Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi



Download 466,85 Kb.
bet23/49
Sana15.06.2022
Hajmi466,85 Kb.
#673977
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
Bog'liq
26c54b9703a2c91553a0054ceb625a96 ижт.иш технологиялари

Muzokara olib borish qoidalari:
O‘z oldingizga qo‘ygan vazifani nazardan qochirmang, nima bilan shug‘ullanayotganingiz haqida beriladigan savolga javob berish uchun tayyor bo‘lib turing.
E’tiborli bo‘ling va suhbatdoshingizning gapini bo‘lmang.
Suhbatdoshingizni u etti uxlab tushiga ham kirmagan narsada ayblamang. Bu uni mudofaa mavqeiga o‘tib olishga majbur qiladi va muzokaralarning umumiy asabiyligi va agressivligiga sabab bo‘ladi.
Muzokara boshidanoq samimiy va oqko‘ngil bo‘ling. Suhbatdoshingizga hurmat bilan munosabatda bo‘ling, lekin uning oldida yaltoqlanmang.
Suhbatdoshni eshitishni biling. Uning haqiqiy motivlari va istaklarini tushunishga hatti-harakatlari, imo-ishoralari va so‘zlari nimalarni ifodalayotganini anglashga harakat qiling.
Suhbatdoshingizni o‘z tomoningizga “ag‘darib olishga”, uning muammolarini o‘zingiz hal qilib berishga urinmang.
O‘z muammoingizda vakolatli bo‘ling, sizga berilgan savolning javobini bilmasangiz, uni ichingizdan to‘qib chiqarmang, va sizga berilmagan savolga javob berishga harakat qilmang.
Kambag‘allik va nochorligingiz bilan “maqtanmang”.
O‘tmish to‘g‘risida emas, kelajak to‘g‘risida ko‘proq gapiring.
“Mayda gap” bo‘lmang va muhim bo‘lmagan masalalar yuzasidan tortishmang. Tashakkur bildiring (yordam, ajratilgan vaqt, masalahat va h. k. uchun). Suhbatdoshingizga u bilan uchrashuvingiz siz uchun juda muhim bo‘lganini etkazib qo‘ying.
Muzokaralar muvaffaqiyatsizlik bilan tugashiga doimo tayyor turing.
Mijozlarning muammolarini hal qilishda ijtimoiy xizmatchi ko‘pincha boshqa muassasa, tashkilot va idoralarning mutaxassislariga yordam so‘rab murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Bir marotabali shaxsiy muloqotlar uzoq muddatli o‘zaro majburiyatlarga nisbatan ijtimoiy xizmatchi uchun murakkabroq bo‘ladi, uning faoliyati samaradorligini pasaytiradi. “Kerakli” odamlar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini to‘g‘ri o‘rnata bilish ijtimoiy xizmatchi muvaffaqiyatining kafolatidir.
Hamkorlik munosabatlari rivojlanishiga xalaqit berayotgan muammolar: tomonlar manfaatlarining noaniqligi va kelishtirilmagani.
Kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tasavvurlarning turlichaligi.
o‘zaro axborot almashishning zaifligi.
Munosabatlarni huquqiy jihatdan shakllantirilmagani.
Moliyaviy mablag‘larni jalb qilish va ulardan foydalanish masalasidagi noaniqlik. Rejalashtirishning yo‘qligi, kim nima uchun mas’ul ekani to‘g‘risida tasavvur shakllantirilmagani.
Ijtimoiy xizmatchining faoliyatida verbal va noverbal vositalar yordamida amalga oshiriladigan, rasmiy-xizmat doirasida amalga oshiriladigan, bevosita muloqot shakli bo‘lgan suhbatga katta o‘rin ajratiladi. Bolalar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar quyidagi xususiyatlarga ega:
hamkorlarning o‘z mavqelarini aniq va ishonarli qilib bayon qila olish layoqatlari va muloqot maqsadlarini hisobga olgan holda muzokara predmetiga tanlab yondashish;
sherikning so‘zlariga munosabat bildirishning tezligi; sheriklar fikri va takliflariga tanqidiy baho berish;
sub’ektiv va ob’ektiv omillarni hisobga olish va baholashga tahliliy yondashuv;
mazkur muammo bo‘yicha mavjud nuqtai nazarlarni tanqidiy tahlil qilish orqali o‘zining ahamiyatini bilish va sheriklarning malakalarini oshirish;
muammoni hal qilishga aloqadorligi va mas’ulligini his qilish.
Ijodga rag‘batlantirish, ijod namunalarini namoyish etish
Ko‘makka muxtoj bolalarni axloqiy tarbiyalashda ularni ijod qilishga rag‘batlantirishdir. Bolalar bilan eng yaxshi suhbat ijod haqidagi suhbatdir. SHuning uchun ular bilan turli mavzularda, ayniqsa ular sevgan mavzuda suhbatlashish bunday bolalar uchun quvonch manbaidir. Xizmat yuzasidan suhbatlarni o‘tkazish bo‘yicha quyidagi tavsiyalar beriladi:
-suhbat rejasini oldindan yozib olish, eng muhim iboralarni tanlash;
-suhbatdoshga suhbat davomida vaqti-vaqti bilan ta’sir o‘tkazish tamoyilidan foydalanish: noxush momentlarni yoqimlilari bilan almashtirib turish, suhbatning boshida va oxirida ijobiy narsalar to‘g‘risida gapirish;
-suhbatdoshning asosiy motivlarini doimo yodda tutish: uning kutishlari, shu suhbat natijasida u qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgan afzalliklar, uning mavqelari, o‘zini namoyon qilish istagi, adolat tuyg‘usi, o‘zini hurmat qilishi;
-suhbatga aloqasi bo‘lmagan chet kishilarning hozir bo‘lishidan qochish;
-har qanday vaziyatda xushmuomala bo‘lish, yuksak didni namoyish qilish.
-suhbatdoshning ijobiy javob berishiga ko‘maklashish;
-suhbatdosh “yo‘q” deb javob berishi mumkin bo‘lgan savollarni chetlab o‘tishga intilish;
-agar suhbatdosh sizning fikringizga qo‘shilmasa, uni batafsil bayon qiling;
-suhbat mavzuidan chetga chiqmaslikka harakat qilish, yo‘l-yo‘lakay chekinishlardan qochish, fikrni ishonarli qilib optimistik kayfiyatda ifodalash.
SHuni ham esda tutish zarurki, suhbatdoshning so‘zlarini beodoblik bilan bo‘linganda, uning o‘z fikrini bayon qilishiga asossiz yo‘l qo‘yilmaganda, uning dalillarini e’tiborga olmaganda yoki mazax qilganda, faktlar buzib ko‘rsatilganda, asossiz shubhalar bayon qilinganda va h. k. suhbatning risoladagiday o‘tishiga xalaqit beradi.
Muzokaralar olib borishning quyidagicha soddalashtirilgan sxemasi taklif qilinadi: salomlashish va muzokaralar mavzuining debochasi: mavzu tavsifi va muzokaralar yuritish bo‘yicha takliflar; tomonlarning o‘z mavqelarini bayon qilishi; munozara yuritish; muammoni hal qilish; yakuniy hujjat tayyorlash va yakunlash.
Muzokaralar muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun, ular boshlanishi bilanoq suhbatdosh bilan umumiy nuqtalarni topishga intilish zarur. Munozarani mavzuning eng muhim jihatlaridan boshlash va asosiy masalalar bo‘yicha umumiy xulosaga intilish va shundan keyingina tafsilotlarga o‘tish taklif qilinadi. Muzokaralar boshlanishida mavzuning munozaraga sabab bo‘lmaydigan aniq jihatlari ko‘rib chiqiladi, bu esa munozarani rivojlantirish uchun asos yaratishga xizmat qiladi. SHundan keyin nisbatan osonroq hal qilinishi mumkin bo‘lgan jihatlarni ko‘rib chiqishga o‘tiladi. Undan keyin esa batafsil muhokama talab qiladigan asosiy masalalarni ko‘rib chiqishga o‘tiladi. Agar bu masalalarni ko‘rib chiqishga muhokama boshidayoq kirishilsa, unda muzokaralar mutlaqo barbod bo‘lishi mumkin. Agar qarashlardagi tafovutlar jiddiy bo‘lsa, ularga urg‘u bermaslik lozim, aks holda bu muzokaralarning rivojlanishiga xalaqit beradi.
Mabodo, murakkab masalalarni ko‘rib chiqishga asta-sekin kirishish tamoyiliga erishib bo‘lmasa, muzokaralar ikkinchi darajali masalalarda o‘ralashib qolishi, asosiy mavzular bo‘yicha esa tomonlar umumiy kelishuvga erisha olmasliklari mumkin. Bunday holatda erishilgan bitimlarni qayd etish va ular asosida muhokama qilinishi lozim bo‘lgan navbatdagi masalalarni belgilash lozim. Muzokaralar muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz o‘tganidan qat’iy nazar, ularning natijalarini batafsil tahlil qilish zarur.
Muzokaralarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan nutq ifodasiga bog‘liq bo‘lib, optimal holatda u rasmiy-xizmat nutqining uslubi va tilidan foydalanishga, psixolingvistika, sotsiolingvistika, shuningdek, muloqot psixologiyasi fanlarining ma’lumotlariga asoslangan bo‘ladi.“Odamni dunyodan hech narsa san’at kabi ihotalay olmaydi, ayni paytda hech narsa odamni dunyoga san’at singari bog‘lay ham olmaydi”-degan edi Gyote.
To‘garaklarga, san’at va adabiyotga mehr uyg‘otish
Ko‘makka muxtoj bolalar axloqiy tarbiyasini san’at vositasida olib borish va ularni adabiyot, san’at vositasida shakllantirish ularning hayotini mazmundor qilishi isbotlangan. Afsuski, klublar nima uchun kerakligini tushunmaydigan, hissiy, intellektual, ma’naviy jihatdan kambag‘al bo‘lib qolgan bolalalar ham borligini, ular ko‘proq g‘arb san’at mahsulotlari bilan kifoyalanayotganini aytmasdan o‘tolmaymiz. SHu ma’noda aholining, ayniqsa ko‘makka muxtoj bolalarning bu manbalardan bemalol foydalanish imkonini yaratishda anchagina ishlar qilinishi lozim.
Hozirgi “ommaviy” madaniyat o‘zini namoyon qilish uchun intilishga kuchi va layoqati bo‘lmagan shaxsni “modellashtirmoqda”, chunki u tomoshabindan hech qanday aqliy va ma’naviy faoliyatni talab qilmaydi, ayollardagi singari injiqlik va irodasizlikni shakllantiradi. Ayni paytda san’atni jonli idrok qilish tomoshabinlarning ongli madaniyati va ehtiyojlarini shakllantirishi aniqlangan.
San’atning imkoniyatlari juda ko‘p qirralidir. San’at intellektual va axloqiy sifatlarni shakllantiradi. Ijodiy qobiliyatlarni rag‘batlantiradi, muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvga ko‘maklashadi. San’at davolaydi. San’at yordamida davolash artterapiya (yunoncha “art” - san’at) deyiladi. Artterapiyada mavjud bo‘lgan san’at asarlaridan foydalaniladi: Mijozlarni mustaqil ijod qilishga undaladi; mutaxassisning o‘z ijodi – chizish, bo‘yash va h.klardan mijoz bilan o‘zaro ta’sirda foydalaniladi. Ijtimoiy xizmatchi tomonidan maxsus tanlangan adabiyotlarning mijoz tomonidan o‘qilishi, tahlil qilish va baholanishi biblioterapiya deb ataladi. Musiqa, teatr, rassomlik, kino ham davolaydi. qadimgi Fivadagi kutubxonalar peshtoqiga “ruhni davolaydigan shifoxona” deb yozib qo‘yilgan edi. Ijtimoiy xizmat qabuliga charchagan, horg‘in, boshi og‘riyotgan odam kelsa, u bilan suhbat o‘tkazish uchun eng yaxshi fon Betxovenning “Piligrimlar xori”dir. Dvorjakning “Karnaval prelyudiyasi” depressiya, siqilishni davolaydi. Betxovenning “quvonch” odasi melanxoliklar uchun foydalidir. Teatr san’ati alohida xususiyatga ega. U o‘z ichiga san’atning bir qator turlari: raqs, rassomlik, badiiy o‘qish, musiqa singarilarni qamrab oladi; inson ruhiyatining ichkarisiga kirib borishga intiladi, ochiqlik, begonalashuv komplekslarini, yolg‘izlikni bartaraf etishga olib keladi, yaxshilikka ishonch uyg‘otadi.
Hayotimiz davomida yuzlab rollarni: ota-onalar, bolalar, qarindosh-urug‘lar, do‘stlar, maslahatchilar, tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar, yo‘lovchilar, piyodalar, xaridorlar, oshiq-moshiqlar, haqoratlanganlar, xafa qilinganlar, baxtiyorlar… rollarini o‘ynashimizga to‘g‘ri keladi. Bu rollardan har biri o‘zining xususiyatlari va qoidalariga ega: yo‘lovchi hushyor bo‘lishi, piyoda ehtiyot bo‘lishi, sotuvchi xushmuomala va halol bo‘lishi talab qilinadi. xayotdagi rollarni kimdir osongina, kimdir esa juda qiyinchilik bilan o‘ynaydi. Biz do‘stlarimiz orasida “yolg‘izlar” – do‘stlar orasidagi “o‘z odami” rolini o‘ynay olmayotganlarni uchratamiz, ko‘p ota-onalar esa o‘z bolalarining “do‘sti” rolini o‘ynashadi, bu esa mungli oqibatlarga olib keladi.
Biroq, kasbiy rollar: quruvchi, ishchi, militsioner, o‘qituvchi, vrach, olim singarilarning rollari yana ham murakkabroq bo‘lib, ulardan har biri unikal va betakrordir, o‘z kasbiy roliga o‘rganish esa uzoq va murakkab jarayondir.
Kasbiy rollarni ijro etishni o‘rganish mumkin. Bunda har bir insonda mudrab yotgan aqliy va ma’naviy qobiliyatlarni faollashtirishga yordam beradigan, odamlarning o‘zaro bir-biriga qiziqishlarini, bir-birlarini tushunishga intilishlarini kuchaytiradigan teatr san’atining yordami juda katta. Teatr san’ati – yuksak aqliy madaniyat, estetik madaniyat, yaxshi odob-axloq namunasidir. Teatr optimistik kayfiyatni vujudga keltiradi, jamoada ijobiy ruhiy iqlimni yaratishga ko‘maklashadi, bayramona va erkin iqlim yaratadi. Teatr postanovkalarida birgalikda qatnashish shaxsning o‘zini-o‘zi adekvat baholay olishga yaqinlashishi uchun imkon yaratadi, kechirimli bo‘lish, bir-birlarining xulq-atvorlarini tushunish, mayda-chuyda xafagarchiliklardan uzoqroq bo‘lish, bir-birlarining sha’ni va talantlarini hurmatlashga o‘rgatadi. Teatr hamkorlikdagi mehnat, ijod, do‘stlik, muhabbat uchun katta kuch-quvvat beradi. Teatr san’ati inson ruhiyatining barcha jabhalarida: intellekt, his-tuyg‘u, axloqiy sifatlar va xarakter xususiyatlari, hayotiy urf-odatlar, ustanovkalar, yo‘nalishlar, xulq-atvor va baho motivlariga ta’sir o‘tkazadi.
Teatr sirlariga, badiha o‘yin olamiga ko‘milish hayratlanarli darajada samarali bo‘ladi.
Teatr san’atida amaliy mashqlarning katta miqdori to‘planganki, ularning ijtimoiy xizmatchilar kasbiy shakllanishida foydali ekanini amaliyot isbotladi.
“Mening tarjimai holim” mashqi o‘quvchining o‘z hayoti to‘g‘risidagi og‘zaki hikoyasi bo‘lib, xotirani “emotsional jihatdan engillatish” imkonini beradi, boshqa shaxs – uning shaxsiyatiga belgilovchi ta’sir o‘tkazadigan zaruriy omil hisoblanuvchi zamondoshi tarjimai holiga chuqur qiziqish paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ko‘maklashadi.
“YOrqin hodisa to‘g‘risida hikoya” mashqi o‘quvchi tomonidan o‘zi boshidan kechirgan yoki guvoh bo‘lgan hodisani o‘zi tanlab, asoslab tuzadi va hikoya qilib beradi, bu mashq hayotiy hodisalar mavjudligi qonunlarini, ularning inson taqdiriga o‘tkazadigan ta’siridagi qonunlarni ochishga yordam beradi.
“Aktyorlik etyudi” mashqi ichki ziddiyat va kurash mavjud bo‘lgan epizodni sahna tili bilan yaratishni nazarda tutadi; o‘quvchilarga o‘zlaridagi va atrof-muhitdagi yangi narsalarni ochishni o‘rgatadi, inson shaxsiyatidagi axloqiy qadriyatlarni ochishga ko‘maklashadi. “Voqea joyi”ni pedagog belgilab beradi (restoran, tom, vagon kupesi va h. k.), “sahna tipi nomini” ham pedagog belgilaydi, o‘quvchi esa uni sahnada ifodalaydi.
“Ishonib bo‘lmas hodisalar” mashqi buyumlarning jonlanishi, hayvonlarning suhbatlari, odamlar qiyofasining o‘zgarishi va boshqalarni nazarda tutib, inson fantaziyasi tasavvurining rivojlanishiga yordam beradi.
XX asr oxiriga kelib insoniyatning katta qismi kitoblarsiz, san’atsiz hayot kechira boshladi. Televidenie “savodxonlik”ning yagona manbaiga aylandi, u shaxs madaniyatiga engil-elpi, o‘tkinchi lazzatlarni qarshi qo‘ya boshladi.
Axloqiy ideallarning, axloqiy qadriyatlarning yo‘qolib borishi, shafqatsizlik va agressiya, boylik to‘plashga intilish, individualizm hozirgi kunning voqeligiga aylandi. Bugungi kunda CHexovona “yaxshi turmushni sog‘inish” har qachongidan ham dolzarb bo‘lib qoldi. Amerikaning jangari filmlari va submadaniyati rus madaniyatini, undagi ma’naviyatni siqib chiqarmoqda. “YAngi to‘lqin”dagi soxta san’at shafqatsizlik, jinsiy erkinlik va patologiyaga sig‘inadi.
Y Axshilik, his-tuyg‘u va axloqiy ideallar taqchilligi sharoitida san’at mukammal axloqiy ideal namunasini ko‘rsatishga qodir. YUksak madaniyat - adabiyot, rassomlik, musiqa, teatr asarlari haqiqatni, hayot va ijod mazmunini izlashga doimiy intilish bilan xarakterlanadi.
3. Ijtimoiy ko‘makka muxtoj bolalarni axloqiy tarbiyalashdan kutilgan maqsad va natijalar
Vatanga munosabat
Har qanday axloqiy tarbiyaning tag zaminida vatanga muhabbat yotishi ma’lum. SHuning uchun bizning o‘rganish ob’ektimiz bo‘lgan kategoriyadagi bolalar dunyoqarashida ham vatanga muhabbatni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Vatan muqaddas diyor. Bu diyorda ajdodlarimiz umrguzaronlik qilishgan va ularga munosib hayot kechirish har bir kishining avlodlarning burchidir. Uzoq va yaqin o‘tmishda Vatan ravnaqi va ozodligi uchun jonlarini fido qilgan ajdodlarimizni bolalarning bilishi muhimdir. Xalq qahramonlari Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek va boshqa siymolar bolalar ruhiyatini boyitish vositalaridir. Bulardan bexabar bolaning dunyoqarashida cheklangan tasavvurlar hosil bo‘ladi. Bu esa ular bilan olib borilayotgan ishlarni faqat birtomonlama tasavvur qilib qoladilar. Ko‘makka muxtoj bolalar o‘zlarining davlatga, ota-onasiga, jamiyatga og‘irlik qilib qolayotganday his qilmasliklari uchun ish olib boradigan ijtimoiy ish xodimlari juda ko‘p narsalarni bilishlari va ularga achinayotganlarini namoyon etmaslmiklari lozim. Bu ham muayyan darajada pedagogik mahoratni va insoniylikni talab etadi. Ko‘makka muxtoj kishilar, ayniqsa bolalar bilan ishlash osonday ko‘rinadi, lekin ijtimoiy xizmatchi faoliyati juda mas’uliyatlidir. Bir qaraganda u davlat tomonidan ajratilgan nafaqalarni, oziq-ovqatlarni, buyumlarni tarqatish, muhtojlarning ehtiyojini qondirish kabilarning hech qanday murakkabligi yo‘qday tuyuladi. Ijtimoiy pedagog to‘g‘risida esa bundan ham soddaroq fikr yuritiladi. o‘quvchi darsda pedagogga xalaqit berayotgan bo‘lsa, vazifalarini bajarmasa – mana ijtimoiy pedagogning faoliyat maydoni: ota-onalarni chaqirish, ularga dashnom berish, qarshi choralar ko‘rish kerak. “Ijtimoiy ish”, “ijtimoiy pedagogika” tushunchalarining noto‘g‘ri anglanishi quyidagi narsalar bilan bog‘liq: butun boshli maktabga bir ijtimoiy pedagog va mikrorayonga bir ijtimoiy xizmatchi nima bera oladi? Bu kasbning obro‘sini tushirish, hozirgi ijtimoiy siyosat g ‘oyasini buzishdan boshqa narsa emas. Insonning ichki dunyosiga va uni takomillashtirishga yo‘naltirilmas ekan, ijtimoiy ish qadrsizlanadi va o‘zining gumanistik mazmunini yo‘qotadi.
Bugungi kunda tarbiya to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, ko‘pincha shaxsning cheklangan makonda: maktab, bolalar bog‘chasi, oilada shakllanishini nazarda tutishadi. Pedagogika fanidagi shunday vaziyat amaliyotga ham ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. xozirgi maktablar, oila to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, bolani jazolash (maqtash)ga layoqatli, maktabni ta’minlashda va bayramni tashkil etishda yordam ko‘rsata oladigan, ba’zi-ba’zida ota-onalar majlisiga qatnashadigan ota-onalarni tushunishadi. Oila va yaqin atrof-muhit shaxsning shakllanishiga eng kuchli ta’sir o‘tkazishi, ular shaxsning ijtimoiylashuvidagi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishdagi eng qudratli vositalar ekani esdan chiqib qoladi.
Ko‘pchilik olimlarning tarbiyaga nisbatan tor qarashlardan qoniqmasligi ta’lim funksiyalari va tamoyillari, maqsadlarini qayta ko‘rib chiqish istagi, ilg‘or texnologiyalar, ijtimoiy-pedagogik ishning egiluvchan tashkiliy shakllarini yaratishga intilishlari o‘z ichiga insonning hayotiy kuchlarini, uning atrof-muhit va o‘zi bilan ijodiy faollik va muayyan sotsiumda o‘z hayotini axloqiy jihatdan o‘zi tashkil qilishini pedagogik uyushgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning maqsadga yo‘naltirilgan bilimlar tizimini qamrab oladigan g‘oya va yondashuvlarini uyg‘otishga turtki berdi. Ijtimoiy pedagogika insonning butun hayoti davrlarida va mikromuhitning turli sohalarida ijtimoiy o‘zaro ta’sirlariga pedagogik ta’sir o‘tkazishni ko‘rib chiqadi. SHaxsning faolligi, uning ijtimoiy etukligi ham bevosita insonning muhit bilan o‘zaro ta’siriga borib taqaladi.
Pedagogik bilimlar ijtimoiy ishda va oilaga, qariyalarga, ishsizlarga, bemorlarga, nogironlarga, qochqinlarga, yolg‘izlarga, boshpanasizlarga, qamalib chiqqanlar va boshqa ko‘plab odamlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishda zarur ekani ma’lum bo‘ldi. Pedagogik bilim bugungi kunda umumiy madaniyat va ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Sotsiumning butun pedagogik salohiyatini har bir shaxsning individual imkoniyatlarini namoyon qilish, rivojlanishini rag‘batlantirish va aholi bilan olib boriladigan ijtimoiy ishning barcha turlarida foydalanish zarur.
Ijtimoiy ishning pedagogik komponenti ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida ijtimoiy tashabbuslarni, bolalar va kattalarning ijodiy faolligini harakatga keltiradigan, oilaning har bir kishi huquqi va farovonligi to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligidagi imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish yo‘lida samarali va pedagogik jihatdan maqsadga yo‘naltirilgan qarorlar qabul qilish uchun imkoniyat yaratadi.
Ta’lim, ijtimoiy muhofaza, reabilitatsiya muassasalaridan har biri, ijtimoiy xizmatchining mijozlar bilan har bir uchrashuvi bugungi kunda mikromuhit turi, vaziyat, aholi ehtiyojlari va imkoniyatlariga qarab korrektirovka o‘tkazishni taqozo qiladi. Pedagogik faoliyat muayyan odamlarning muayyan vaziyatdagi izlanish va ijodidir.
Muloqotning asosiy vositalari til, mimika, imo-ishora va harakatlardir. Ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xizmatchining muloqotdan ko‘zlagan maqsadlari (O. YA. Goyxmanga ko‘ra) axborotni samarali (qisqa vaqt ichida maksimal miqdorda) uzatish va qabul qilish; suhbatdoshini ishontirish va harakatga undash; suhbatdoshi to‘g‘risida (uning ijtimoiy-madaniy rivojlanish darajasi, ijtimoiy mansubligi, emotsional holati to‘g‘risida) qo‘shimcha axborot olish; o‘zini ijobiy taqdim qilish (ijobiy sifatlarini namoyish qilish; suhbatdoshda yaxshi taassurot qoldira bilish).
Har qanday odam muloqot jarayonida ikki roldan birini: gapiruvchi yoki tinglovchi rolini o‘ynaydi. Bir qarashda o‘z nutqini ayniqsa, o‘zi uchun muhim bo‘lgan odamlar guruhi oldida savodli, yorqin, ishonarli, qiziqarli qilib tuzish birovning nutqini eshitishdan ko‘ra qiyinroq tuyiladi. Aslida esa bunday emas. Tinglovchi roli ko‘pincha qiyinroq bo‘ladi, chunki bu rolga maktab ta’limi tizimida tayyorlashmaydi. xar birimiz u yoki bu sababga ko‘ra tinglashimiz lozim bo‘lgan qiziqarsiz ma’ruzalarni eshitishdagi qiyinchiliklarni engib o‘tishimizga to‘g‘ri kelgan. Ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xizmatchi professional darajada tinglash va gapirish qobiliyatiga ega bo‘lishi, ya’ni uning nutq muloqoti uning kasbiy majburiyatlarini bajarishida zarur qurol bo‘lishi lozim.
Eshitadigan odamlar bor va tinglaydigan, ya’ni og‘zaki muloqot jarayonida foydali axborotni ola biladigan odamlar bor. Odamlarning 10 %dan kamrog‘i suhbatdoshini tinglash qobiliyatiga ega, ayni paytda muloqot o‘rnatish uchun tinglovchilik rolini bilish juda muhim. Ommaviy chiqishlar (ma’ruzalar, va’zlar) jarayonida oddiy tinglovchi 25 % samaradorlikka erishishi mumkin.
Tinglashdagi kamchiliklar: fikrlamay va uzuq-yuluq idrok qilish, eshitayotgan axborot va real hayot hodisalari o‘rtasida aloqa o‘rnata bilmaslik; tinglashga tayyorlik va istakning yo‘qligi, diqqatni bo‘ladigan omillar (shovqin, kech qolib kelganlar, so‘zlayotgan odamning gapirishi va ma’lumotlarni taqdim qilishbdagi g‘alati xususiyatlar, gapiruvchi yoki tinglovchining noqulay vaziyat (joy)da ekani).
Samarali tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun quyidagilarga (J. Kepp fikriga ko‘ra) amal qilish lozim: diqqatni jamlash; tinglangan axborotni tahlil qilish; tanqidiy tinglash; yordamchi vositalardan foydalana bilish.
Diqqatni jamlay bilish. Tinglovchi nutqni gapiruvchidan ko‘ra tezroq tushunishi mumkin. Vaqtdagi ana shu ustunlikdan notiq nima to‘g‘risida gapirayotganini o‘ylab ko‘rish, mulohaza va xulosa qilish uchun foydalanish mumkin. Agar vaqt boshqa narsalar to‘g‘risida o‘ylashga, xayol surish va shaxsiy muammolarni hal qilishga sarflansa, diqqatni jamlash mumkin emas.
SHarq xalqlarida azaldan oila muqaddas sanalgan, uni muqaddas vatan deb hisoblaganlar. Oilaning darz ketishi katta baxtsizlik hisoblangan. Buni biz “Avesto” kitobida ham ko‘ramiz. Qur’oni karimda, Hadisi sharifda, sharq mutafakkirlari ijodida, jumladan Kaykovusning “Qobusnoma” asarida, Amir Temur faoliyatida va bugungi kungi davlat siyosatida ham yurtboshimiz asarlarida, nutq va ma’ruzalarida oilaga munosabatni ko‘rish mumkin. Ko‘makka muxtoj bolalarga ham uning ahamiyati ota-onalar va sotsial tarbiyachilar tomonidan albatta, izchil olib borilishi kerak. Ota-ona, aka-uka va qarindoshlarga munosabatda ham ularga milliy mentalitetga xos va mos bo‘lgan an’ana va urf-odatlar singdirib borilishi kerak.Oilaviy an’analar milliy qadriyat ekanligini va bugun ularni unutmaslik, targ‘ib qilish o‘ziga xos ehtiyoj darajsiga ko‘tarilishi kerak.
Ijtimoiy ish mutaxassisi uchun ushbu mavzuda ish olib borishning hech qanday murakkablik tomonlari yo‘q. Faqat uning natijalari va hozirgi paytda yoshlar ongiga g‘arbdan atayin eksport qilinayotgan “ommaviy madaniyat” mahsulotlaridir. Buni ijtimoiy ish xodimi, pedagoglar va ota-onalar bilishlari va qarshi chora-tadbirlar ko‘rishlari lozim.
XX asrning 70-yillarida sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, menejment, ijtimoiy ish, pedagogika va siyosatshunoslik fanlarining tutash nuqtasida konfliktologiya fani paydo bo‘ldi. U shaxsning ichki nizolaridan to inqiloblar va davlatlar o‘rtasidagi urushlargacha bo‘lgan janjallarning umumiy va o‘ziga xos qonuniyatlari to‘g‘risida bilim berar ekan, insonlar bilan ishlaydigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ishtirok etadigan odamlar, shu jumladan, ijtimoiy xizmatchilar uchun ham foydalidir.
Konfliktologiya ichki nizolarning barcha turlari va shakllari, ular o‘rtasidagi umumiy qonuniyatlarni o‘rganadi, ijtimoiy ish esa, avvalo shaxsning ichidagi, shaxslar o‘rtasidagi, shaxs va guruh o‘rtasidagi nizolarni o‘rganadi. Konfliktologiya juda ko‘p fanlar bilan o‘zaro bog‘langan: u siyosatshunoslik bilan birga etnoslararo, partiyalarning ichidagi, partiyalar o‘rtasidagi va boshqa nizolarni o‘rganadi; menejment bilan birgalikda esa, tashkiliy (jamoa ichidagi va jamoalar o‘rtasidagi) nizolarni o‘rganadi. xozirgi zamon jamiyatshunosligi va insonshunosligi bo‘limlarining ko‘pchiligi konfliktologiya nazariyalari yordamida yoritilgan.
Ijtimoiy ish shaxs va muhit o‘rtasidagi (sotsium va mikrosotsium o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarni), odamning boshqa odamlar bilan bo‘lgan va nizoli xususiyatlar, demak, uning o‘zi uchun ham, atrofdagilar uchun ham muhim bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini o‘rganadi.
xozirgi kundagi Rossiya dunyodagi eng nizoli mamlakatlardan biridir. Ijtimoiy nizolar barcha ijtimoiy institutlar va guruhlar faoliyatining xususiyatlarini belgilaydi, ijtimoiy munosabatlarga tubdan yangicha xususiyatlar baxsh etadi. Ijtimoiy xizmatchilar aholining keskin nizoli toifalari (nogironlar, nafaqaxo‘rlar, ishsizlar, qochqinlar va h.k.) bilan ish yuritadi va ular ijtimoiy taranglikni yumshatishga ko‘maklashishlari lozim. SHunday qilib, ijtimoiy ish fanining mazmuni, ob’ekti, predmeti, kategoriyalari va boshqa ilmiy atributlari konfliktologik xususiyatlarsiz tasavvur qilinishi ham mumkin emas. Aks holda uning real ijtimoiy talablardan uzilib qolishi, u bajaradigan funksiya va vazifalar talqinida buzilishlar yuz berishi mumkin.
Ijtimoiy ishning nazariy-metodologik muammolarini konfliktologik nuqtai nazardan ko‘rib chiqishni inkor etish uning talqinlaridagi biryoqlamalikka olib keladi. Masalan, ijtimoiy ishni ko‘pincha xayriya ishlari, mehribonlik, ijtimoiy tibbiyot va uning boshqa ko‘rinishlari bilan tenglashtirishadi.
Ijtimoiy ishda quyidagi manfaatlarning uchrashuvi yuz beradi: ijtimoiy xizmatchi va mijoz manfaatlari; alohida mijoz va boshqa odamlar manfaatlari; mijozlar guruhi; mijozlar guruhi va jamiyatning boshqa qismi manfaatlari; muassasalar tizimi va mijozlar guruhi manfaatlari; kuzatuvchi (muassasa) va ijtimoiy xizmatchilar tizimi; professionallarning turli guruhlari manfaatlari.
Ijtimoiy ishdagi nizo sifatida mutaxassisning shaxsiy va kasbiy qadriyatlari o‘rtasidagi nomutanosiblik ham ko‘rilishi mumkin. Oilaviy xizmatdagi amaliy xizmatchining, aytaylik, abortlarga qarshi bo‘lgan xizmatchi bilan shu masalani yosh homilador qiz bilan muhokama qilish jarayonida qiyinchiliklar kelib chiqishi mumkin. xozirgi zamon tibbiyotining imkoniyatlarini yaxshi anglaydigan klinikadagi ijtimoiy xizmatchi diniy sabablarga ko‘ra hayotini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan qon quyishga qarshilik ko‘rsatayotgan patsientning o‘zi hal qilishi huquqi bilan to‘qnashishi mumkin. xar bir alohida holatda ijtimoiy xizmatchi mijoz oldidagi, ish beruvchi oldidagi, kasbi oldidagi, jamiyat oldidagi majburiyatlarini taroziga solib ko‘rishi, shundan keyingina qaror qabul qilishi lozim.
Ijtimoiy ishning ba’zi usullari, masalan, “sotsiodrama” va “psixodrama” singarilar nizolarga to‘lib-toshib yotadi, chunki ularning mohiyati hayotdagi nizoli vaziyatlarni stixiyali tashkil etilgan sahnalarda o‘ynashdan iborat.
Har qanday nizo muayyan tuzilma, soha va dinamikaga ega. Nizoli vaziyatning tuzilmasi ishtirokchilarning ichki va tashqi mavqelariga, ularning o‘zaro ta’siri va nizo ob’ektiga bog‘liq. Ishtirokchilarning ichki mavqeida maqsadlar, manfaatlar va motivlar ajratib ko‘rsatiladi; bu mavqe nizoli vaziyatga bevosita ta’sir o‘tkazadi, biroq u “kadr ortida” bo‘ladi, ko‘pincha u nizo jarayonida tilga olinmaydi. Tashqi mavqe esa nizoga kirishganlarning nutqida, fikrlarida, nuqtai nazarlarida, istaklarida namoyon bo‘ladi. Nizo sohasi ishga yoki shaxsiyatga aloqador bo‘lishi mumkin. Nizoning xizmat sohasidan chetga chiqishi va shaxsiyatli nizoga aylanishining oldini olishga intilish lozim. Nizoning tadriji uch bosqichdan tashkil topadi: o‘sish; namoyon bo‘lish; pasayish. Nizoni hal qilishning eng qulay payti paydo bo‘lish bosqichidir. Nizoni “blokirovka” qilishning eng samarali usuli uni kommunikativ asnodan predmetli-faoliyat asnosiga ko‘chirishdir.
Ijtimoiy nizolar shunday sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga erishdiki, endi ijtimoiy portlash va jamiyatimizning vayron bo‘lish ehtimoli vujudga keldi. SHuning uchun ijtimoiy ish muammolarini konfliktologik tahlil qilish dolzarb va juda muhimdir.
Bahslashuvda ko‘pincha haqiqatni ifodalayotgan odam emas, balki raqibi nutqini tez va aniq tahlil qila oladigan, unga mutanosib va samarali tarzda o‘z nutqini tuza oladigan odam g‘olib chiqadi.
Muloqot strategiyasi o‘z ichiga quyidagilarni (O.YA. Goyxmanga ko‘ra) qamrab oladi:
umumiy vaziyatni anglash;
unda maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir o‘tkazish vazifalari va asosiy g‘oyalarini aniqlab olish;
qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun vaziyat rivojlanishini rejalashtirish va tashkil etish.
Muloqot strategiyasi nutq taktikasida, ya’ni muayyan vaziyatda belgilangan maqsadlarga erishish imkonini beradigan nutq priyomlaridan foydalanish orqali erishiladi. Masalan, avvaldan ishonish ma’nosini deyarli 30 xil usulda ifodalash mumkin: “taxmin qilish”, “yumshatish”, “bo‘rttirish”, “siljitish”, “aybni boshqa bir kishiga to‘nkash”, “takrorlash”, “misol keltirish” va boshqalar.
Nutq taktikasiga quyidagilarni ham kiritish mumkin: kutilmaganlik, ig‘vogarlik, obro‘ga murojaat qilish, prognozlash, norasmiy elementlar kiritish, yumor va boshqalar. Ijtimoiy xodim uchun muayyan vaziyatga hammadan ko‘ra mosroq keladigan nutq taktikalarini tanlay bilish ko‘nikmasi juda muhim.
“Mayda gap” bo‘lmang va muhim bo‘lmagan masalalar yuzasidan tortishmang. Tashakkur bildiring (yordam, ajratilgan vaqt, masalahat va h. k. uchun). Suhbatdoshingizga u bilan uchrashuvingiz siz uchun juda muhim bo‘lganini etkazib qo‘ying.
Muzokaralar muvaffaqiyatsizlik bilan tugashiga doimo tayyor turing.
Mijozlarning muammolarini hal qilishda ijtimoiy xizmatchi ko‘pincha boshqa muassasa, tashkilot va idoralarning mutaxassislariga yordam so‘rab murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Bir marotabali shaxsiy muloqotlar uzoq muddatli o‘zaro majburiyatlarga nisbatan ijtimoiy xizmatchi uchun murakkabroq bo‘ladi, uning faoliyati samaradorligini pasaytiradi. “Kerakli” odamlar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini to‘g‘ri o‘rnata bilish ijtimoiy xizmatchi muvaffaqiyatining kafolatidir.
xamkorlik munosabatlari rivojlanishiga xalaqit berayotgan muammolar: tomonlar manfaatlarining noaniqligi va kelishtirilmagani.
Kutilayotgan natijalar to‘g‘risidagi tasavvurlarning turlichaligi.
o‘zaro axborot almashishning zaifligi.
Munosabatlarni huquqiy jihatdan shakllantirilmagani.
Moliyaviy mablag‘larni jalb qilish va ulardan foydalanish masalasidagi noaniqlik. Rejalashtirishning yo‘qligi, kim nima uchun mas’ul ekani to‘g‘risida tasavvur shakllantirilmagani.
Ijtimoiy xizmatchining faoliyatida verbal va noverbal vositalar yordamida amalga oshiriladigan, rasmiy-xizmat doirasida amalga oshiriladigan, bevosita muloqot shakli bo‘lgan suhbatga katta o‘rin ajratiladi. Xizmat yuzasidan o‘tkaziladigan suhbatlar quyidagi xususiyatlarga ega:
hamkorlarning o‘z mavqelarini aniq va ishonarli qilib bayon qila olish layoqatlari va muloqot maqsadlarini hisobga olgan holda muzokara predmetiga tanlab yondashish;
sherikning so‘zlariga munosabat bildirishning tezligi; sheriklar fikri va takliflariga tanqidiy baho berish;
sub’ektiv va ob’ektiv omillarni hisobga olish va baholashga tahliliy yondashuv;
mazkur muammo bo‘yicha mavjud nuqtai nazarlarni tanqidiy tahlil qilish orqali o‘zining ahamiyatini bilish va sheriklarning malakalarini oshirish;
muammoni hal qilishga aloqadorligi va mas’ulligini his qilish.
Xizmat yuzasidan suhbatlarni o‘tkazish bo‘yicha quyidagi tavsiyalar beriladi:
-suhbat rejasini oldindan yozib olish, eng muhim iboralarni tanlash;
-suhbatdoshga suhbat davomida vaqti-vaqti bilan ta’sir o‘tkazish tamoyilidan foydalanish: noxush momentlarni yoqimlilari bilan almashtirib turish, suhbatning boshida va oxirida ijobiy narsalar to‘g‘risida gapirish;
-suhbatdoshning asosiy motivlarini doimo yodda tutish: uning kutishlari, shu suhbat natijasida u qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgan afzalliklar, uning mavqelari, o‘zini namoyon qilish istagi, adolat tuyg‘usi, o‘zini hurmat qilishi;
-suhbatga aloqasi bo‘lmagan chet kishilarning hozir bo‘lishidan qochish;
-har qanday vaziyatda xushmuomala bo‘lish, yuksak didni namoyish qilish.
-suhbatdoshning ijobiy javob berishiga ko‘maklashish;
-suhbatdosh “yo‘q” deb javob berishi mumkin bo‘lgan savollarni chetlab o‘tishga intilish;
-agar suhbatdosh sizning fikringizga qo‘shilmasa, uni batafsil bayon qiling;
-suhbat mavzuidan chetga chiqmaslikka harakat qilish, yo‘l-yo‘lakay chekinishlardan qochish, fikrni ishonarli qilib optimistik kayfiyatda ifodalash.
SHuni ham esda tutish zarurki, suhbatdoshning so‘zlarini beodoblik bilan bo‘linganda, uning o‘z fikrini bayon qilishiga asossiz yo‘l qo‘yilmaganda, uning dalillarini e’tiborga olmaganda yoki mazax qilganda, faktlar buzib ko‘rsatilganda, asossiz shubhalar bayon qilinganda va h. k. suhbatning risoladagiday o‘tishiga xalaqit beradi.
Muzokaralar olib borishning quyidagicha soddalashtirilgan sxemasi taklif qilinadi: salomlashish va muzokaralar mavzuining debochasi: mavzu tavsifi va muzokaralar yuritish bo‘yicha takliflar; tomonlarning o‘z mavqelarini bayon qilishi; munozara yuritish; muammoni hal qilish; yakuniy hujjat tayyorlash va yakunlash.
Muzokaralar muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun, ular boshlanishi bilanoq suhbatdosh bilan umumiy nuqtalarni topishga intilish zarur. Munozarani mavzuning eng muhim jihatlaridan boshlash va asosiy masalalar bo‘yicha umumiy xulosaga intilish va shundan keyingina tafsilotlarga o‘tish taklif qilinadi. Muzokaralar boshlanishida mavzuning munozaraga sabab bo‘lmaydigan aniq jihatlari ko‘rib chiqiladi, bu esa munozarani rivojlantirish uchun asos yaratishga xizmat qiladi. SHundan keyin nisbatan osonroq hal qilinishi mumkin bo‘lgan jihatlarni ko‘rib chiqishga o‘tiladi. Undan keyin esa batafsil muhokama talab qiladigan asosiy masalalarni ko‘rib chiqishga o‘tiladi. Agar bu masalalarni ko‘rib chiqishga muhokama boshidayoq kirishilsa, unda muzokaralar mutlaqo barbod bo‘lishi mumkin. Agar qarashlardagi tafovutlar jiddiy bo‘lsa, ularga urg‘u bermaslik lozim, aks holda bu muzokaralarning rivojlanishiga xalaqit beradi.
Jamiyatga munosabat
Ijtimoiy ko‘makka muxtoj bo‘lgan bolalar avvalo jamiyatning a’zolaridir. Ularga shunday munosabatda bo‘lish, jamiyat ularni unutmaganini va alohida e’tibor berayotganini bildirib qo‘yish, uni ta’kidlash o‘rtadagi muloqotni samimiylashtirishi kuzatilgan. SHuning uchun ular bilan muloqotda shunday vaziyat bo‘lishi kerakki, suhbatdaoshlarda ulardan boshqa muhim ish yo‘qligini bildirish muhimdir. Mabodo, murakkab masalalarni ko‘rib chiqishga asta-sekin kirishish tamoyiliga erishib bo‘lmasa, muzokaralar ikkinchi darajali masalalarda o‘ralashib qolishi, asosiy mavzular bo‘yicha esa tomonlar umumiy kelishuvga erisha olmasliklari mumkin. Bunday holatda erishilgan bitimlarni qayd etish va ular asosida muhokama qilinishi lozim bo‘lgan navbatdagi masalalarni belgilash lozim. Muzokaralar muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz o‘tganidan qat’iy nazar, ularning natijalarini batafsil tahlil qilish zarur.
Muzokaralarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan nutq ifodasiga bog‘liq bo‘lib, optimal holatda u rasmiy-xizmat nutqining uslubi va tilidan foydalanishga, psixolingvistika, sotsiolingvistika, shuningdek, muloqot psixologiyasi fanlarining ma’lumotlariga asoslangan bo‘ladi.
Metodlar - maqsadga erishish yo‘lida qo‘llaniladigan amallar va operatsiyalar yig‘indisidir. Ijtimoiy ishda esa ular biror-bir maqsadga erishish muayyan (ilmiy-tadqiqot yoki amaliy) masalani hal qilish usulidir.
Ilmiy tadqiqot usullari olimlar aniq ma’lumotlar olish uchun qo‘llaydigan amallar va vositalar yig‘indisi bo‘lib. ulardan ilmiy nazariyalar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish uchun foydalanadilar.
O‘zgartirish usullari, aniqrog‘i ijtimoiy voqelikni o‘zgartirish usullari, bu – ijtimoiy xizmatchining mijozga yoki ijtimoiy muhitga muayyan vazifalarni hal qilish maqsadida ta’sir o‘tkazish usulidir.
Fanning kuchi ko‘p jihatdan voqelikni tadqiq qilish va o‘zgartirish usullarining mukammalligi, ishonchliligi, ilmning mazkur sohasi boshqa fanlar usullarida paydo bo‘layotgan eng yangi, ilg‘or metodlardan qanchalik tez va samarali foydalana olishiga bog‘liq.
Ilmiy tadqiqot usullarini tasnif qilishning turli asoslari bor. Masalan, axborot to‘plash va uni qayta ishlash usullari; empirik tadqiqot usullari va nazariy modellashtirish usullari; umumilmiy usullar va aniq fanlarning o‘ziga xos usullari to‘g‘risida gap yuritish mumkin.
Ba’zi usullar ko‘pincha muayyan fanlarga tegishli bo‘ladi. Masalan, sotsiometriya, guruh bahsi, ichkaridan kuzatish asosan ijtimoiy-psixologik tadqiqot usuli hisoblanadi.
Ijtimoiy ishda ilmiy tadqiqot usullari va uslubiyatlari majmuidan foydalaniladi. quyidagi kichik guruhlarni ko‘rsatish mumkin:
-Umummantiqiy usullar: analiz, sintez, umumlashtirish, qiyoslash, modellashtirish, loyihalash.
-Umumilmiy usullar: adabiy manbalarni tahlil qilish; nazariy tahlil va ijtimoiy-pedagogik tadqiqotlar sintezi; kuzatish (tabiiy sharoitlarda kuzatish, murakkab vaziyatlarni modellashtirishda kuzatish, testdan o‘tkazish jarayonida kuzatish, qo‘shma tadbirlar jarayonida kuzatish va h.k.); tajribani o‘rganish va umumlashtirish; eksperiment; ekspert baholari usuli.
-Tarixiy usullar: qiyosiy-tarixiy usul (tarixiy jarayonlar qonuniyatlarini, takrorlanib turishini aniqlash uchun qo‘llanadigan), genetik usul (o‘rganilayotgan hodisaning kelib chiqishi, sabablari va bosqichlarini o‘rganish uchun qo‘llaniladi), tuzilmaviy usul (tizimning alohida tarkibiy qismlar bilan bog‘lanishini aniqlash uchun qo‘lllaniladi) va boshqalar.
-Sotsiologik usullar: anketa so‘rovi va intervyu; sotsiometriya; monitoring (o‘zgarishlar nuqtai nazaridan vujudga keladigan ijtimoiy vaziyatlarni muttasil kuzatish, bu o‘zgarishlar istiqbolini prognozlash).
-Psixologik usullar (blank va apparatura testlari) (individual va guruh) testlari.
-Matematik statistika usullari.
SHunday qilib, tadqiqot manbai bo‘lib hujjatlar, kitoblar, jurnallar, gazetalar; mijozlar, ijtimoiy, ilmiy xizmatchilar, o‘qituvchilar, oilalar va h.k.; texnik-axborot tizimlari, radio, televidenie, kompyuter tarmoqlari; muassasa an’analari, ijtimoiy xizmatchi ish tajribasi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Agar o‘zgartirish metodlarini tasnif qilishga asos qilib shaxs yoki ijtimoiy birlik xulq-atvoriga ta’sir o‘tkazish ko‘rsatkichlarini oladigan bo‘lsak, ularning uch guruhini ajratish mumkin: ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-buyruq va psixologik-pedagogik usullar.
Ijtimoiy-iqtisodiy usullar o‘z tarkibida ijtimoiy soha mutaxassislari mijozlarning moddiy va ma’naviy, milliy, oilaviy va boshqa manfaat va ehtiyojlariga ta’sir o‘tkazadigan barcha usullarni birlashtiradi. Ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlar va manfaatlarga ta’sir o‘tkazish metodlari natura yoki pul bilan yordam berish shaklida; imtiyozlar berish, bir marta beriladigan yordamlar va kompensatsiyalar shaklida; patronaj va maishiy xizmatlar ko‘rsatish shaklida; ma’naviy rag‘batlantirish, sanksiyalar va boshqalar shaklida qo‘llaniladi.
Tashkiliy-buyruq metodlari anglangan ijtimoiy va mehnat intizomi, burch va mas’uliyat singari motivlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ularning o‘ziga xos xususiyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazishdir, chunki ular avvalo chegaralovchi, me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanadi. Usullarning bu guruhida tashkiliy va buyruq metodlari orasidagi ba’zi farqlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Tashkiliy metodlar ijtimoiy xizmat organlarining turli bo‘g‘inlarida huquqlar, vakolatlar, majburiyatlarni mustahkamlab qo‘yar ekan, ijtimoiy xizmat vazifalarini bajarishga “oldindan” boshqaruv ta’siri o‘tkazadi. Buyruq usullari vazifalarni tezkor bajarish, kuch va vositalarni qayta taqsimlash, yo‘l-yo‘lakay vujudga keladigan vazifalarni hal qilish va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini beradi. Tashkiliy usullar bilan uzviy bog‘liq bo‘lar ekan, ular ijtimoiy ishning boshqarish organlari tizimiga tezkorlik va g‘ayrat bag‘ishlaydi.
Asosiy tashkiliy-buyruq usullari quyidagilar: reglamentlash, me’yorlash va yo‘riq berish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, talab qilish, tanqid va o‘z-o‘zini tanqid, nazorat qilish, ijroni tekshirish va boshqa metodlar.
Reglamentlash ijro uchun majburiy bo‘lgan tashkiliy qoidalar (buyruqlar, namunaviy nizomlar, lavozim yo‘riqnomalari, shtat jadvali va boshqalar)ni ishlab chiqish va amalga kiritishdan iborat.
Me’yorlashtirish esa ijtimoiy xizmatchi faoliyatida mo‘ljal vazifasini bajaradigan me’yorlar (xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar miqdorining me’yori, xizmat ko‘rsatish vaqtining me’yori va boshqalar)ni belgilashdan iborat.
Yo‘riqnomalar berish vaziyatni, vazifalarni, paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni mijozning noto‘g‘ri hatti-harakatlari oqibatlarini tushuntirishda, ehtimoliy xatoliklardan ogohlantirish, hatti-harakatlar to‘g‘risida maslahatlar berish va boshqalardan iborat. Ijtimoiy ishda yo‘riqnomalar berish, odatda, mijozga uning fuqarolik huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan maslahatlar, axborot va uslubiy ko‘mak shaklida bo‘ladi.
Psixologik-pedagogik metodlar mijozga uning o‘zini-o‘zi his qilishi va xulq-atvorini boshqarish murvatlariga ta’sir o‘tkazish orqali bavosita ta’sir qilishi bilan xarakterlanadi.
SHaxsiy xulq-atvori ko‘p jihatdan ijtimoiy-psixologik hodisalar: jamoatchilik, guruh fikri, kayfiyatlari, didi, istaklari, mayllari, moda va boshqalar bilan belgilanadi. Muloqot mahsuli sifatida vujudga kelgan ijtimoiy-psixologik hodisalar nisbiy mustaqillikka ega bo‘ladi va odamlarning xulq-atvori, hatti-harakatlariga tartiblashtiruvchi ta’sir o‘tkazadi.
SHaxs (guruhlar) ma’naviy-axloqiy holatiga va xulq-atvoriga pedagogik ta’sir o‘tkazish murvati odam ongiga muayyan ijtimoiy vaziyat va shart-sharoitlardagi xulq-atvor tamoyillari va me’yorlarini, barqaror qarashlarini shakllantirish manfaatlari yo‘lida maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir o‘tkazishni nazarda tutadi.
Psixologik-pedagogik metodlar jumlasiga ishontirish (ijtimoiy ish amaliyotida turli shakllarda, avvalo, tushuntirish, maslahat, dalillangan tavsif, mijozga ijobiy namuna va faol hayotiy faoliyatda ibrat shaklida namoyon bo‘ladi), sotsiologik tadqiqotlar, kuzatish, ijtimoiy-psixologik tashxis, uqtirish, ma’lumot berish, mehnat va turmush sharoitini insoniylashtirish, mehnatga jalb etish va ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilishi uchun imkoniyatlar yaratish, urf-odatlar, an’analar va boshqalardan foydalanish kabilar kiradi. Bu guruhdan mijozlar faoliyati natijasini o‘rganish, ijtimoiy terapiya (individual terapiya, guruh terapiyasi, mehnat terapiyasi, o‘zini-o‘zi tarbiyalash terapiyasi, munozara terapiyasi, psixoterapiya, oilaviy terapiya, o‘yin terapiyasi, sotsiodrama, psixodrama va boshqalar) tazarru usulini ko‘rib chiqamiz.
Ijtimoiy ko‘makka muxtoj bolalar faoliyati natijalarini o‘rganish (“tarjimai hol usuli”) keng ma’noda harakatlar natijasini, kiritilgan o‘zgarishlarni hayot mavqeidagi, qadriyatlar tizimidagi real siljishlarni o‘rganishdan iboratdir. Tor ma’noda esa, mijozlar faoliyati natijasini o‘rganish muassasa rahbarlari rejalari va hisobotlarini, kundaliklarni, jurnallar va boshqa hujjatlarni; faoliyat mahsulotlarini (natijalarini): insholar, texnik ishlanmalar, qo‘lbola o‘yinchoqlar, ko‘rgazmali qurollar, kino- va videofilmlar, mikro- foto- kserokopiyalar (bosma, grafik, qo‘lyozma materiallar); masalaning tarixi va nazariyasi bo‘yicha ma’lumot kataloglari; mavzuli kartotekalar; magnit tasmasiga yozib olingan suhbatlar, ma’ruzalar, munozaralar (ular qayta tinglab tahlil qilish uchun qulay); mashinka matniga ko‘chirilgan qog‘oz yozuvlari; fotosuratlardan iborat. Bularning bari belgilangan vazifalarni bajarish, erishilgan natijalar to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi.
Ijtimoiy terapiya (terapiya (yunoncha) - g‘amxo‘rlik, qarov, davolash) – shaxsga yoki shaxslar guruhiga hissiyotlar, impulslar, fikrlar, munosabatlarni tartibga solish masalasida muntazam, maqsadga yo‘naltirilgan yordam berish uchun bajariladigan tadbirlar (I. G. Zaynishev).
Terapiya quyidagi funksiyalarni bajaradi: davolash (mijozga uning muammolarini echishda tibbiyot xizmatchilari bilan birgalikda yordam ko‘rsatish); ijtimoiy taraqqiyot (mijozni faol guruh faoliyatiga qo‘shish, mijozning ijtimoiy salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi “birgalikdagi rivojlanish” jarayonini tashkil qilish); manfaatlarini himoya qilish (huquqlari cheklanayotganlar yoki jamiyatdagi ijtimoiy zaif mavqeli odamlar ehtiyojlarini tushuntirish). SHunday qilib, ijtimoiy terapiya “ijtimoiy muolaja” metodi sifatida; ta’lim va kasbiy yo‘naltirish bilan bog‘liq ta’sir o‘tkazish metodi sifatida; ijtimoiy nazorat quroli sifatida; muloqot vositasi funksiyalari sifatida ko‘rilishi mumkin..
Ijtimoiy terapiyaning vazifalari: xulq-atvorni tuzatish, korreksiya qilish; disfunksiyalarning oldini olish; me’yordagi taraqqqiyotni ta’minlash; shaxsning o‘zini namoyon qilishiga ko‘maklashish.
Bir-biriga va ustozga munosabat
Ijtimoiy ko‘makka muxtoj bolalarning o‘z dunyosi bor. Ularning bir-birlariga munosabati ham o‘ziga xos. Ana shunday qavmlar bir-birlarini tez tushunib oladilar. Masalan, gunglar, karlar va hokazo. SHuning uchun ularning bir-birlari bilan uchrashuvlarini, muloqotlarini tashkil etib turishning muhim tomonlari ham shunda. O‘zaro muloqot ular uchun ruhiy bir terapiya vazifasini o‘taydi, desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Bunday muloqotlar ularni bir-biriga va ular bilan doimiy muloqotda bo‘layotgan ustozlari va ota-onalariga bo‘lgan munosabatlarini ham ma’lum tarzda shakllantirishga turtki bo‘ladi. Individual terapiya muammolari konfidensial tarzda hal qilinishi lozim bo‘lgan (zo‘rlashlar, oilaviy kelishmovchiliklar va h.k.) mijozlarga, ya’ni guruh terapiyasida ishtirok etishni istamaydiganlarga nisbatan qo‘llanadi. Odatda, bir necha individual mashg‘ulotdan keyin mijoz jamoa terapiyasiga o‘tkaziladi, chunki bu usul ancha samaraliroqdir.
Guruh terapiyasi odamlarning emotsional buzilishlar yoki ijtimoiy noqulayliklarni bartaraf etishida ko‘maklashish uchun (ijtimoiy xizmatchi yoki professional terapevt boshchiligida) guruhdan foydalanishni anglatadi. Odatda, har bir guruh 6-8 kishidan iborat bo‘ladi, mashg‘ulotlar davomiyligi esa haftasiga 90 minut. quyidagi guruhlar tashkil etiladi: o‘quv (bilim olish, o‘z fikrini ifodalash, shaxsiy muammolarini muhokama qilish); hamkorlikdagi faoliyat (umumiy bir ish: sport bilan, teatrga borib muhokamalar o‘tkazish va boshqalar) bilan shug‘ullanish; ota-onalar; erkaklar va ayollar. Psixoterapevtik muolajaga quyidagilar kiradi: relaksatsiya, pantomimik sahnalar, “konstruktiv munozara”, rolli vaziyatlarni o‘ynash, biografiyani so‘zlab berish, anonim kasallik tarixini muhokama qilish, ko‘rgan tushlari, xayollari va tasavvurlarini bayon qilish va boshqalar.
Oilaviy terapiya ijtimoiy xizmatchining bir butunlik hisoblanadigan oila a’zolari guruhi bilan olib boradigan faoliyat. Mutaxassis oila a’zolarining rollari, o‘zaro majburiyatlarini yoritishga, ularni yumshoqroq xulq-atvorga rag‘batlantirishga harakat qiladi. Bunda oila tarixi emas, balki guruh a’zolarining verbal va noverbal hatti-harakatlaridan foydalaniladi.
Mehnat terapiyasi insonning psixofiziologik sohasiga -mehnatning tetiklashtiruvchi va faollashtiruvchi ta’siriga asoslanadi. U odamlar orasidagi munosabatlarni engillashtirib, o‘rtadagi xavotir va taranglikni, og‘riqli tuyg‘ularni engillatib, birgalikdagi mehnatni tashkil qilish imkonini beradi.
O‘zini-o‘zi tarbiyalash terapiyasi o‘zini o‘rganishni, o‘ziga baho berishni; o‘z shaxsiyatini qayta baholashni; o‘zini tahlil qilish, o‘tmishni qayta baholash, individual “psixologik to‘siqlar”ni aniqlashni; “MEN”ning yoqimli timsolini yaratish; o‘zini ishontirish, o‘zini rag‘batlantirish va o‘ziga uqtirish usullaridan foydalanish; faoliyat va muloqot vaziyatlari; kundalik hayot va faoliyatda erishilgan natijalardan foydalanishni qamrab oladi.
Munozarali terapiya guruh a’zolarining bir-birlari bilan tanishishi; mijozlar kutayotgan narsalar va ularning xavotirlarini muhokama qilish; guruhdagi mijozlar kutayotgan narsalar va guruhdagi voqelik o‘rtasida mavjud nomutanosiblik tufayli vujudga kelgan taranglikni muhokama qilish; guruh rahbariga nisbatan qarshilikning kuchayib borishi; bu qarshilikning o‘tmishdagi hayot tajribasi bilan bog‘liqligi, guruh rahbariga munosabat bilan bog‘liq, mustaqillik, mas’uliyat va faollik bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni ochish; echish lozim bo‘lgan muammoga mos munosabatni shakllantirish, guruh faoliyatida faol ishtirok etish motivatsiyasini, guruh an’analari va me’yorlariga moslikni shakllantirish; guruh ichidagi munosabatlar tadrijini tahlil qilish, uni har bir qatnashchi muammolarini echish bilan bog‘lash; munosabatlarni korreksiyalash, nutqlarni mustahkamlash; terapiya natijalarini muhokama qilish, yakun yasash; refleksiya.
Sotsiodrama ━ jamoa, guruh terapiyasi usuli. Uning mohiyati shundaki, ijtimoiy guruhlar muammolari va guruhlar o‘rtasidagi turlicha nizoli munosabatlar stixiyali tarzda tashkil etilgan sahnalarda muhokama taqdim etiladi. Buning natijasida, bir-birlarining muammolarini ochiq muhokama qilish, surishtirish va mavjud ijtimoiy-madaniy tafovutlarni dramatik yo‘l bilan tasvirlash natijasida bir-birlarini tushunishga erishiladi.
Psixodrama - guruh terapiyasida qo‘llanadigan texnika bo‘lib, unda odam turli rollarni, masalan, o‘zining turli stress vaziyatlardagi holatini tasvirlashi yoki o‘ziga muqobil rollarni ijro etishi mumkin. Bu esa unga o‘z his-tuyg‘ulariga ta’sir etish, xavotirlik holatini bartaraf qilish, turli vaziyatlarda o‘zini to‘laroq qo‘lga olish, muammoga boshqa kishi nuqtai nazaridan qarashga imkon beradi.
O‘yin terapiyasi muloqotni engillatish uchun qo‘llanadigan psixoterapiya shakli. Ishtirokchilar verballashtirish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan turli vaziyatlar va nizolarni tasvirlash uchun o‘yinchoqlardan foydalanadilar. o‘yin terapiyasi ko‘pincha bolalarga nisbatan qo‘llanadi, biroq ba’zi sharoitlarda kattalar bilan ishlaganda ham u yaxshi natijalar beradi.
Tazarru metodi psixoterapiya shakli bo‘lib, u ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqalardagi qiyinchiliklarni, ruhiy stresslarni bartaraf qilish maqsadida qo‘llanadi. Bu usul ijtimoiy xizmatchining mijoz bilan “yakkama-yakka” muloqot qilishini taqozo etadi. Ko‘pchilik dinlarda ko‘p asrlardan buyon qo‘llanib kelayotgan ijtimoiy ishning bu usuli o‘zining samaradorligini, jumladan, maxsus ilmiy tadqiqotlar natijasi bilan ham tasdiqlaydi. Ijtimoiy ish usullari tasnifi uchun ta’sir o‘tkazilayotgan odamlar miqdorini asos qilib oladigan bo‘lsak, unda ijtimoiy ishning individual va guruh shakllarini ajratish mumkin.
Individual ijtimoiy ish ijtimoiy xizmatchilar tomonidan individlarga ularning psixologik, shaxslararo, sotsioiqtisodiy muammolarini ular bilan shaxsan o‘zaro ta’sir orqali echish yo‘li bilan yordam berishga qaratilgan yo‘nalish, qadriyatlar tizimi, amaliyot turidir.
Guruhdagi ijtimoiy ish ijtimoiy ishning shunday shakli va usulidirki, bir-birlariga manfaatlari yaqin bo‘lgan va umumiy muammolarga ega odamlarning kichik guruhi muntazam tarzda to‘planib turadi va umumiy maqsadga erishish uchun harakat boshlaydi. Psixoterapevtik guruhlardan farqli ravishda guruhdagi ijtimoiy ishning maqsadlari emotsional muammolarni echishga qaratilgan bo‘lishi shart emas.
Ijtimoiy ishda faqatgina shu kasb uchun xos bo‘lgan usullardan foydalaniladi. Ular jumlasiga ijtimoiy tashxis qo‘yish, tanglik vaziyatlariga aralashish, jamoada ish olib borish, ko‘chalarda ish olib borish usullari kiritiladi.
“Ijtimoiy tashxislar” (1917) kitobida Meri Richmond o‘zining ish usuli ─ mijoz shaxsiyatini ham, uning ijtimoiy holatini ham baholashni ko‘zda tutadigan ijtimoiy tashxis qo‘yish usulini taqdim qilgan edi. Ijtimoiy ko‘mak uning tomonidan natijasi mijozning o‘zini ham uning ijtimoiy tevarak-atrofini ham o‘zgartirib yuborish bo‘ladigan tadbirlar kombinatsiyasi sifatida ko‘riladi. Ijtimoiy tadbirlarni Meri Richmond bir-birini o‘zaro to‘ldiradigan usullarga bo‘lgan edi: davolashning bavosita usuli va davolashning bevosita usuli. Bavosita usul shaxsning tashqi muhitiga ta’sir etishi, bevosita usul esa mijozning o‘ziga qaror ishlab chiqish uchun faol harakatga undash maqsadida ta’sir o‘tkazishidir.
Hozirgi kunda ijtimoiy tashxislarga (I. G. Zaynishevga ko‘ra) quyidagilar kiritiladi:
- zondaj qilish - axborot tekshiruvi: infratuzilma, mahalliy aholi soni, tarkibi va tadriji to‘g‘risida ma’lumot to‘plash va boshqalar;
- ijtimoiy-tarixiy tekshiruv: mazkur hududning o‘zlashtirilishi va unda odamlar yashay boshlashi tarixini, mahalliy aholi tarkibi o‘zgarishini, uning mashg‘ulotlari va an’analarini o‘rganish;
- turli hujjatlar, mahalliy va markaziy matbuotdan olingan maqolalar, elektron axborot vositalaridan, fuqarolarning xatlari va shikoyatlaridan olingan materiallarning maqsadli-axborot tahlili;
- ijtimoiy kartografiyalash: aholi orasida tug‘ilish va o‘lim tadriji va ijtimoiy makondagi tarqalishi hayot sifatining turli tabiiy va ijtimoiy omillarga qanchalik bog‘liqligini tahlil qilish.
-mamlakat bo‘yicha bolalarga shafqatsiz munosabatda bo‘lishning oldini olish jamiyatlari tuzila boshlagan edi.) ━ o‘tish davri tufayli yoki hayotdagi turli vaziyatlar sababli keskin tanglik holatida bo‘lgan alohida odamlar oilalar va guruhlar bilan ishlashda qo‘llanadi.
Jamoada ish olib borish usuli an’anaviy metodlarni muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib, fuqarolarning manfaatlari, ehtiyojlarini qondirishning ijtimoiy-siyosiy vositasi sifatida ko‘riladi. Jamoada ish olib borilganda mijoz shaxsiy va ijtimoiy muammolarning o‘zaro uzviy bog‘liqligini anglashiga erishish vazifasi qo‘yiladi. U nizoli vaziyatlarni hal qilishga qaratilgan birdamlik harakatlarida faol ishtirok etishi lozim. Bunda qo‘llaniladigan usullar muammoning mohiyati va tipini aniqlash, sababini tahlil qilish, reja va strategiya ishlab chiqish, zarur resurslarni jalb etish, liderlarni aniqlash va ishga tortish, jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni ularning qiyinchiliklarini engillashtirish maqsadida rivojlantirishdan iborat.
Ko‘chada ish olib borish ijtimoiy ishning “ochiq” usuli bo‘lib, u ko‘chadagi muammolarga yo‘naltirilgan va quyidagi preventiv tadbirlarni qamrab oladi:
nazoratsiz (marginal) yoshlar paydo bo‘lishining oldini olish, ayniqsa, bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish davomida yig‘ilishi paytida “tasodifan” ular bilan muloqot o‘rnatish yo‘li bilan profilaktika qilish;
ko‘chadagi yoshlar guruhlarining ehtiyojlari va alohida muammolarini aniqlash va ularga tegishli individual yoki guruh yordami ko‘rsatish;
guruhlarning miqdoriy jihatdan o‘sishi oldini olish, ularning parchalanib ketishiga harakat qilish va ular faolligini unchalik agressiv bo‘lmagan ishlarga yo‘naltirish;
ko‘chalardagi guruhlardan alohida qiyin o‘smirlarni ijtimoiy xizmatchilarning pedagogik otalig‘i ostida bo‘lgan yoshlar guruhlariga jalb etish uchun harakat qilish;
bolalarning ko‘chalardagi guruhlari uchun binolar izlash, ular bilan hordiqning turli shakllari va ekskursiyalarini ularning ijtimoiylashuvi yoki qayta ijtimoiylashuvini tezlashtirish maqsadida o‘tkazish;
giyohvandlar bilan aloqa o‘rnatib, ularni tegishli muassasalarga biriktirib qo‘yish;
o‘smirlarni o‘z tengdoshlariga hamkorlik yordami ko‘rsatishga tortish, ya’ni ular orasidan ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xizmatchilar ko‘ngilli yordamchilarini shakllantirish.

Download 466,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish