Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi



Download 466,85 Kb.
bet25/49
Sana15.06.2022
Hajmi466,85 Kb.
#673977
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
26c54b9703a2c91553a0054ceb625a96 ижт.иш технологиялари

Е.М. Рузаева. Соотношение понятия «инвалид» в российском и международном праве. //Юридические науки. 2009 г. –242 с.

  • Bekmurodov M. Oliy ma`lumotli ijtimoiy xodimlarni tayyorlashda ta`lim muassasalarining roli.T.:2008 y.

  • Xusanova X. O’zbekistonda aholini ijtimoiy muhofazalashda o’zini-o’zi boshqarish organlarini o’rni. 2008 y.

  • Kim L. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimida kadrlar masalalarini hal qilish yo’lida.T.2008 y.

  • G’aniyeva M.X. Ijtimoiy ish asoslari.T.: 2010 y.

  • Normurodov B. Sotsiologiya tarixi. T.:2010 y.

  • Tadjieva S. Bolalarni patranat oilalarga berishning xorij tajribasi.T.:2010 y.



    6-MAVZU ZAMONAVIY DUNYODA AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MODELLARI (2-soat)
    6.1. Aholini ijtimoiy himoya qilish: tushuncha, maqsad va vazifalar. Ijtimoiy himoya turlari.
    6.2. Ijtimoiy himoya modellari: liberal, sotsial-demokratik, konservativ (korporativ).
    6.3. G‘arbiy Evropa mamlakatlarida ijtimoiy himoya tizimining funksiyalari va prinsiplari.
    Aholini ijtimoiy himoya qilish: tushuncha, maqsad va vazifalar. Ijtimoiy himoya turlari.Ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholini kafolatli himoya qilish eng muhim siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vazifadir. Har bir mamlakat ijtimoiy himoya tizimining sifat va miqdor ko‘rsatkichlari jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining darajasidan dalolat beradi.
    Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 25-moddasida “Har bir inson ... ishsizlik, kasallik, nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarga ko‘ra tirikchilik uchun mablag‘ bo‘lmay qolgan boshqa hollarda ta’minlanish huquqiga ega”13 ekanligi ko‘rsatilgan.
    Bu aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi tomonidan ta’minlanadi.
    Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi uchta asosiy shaklga ega:
    ijtimoiy ta’minot;
    ijtimoiy sug‘urta;
    ijtimoiy yordam.
    Ijtimoiy ta’minot – bu fuqarolar ayrim toifalarini davlat byudjeti hamda byudjetdan tashqari maxsus fondlar mablag‘lari hisobidan moddiy ta’minlashga yo‘naltirilgan davlatning ijtimoiy yordam ko‘rsatish shaklidir. Fuqarolarga bunday yordam davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan muhim deb e’tirof etilgan hollarda ko‘rsatiladi.
    Ijtimoiy ta’minotga ehtiyoj jamiyat paydo bo‘lishi bilan tug‘ildi. Har qanday jamiyatda – uning iqtisodiy va siyosiy tuzilishidan qat’i nazar – o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlar sababli tirikchilik kechirish uchun mablag‘ topishga qodir bo‘lmagan aholi toifalari bo‘ladi. Ularga, eng avvalo, bolalar va keksa kishilar kiradi. Bundan tashqari ijtimoiy yordamga muhtojlar safini vaqtincha yoki bir umr mehnatga layoqatsizligini yo‘qotgan odamlar to‘ldirishi mumkin. Jamiyat rivojlanishi va ijtimoiy aloqalar murakkablashishi bilan ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolar qatoriga iqtisodiy sabablar oqibatidagi ishsizlar, kambag‘allar, shuningdek inflyasiyaning yuqori sur’atlaridan moddiyo ahvollari og‘irlashganlar kiradi.
    Ijtimoiy ta’minot deyilganda quyidagilar anglanadi:
    • fuqarolarga qarilikda mehnat faoliyati, mehnat qobiliyati va boquvchisini yo‘qotganligi uchun ko‘zda tutilgan moddiy ta’minotdan tashqari ularning normal turmush va madaniy standartlarini kafolatlaydigan taqsimlash shakli;
    • fuqarolarni yoshi, kasallanishi, nogironligi, ishsizligi, boquvchisini yo‘qotganligi, bolalarni tarbiya qilish uchun hamda qonunda belgilab qo‘yilgan boshqa holatlar bo‘yicha moddiy ta’minlash tizimi;
    • bir tomondan fuqarolar, ikkinchi tomondan davlat, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari tomonidan daromadlari yo‘qotilishi yoki kamayishi vaziyatlari paydo bo‘lganda fuqarolarga maxsus fondlar, byudjet mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish, pensiya, nafaqalar va moddiy ta’minlashning boshqa shakllari asosida tarkib topayotgan ijtimoiy munosabatlar jamlanmasi.
    Qonunchilik ijtimoiy ta’minotning quyidagi olti turini nazarda tutadi:
    • pensiyalar;
    • nafaqalar;
    • ijtimoiy ta’minot kompensatsiyasi;
    • imtiyozlar;
    • ijtimoiy va tibbiy xizmatlar;
    • hayotiy zarur ashyolar.
    Yuqorida qayd etilgan bu turlarning har biri, odatda yana qator turlarga bo‘linadi. Bunda ijtimoiy ta’minot turlari barqaror xususiyatga ega bo‘lgani holda ularning boshqa turlari muayyan siyosiy, iqtisodiy va boshqa sharoitlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi.
    Ushbu ijtimoiy himoya ko‘rsatish shaklida avvaldan ma’lum to‘lovlar bajarilganmi yoki yo‘qmi, shuningdek, shaxslarning moddiy holati (muhtojligi) e’tiborga olinmagan holda davlat tomonidan ijtimoiy ta’minot taqdim etiladi. Mazkur ijtimoiy himoyaning moliyaviy manbalari – bu umumiy va maxsus soliqlar hisobidan shakllanadigan davlat byudjetidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinadigan mablag‘lardir.
    Aholining ijtimoiy ta’minoti tizimidagi eng muhim shakl – ijtimoiy sug‘urtadir.

    Download 466,85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish