3-Topshiriq:
Quyidagi jadvalda sut mahsuloti bo‘yicha turli narxlar uchun sotuv hajmi keltirilgan.
Sut mahsulotlariga talab hajmi va narxlari
Narx (so‘m, bir dona uchun)
|
Talab hajmi (ming dona)
|
Tushim, ming so‘m
|
Narx qayishqoqligi koeff.
|
3
|
80
|
2400
|
0,35
|
4
|
70
|
2800
|
0,52
|
5
|
60
|
3000
|
0,85
|
6
|
50
|
3000
|
1,2
|
7
|
40
|
2800
|
1,75
|
8
|
30
|
2400
|
2,6
|
9
|
20
|
1800
|
4,5
|
10
|
10
|
1000
|
2,5
|
Ushbu jadval asosida:
Talab egri chizig‘ini chizing.
Tushim hajmi va narx qayishqoqligi koeffitsiyentini barcha narxlar uchun hisoblab chiqing.
TEST-TOPSHIRIQLAR:
1. Korxona o‘zining yangi tovarini o‘ziga xos noyob xususiyatlarini ko‘rsata olsa, sotishning va ishlatishning yuqoriroq servisini ta’minlasa, bu holda qaysi narx strategiyasidan foydalanishi mumkin?
a) “qaymoqni olish” strategiyasi.
b) “yorib o‘tish” strategiyasi.
c) kirib borish strategiyasi.
d) yetakchi orqasidan o‘rish strategiyasi.
2. “Yorib o‘tish” strategiyasi qanday vaziyatda qo‘llaniladi?
a) ) korxona bir nechta segment bilan ishlayotganda.
b) yangi bozorlarga tez kirib borish uchun.
c) korxona ommaviy iste’molni ko‘zlaydigan yangi mahsulotni kiritganda.
d) tovar noyob xususiyatlarga ega bo‘lganda.
3. Korxona yangi tovarni bozorga kiritish bosqichida agar sotiladigan tovar hajmi kam bo‘lsa, qaysi narx strategiyasidan foydalanadi?
a) yetakchi orqasidan yurish strategiyasi.
b) kirib borish strategiyasi.
c) “yorib o‘tish” strategiyasi.
d) batamom foydalanish strategiyasi.
4. Narxlashtirish sohasidagi qarorlar va tadbirlarning kompleksi nima deb ataladi?
a) narx qayishqoqligi.
b) narx siyosati.
c) narx strategiyasi.
d) narxli raqobat.
5. Qaysi narx strategiya past narxlar orqali yangi bozorga tez kirib borish uchun ishlatiladi?
a) yetakchi orqasidan yurish strategiyasi.
b) kirib borish strategiyasi.
c) “yorib o‘tish” strategiyasi.
d) batamom foydalanish strategiyasi.
6. Qaysi narx strategiyasini korxona raqobatchilarga nisbatan katta hajmdagi mahsulotni bozorga kiritishi mumkin bo‘lgan hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi?
a) yetakchi orqasidan yurish strategiyasi.
b) kirib borish strategiyasi.
c) “yorib o‘tish” strategiyasi.
d) batamom foydalanish strategiyasi.
7. Qaysi narx strategiyasi korxona yangi tovar ishlab chiqarish va bu tovarni bozorga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarini iloji boricha tezroq qoplash zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi?
a) “qaymoqni olish” strategiyasi.
b) “yorib o‘tish” strategiyasi.
c) kirib borish strategiyasi.
d) yetakchi orqasidan o‘rish strategiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |