10
0
5
50
5
2
5
5
6
50
2
10
0
2
5-Topshiriq:
Samaradorlik mezoniga asosan tovar harakati kanalini tanlash bo‘yicha to‘g‘ri qaror qabul qiling
nolinchi darajali kanal: muomala harajatlari 100 mln so‘m, mahsulot sotishdan olinadigan foyda 500 mln so‘m;
birinchi darajalit kanal: muomala harajatlari 60 mln so‘m, mahsulot sotishdan olinadigan foyda 30 mln so‘m;
ikkinchi darajalit kanal: muomala harajatlari 40 mln so‘m, mahsulot sotishdan olinadigan foyda 120 mln so‘m;
Samaradorlik mezoni bo‘yicha tovar harakati kanalini tanlashda har bir kanal bo‘yicha olinadigan foyda normasini hisoblang.
6-Topshiriq:
A,B,V,G mahsulot yetkazib beruvchilarni baxolash, uchun narx (0.5); Sifat (0.2); yetkazib berish ishonchliligi (0.3) mezonlaridan foydalanilgan. Qavs ichida mezonning muximlik darajasi ko‘rsatilgan. Mahsulot yetkazib beruvchilar bo‘yicha ekspert baholarining o‘rtacha qiymatlari quydagi jadvalda keltirib o‘tilgan.
Shartnomaviy munosabatlarni uzaytirishda qaysi mahsulot yetkazib beruvchining imkoniyatlari yuqoriligini aniqlang.
TEST-TOPSHIRIQLAR:
1. Tovar tarqatish kanali deb nimaga aytiladi? a) ishlab chiqarilgan tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berish faoliyatidir.
b) tovarlarning ishlab chiqarilgan joydan iste’mol qilinadigan joygacha jismoniy harakati bo‘lib, ularni joylashtirish, saqlash, jo‘natish, tashish, yuklash, tushirish, zahiralarini shakllantirish jarayonidir.
c) tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchilarga bo‘lgan makon va zamonda tovar harakatini amalga oshirish va mulk huquqini o‘z zimmasiga oladigan tashkilotlar, korxonalar, shaxslar to‘plami.
d) tovar haqidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga yetkazish va singdirish, iste’molchilar bilan aloqa o‘rnatish faoliyatidir.
2. An’anaviy tovar tarqatish kanaliga xos xususiyat qaysi qatorda to‘g‘ri keltirilgan? a) bir korxona tovarlarini yoki bir xil tovarlarni iste’molchilarga bir necha kanal orqali yetkazib berish tizimi.
b) bir kanal ishtirokchilarining ularning biri rahbarligi yoki nazorati ostida birlashishi natijasida hosil bo‘lgan tovar tarqatish tizimi.
c) kanalning bir pog‘onasida faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarning birlashishi natijasida hosil bo‘lgan tovar tarqatish tizimi.
d) tovar tarqatish ishtirokchilarining to‘la mustaqilligiga asoslangan kanal.
3. Vertikal marketing tizimi deb nimaga aytiladi? a) tovar tarqatish ishtirokchilarining to‘la mustaqilligiga asoslangan kanal.
b) bir kanal ishtirokchilarining ularning biri rahbarligi yoki nazorati ostida birlashishi natijasida hosil bo‘lgan tovar tarqatish tizimi.
c) kanalning bir pog‘onasida faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarning birlashishi natijasida hosil bo‘lgan tovar tarqatish tizimi.
d) bir korxona tovarlarini yoki bir xil tovarlarni iste’molchilarga bir necha kanal orqali yetkazib berish tizimi.
4. Gorizontal marketing tizimi deb nimaga aytiladi? a) bir korxona tovarlarini yoki bir xil tovarlarni iste’molchilarga bir necha kanal orqali yetkazib berish tizimi.
b) tovar tarqatish ishtirokchilarining to‘la mustaqilligiga asoslangan kanal.
c) bir kanal ishtirokchilarining ularning biri rahbarligi yoki nazorati ostida birlashishi natijasida hosil bo‘lgan tovar tarqatish tizimi.
d) kanalning bir pog‘onasida faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarning birlashishi natijasida hosil bo‘lgan tovar tarqatish tizimi.
5. Bevosita tovar tarqatish kanaliga xos xususiyat qaysi qatorda to‘g‘ri keltirilgan? a) tovar tarqatishda vositachi ishtirok etmaydigan kanal.
b) tovar tarqatish ishtirokchilarining to‘la mustaqilligiga asoslangan kanal.
c) bir kanal ishtirokchilarining ularning biri rahbarligi yoki nazorati ostida birlashishi natijasida hosil bo‘lgan tovar tarqatish tizimi.
d) bir korxona tovarlarini yoki bir xil tovarlarni iste’molchilarga bir necha kanal orqali yetkazib berish tizimi.
6. Ko‘p kanalli marketing tizimiga xos xususiyat qaysi qatorda to‘g‘ri keltirilgan? a) bir kanal ishtirokchilarining ularning biri rahbarligi yoki nazorati ostida birlashishi natijasida hosil bo‘lgan tovar tarqatish tizimi.
b) tovar tarqatish ishtirokchilarining to‘la mustaqilligiga asoslangan kanal.
c) bir korxona tovarlarini yoki bir xil tovarlarni iste’molchilarga bir necha kanal orqali yetkazib berish tizimi.
d) tovar tarqatishda vositachi ishtirok etmaydigan kanal.