3 -MAVZU IJTIMOIY ISHNING
NAZARIY ASOSLARI (2 soat)
Ijtimoiy ish metodologiyasi muayyan kontekstlar uchun xarakterli bo‘lgan lokal yoqlamalarni kiritgan holda amaliy faoliyatni baholash va tadqiqot o‘tkazish yo‘li bilan olingan isbotli asoslangan bilimlar tizimiga suyanadi. Ijtimoiy ish nazariyasi odamlar va ularning atrofidagi kishilar orasidagi o‘zaro harakatning murak kabligini inobatga oladi va odamlarning ta’sirga duch kelganiday ularga bio-psixoijtimoiy omilni kiritgan holda ko‘p sonli omillar ta’sirining o‘zgarishini tan oladi. Professional ijtimoiy ish inson axloqi va rivojlanishi, majmuaviy vaziyatlari tahlili uchun ijtimoiy tizimlarni ham, individual, tashkiliy, ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarga ko‘maklashish nazariyasini ham o‘zlashtirib oladi.
Ijtimoiy ish ko‘proq amaliy xususiyatga ega. U faqat nazariyadan iborat emas, balki o‘z tarkibiga uzviy ravishda muayyan amaliy tajribaning ma’lumotlarini ham qamrab oladi. xayot bilan, aholi turli guruhlari va qatlamlari hayotining muayyan shart-sharoitlari bilan mustahkam aloqa ijtimoiy ish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini oshirishdagi muhim shartdir.
Ijtimoiy ishning eng muhim tizim tashkil qiluvchi elementlaridan biri ijtimoiy ishdagi voqea va hodisalar mohiyati o‘rtasidagi mustahkam, takrorlanib turuvchi ob’ektiv aloqadorlikni ifodalaydigan qonuniyatlardir. Ijtimoiy ish qonuniyatlarini nazariy asoslash va eksperimental jihatdan tasdiqlash hozirgi zamon olimlari va tadqiqotchilari oldida turgan asosiy vazifalardan biri.
Hozirgi kunda quyidagi qonuniyatlar to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin:
ijtimoiy ish jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarga odamlarning ehtiyojlari, muayyan vaziyat talablari asosida ta’sir o‘tkazish bo‘yicha faoliyat turi bo‘lib, u barcha odamlarning manfaatlariga, ularning ma’naviy yuksalishlariga va ijtimoiy munosabatlarning yangilanishiga, ijtimoiy salomatlikning saqlanishi va reabilitatsiya qilinishiga xizmat etadi;
individning shakllanishi “ijtimoiy dastur” bo‘yicha – shaxsning o‘z rivojida o‘zining faolligi hal qiluvchi rol o‘ynaydigan ijtimoiy muhit ta’sirida yuz beradi;
ijtimoiy xizmatlarning shakllanish va iste’mol qilish manbalari ijtimoiy determinatsiyalashga (lotincha determino- aniqlayman) xususiyatga ega, ya’ni ular jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lib uning taraqqiyotidagi tamoyillarni aks ettiradi.
Ijtimoiy ish sub’ektlari:
1) ijtimoiy yordam ko‘rsatayotgan ijtimoiy xizmatchilar, ijtimoiy pedagoglar;
2) boshqalarni ijtimoiy ishga o‘rgatayotgan professor-o‘qituvchilar tarkibi;
3) ijtimoiy ish rivojlanish holatini qayd etayotgan, to‘plangan materialni umumlashtirayotgan va tizimlashtirayotgan, uning rivojini prognozlashtirayotgan tadqiqotchilar;
4) mamlakatdagi ijtimoiy siyosatni shakllantiradigan va amalga oshiradigan ma’muriy-boshqaruv xizmatchilari.
Ijtimoiy ish jamiyatda mavjud bo‘lgan to‘siqlar, tengsizlik va noxaqlik bilan kurashga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy ish krizis va kritik holatga, shuningdeq kundalik shaxsiy va ijtimoiy muammolarga reaksiya qiladi. Ijtimoiy ish shaxs va uning atrofidagi kishilarga majmuaviy va yaxlit yondoshuvga moslashtirilgan malakalar, usullar va ta’sirlarning turli-tumanligidan foydalanadi. Ijtimoiy ish harakatining spektri psixoijtimoiy jarayonlarning individual shaxsiy darajadagi mashg‘ulotlardan tortib, ijtimoiy siyosatda ishtirok etishni, shuningdeq ijtimoiy loyihalash va rivojlanishni kabul qilishgacha yoyiladi. Amaliy faoliyat, maslahat berish, klinik ijtimoiy ish, guruhlar olib borish, ijtimoiy pedagogik ish, oilaviy terapiya, shuningdeq odamlarga jamiyatda mavjud bo‘lgan xizmat va imkoniyatlarga erishishga yordamlashishga urinishdan iborat. Bundan tashqari, amaliy faoliyat jamoa tashkilotlari, agentliklarini boshqarish va ijtimoiy siyosat hamda iktisodiy rivojlanishga tasir ko‘rsatish maqsadida jamoatchilik va siyosiy faoliyat mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ish amaliyotining ustuvorligi davlatdan davlatga o‘tishi va vaqt davomida madaniy, tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib tursa-da, ijtimoiy ishning majmuaviy yaxlit yondoshuvi universaldir.
Bilimlarning ilmiy shakllari turfaligi: faktlar, voqealar va ularning bayoni, tizimlashtirish, qonuniyatlar va tamoyillar, belgilangan maqsadga erishishning tamoyil va usullari, gipotezalar, qarashlar tizimlari har qanday fan asoslanadigan nazariyaga birikadi.
1915 yilda Meri Richmond o‘zining “Ilmiy ijtimoiy ish” asarida ijtimoiy ish sifatini baholash, ijtimoiy xizmatchi hal qilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy muammolarga tashxis qo‘yish sxemalar yig’indisini taklif qildi va bu ijtimoiy ishning turli xayriya shakllariga asoslanadigan axloqiy-terapevtik nazariyasi yaratilishiga olib keldi. Xayriya ishlarini, muhtojlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini o‘rganish hozirgi kunda ham ijtimoiy ishni ilmiy anglash manbai hisoblanadi.
XIX asrning 20-30-yillarda Z. Freyd va uning izdoshlari tomonidan ijtimoiy ishning psixodinamik nazariyasi oldingi qatorga olib chiqildi. Bu esa g’arbdagi ko‘zga ko‘ringan ba’zi mutaxassislarga, psixodinamik yondashuv axloqiy-terapevtik an’ana, xayriya ishlari ijtimoiy ishga juda ko‘p g’ayri-ilmiy, taxminiy, noaniq, faqatgina oddiy aqlga asoslanadigan narsalarni olib kirdi, degan fikrlar uchun asos berdi. Bu esa odamlarning xulq-atvorini o‘zgartirish, ularning salomatligii saqlash va reabilitatsiya qilish qiyinchiliklari bilan bog’liq ijtimoiy ishning ko‘pgina qiyinchiliklarini hal qilishga imkon bermasdi. Ijtimoiy ishning psixodinamik, psixosotsial nazariyalari hozirgi kunda ham freydizm va neofreydizm yutuqlaridan, qisman zamonaviylashtirib, qayta izohlab sezilarli darajada foydalanishmoqda. Ayni paytda, ular insonning hayotga chidamliligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilar ekan, mustaqil xususiyatlarga ham ega, garchi ular mazkur muammolardagi psixologik va ijtimoiy-psixologik komponentlarga urg’u berishsa ham.
50-yillarda aholining hayotni saqlashga yo‘naltirilgan xulq-atvor mafkurasi va amaliyotini shakllantirishga ko‘maklashadigan, ijtimoiy ongni shu yo‘nalishda o‘zgartiradigan, davlat va individual qadriyatlar ro‘yxatida sog’lom va uzoq umr qadriyatini ko‘taradigan, ekopsixologiya yutuqlariga (ekologik terapiya muammolari, turmushning, sog’lom turmush tarzining shart-sharoitini saqlash)ga asoslangan ijtimoiy ishning valeologik nazariyasi rivojlandi.
Taxminan shu paytda jamoalar ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilishni va ijtimoiy guruhlar bilan olib boriladigan ish, odamga mikromuhit, turar joyida yordam ko‘rsatishni nazariy jihatdan o‘rganadigan ijtimoiy ishning pedagogik nazariyasi taraqqiy topdi.
XX asr o‘rtalarida sanoati rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligida so‘l kuchlarning siyosiy ustunligi kuchayib borishi natijasida ijtimoiy ishning markscha nazariyasi ta’siri osha boshladi. Uning asosiy g’oyasi shaxsning o‘z va atrof-muhit muammolarini hal qilishdagi o‘zgartiruvchan faolligi. Bunda ijtimoiy adolat tamoyillariga qurilgan jamiyatlarda “har bir kishining erkin rivojlanishi hammaning erkin rivojlanishi shartidir” tamoyilini o‘zining barcha fuqarolari to‘g’risida davlatning g’amxo‘rligi sifatida talqin qilish mumkin.
Ayni paytda, ijtimoiy taraqqiyotning sotsial jihatlariga e’tiborning kuchayishi ijtimoiy ish nazariyasidagi ba’zi jiddiy o‘zgarishlarga, undagi huquqiy jihatlarning ustuvorligiga, amaliyotda ijtimoiy muhofaza texnologiyalarining huquqiy poydevori yaratilishiga olib keldi. Kambag’allarga yordam ko‘rsatish to‘g’risidagi, ijtimoiy ko‘mak beruvchi rasmiy muassasalar faoliyati to‘g’risidagi, huquqiy va ma’muriy ta’qiqlar, ruxsat beriladigan holatlar to‘g’risidagi qonunlar rivojlandi. Ijtimoiy ish nazariyasining rivojiga sotsiologlar va psixologlar, pedagoglar va psixoterapevtlar sezilarli hissa qo‘shdilar. Ijtimoiy ishning ko‘pgina nazariyalari nomlanishi sotsiologik, pedagogik va psixologik kontseptsiyalar bilan turdosh ekani (tizimli, funktsional, rolli, ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik va h.k.) tasodifiy emas.
90-yillarning boshlariga kelib, ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy ishni nazariy asoslash, uni ijtimoiy faoliyatning alohida turi, ijtimoiy hodisa sifatida tushunishning bir necha modellari aniq ko‘zga tashlana boshladi. Bu modellardan har biri muayyan mazmunni, muhtojlarga yordam ko‘rsatishning usul va shakllari majmuini, tangliklar profilaktikasini ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy ishning shartli nazariy modellarini to‘rt guruhga ajratishadi: psixologik yo‘nalishdagi; sotsiologik yo‘nalishdagi; ijtimoiy-pedagogik; kompleks, fanlararo.
Psixologik yo‘nalishdagi modellar ko‘proq psixologik bilimga odamning ruhiy mavqei va rivojlanishidagi qonuniyatlarga tayanadi.
Sotsiologik yo‘nalishdagi modellar ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini bilishga, jamiyatni tuzilmalarga ajratishga, undagi ijtimoiy institutlarning o‘zaro ta’sirini bilishga asoslanadi.
Ijtimoiy-pedagogik modellar sotsiumning butun pedagogik salohiyatidan har bir shaxsning rivojlanishi, individual imkoniyatlarini namoyon qilishida foydalanishni ko‘zda tutadi.
Kompleks modellar bioijtimoiy mavjudot sifatidagi insonning hayotiy kuchlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash muammolariga butunlik sifatida yondashishga yo‘naltiriladi.
Tamoyillar bilimlarni tashkil qilishning muhim vositasi sifatida qonuniyatlar bilan bir qatorda – faoliyatning muqarrar qoidalarini belgilovchi asosiy tayanch g’oyalar, qoidalar sifatida amal qiladi. Tamoyillar bilish va atrof-borliqni o‘zgartirish jarayonida vujudga keladigan mantiqiy xulosalarning natijasidir. Tamoyillar, qonuniyatlardan farqli o‘laroq, odamlarning sub’ektiv xulosalari bo‘lishi ham mumkin.
xar bir fan nazariy va amaliy bilimlar, nazariyalar, uslub va uslubiyat (texnologiya)lar qorishmasidan iborat. SHundan kelib chiqilsa, ijtimoiy ish faoliyatning universal turi, bilimning sohasi sifatida esa u boshqa fanlarning butun bir majmui bilan uzviy bog’liq, ijtimoiy ish tamoyillarining bir necha guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin:
mazmuniga ko‘ra: insonparvarlik; demokratizm; qonuniylik; kishilar faoliyatining muayyan shart-sharoitlari bilan bog’liqlik; ijtimoiy faollikni rag’batlantirish; ijtimoiy adolat; altruizm; ijtimoiy, jamoaviy va shaxsiy manfaatlarning uyg’unlashuvi; o‘zini-o‘zi ta’minlash; ijtimoiy xizmatlar sohasida inson va fuqarolar huquqini himoya qilish va ularning davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash, fuqarolar uchun ijtimoiy xizmatlarga ega bo‘lishda teng imkoniyatlarni ta’minlash; xizmatlarga ega bo‘lishda fuqarolarning roziligi; ijtimoiy xizmatlarga ega bo‘lishning ochiqligi; ijtimoiy ishda sir saqlash; ijtimoiy xizmatning barcha tur va shakllari vorisiyligi; adreslilik; sog’ligi va hayoti xavf ostida bo‘lgan fuqarolarga ko‘mak berishdagi ustuvorlik; profilaktika yo‘nalishi; ijtimoiy reabilitatsiya va adaptatsiyaga ko‘maklashuv; idoralararo va fanlararolik; faoliyat nuqtai nazaridan yondashuv; ijtimoiy xizmatni hududiy tashkil qilish; aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda ko‘ngilli jamoatchilik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va boshqalar;
tashkiliy: ijroni nazorat qilish va tekshirish; xizmatchilarning vakolatlari va mas’uliyatlari, huquqlari va majburiyatlarining birligi; umumiylik; komplekslik; vositachilik; hamkorlik; yordam ko‘rsatish va boshqalar;
psixologik-pedagogik: kompleks va differentsiallashgan yondashuvlar; texnologik vakolatlilik; faollikni rag’batlantirish; maqsadga yo‘naltirilganlik; hamdardlik, jozibadorlik, ishonch; vorisiylik; paydarpaylik; uzluksizlik; mijozning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish va boshqalar.
Tamoyillardan ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz.
Insonparvarlik ijtimoiy ishdagi insonni oliy qadriyat sifatida baholaydigan, uning fuqarolik sha’ni va huquqlarini himoya qiladigan, shaxsning o‘z qobiliyatlarini erkin va har tomonlama namoyish qilishi uchun sharoit yaratadigan yetakchi maqsadli ustanovkadir.
Xizmat yo‘riqnomalari, buyruqlar va farmoyishlar bilan tartibga solinadigan rasmiy munosabatlardan farqli o‘laroq, ijtimoiy xizmatchi va mijoz o‘rtasidagi norasmiy aloqalar, avvalo, sanktsiyalash ahamiyatiga ega bo‘lmagan, shaxsiy sifatlarning ruhiy jihatdan mosligi, manfaatlarning umumiyligi, simpatiyalar va antipatiyalar asosida vujudga keladi. Ijtimoiy ishdagi munosabatlarning norasmiy xarakteri ruhiy fenomen sifatida namoyon bo‘lsa ham ijtimoiy xizmatchining xizmat majburiyatlari, lavozim faoliyatlari doirasidan chetga chiqmaydi.
Ijtimoiy ishdagi demokratizm mijoz bilan ruhiy aloqa o‘rnatish ko‘nikmalarini, muloqot me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishini, mijoz shaxsiyatiga nisbatan hurmat va e’tiborni, uning shaxsiy muammolarini hal qilishga o‘zini jalb etishni va aql kuchi, bilimlari, axloqi, tajribasi yordamida ta’sir o‘tkazishni talab qiladi.
Qonuniylik ijtimoiy ishdagi asosiy mazmuniy tamoyillardan biri sifatida qonunlar va unga asoslangan huquqiy hujjatlarga barcha davlat idoralari, mansabdor shaxslar, jamoat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan qat’iy rioya qilinishini taqozo etadi. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar shunday bir shaklki, unga davlatning siyosati, shu jumladan, ijtimoiy siyosat yo‘g’riladi. xuquqning roli va maqsadi avvalo, siyosatni ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qilishdir, biroq bu rolni huquq faqatgina uning me’yorlariga barcha tomonidan rioya qilingani taqdirda bajarishi mumkin. Mana shunda qonuniylikning birlamchi va asosiy talabi, jumladan, ijtimoiy ishdagi qonuniylikning talabi namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy ishning eng muhim mazmuniy tamoyillaridan biri uning odamlar hayot faoliyati muayyan sharoitlari bilan bog’liqligidir. Bu tamoyilda ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyotining birligi namoyon bo‘ladi, uni amalga oshirish esa aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning, uning huquq va manfaatlarini himoya qilishning ilmiy asoslangan tarzda qo‘llanishi va realligini ta’minlab beradi.
Xayot har doim nazariyadan ko‘ra boyroq, ko‘rsatma va yo‘riqnomalardan ko‘ra ko‘p qirraliroqdir. Vaziyatlar va hayot faoliyatining shart-sharoitlari muttasil o‘zgarib turishi, ijtimoiy guruhlar va shaxslarning madaniyat darajasi, ma’lumoti, jinsi, yoshi, mehnat qobiliyati va malakasi, sog’ligiga ko‘ra turfaligi ijtimoiy xizmatchilar duch keladigan ijtimoiy muammolarning doimo yangilanib turishi va o‘ziga xos bo‘lishini ta’minlaydi. SHuning uchun ham ijtimoiy ishning shaxs hayot faoliyati muayyan sharoitlari bilan bog’liqligi tamoyili, avvalo, muayyan vaziyatni tahlil qilish va baholash, insonning hayot sharoitiga ijtimoiy tashxis qo‘yishni nazarda tutadi. Bu tamoyil ijtimoiy xizmatchini ijtimoiy vaziyatdagi ijtimoiy ish maqsadlariga erishish uchun bevosita ahamiyatga molik xususiyatlarni aniqlashga yo‘naltiradi. U mavhum nazariyalarga, qoliplarga, inertsiya va rasmiyatchilikka berilish uchun yo‘l qo‘ymaydi.
Ijtimoiy ishning muhim tashkiliy tamoyillaridan biri ijroni nazorat qilish va tekshirishdir. Ijtimoiy xizmatlarning nazorat qilish-tekshirish funktsiyasi alohida bir soha bo‘lmasdan uning ajralmas tarkibiy qismidir. Ijtimoiy xizmatlar va boshqaruv organlari faoliyatidagi nazorat qilish-tekshirish faoliyatining mazmuni davlat tomonidan aholi turli guruhlarini ijtimoiy muhofazalash bo‘yicha belgilangan tadbirlarning ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy ishning asosiy tashkiliy tamoyillaridan biri vakolat va mas’uliyat, huquq va majburiyatlarning birligidir. Ijtimoiy xizmatlar va ularni boshqaruv organlari faoliyatini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularning aniq faoliyat yuritishiga har bir ijtimoiy xizmatchi o‘z funktsiya va vazifalarini aniq bilishi orqali erishiladi.
xayot kichik mas’uliyat bilan ulkan vakolatlarning birikishi ma’muriy o‘zi bo‘larchilik, yaxshi o‘ylanmagan qarorlar qabul qilish uchun qulay sharoit yaratishini ko‘rsatmoqda. Ayni paytda, kadrlarning katta mas’uliyatga va kichik vakolatga ega bo‘lishi tezkor, qat’iy harakat qilishga yo‘l qo‘ymaydi, amalda ijtimoiy xizmatlar mutaxassislarining tashabbusini bo‘g’adi va mas’uliyatsizlikni keltirib chiqaradi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy ish bo‘yicha har bir mutaxassisning vakolatlariga mutanosib tarzda mas’uliyatini belgilash va ularga yuklatilgan funktsional majburiyatlarning aniq bajarilishini ta’minlash ijtimoiy ish samaradorligining zaruriy shartidir.
Ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyotida psixologik-pedagogik tamoyillarga katta o‘rin ajratiladiki, ular ijtimoiy ishning shakl va usullariga, mijozlarga ko‘rsatiladigan ta’sir usullariga qo‘yiladigan talablarni ifodalaydi.
Ijtimoiy ishning mana shu guruhga kiruvchi aosiy tamoyillaridan biri kompleks yondashuv tamoyilidir. Ijtimoiy ishdagi kompleks yondashuv bir tomondan ijtimoiy ish ob’ektiga o‘tkazilayotgan ta’sirning bir butunligi va har tomonlamaligini ta’minlasa, ikkinchi tomondan, idorachilik, mahalliychilik va ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi cheklanishlarga yo‘l qo‘ymaydi hamda odamlarning manfaatlari, ehtiyojlari, kayfiyatlarini o‘rganishni, ularning xulq-atvori, o‘zini-o‘zi his qilishlariga o‘tkazilayotgan ta’sir xarakterini prognozlashni; shuningdek, odamlarda ehtiyoj va istaklar, ularning kasbiy masu’lligi, ijtimoiy mavqei, maishiy turmush shart-sharoitlari va hayot tajribasi bilan bog’liq bo‘lgan real shaxslarni ko‘ra bilishni talab qiladi.
Psixologik-pedagogik tamoyillar orasida differentsiatsiyalashgan yondashuvni alohida ajratib ko‘rsatish lozim. Ijtimoiy ishdagi differentsiatsiyalashgan yondashuv turli ijtimoiy qatlamlar, guruhlar, kasblar va yoshlardagi moddiy va ma’naviy qadriyatlarga va atrofdagi voqelikka o‘ziga xos qarashlar va munosabatlarning paydo bo‘lishi qonuniy xarakterga ega ekani bilan belgilanadi.
Ijtimoiy siyosat inson manfaatlarini qaysi shaklda ifoda etmasin, odamlar uni faqatgina natijalari ro‘yobga chiqqan taqdirdagina his qiladilar. Muayyan harakatlar bilan mustahkamlanmagan deklaratsiyalar va shiorlar faqatgina ularning obro‘sini ketkazish usuli bo‘lib qoladi xolos. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishga yo‘naltirilgan tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘p jihatdan ijtimoiy xizmatchilar, ijtimoiy xizmatlarning boshqaruv organlari texnologik jihatdan vakolatliligiga bog’liq.
Texnologik vakolatlilik – ijtimoiy xizmatchining vujudga kelayotgan muammolarni hal qilish sharoitlari va texnologiyasidan chuqur xabardorligi va o‘z bilimlarini amaliyotga kasbiy savodxonlik bilan amalga oshirish ko‘nikmasi bo‘lib, u muntazam o‘qishni va xizmatchilarni qayta tayyorlashni, aniq axborotni, boshqaruv tizimining barcha bo‘g’inlaridagi tahliliy va prognozlash faoliyatini, ijtimoiy ish ob’ektlari to‘g’risida chuqur va atroflicha bilimga egalik, ularning tasnifi va xususiyatlarini bilishni, ijtimoiy xizmat mijozlari bilan ishlashda ishchanlik va tashkiliylilikni taqozo qiladi.
Ijtimoiy-psixologik tamoyillarning eng muhimlaridan biri ijtimoiy faollikni rag’batlantirish bo‘lib, u insonni ongli, manfaatni anglagan holda uning kuch-g’ayratini sarflashdagi, qobiliyatlarini, axloqiy va iroda salohiyatini ijtimoiy muhim maqsadga erishish yo‘lidagi faolligini oshirishga undaydi. Bunda har qanday faoliyat turida rag’batlantirish kuchining manbai bo‘lib, manfaatlar va ehtiyojlarning o‘zi emas, balki ularni qondirish darajasi xizmat qiladi.
Ijtimoiy ishda rag’batlantirish tamoyili uning ma’naviy-axloqiy va moddiy shakllarining birligi va uyg’unlashtrilishini; shaxsning individual, kasbiy, ma’naviy-madaniy va ruhiy xususiyatlarini adekvat vositalar va usullar yordamida; insonning ishga, hayot faoliyatining ijtimoiy qadriyatlariga munosabatlarini baholashdagi xolislik va oshkoralikni taqozo qiladi.
Ijtimoiy ishning psixologik-pedagogik tamoyillari jumlasiga maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili ham kiradi. Ijtimoiy xizmatchining doimo diqqat markazida turadigan mijozga ta’sir o‘tkazish maqsadi uning faoliyati xususiyatlari va usullarini belgilaydi, ijtimoiy ish mazmuni va shakllarini oldindan aniqlab beradi. Maqsadga erishish ijtimoiy xizmatchi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning ta’sirchanligi va samaradorligi uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. Bularning barchasi maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyilining alohida mutaxassis faoliyatida ham, ijtimoiy xizmatlar tuzilmasi faoliyatida ham qanchalik muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.
Maqsadga yo‘naltirilganlik ijtimoiy ishning barcha tamoyillarini bir butunlikka jamlab ish usuli va shakllarini tanlash jarayoniga ilmiylik baxsh etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |