XROMOSOMALARNI O‘RGANISH TARIXI
Odam xromosomalarini o’rganish XIX asrning 80 yillarida boshlangan. Dastlab, Arnolod so’ng Flemming mikroskop ostida odam tana hujayralarida mitoz bo’linishni kuzatdilar. Ularning keltirilgan ma’lumotlariga binoan odam tana hujayralarida 46,47,48,49 tadan xromosomalar uchrashi mumkin. Biroq 1923 yilga kelib, Poynter, so’ng boshqa olimlar odam somatik hujayralarida 48 xromosoma mavjud degan xulosaga keldilar. Bu xulosa fanda 1955 yilga qadar saqlanib qoldi. 1955 yili shved olimlari Tiyo va Levan xromosoma miqdori va tuzilishini o’rganish usulini takomillashtirish tufayli odam tana hujayrasida 46 ta xromosoma borligi uzil-kesil isbotlandi. SHved olimlarining bu xulosasi boshqa olimlar tadqiqotlarida ham o’z tasdig‘ini topdi. Odam xromosomalarining tashqi, ichki tuzilishini o’rganishda XX asrning 60-75 yillarida AQSH, Angliya va Fransiyada bo’lib o’tgan sitogenetik konferensiyalar muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Xromosomalarning tashqi tuzilishi. Boshqa eukariot organizmlar singari odam xromosomalari uch turda bo’ladi. 1. Metotsentrik turda; sentromera xromosomaning markazida joylashganligi uchun, uning o’ng va chap bo’laklari teng bo’ladi. 2. Submetatsentrik turda; sentromera markazidan bir muncha chetda joylashgan bo’ladi. SHu sababli xromosomaning bir bo’lagi ikkinchi bo’lagiga nisbatan bir muncha uzunroq bo’ladi. 3. Akrotsentrik turda; sentromera xromosoma markazidan ancha uzoq, xatto chetidan o’rin oladi. Sentromeraning olgan joyi xromosomaning birlamchi belbog‘i dab nomlanadi. Ikkilamchi belbog‘li xromosomalar ham uchraydi. Ikkilamchi belbog‘ bilan ajralgan joy yo’ldosh yoki satellit deb ataladi.
9-rasm. Xromosoma tiplari. 1,6 – metatsentrik, 2-submetatsentrik, 3,4,5-akrotsentrik, 7,8-akrotsentrik xromosoma yo‘ldoshi bilan.
Uzunligiga qarab odam xromosomalari ettita A,V,S,D,E,F,Yguruhga ajratiladi. Xromosomalarnig hajmi va sentromeraning joylashishiga qarab klassifikatsiyalanishi. A guruhiga kiruvchi xromosomalar uzunligi 11-8,3 mk, V guruhiniki o’rtacha 7,7 mk, S guruhiniki 7,2-5,7 mk, D guruhiniki o’rtacha 4,2 mk, E guruhiniki 3,6-3,2 mk, F guruhiniki o’rtacha 2,9 mk va nihoyat Y guruhiniki o’rtacha 2,3 mk ga teng. Binobarin odamning eng yirik xromosomalar uzunligi eng maydalariga nisbatan 4 marotaba ziyoddir (4-jadval).
4-jadval
Xromosomalar guruhi
|
Xromosomalar kariotipdagi raqami
|
Xromosomalar tavsifi
|
A (I)
|
1,2,3
|
1 va 3 metatsentrik, 2 yirik submetatsentrik
|
B (II)
|
4,5
|
yirik submetatsentrik
|
C (III)
|
6-12 va x (23)
|
o’rtacha submetatsentrik
|
D (IV)
|
13,14,15
|
o’rtacha akrotsentrik
|
E (V)
|
16,17,18
|
mayda metatsentrik yoki submetatsentrik
|
F (VI)
|
19,20
|
nisbatan mayda metatsentrik
|
Y (VII)
|
21,22 va Y (23)
|
eng mayda akrotsentrik
|
Har bir turga mansub organizmlarning diploid to’plamli xromosomalar soni, shakli va hajmining majmuasi kariotip deb ataladi. Xromosomalarning o’lchami va sentromeriga qarab grafik holda joylashishi xromosomalar idiogrammasi deyiladi. (10-rasm). Barcha eukariot organizmlar, shu jumladan odam xromosomalari yadro moddasi xromatindan iborat. Xromatin - DNK va gistonlardan tuzilgan.
Xromatin ipining ba’zi qismlari yuqori darajada doimiy spirallashgan holatda bo’lib, ularning geteroxromatin qismi deb nomlanadi. Geteroxromatin qismlari xromosomaning hamma joylarida uchrasada sentromera va uchki joylarida ko’proq bo’ladi. Xromosomaning euxromatin qismi interfazada dispirallatsiyalashgan holatda bo’lib, u genetik jihatdan faol sanaladi. Xromosomaning xar biri kimyoviy jihatdan qaralganda dezaksiribonuklein kislota, sodda oqsil-gistonlardan tuzilgan bo’lib, ularning birikishidan hosil bo’lganlarni nukleoproteidlar deyiladi. Nukleoproteidlar tashqari xromosomalar tarkibiga RNK, protaminlar, lipidlar, polisaxaridlar va metal ionlari kiradi.
|
|
R-qism G va Q - qismlar Variabel qismlar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |