Adabiyotlar ro’yxati
Ambrosino R., Heffernan J., Shuttlesworth G. Social Work and Social Welfare: An Introduction. Sixth Edition. – Thomson Brooks/Cole, 2008. – 643 p.
Charles Zastrow. Introduction to Social work and social welfare. Empowering People. George Williams College of Aurora University. Printed in Canada: Brooks/Cole, Cengage Learning, 2010.
Ганиева М.Х. Основы социальной работы. Учебное пособие. – Ташкент: CHASHMA PRINT, 2009. 112 с.
Ганиева М.Х. Введение в социальную работу. – Ташкент: НУУз, 2011.
Ганиева М.Х., Н.М.Латипова. История и теория социальной работы. Методическое пособие. – Ташкент: НУУз, 2015. – 264 с.
Spicker P. Principles of Social Welfare. An Introduction to thinking about the Welfare State. – First published by Routledge, 2013. – 103 p.
Zastrow Ch. Introduction to Social Work and Social Welfare. Empowering people. Tenth Edition. – BROOKS/COLE CENGAGE Learning, 2010 (USA). – 607 p.
Friedman, L. M. (2005). Private lives: Families, individuals, and the law. Cambridge, MA: Harvard University Press; Guggenheim, M. (2005). What’s wrong with children’s rights? Cambridge, MA: Harvard University Press.
4-MAVZU IJTIMOIY ISHNING
ODOB VA AXLOQ MUAMMOLARI (4 soat)
Ijtimoiy himoya qilish siyosatining yuritilishi, bu sohani tadqiq etish va amaliyotini o‘rganish bo‘yicha talabalarga o‘qitilayotgan o‘quv kurslari: ona tili va adabiyoti, xorijiy tillar, davlat huquqi, tarix va iqtisodiyot, sotsiologiya va psixologiya, matematika va fan tarixi, madaniyat va san’at tarixi – bu fanlarning barchasi talabalarni o‘tmish bilan tanishtiradi, dunyoqarashining kengayishiga xizmat qiladi, ijtimoiy va hayotiy faoliyatini faollashtiradi. Ushbu o‘quv kurslari tanqidiy fikrlashimizga ko‘mak berib, muammolarning echimini topishga yordam beradi, shuningdek, atrofimizni o‘rab turgan borliqni to‘liq tushunishimizga, anglashimizga yordam beradi.7
Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar va prinsiplar - 1994 yilda Kolombo shahri (SHri-lanka) da Ijtimoiy xodimlar xalqaro federatsiyasi umumiy yig‘ilishida «Ijtimoiy ish etikasi: tamoyillar va nazariyasi» nomli hujjat qabul qilindi. Bu hujjat ikki qismdan iborat. «Ijtimoiy ish tamoyillarining xalqaro deklaratsiyasi» va «Ijtimoiy xodimlarning xalqaro ahloqiy andozalari». Bu xujjatlarning qabul qilinishi Federatsiya tomonidan uzoq yillar davomida orqaga surib kelindi, bunga ajablanmasa ham bo‘ladi. Bu tashkilotga a’zo bo‘lgan yuzlab mamlakatlarning a’zolari diniy va siyosiy qarashlari bo‘yicha juda xilma-xil. Ularni yo‘llagan davlatlar o‘zlarining to‘zilishi, boshqaruv shakllari, madaniyati bo‘yicha xilma-xil bo‘lib, o‘zlarining an’analariga va ijtimoiy ishning shakllanish tarixiga ega. Qizg‘in munozaralardan keyin umumiy xulosaga kelishga muvaffaq bo‘lindi, shuning natijasida mazkur deklaratsiyalar dunyoga keldi.
Ijtimoiy ish sohasining xizmatchilari o‘z mehnat faoliyatlarini amalga oshirishning kundalik jarayonlarida turli xil axloqiy dilemmalarning echimini topish uchun izlanadilar. Ushbu muammolarning echimini topish uchun ijtimoiy ish xodimi o‘z kasbining huquqiy, etik-axloqiy qadriyatlarini chuqur bilishlari, bu sohadagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishlari zarur bo‘ladi. Ushbu nuqtai-nazar bilan yondashuv nafaqat masalaning huquqiy yoki sud amaliyoti bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlarini, balki odob-axloqqa oid bo‘lgan tomonlarini ko‘proq bilish zarurligini talab qiladi.
Ijtimoiy ish xodimi kasbining odob-axloq normalarini ko‘proq tushunishlari va ularga so‘zsiz amal qilishlari talab qilinadi. Ijtimoiy ish xodimi o‘z faoliyatida kasbiy etikaga (odob-axloq normalari) qat’iy amal qilishlari, zarur bo‘lganda huquqiy va axloqiy prinsiplarni aniq bir holatlarda aniq qo‘llay bilishlari nihoyatda muhimdir. Ijtimoiy himoyalash jarayonida paydo bo‘lgan muammoli (konfliktli) vaziyatlarda, ularni zudlik bilan bartaraf etish choralarini qo‘llay olishlari kerak bo‘ladi.8
«Ijtimoiy ishning ahloqiy tamoyillari deklaratsiyasida» quyidagi tamoyillar bayon qilingan:
Har bir odam noyob xodisa bo‘lib, unga ahloq nuqtai nazaridan e’tibor berish lozim.
Har bir odam o‘z ehtiyojlarini qondirishda boshqalarning huquqlariga zarar etkazmasdan harakat qilish huquqiga ega va u jamiyat farovonligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shishi lozim.
Har bir jamiyat, boshqaruv shaklidan qat’iy nazar, o‘zining har bir a’zosini maksimum darajada noz-ne’matlar bilan ta’minlashga intilishi lozim.
Ijtimoiy soha xodimlari ijtimoiy adolat tamoyillariga doxildir.
Ijtimoiy soha xodimi o‘zining bilimlarini, ko‘nikma va malakalarini alohida odamlar, guruhlar,jamoa va jamiyatlar taraqqiy etishi uchun, shaxsiy-ijtimoiy nizolarni hal qilish, ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun sarf qilishi lozim.
Ijtimoiy ish diskriminatsiyani rad etish asosiga quriladi. Demak, u mijozlarning jinsi, yoshi, millati, diniy e’tiqodi, tili, siyosiy e’tiqodlari, jinsiy yo‘naltirilganligidan qat’iy nazar, amalga oshriladi.
Ijtimoiy xodimlar har bir odam va ijtimoiy guruh huquqlarini, uning mustaqilligi va sha’nini hurmat qilar ekan, «BMT ning inson huquqlari hartiyasi» va boshqa xalqaro hujjatlarga asoslanishadi.
Ijtimoiy ish mijozlarning dahlsizligini himoyalash tamoyiliga asoslanadi, bunga tanlov erkinligi va kasbiy sir, mijozning o‘z huquqlari va shaxsiy delosi mohiyatini tushuntiribberishga bo‘lgan huquqi ham kiradi.
Ijtimoiy xodimlar kasbiy sir saqlaydilar, hatto u amaldagi qonunchilikka zid bo‘lsa ham. Ijtimoiy ish mijozning ishtiroki va u bilan hamkorlikka asoslanadi. Ijtimoiy xizmatchilar o‘zlari duch keladigan har qanday murakkab vazifani hal qilishda mijozlar bilan hamkorlik qilishilari lozim, bunda mijozning manfaatlarini eng yaxshi usulda himoya qilish uchun harakat qilish kerak. Ijtimoiy soha xodimlari xizmatlaridan foydalanayotgan shaxslar o‘z muammolarini hal etishda juda faol ishtirok etishlari lozim. Mijozlar har doim ijtimoiy soha xodimi tomonidan ana shu birgalikdagi harakatlarningmaqsadi va oqibatlari (hatar va foyda) haqida ma’lumot olishlari zarur.
Ijtimoiy ish mijozlarining ixtiyoriyligi tamoyiliga asoslanadi. Demak, u har qanday majburiylikni minimum darajaga tushirish uchun yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Ishtirokchilardan bir guruhining muammolarini boshqa guruh muammolari hisobiga hal qilish zaruriyati tug‘ilganda majbur qilish, har doim muqobil guruhning manfaatlarini batafsil ko‘rib chiqish, har ikki guruhni to‘la eshitib bo‘lgandan keyingi tamoyil tanlashga asoslanishi kerak. Ijtimoiy soha xodimlari muqobil guruhning har ikkisini ham malakali vakillar bilan ta’minlashlari zarur.
Etikaga oid qaror qabul qilish. Mattison (Mattison, 2000) odob-axloqqa oid muammo (dilemma)larni tahliliga oid qo‘yidagi shakllarni izohini keltiradi9:
Muammoni aniqlab, unga oid ma’lumotlarni to‘plash. Ijtimoiy ish xodimi odob-axloqqa oid muammoni aniqlar ekan, ijtimoiy himoyaga oid ma’lumotlarni to‘playdi va qaror qabul qilish uchun mijozning holatini tushunishga harakat qiladi.
Ijtimoiy ish xodimi o‘z ish faoliyatiga aniqlik kiritadi: muammoli vaziyat (keys)ni qanday hal qilishning amaliy harakatlarini qo‘llash mumkin, uning odob-axloqqa oid bo‘lgan jihatlarini yodda tutish.
Muammo echimini qaltis jihatlarini bilish asnosida ijtimoiy ish qadriyatlarini saqlash.
Ijtimoiy ishchi kasbiy faoliyat axloqiy kodekslariga e’tibor qilib, muammoni echimiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni aniqlashi mumkin.
Ijtimoiy ish xodimi o‘z mehnat faoliyatining imkoniyatlari salmog‘ini, zarurligini, ta’sir kuchini oldindan ko‘ra bilishi.
Barcha ijtimoiy himoyalashning ko‘rinishlarini bir-biri bilan taqqoslab ko‘rib, eng samarali shaklini tanlab olishi.
Ijtimoiy ish xodimi muammoni to‘liq hal etish bosqichiga etib kelganda, o‘z hatti-harakatining to‘g‘riligini asoslab olishi shart hisoblanadi.
Ijtimoiy ish o‘z fuqarolarini ezadigan, terrorizm, qiynoqlar va shunga o‘xshash shafqatsiz vositalardan foydalanadigan biror shaxs, guruh, siyosiy kuchlar yoki hokimiyat tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlashga mutlaqo zid.
«Ijtimoiy ishning xalqaro ahloqiy andozalari» da 5 guruh ko‘rsatilgan ahloqiy hulq-atvor andozalari; mijozlar bilan o‘zaro munosabatlar; agentliklar va tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar; hamkasabalar bilan o‘zaro munosabatlar; kasbga munosabat.
Ahloqiy hulq-atvor andozalari:
Har bir inson unikal ekani, inson hulq-atvorini va unga ko‘rsatiladigan yordam harakterini belgilaydigan sharoitlar noyob ekanini tushunishga intiling;
Kasbiy qadriyatlarni tadbiq qiling, bilim va ko‘nikmalaringizni takomillashtiring; kasbingiz obro‘sini tushiradigan hatti-harakatlar qilmang;
SHaxsiy va kasbiy imkoniyatlaringizga ortiqcha baho bermang;
Har doim paydo bo‘layotgan muammolarni hal qilishda bilimlaringiz, ko‘nikmalaringiz va ilmiy bilish metodlaridan foydalaning.
Jamiyat hayotining sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan siyosatning asosiy yo‘nalishlarini va ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda kasbiy tajribangizdan foydalaning.
Ijtimoiy ehtiyojlar, shaxsiy, guruh va jamoa, milliy va xalqaro ijtimoiy muammolarning mohiyati va harakterini aniqlang va ularni tushuntiring.
O‘zingizning huquqiy shaxs sifatida ham, kasbiy uyushma, agentlik yoki tashkilot vakili sifatida ham bajarayotgan harakatlaringizni tushunarli shaklda aniq va ravon izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |