Samarqand davlat universiteti psixologiya va ishtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 3,39 Mb.
bet143/159
Sana26.07.2021
Hajmi3,39 Mb.
#129712
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   159
Bog'liq
психогенетика

Odamning shaxsiy taraqqiyoti. Odamning shaxsiy taraqqiyoti boshqa umurtqali hayvonlarniki singari zigotadan boshlanib, odamning tabiiy o‘limigacha bo‘lgan davr bilan tugallanadi.

SHaxsiy taraqqiyot yoki ontogenez ikki: embrional va postembrional davrlarga bo‘linadi. Embrional davr o‘z navbatida zigota, maydalanish, blastula, gastrula, xomila, uning ona qornidagi rivojlanishi, tug‘ilishi kabi bosqichlardan iborat.

Odatda odamda boshqa umurtqali hayvonlarga o‘xshash embrional rivojlanish, ota-ona jinsiy hujayralarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan otalangan tuxum hujayra-zigotadan boshlanadi. Zigota meridian bo‘ylab teng ikkiga bo‘linadi. Ikkinchi bo‘linish avvalgi tekislikka perpendikulyar yo‘nalishda bo‘ladi. Uchinchi bo‘linish ekvator bo‘ylab yo‘naladi. Natijada birinchi bo‘linishda ikkita, ikkinchi bo‘linishda to‘rtta, uchinchi bo‘linishda sakkizta xujayra-blastomeralar hosil bo‘ladi. Meridian va ekvator bo‘linish takrorlanaveradi va xujayralar o‘smaganligi sababli tobora maydalasha boradilar. Homiladorlikning uchinchi kuniyoq bu mayda hujayralar to‘plami tut yoki malina mevasini eslatadi. Bu bosqich morula deb ataladi. Homiladorlikning 4-5 kunlari blastomerlar bir-biridan uzoqlasha boshlaydi. Morulaning blastomerlari taxminan 58 ta bo‘lganda uning ichki tomonida suyuqlik to‘plana boshlaydi va oqibatda suyuqlik bilan to‘lgan bo‘sh joy – blastotsel hamda bir qavatli trofoblast va uning ichki tomonida embrioblast hosil bo‘ladi. Bu bosqich blastula deb nomlanadi. Keyinchalik trofoblastdan xomilaning tashqi pardasi-xorion, embrioblastdan murtak, ayrim tashqi organlar rivojlanadi. Homiladorlikning birinchi haftasini oxirgi kunida murtak bachadonning shilimshiq pardasiga yopishadi va onadan qon tomirlar orqali ozuqa ola boshlaydi. Bu bosqich gastrula deyiladi. Tashqi qavat- ektoderma, ichki qavat – entoderma, o‘rta qavat mezaderma hosil bo‘ladi. Bular murtak varaqlari deb nomlanadi. Gastrula bosqichidan so‘ng murtak hujayralarida differensiyalanish va ixtisoslanish yuz beradi. Oqibatda murtak hujayralari morfologik va biokimyoviy jihatdan bir-birlaridan farqlanadilar.

Morfologik differensiyalanish tufayli har xil hujayra tiplari hosil bo‘ladi. Biokimyoviy differensiyalanish natijasida genlarning har xil guruhlari faollashishi tufayli turli organlarga xos oqsillar va boshqa organik moddalar sintezlanadi.

Homiladorlikning uchinchi haftasidan sakkizinchi haftasigacha bo‘lgan vaqtda murtak varaqlar hujayralarning keyingi differensiyalanishi va ixtisoslanishi natijasida ektodermadan -nerv sistemasi, sezuv organlari, teri epiteliyasi, entodermadan - ichaklar epiteliysi, me’da, jigar, me’da osti bezi, o‘pka epiteliysi, mezodermadan - muskullar, qon aylanish sistemasi, buyraklar, jinsiy bezlar rivojlanadi.

SHunday qilib, homilada ikkinchi oyning ohiriga kelib asosiy ichki va tashqi organlar shakllangan bo‘ladi. Keyingi oylarda homilaning miqdor jihatdan o‘sishi va barcha organlarning differensiyalanishi davom etadi.

Odam rivojlanishining genetik dasturi. Odatda tug‘ilgan bola o‘zining tashqi ko‘rinishi, belgi-xossalari bilan ota-onasiga o‘xshaydi. Biroq ota-onaning organlar sistemasining tuzilishi tashqi-ichki belgilar, xossalari tayyor holda bolaga berilmaydi. Buni har bir talaba tuxum va urug‘ hujayrani mikroskop orqali ko‘rish bilan aniqlashi mumkin. Agar ota-onaning belgi-xossalari tayyor holda avloddan-avlodga berilmas ekan, u holda bola qanday qilib o‘z ota-onasiga o‘xshaydi degan masala har bir odamni qiziqtiradi. SHuni bilish kerakki, har bir ota va ona o‘z bolalariga meros qilib genetik dasturni beradi. Genetik dastur deganda avvalo tuxum va urug‘ hujayralardagi yadro, ulardagi xromosomalar, genlar majmuasini tushunmoq kerak. Somatik hujayralarda xromosomalarning diploid, jinsiy hujayralarda esa gaploid to‘plami bo‘ladi. Tuxum hujayra urug‘langanda ota-onaning gaploid to‘plamli xromosomalar birikib, diploid to‘plamli zigotani hosil qiladi. Binobarin ayol tuxum hujayrasidagi 23 ta xromosoma, spermatozoiddagi 23 ta xromosoma bilan qo‘shilishi natijasida 23 juft (diploid) xromosomali zigota hosil bo‘ladi. Har bir xromosoma DNK molekulasidan tashkil topgan bo‘lib, odam xromosomalarining gaploid to‘plami 3,5x109 nukleotidlar juftligiga ega. Bu esa 1,5 mln genlarni sintez qilish uchun etarlidir. Biroq odam genomini o‘rganish sohasida olingan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha odamda oqsil xillari 100 mingdan ortmaydi. Demak, odam hujayralarida DNK molekulasining atigi bir foizigina oqsillarni kodlashda qatnashadi. DNK ning qolgan 99% haqida turlicha taxminlar ilgari surilgan. Bu taxminlarga ko‘ra DNK ayrim qismlari translyasiya qilinmaydi. Ular odam hujayralarining differensiyalanishida genlarning ekspressivligini boshqaradi. DNK ning yana bir qismi intronlar ya’ni, kodlanmaydigan, kodlangan ekzon qismlarini ajratuvchi hisoblanadi. DNK ning qolgan qismi takrorlanadigan bo‘laklardan tashkil topgan. Binobarin, odam genomidagi DNK ikki sinfga takrorlanmaydigan-noyob va takrorlanadigan qismlarga ajratiladi. DNK ning takrorlanadigan qismlari 2-107 ga tengdir.

Odam embrion taraqqiyotining turli bosqichlarida DNK dagi har xil genlarning transkripsiyasi, translyasiyasi natijasida xilma-xil oqsillarning sintezlanishi, fermentlar ishtirokida hamda hujayralar va embrional induksiya modda almashishning boshqarilishi hamda xujayralar, embrional induksiya tufayli turli organlar, organlar sistemasi shakllanadi. Muxtasar qilib aytganda, odam shaxsiy taraqqiyotining genetik dasturi bo‘lib, uning genomidagi xromosomalar, genlar majmuasi hisoblanadi.





Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish