Е.М. Рузаева. Соотношение понятия «инвалид» в российском и международном праве. //Юридические науки. 2009 г. –242 с.
Bekmurodov M. Oliy ma`lumotli ijtimoiy xodimlarni tayyorlashda ta`lim muassasalarining roli.T.:2008 y.
Xusanova X. O’zbekistonda aholini ijtimoiy muhofazalashda o’zini-o’zi boshqarish organlarini o’rni. 2008 y.
Kim L. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimida kadrlar masalalarini hal qilish yo’lida.T.2008 y.
G’aniyeva M.X. Ijtimoiy ish asoslari.T.: 2010 y.
Normurodov B. Sotsiologiya tarixi. T.:2010 y.
Tadjieva S. Bolalarni patranat oilalarga berishning xorij tajribasi.T.:2010 y.
Chicirina Ya,E. Ismaylova R.N. Nogironlikka bo’lgan bolalar bilan ijtimoiy ish kursi bo’yicha xrestomatiya. – Тоshkent: JAНON PRINT, 2012. – 6-b
Ijtimoiy ish etikasi. (Hammualliflikda) Darslik.T. “Fan va texnologiyalar” nashriyoti 2015 y.
Internet saytlari
1.www.wikipedia.com.
2.www.wikipedia.com.
3.www.wikipedia.com.
2 . KO‘MAKKA MUXTOJ BOLALARNI AXLOQIY TARBIYALASHNING TEXNOLOGIYALARI VA UNDA PEDAGOGLAR ROLI
“Tarbiya san’ati shunday xususiyatga egaki, u hammaga tanish va tushunarliday ko‘rinadi, ba’zilarga esa osonday tuyuladi, u qanchalik tushunarli va oson ko‘rinsa, demak odam ham nazariy, ham amaliy jihatdan u bilan shunchalik kam tanish ekan”. K. D. Ushinskiy
Kontakt o‘rnatish
Pedagogning o‘z o‘rni bor. Biz ana shu jarayonning pedagogik asoslarini ko‘rib chiqmoqchimiz.
Pedagogika jamiyatda insonning rivojlanishida ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganadigan, inson xulq-atvorini tushuntirib beradigan va mazkur qonunlarni inson hayoti va faoliyatining turli sharoitlarida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar taklif qiladigan fandir. SHu ma’noda ko‘makka muxtoj bolalar bilan va umuman yoshlar bilan ishlashda pedagoglarning roli beqiyosdir. Ishlab chiqarish faoliyatida, oilaviy va intim hayotda ham yuz beradigan barcha hodisalar pedagogika nuqtai nazaridan qarab chiqilishi mumkin, chunki u inson xulq-atvorini belgilaydigan ruhiy murvatlarni o‘rganadigan va unga tegishli kalit topadigan fan ham aynan pedagogikadir. Odamlar bir-birlari bilan muloqotga kirishar ekanlar va bir-birlariga ta’sir o‘tkazar ekanlar, barcha uchun umumiy bo‘lgan qonunlarga bo‘ysunadi. Mishel Monten ta’biri bilan aytganda, imperator va etikdo‘zning ruhi bir xil andoza asosida bichilgan. SHu jumladan, ko‘makka muxtoj bolalarga ham bu birdek taalluqlidir.
SHunday qilib, pedagogika dunyoga qarashning bir turi, pedagogik tafakkur esa, asta-sekin egallanadigan va o‘rganish mumkin bo‘lgan alohida va o‘ziga xos tafakkurdir. Pedagogika shunday bir sehrli kalitki, uning yordamida insonlar olamidagi barcha qulflar ochilishi mumkin.
Ijtimoiy ish sohasida pedagogika o‘zak vazifasini – ijtimoiy ishning faoliyat negizini tashkil qiladi, chunki axborot vazifalari, jamiyat, guruhlardagi munosabatlar, ijtimoiylashuv, shaxsning o‘ziga o‘zi yordam ko‘rsatishga tayyorligini rivojlantirish to‘g‘risidagi bilimlarning shakllanishi asosan, pedagogik usul va vositalar yordamida hal qilinadi. SHu munosabat bilan ijtimoiy ishning pedagogik asoslari ijtimoiy Ko‘makka muxtoj bolalarni axloqiy tarbiyalashning birinchi sharti ular bilan kontakt o‘rnatishdan iborat. Bunda ota-onaning va ishning tamoyillari, mazmuni, usullari, yo‘llari va vositalari to‘g‘risidagi pedagogik nazariyaning elementlarini qamrab olishi lozim. Ijtimoiy ish tarkibida psixologiya bilan birgalikda pedagogika ham tushuntirish funksiyasini bajaradi. Ijtimoiy vazifalarning hal qilinishi ko‘p jihatdan odamlarning tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ham pedagogika prognozlash funksiyasini ham bajaradi. SHaxsning ijtimoiy ish sub’ektlari va ob’ektlari rivojlanishidagi usullar, yo‘llar va vositalarni aniqlashda pedagogika etakchi rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy ishni odamlar madaniyatni o‘rganadigan, ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalarini egallaydigan, moddiy va ijtimoiy munosabatlarga qo‘shiladigan o‘quv jarayoni sifatida tasavvur qilishi mumkin. SHaxs va jamoaning ijtimoiy shakllanishi tasodifiy jarayon sifatida izohlansa ham, ilmiy asoslangan ijtimoiy ish unga maqsadga yo‘naltirilganlik baxsh etadi.
Ijtimoiy ta’lim faqatgina o‘quv-mehnat faoliyati differensiatsiyalashgan va individuallashgan sharoitlardagina samarali bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy xizmatchi instruktaj o‘tkazar ekan, texnologik hujjatlarni o‘rganishni tashkil qilar ekan, mijozning faol bo‘lishiga erishish uchun, uning mustaqilligini rag‘batlantirish uchun intiladi.
Ijroni nazorat qilish va tekshirish bilan birga qo‘shilgan odamlarga ishonchning pedagogik takt bilan amalga oshirilishi ijtimoiy ishdagi insonparvarlik tamoyilining ifodasi hisoblanadi. Mutaxassislar doimo ijobiy tajribaga tayanishga, personalni tarbiyalashda optimistik gipotezadan kelib chiqishga intilishadi. Tarbiyaviy ish sharoiti qanchalik murakkab bo‘lmasin, har doim ijtimoiylashuv, o‘zini-o‘zi tarbiyalash, qayta tarbiyalash va o‘zini muhofaza qilish murvatlarining shakllanishiga yordam ko‘rsatadigan odamlar, omillar, alohida insoniy sifatlar topiladi.
Ijtimoiy ishdagi muhim pedagogik elementlardan biri hamkorlikka tayyor bo‘lgan, yordam qabul qila oladigan va ko‘rsata oladigan odamning dunyoqarashini belgilaydigan gumanistik qadriyatlarni shakllantirishdir. Pedagogika ijtimoiy faollikka yo‘nalish beradi. Bunda ijtimoiy ish odamlarning ongliligi darajasidan mo‘ljal oladi. CHuqur, har tomonlama ijtimoiy bilimlar voqelikda yo‘l topish, o‘zining ehtiyojlari va qobiliyatlarini unga moslashtirish imkonini beradi.
Ijtimoiy ishning zaruriy pedagogik elementlaridan biri ijtimoiy harakatlar, ko‘nikma va malakalar shakllantirish bo‘lib, odamlar ularning yordamida o‘zlariga o‘zlari yordam ko‘rsatish usullarini egallaydilar.
Ijtimoiy ish oxir-oqibat shaxsni o‘zini-o‘zi tarbiyalashga olib kelishi, hayotning maqsadi va mazmunini aniqlashga ko‘maklashishi, samarali ijtimoiy xulq-atvorga erishish, uzluksiz ta’lim tizimiga qo‘shilish vositalarini egallashida yordam berishi lozim.
YOlg‘izlatib qo‘ymaslik
Ko‘makka muxtoj bolalarni tarbiyalashda ularni jamoadan chetlashib, yolg‘izlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik pedagogik usullarning muhim bo‘g‘inidir. Ijtimoiy ishning pedagogik mazmuni odamlar xulqini korreksiya qilish va qayta tarbiyalash bilan belgilanadi. Korreksiya har qanday faoliyatning zaruriy elementi hisoblanadi, chunki na o‘qishda, na mehnatda va na muloqotda birdaniga ijtimoiy muhim bo‘lgan natijalarga erishish mumkin emas. Sog‘lom va ishga layoqatli jamoani shakllantirish ijtimoiy ishning muhim pedagogik jihatlaridan biri hisoblanadi. SHu yo‘l bilan rasmiy va norasmiy liderlikning uyg‘unligiga erishiladi, bu esa o‘z navbatida nizolarning ehtimolini pasaytiradi, guruhdagi o‘zaro yordamni kuchaytiradi.
Ishlab chiqarish razryadini, malakani oshirish, uzluksiz ta’lim, o‘zini-o‘zi boshqarishda ishtirok etish – bular shunday bosqichlarki, ulardan o‘tib borar ekan, inson o‘zini namoyon qilish va qaror toptirishning yangi bosqichlariga ko‘tariladi.
O‘quv-mehnat, sport, badiiy va boshqa turdagi faoliyatlarda yutuqlarga erishishni ta’minlaydigan usullar muhim pedagogik xususiyatlarga ega. Ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatning o‘zi shaxsni yuksakliklarga ko‘taradi. Biroq, ko‘pincha unga erishish uchun maxsus usullardan, masalan, mehnatni ilmiy tashkil qilish, individual xususiyatlarni hisobga olish, psixologik jihatdan asoslangan samarali yordam kabilardan foydalanish kerak bo‘ladi.
SHaxsning rivojidagi eng yuqori samaraga uni ijodning turli sohalariga jalb etish orqali erishiladi. Muammoli darslar, qo‘shimcha darslar, qayta o‘qishlar, malakani oshirish jarayonidagi tadqiqotlar tafakkurni rivojlantiradi.
Ijtimoiy rivojlanishga odamlar o‘zlarining rivojlanish darajasi, qiziqishlariga ko‘ra a’zo bo‘lib kiradigan turli ijodiy guruhlar va jamoat birlashmalari ancha katta hissa qo‘shadilar.
Ijtimoiy xizmatchining mahorati uning madaniyati, umumiy va kasbiy ma’lumotiga bog‘liq bo‘ladi. Nazariy va amaliy, psixologik va pedagogik tayyorgarlikdan o‘tish ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Fan va amaliy faoliyatning birligi sifatida ko‘riladigan ijtimoiy ish pedagogikasi sohasining eng muhim vazifasi insonni tarbiyalash maqsadlari, mazmuni, usullari va vositalarini, uning xulq-atvoriga, turli mintaqaviy sharoitlardagi ijtimoiy o‘zaro ta’sirlarining keng doirasiga ta’sir o‘tkazish yo‘llarini aniqlashdir. U aholining, oilalarning barcha toifalariga qaratilgan bo‘lib, ijtimoiy yordam tizimini shakllantirish, eng yaxshi munosabat iqlimini yaratish, ruhiy qulaylik, sotsiomadaniy maydonni shakllantirish shaxsning rivojlanishi va o‘zini namoyon qilishiga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Topshiriqlar berish, suhbatlar o‘tkazish
Ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ijtimoiy ish pedagogikasi, shu jumladan, ko‘makka muxtoj bolalarni axloqan tarbiyalash va ularni jamiyatning faol a’zolari qatoriga qo‘shish harakatlari XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vujudga kelgan bo‘lib, uning shakllanishi amerikalik Meri Richmond, Jeyms Adams va germaniyalik Adolf Disterveg va Paul Natorplarning nomlari bilan bog‘liq bevosita bog‘liqdir. “Inson tarbiyasidagi eng asosiy yo‘l ishontirishdir, ishontirishga esa faqat ishonch yordamida erishish mumkin”.
Bahslashuvda ko‘pincha haqiqatni ifodalayotgan odam emas, balki raqibi nutqini tez va aniq tahlil qila oladigan, unga mutanosib va samarali tarzda o‘z nutqini tuza oladigan odam g‘olib chiqadi.
Muloqot strategiyasi nutq taktikasida, ya’ni muayyan vaziyatda belgilangan maqsadlarga erishish imkonini beradigan nutq priyomlaridan foydalanish orqali erishiladi. Masalan, “taxmin qilish”, “yumshatish”, “bo‘rttirish”, “siljitish”, “aybni boshqa bir kishiga to‘nkash”, “takrorlash”, “misol keltirish” va boshqalar.
Nutq taktikasiga quyidagilarni ham kiritish mumkin: kutilmaganlik, ig‘vogarlik, obro‘ga murojaat qilish, prognozlash, norasmiy elementlar kiritish, yumor va boshqalar. Ijtimoiy xodim uchun muayyan vaziyatga hammadan ko‘ra mosroq keladigan nutq taktikalarini tanlay bilish ko‘nikmasi juda muhim.
Bolalar bilan ularning turli muammolari bo‘yicha muzokaralar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Muzokaralar samimiy dialog shaklida mo‘ljallangan natijalarga erishish yo‘lida o‘tkaziladigan suhbat ko‘rinishidir. Ular asosan o‘zaro fikr almashish yo‘li bilan har ikki tomon manfaatlariga mos keladigan bitimga erishish va barchaga manzur bo‘ladigan natijani qo‘lga kiritish uchun o‘tkaziladi. YUtuqqa erishish va bola, sub’ekt manfaatini eng yaxshi tarzda himoya qilish uchun muzokara olib borish san’atini mukammal egallash lozim. Muzokara olib borishning mutaxassislar tomonidan tajriba asosida ishlab chiqarilgan muayyan qoidalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |