Ekskursiyani olib borish texnikasini aniqlash. Ekskursiyani olib borish texnikasi ekskursiya jarayonining barcha tasiikiliy ma-salalarini o‘z ichiga oladi. Masalan, avtobusli ekskursiya muallif-lari ekskursantlar qachon va qayerda obyektni ko‘rishga tushadilar, obyektlar oralig‘ida qanday harakatlanadilar, «gid portfeli»dagi ko‘rgazmali vositalami qanday va qachon namoyish etilishini ob-don o‘ylab ko‘rib, zaruriy ma’lumotlarni texnologik xaritaning «tashkiliy ko‘rsatmalar» grafasida yozadilar (avtobusni qayerda to‘xtatish, obyektni oynadan kuzatish maqsadida qayerda sekinroq haydash, salonda tartib saqlash va sh.k ).
Tanaffuslardan foydalanish, vaqtni unumli sarflash (mavzu ostilami yoritishda, savol-javobda), «gid portfeli»dagi vosi-talami ko‘rsatish texnikasi, diniy obyektlarga kirish tartibi, obyektni ko‘rsatishda gidning o‘rni, avtobus harakatida obyektni
ko‘rsatish va shu kabi muhim masalaJarda tavsiyalar ishlab chi qish muhimdir.
6.2. Ekskursiya xizmatining texnologik xaritasini tuzish
Texnologik xarita - bu mazkur ekskursiyani muvafaqqiyatli o‘tkazish, obyektlarni samarali ko‘rsatish, ekskursiyani olib bo rish uslubiyati va texnikasini to‘g‘ri tanlashni ko‘rsatib beruvchi, gidning narakatlarini tartibga soluvchi hujjat bo‘lib, quyidagi ta-lablarga javob berishi kerak16:
gidga mavzuni yoritish yo‘llarini ko‘rsatishi;
obyektlarni ko'rsatish va hikoya qilishning samarali usul larini ko‘rsatishi;
ekskursiyaning tashkiliy masalalari bo‘yicha aniq tavsiya lar berishi;
obyektlarni ко ‘rsatish va hikoyaning bir-biriga uyg‘unligini ta’minlashi;
ma’lum ekskursantlar guruhi qiziqishini inobatga olishi
kerak.
Texnologik xarita har bir ekskursiya mavzusiga alohida tuzi ladi. Texnologik xarita variantlarida ekskursantlaming yoshi, kasbi va boshqa qiziqishlari, ekskursiyani olib borishning o‘ziga xos us lubiyati ham o‘z aksini topadi. Texnologik xarita quyidagicha ras miy lashtiriladi: titul varag'ida: ekskursiya muassasasining nomi, ekskursiya mavzusi, turi, marshrut davomiyligi, masofasi ekskur-santlarning tarkibi, tuzuvchilar f.i.sh., ekskursiya tasdiqlangan sa nasi yoziladi. Keyingi sahifada ekskursiyaning maqsadi va vazi falari, obyektlar va to‘xtash joylari ko‘rsatilgan marshrut sxemasi kiritiladi.
Texnologik xarita 3 bo‘lim dan iborat: kirish, asosiy qism va xu losa. Kirish va xulosa qismi grafalarga kiritilmaydi. Masalan, «Sa-marqand-Sharq gavhari» mavzusidagi ekskursiyani tayyorlashda
16 Емельянов Б.В. «Экскурсоведение» .Уч.пос. М. 2006
uslubiy ishianmaning kirish qismida gidga quyidagi tavsiyalami berish mumkin: eng awalo guruh bilan tanishib olish, o'zini va haydovchini tanishtirish keyin esa avtobusda ekskursantlaming o‘zini tutish qoidalari va maxsus ajratilgan vaqtdagina savol-javob qilish va taassurotlar almashish mumkinligini aytish kerak.
Axborot qismida ekskursiyaning nomi, marshruti, ekskursiya davomiyligi haqida ma’Iumot beriladi. Bu qism ekskursantlaming mavzuga qiziqishini uyg‘otadigan darajada yorqin va his-haya-jonli bo‘lishi kerak. Uni quyidagicha bosh!ash mumkin: «Samar-qandni shoirlar, tarixchilar «Islom olamining bebaho marvaridi», «Sharq Rimi», «Yer yuzining sayqali» deb atashadi. Sarnarqand 2500-yildan ziyod boy tarixga egadir. Sarnarqand Zarafshon dar-yosi vodiysida geografik qulay joy lashganligi sababli «Buyuk ipak yo‘li»ning muhim chorrahasi hisoblangan».
Ekskursiya guruhi to‘planadigan joy buyurtmachi bilan ke-lishilgan holda belgilanadi, ekskursiyaning boshlanish joyi esa texnologik xaritadan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |