6. Bolalarning favqullodagi ahvoli (etimlik, sayoqlik va hokazo). Bu guruhga quyidagilar kiradi:
- bolalar uylari, maktab-internatlarni bitirib mustaqil hayotga yo’l olganlar bo’lib, ular iqtisodiy mustaqillik va ijtimoiy etuklikka etishmaganlar;
- etim qolgan yoki ota-onaning qarovisiz qolgan bolalar;
- nazoratsiz qolgan bolalar va o’smirlar;
7. Darbadarlik, boshpanasiz qolganlar.Bu guruhga aniq yashash joyi bo’lmagan odamlar, migratsiya tufayli ruyxatdan o’tgan qochoqlar, majburan kuchib o’tganlar;
8. Tug’ruqdan oldingi, tug’ruqgacha va tug’ruqdan keyin qiyinchilikka tushganlar.Bu guruhga homilador ayollar, bola emizuvchi onalar, shuningdek bu guruhga bolalarga qarash uchun onalik ta`tilida bo’lgan onalar kiradi;
9. Siyosiy qatag’onlikka uchragan va keyinchalik reabilitatsiya qilingan, ya`ni oqlangan shaxslarning ijtimoiy huquqi bilan bog’liq holatlarga tegishli bo’lganlar guruhi.1
YUqorida keltirilgan guruhlarga bo’lish yagona emas. Ko’rsatilgan guruhlarni ehtimol yanada aniqroq guruhlarga bo’lish yoki aksincha, ancha kengroq kategoriyalarni ajratish mumkin – bu esa tadqiqotning maqsadi va vazifalarga, amaliy masalalarni hal etishga bog’liqdir.
Ijtimoiy ishning ob`ektlari oldida turgan u yoki bu masalalarni muammolarni echshiga qaratilgan, kishilar, muassasalar, tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy ishning sub`ektlari ekanligini inobatga olgan holda, jumladan ijtimoiy ishni tarkibiy qismini e`tiborga olib, turli asos bo’yicha qo’yidagicha darajalash (differentsiatsiyalash) mumkin: amaliy faoliyat, ilmiy va o’quv jarayoni (ijtimoiy ishdagi o’quv fanlari).
Ijtimoiy ishning sub`ektlari quyidagilar xisoblanadi.
1) avvalo jamiyatdagi barcha tashkilotlar, muassasalar, ijtimoiy institutlar:
Davlat o’zining turli darajadagi qonun chiqaruvch, ijro etuvchi va sud hokimiyati ko’rinishdagi tuzilmalari bilan. Bu tuzilmalarda mehnat va ijtimoiy taraqqiyot Vazirligi, shuningdek hududiy darajadagi ijtimoiy ish boshqarish organlari (o’lka, viloyatlar, respublikalar, avtonom tuzilmalarda ijtimoiy himoya organlari) shaharlar mahalliy organlar alohida o’rin tutadi;
Turli ijtimoiy xizmatlar: oilalar va bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatishning hududiy markazlari; balog’atga etmaganlar uchun ijtimoiy tiklash (reabilitatsion) markazlari; ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga yordam ko’rsatish markazlari; imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun reabilitatsion markazlar; bolalar va o’smirlar uchun ijtimoiy boshpanalar; aholiga psixologik-pedagogik yordam ko’rsatish markazlari; telefon orqali ekstrim (shoshilinch) yordam berish markazlari va boshqalari;
Davlat korxonalari, tashkilotlari, muassasalari, oliygohlari (oliy o’quv yurtlari) va hokazolarning ma`muriyatlari va ularning bo’limlari;
Jamoat, hayriya va boshqa tashkilotlar va muassasalar: kasaba uyushmalari, bolalar fondining Qizil yarim oy (Qizil xoj) jamiyatining bo’limlari, hususiy ijtimoiy xizmatlar, tashkilotlar va hokazolar1.
Amaliy ijtimoiy ish bilan professional tarzda yoki jamoatchilik yo’li bilan shug’ullanuvchi kishilar. Haqiqatda ular ijtimoiy ishning ko’rsatilgan ikki sub`ektlarining vakillaridir. Bunda ularni ikki guruhga ajratish mumkin: tashkilotchi-boshqaruvchilar va biz yuqorida ko’rib chiqqan ijtimoiy ishning ob`ektlariga bovosita yordam ko’rsatuvchi, madad ko’rsatuvchi mijozlarni himoya bilan ta`minlovchi ijrochilar, amaliy ijtimoiy ish xodimlari.
Ba`zi ma`lumotlarga ko’ra, bugungi kunda jahonda 500 mingga yaqin professional ijtimoiy ish xodimlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Ijtimoiy ish xodimlari alohida guruh bo’lib, ular aniq professional va ma`muriy-ahloqiy fazilatlarga ega bo’lishlari zarur.
6. O’qituvchilar, shuningdek, bilimlar, ko’nikmalar, mahoratlarini mustahkamlashga yordam beruvchilar: talabalar amaliyotining rahbarlari, murabbiylar, amaliy ijtimoiy ish xodimlar va ijtimoiy sohaning turli tashkilotlari, muassasalari, korxonalarida talabalar (tinglovchilar)ning amaliyot o’tashlariga yordam beruvchi boshqa xodimlar.
7. Ijtimoiy ishni tadqiq etuvchilar: Ilmiy xodimlar turli usullarni qo’llagan holda ijtimoiy ishning holatini tahlil qiladilar, ilmiy dasturlar ishlab chiqadilar, shu sohada mavjud bo’lgan va paydo bo’layotgan tendentsiyalarni qayd etadilar, ijtimoiy ishning muammolari bo’yicha ilmiy hisobotlar, kitoblar maqolalar chop etadilar. Bu jarayonda mamlakatning ilg’or oliygohlarini kafedralari, laboratoriya xonalari, ilmiy muassasalari, ijtimoiy muammolar bo’yicha doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo’yicha ilmiy kengashlar muhim rol’ o’ynaydi.
“Ijtimoiy ish etikasi” fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ijtimoiy ish fanining turlicha nazariyalarni o’rganish;
Ijtimoiy ish xodimlari amal qiladigan axloqiy qoidalarning milliy xususiyatlarini tadqiq etish;
Ijtimoiy ish xodimlari amal qiladigan axloqiy-etik kodekslari bo’yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish;
Ijtimoiy ish sohasida faoliyat yuritadigan xodim faoliyatining asosiy vazifalari va funktsiyalarini aniqlash;
Ijtimoiy ish xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash;
Ijtimoiy ish xodimining ma`naviy-axloqiy qiyofasini tadqiq etish;
Ijtimoiy ish sohasida kasbiy faoliyat olib boruvchi ijtimoiy ish xodimlarining axloqiy-etik faoliyatini takomillashtirish.
Hozirgi davrda ijtimoiy ish xodimlari faoliyati jarayonida amal qilishi lozim bo’lgan axloqiy printsiplar va tamoyillar mohiyatini bilishi, shu bilan birgalikda ularda ko’nikma va malakalarini rivojlantirish bilan bog’liq bilimlarni berish ushbu fanni asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |