Samarqand davlat universiteti psixologiya va ishtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 3,39 Mb.
bet140/159
Sana26.07.2021
Hajmi3,39 Mb.
#129712
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   159
Bog'liq
психогенетика

RNK ning tuzilishi va funksiyasi. Ribonuklein kislota-RNK tuzilishi ko’p jihatdan DNK tuzilishiga o’xshasada, ba’zi bir belgilari bilan undan tubdan farq qiladi. Avvalo RNK tarkibidan uglevodlardan dezoksiriboza emas, balki riboza borligini qayd etish kerak. RNK tarkibida xuddi DNK tarkibi singari azotli asoslardan adenin, sitozin uchrasa ham, timin o’rnida uratsil borligini ko’rsatib o’tish lozim. DNK qo’sh zanjirli bo’lgan holda RNK yakka zanjirlidir. Hujayrada o’z tuzilishi va funksiyasi bilan farqlanuvchi uch xil ribonuklein kislota bor. Ular ribosoma r-RNK, informatsion – i-RNK va transport – t-RNK dan iborat. Uch xil RNK nig hammasi RNK polimeraza fermenti ishtirokida DNK matritsasida sintezlanadi. Ribosomal RNK hujayradagi barcha RNK ning 80% ga yaqinini tashkil etadi. Ribosomal RNK yadrochada sintezlanadi va oqsil molekulalar bilan bog‘lanib, xomaki ribosoma holatida sitoplazmaga chiqariladi va u erda voyaga etib ribosomalar hosil qiladi. t-RNK quyi molekulalar massaga ega bo’lib, 75-85 nukleotiddan tashkil topgan. U beda bargi tipidagi ko’rinishda bo’ladi. t-RNK ribosomalarga amina kislotalar tashish vazifasini o’taydi. Har bir amina kislota alohida t-RNK ga ega. (14-rasm) Binobarin, t-RNK 20 xildir. Ularning har birida ma’lum amina kislotani biriktira oladigan antikodon vazifasini o’taydigan maxsus triplet mavjud.

14-rasm. t-RNK ning tuzilish sxemasi.


Ribonuklein kislotalarning uchinchi xili i-RNK bo’lib, uning asosiy vazifasi DNK dagi axborotni sitoplazmaga ko’chirishdir. I-RNK hujayradagi ribonuklein kislota umumiy miqdorining 1,5-2,0% tashkil etadi. DNK da sintezlangan dastlabki i- RNK tarkibida «axborotli», «axborotsiz» qismlar uchraydi. Dastlabki i- RNK yadro membranasidan sitoplazmaga o’tish mobaynida uning «axborotli» ekzon va axborotsiz intron qismlari bir-biridan ajraladi, so’ngra axborotli qismlar o’zaro birikib i-RNK faqat axborotli qismlarga ega bo’lgan holatda sitoplazmaga o’tadi. Bu jarayon splaysing deb ataladi. Uzun i- RNK dan kalta i- RNK hosil bo’lishi esa protsessing deyiladi.

HUJAYRADA OQSIL BIOSINTEZI

Hujayradagi organik moddalar orasida o’z miqdori va ahamiyati jihatidan birinchi o’rinni oqsillar egallaydi. Hayvonlarda hujayraning quruq moddasi 50 foiziga yaqini oqsillarga to’g‘ri keladi. Odam organizmida bir-biridan, shuningdek boshqa organizm oqsillaridan farqlanuvchi 5 mlnga yaqin oqsil molekulalari mavjud. Oqsillar shunchalik xilma-xil va murakkab tuzilishga qaramay, atigi 20 xil aminokislotalardan tuzilgan.

Hujayrada oqsillar o’z-o’zidan sintezlanmaydi. Ularning sintezlanishida DNK molekulasi etakchi rol o’ynaydi. CHunki DNK molekulasida oqsil molekulasining birlamchi strukturasini belgilovchi irsiy axborot joylashgan. Hujayrada oqsil molekulasi sintezlanishi uchun strukturasida aminokislotalarning qanday izchillikda joylashganligi to’g‘risidagi DNK dagi irsiy axborot ribosomalarga uzatilishi lozim.



Genetik kod – bu nuklein kislotalar molekulasida irsiy axborotni nukleotidlar ketma-ketligida berilishidan iborat. Genetik kod aniqlanguncha irsiy axborot qanday berilishi no’malum bo’lib keldi. Genetik kod tilsimi aniqlangach hujayrada oqsil sintezi qanday ro’y berishi dastlab 1954 yili G.Gamov, keyinchalik F.Krik, S.Brenner, M.Nirenberg hamda G.Matteylar tomonidan aniqlandi. Bu olimlarning kashfiyotiga ko’ra dezoksiribonuklein kislota o’zidagi irsiy axborotni oqsil molekulasini sintez qilish orqali avloddan-avlodga beradi. Modomiki shunday ekan, u holda hujayradagi ikki yirik biopolimer DNK va oqsillarning monomerlari orasidagi aloqa to’g‘risida mushohada yuritmoq zaruriyati tug‘iladi. ¡tilgan mavzudan oqsil monomerlari 20 xil aminokislotalardan, nuklein kislotalar monomerlari 4 xil nukleotidlardan tashkil topganligi sizga ma’lum. Biz agar oqsil tarkibidagi har bir monomeri ya’ni aminokislota nuklein kislotaning bir monomeri ya’ni nukleotidi ishtirokida oqsil tarkibiga kiritiladi, deb faraz qilsak, u holda 4 amina kislota kodlanib, 16 aminokislota kodsiz qolgan bo’lar edi. Agar har bir amina kislota kodi 2 ta nukleotiddan iborat, deb tasavvur etsak u holda 16 aminokislota kodlangan 4 amina kislota kodlanmagan bo’lar edi. Demak, aminokislotani belgilovchi eng kichik «so’z» uchta harf-nukleotiddan iborat bo’lmog‘i kerak. Unda tripletlar hilma–hil varianti 64 taga etadi. Agar har bir aminakislatani oqsil tarkibiga kiritish uchun bitta triplet kerak bo‘lsa, u holda 44 ortiqcha triplet qoladiku degan muammoni echish uchun olimlar tajriba o‘tkazdilar. 1961 yili M.Nirenberg va G.Mattey uratsil nukleotidlar tripleti yordamida fenilalanin aminokislotasidan tashkil topgan i-RNKni sintezlashga muvaffaq bo’ladilar. Dunyo olimlarining shijoatli olib borgan izlanishlari tufayli 1965 yilga kelib genetik kodning barcha tilsimi ma’lum bo’ldi. Aniqlanishicha genetik koddagi aminokislotalardan metionin, triptofan bittadan, fenilalanin, lizin, glutamin, glitsin har biri ikkitadan, izoleysin uchtadan, treonin, arginin, alanin to’rttadan, leysin, serin esa oltitadan kodga ega ekanligini ko’ramiz. UUA, UAG, UGA kabi tripletlar aminokislotalarni kodlashda qatnashmaydi. Ularni terminator kodonlar deb atashadi. CHunki, ular polipeptid zanjir sintezi

tugallanganligini bildiradilar.


5-jadval


Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish