1-Topshiriq:
Haridor 500 juft ayollar poyafzalining har birini 150 ming so‘mdan harid qildi. Poyafzalning bir qismini har bir juftini 200 ming so‘mdan sotdi. Qish mavsumining oxirida savdo-sotiqning susayishi munosabati bilan poyafzal narxini 20% arzonlashtirdi va qolgan 200 juft poyafzalning hammasini sotib bo‘ldi. Tovarning harid qilinishi va sotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan muomala harajatlari 2 mln.so‘mni tashkil qiladi. Quyidagilarni hisoblang.
Tovarning ulgurji qiymatini;
Qolgan tovarlarning sotilish narxini;
Barcha tovarlarni sotishdan tushgan tushumni;
Barcha tovarlarni sotishdan olingan foydani.
2-Topshiriq:
Quyidagi ma’lumotlarga ko‘ra ulgurji savdo bazasida kiruvchi moddiy oqim hajmi qancha bo‘lishini hisoblang.
temir yo‘l vagonlaridan yukni tushirish operatsiyalari hajmi–8760 t/yil
konteynerlarni bo‘shatish – 3760 t/yil
qabul qilish maydonchasidagi yuklar harakat hajmi – 3760 t/yil
avtomobillarga yuklarni yuklash, tushirish operatsiyalari hajmi – 4690 t/yil
3-Topshiriq:
Agar omborning tovar aylanmasi 150 mln so‘m, yuk oboroti 2748 t/mln so‘m, ombor operatsiyalarini reja va xaqiqiy mexanizatsiyalashganlik darajasi mos ravishda 0,85 va 0,83, markazlashgan tashishlarning reja va haqiqiy solishtirma miqdorda mos ravishda 0,15 va 0,11 bo‘lsa, tashish hajmini aniqlang.
4-Topshiriq:
Agar bir dona tovarning narxi 800 sh.p.b. bo‘lsa, omborning oylik yuk oboroti 10000 dona tovar, saqlash harajatlari, saqlanadigan tovar qiymatlarining 5%, bitta buyutmani bajarish bo‘yicha tashish-tayyorlash harajatlari 500 sh.p.b bo‘lsa, bir oylik tashish (yetkazib berish) sonini hisoblang.
5-Topshiriq:
“Asl-Nafis” MCHJ marketing bo‘limi boshlig‘i chinni buyumlar servizining ma’lum partiyasini eksport qilishni rejalashtirdi. Bir komplekt servisga qilinadigan ishlab chiqarish harajatlari 30 ming so‘mni tashkil qiladi. Bir komplekt servisni 80 ming so‘mdan sotish rejalashtirilgan. Mustaqil ulgurji vositachi bir komplekt servisni 100 ming so‘mdan sotadi. Agar “Asl-Nafis” MCHJ reklamaga 3 mln so‘m sarf qilsa, yillik sotish hajmi reja bo‘yicha 400 ming komplektni tashkil qiladi. Sotish bo‘yicha agent bozorning 65% ini qamrab ola olishligini va 7% ga ishlashga roziligini, pochta esa katalog bo‘yicha har bir komplekt servisni yetkazib berish xizmati uchun 10 ming so‘mdan haq olishini taklif qildi.
Ishlab chiqaruvchining, mustaqil ulgurji vositachining, savdo agentining va pochta xizmatining foydasini hisoblang.
TEST-TOPSHIRIQLAR:
Do'stlaringiz bilan baham: |