Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi



Download 466,85 Kb.
bet12/49
Sana15.06.2022
Hajmi466,85 Kb.
#673977
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Bog'liq
26c54b9703a2c91553a0054ceb625a96 ижт.иш технологиялари

Kursning maqsadi:
jamiyatning ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy masalalarining mohiyati va xususiyatlarini;
davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishlarini;
ijtimoiy ishning o‘ziga xos faoliyat turi sifatidagi xususiyatlarini;
ijtimoiy ishning etik me’yorlari va qadriyatlarini;
ijtimoiy ish nazariyalarini ijtimoiy ishchi tomonidan amaliy faoliyatga tadbiq qilish orqali bilish;
ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari va ular bilan bog‘liq malakalalar bilan tanishtirishda iborat.
Kursning vazifalari:
Talabalarni ijtimoiy ishning professional faoliyat sifatidagi mohiyati, uning ob’ekti va predmeti, asosiy kategoriyalarini;
ijtimoiy ishchining rollari va vazifalari, etikasi tamoyillari;
ijtimoiy ishning asosiy metodlari va nazariyalarini o‘zlashtirishdan iborat.
Ijtimoiy ta’minot tashkilot vao‘quv fani sifatida. Bugungi kunda ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoyalash tushunchalarining mazmuni turlicha talqin qilinadi. Zero, asosan ijtimoiy ish faoliyati tashkilot sifatida ko‘rib chiqilsa, yana bir holatda bu soha ijtimoiy ish xodimi kasbini o‘qitishdagi o‘quv fani sifatida qaralmoqda. Ijtimoiy ish xodimlari Milliy Assotsiatsiyasi (AQSH ijtimoiy ish xodimlarining professional tashkiloti) tomonidan ijtimoiy ish sohasiga qo‘yidagicha ta’rif beriladi: “Aholiga ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda va ularning ta’lim olishlarida imtiyozli ijtimoiy xizmat va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatadigan Milliy tashkilotning dasturi”4
Ijtimoiy ishning eng umumiy ma’nosi- individ, guruh yoki jamiyat hayotidagi ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirishda professional faoliyat, ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishdir.
Ijtimoiy ta’minot atamasi keng ma’noda aholi farovonligiga qaratilgan barcha tashkiliy muammolarni o’z ichiga oladi. Unga ta’lim, sog’liqni saqlash, reabilitastiya, keksalar va bolalarning ijtimoiy muhofazasi, ijtimoiy yordam, ijtimoiy sug’urta, jismoniy va aqliy nogiron shaxslarga xizmat ko’rsatish, psixoterapiya, maslahat berish va ijtimoiy farovonlikka ta’minlashga qaratilgan xizmatlar kiradi. Bu borada ijtimoiy ish va ijtimoiy ta’minot bir xil ma’no va mazmunni anglatadi.
Ijtimoiy ta’minot sohasidagi faoliyat bu –
Ehtiyojmand kishilarni uy-joy bilan ta’minlanish;
Ichkilik yoki giyohvand moddalarga tobe bo’lgan kishilar reabilitatsiyasi;
Ruhiy muammoli shaxslar bilan ishlash;
Yolg’iz keksalar hayoti sifatini yaxshilash;
Jismoniy yoki aqliy no’qsonli shaxslarni reabilitastiyasi qilish maqsadida professional - texnik xizmatlar ko’rsatish;
Kam ta’minlangan oilalarning moliyaviy ehtiyojlarini yaxshilashga yordam berish;
Jinoiy hatti-harakat qilgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashishi va reabilitatsiyasini amalga oshirish;
Kamsitish va zo’ravonlikning barcha shakllariga barham berish.
P.Nelson Reyd (Reid, 1995)tomonidan tayyorlangan Ijtimoiy ish Ensiklopediyasida ijtimoiy himoyalash kuchli bo‘lgan jamiyat qo‘yidagicha ta’riflanadi. Bunday jamiyatda insonlar faoliyati va umr kechirishi uchun turli xil ehtiyoj va hayotga qarshi tajovuzkor g‘oyalardan ongli ravishda himoya qilish tizimi yaratilgan bo‘ladi. Bunday jamiyat barqaror rivojlanish xususiyatlariga ega bo‘ladi. Unda adolat o‘rnatib, har bir insonning individual o‘sishi uchun jamiyatning iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari juda yuqori bo‘ladi. Ijtimoiy himoya g‘oyasining asosini shunday qarashlar tashkil etadiki, butun insoniyatni ijtimoiy himoyalash tizimidagi ko‘maklarni va madadlarni tashkil etishni jamiyat o‘zining ma’naviy burchi sifatida qabul qiladi.5
Ushbu tushunchalarning farqi shundaki, ijtimoiy ish - bu kasb, fan va ta’lim fani bo’lsa, ijtimoiy ta’minot - qonunchilik tomonidan fuqarolarni keksalikda, kasallikda, to’liq yoki qisman mehnatga layoqatsizlikda, boquvchisini yo’qotganda, shunigdek, ko’p farzandli oilalarga moddiy ta’minot va xizmat tizimidir.
Ijtimoiy ta’minotning amalga oshirishning asosiy maqsadi shundaki, u jamiyatdagi barcha insonlarning ehtiyojlarini qondiradi. Ijtimoiy ta’minot barcha yosh guruhlarining hayot farovonligini oshiradi. Ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish faoliyati zarur ijtimoiy institut hisoblanadi, chunki hozirgi kunning asosiy talabi kishilarni davlatdan rozi bo’lishlarini va ular farovonligini ta’minlashni talab qiladi.
Ijtimoiy ish xodimlari Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948-yil 10-dekabr) to‘g‘risida bilimga ega bo‘lishlari lozim. Biroq, ushbu hujjatlardan tashqari ijtimoiy ish xodimlariga o‘z kasblarining inson huquqlari bilan aloqadorligini yaxshiroq tushunishlariga ko‘maklashuvchi boshqa hujjatlar ham bor.
Ijtimoiy ish xodimlari Milliy Assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilingan Axloq Kodeksi shunday hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjatning ko‘p bo‘limlari induvidial xulq-atvorga, masalan konfedensiallikka amal qilish, mijoz bilan shaxsiy aloqadorlik tamoyili va boshqalarga taaluqli bo‘lsa, boshqa bo‘limlari inson huquqlarini amalga oshirishga tegishli. AQSH ijtimoiy ish xodimlarining katta qismi mazkur Kodeksdan qo‘llanma sifatida foydalanadilar. Ushbu Kodeks ularga o‘z kasblarini inson huquqlari bilan bog‘lab faoliyat ko‘rsatishlariga yordam beradi.
Bugungi kunda inson huquqlarini himoyalash doimiy ravishda butun jahon diqqat markazida turibdi. SHu bilan bir qatorda mamlakatimizda ham inson huquqlarini himoyalash jamiyatning asosiy maqsadi hisoblanadi. Respublikamizga yangi ijtimoiy ish xodimi kasbining kirib kelishi huquqiy demokratik jamiyat qurilishiga katta hissa qo‘shishi mumkin. Faqat buning uchun birinchi navbatda jamiyatimiz oldida bu soha bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash va xalqimizga bu soha bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish masalalari dolzarb hisoblanadi.

Download 466,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish