Е.М. Рузаева. Соотношение понятия «инвалид» в российском и международном праве. //Юридические науки. 2009 г. –242 с.
Bekmurodov M. Oliy ma`lumotli ijtimoiy xodimlarni tayyorlashda ta`lim muassasalarining roli.T.:2008 y.
Xusanova X. O’zbekistonda aholini ijtimoiy muhofazalashda o’zini-o’zi boshqarish organlarini o’rni. 2008 y.
Kim L. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimida kadrlar masalalarini hal qilish yo’lida.T.2008 y.
G’aniyeva M.X. Ijtimoiy ish asoslari.T.: 2010 y.
Normurodov B. Sotsiologiya tarixi. T.:2010 y.
Tadjieva S. Bolalarni patranat oilalarga berishning xorij tajribasi.T.:2010 y.
7-MAVZU OILALAR VA YOSHLAR, BOLALAR BILAN IJTIMOIY ISH (4-soat)
YOshlar uchun ijtimoiy xizmatlar. Bolalar ehtiyojlari. Bolaning ijobiy qiziqishlari. Bolalarga vahshiy munosabatda bo‘lish. YOshlar va bolalarning ijtimoiy himoyasi. YOshlar va bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish. Xorijda bolalarni ijtimoiy himoyalash dasturlari. Xatar guruhidagi bolalar va yoshlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish. Ko‘prik oilalar Buyuk Britaniyada bolalarni joylashtirishning muqobil shakli sifatida. Oilalar bilan ijtimoiy ish. Aralashuv. Baholash. Oilaviy terapiya. Fokus guruhlar. Guruhli amaliyot uchun nazariya. Amaliy ijtimoiy ish bosqichlari: makro (ijtimoiy-adminstrativ), mezo (guruhli), mikro (individual). Oila va guruhlarda, individlar bilan ishlashning samarali amaliyoti. YOshlar, bolalarga xizmat ko‘rsatishda ijtimoiy ishchining roli.
Har qanday mamlakat o’z kelajagini bolalar, voyaga yetmagan Yoshlar timsolida, aniqrogi. ularni jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamrl qilib voyaga yetkazishda ko’rishi tabiiydir. Voyaga yetmaganlar esa bogcha yoshidan to 18 .yoshgacha bo’lgan bolalardir. Ya’ni ular hali rasman fuqarolik huquqiga ega emaslar. Ularning huquqbuzarliklari esa shartli tushuncha. Shu sababli bolalarning huquk va burchlari, axloq-odobiga javobgarlikning barcha mas’uliyati kattalar, oila, davlat va nodavlat, jamoat tashkilotlari zimmasiga tushadi. Hozirgi paytda Uzbekiston aholisining salmoqli qismini voyaga yetmagan bolalar va o’smirlar tashkil etadi. Agar kattalarning qarovsizligi tufayli bu bolalarning o’ndan bir qismi turli darajadaga jinoyatlarga qo’l ursa, jinoyatchilik bir. o’n, yuzga emas. minglab miqdorlarga oshib ketadi. Prezidentimiz Islom Karimov va hukumatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lgan barkamol avlod tarbiyasiga qayg’urish, ularning huquqlarini himoya qilish va ro’yobga chiqarish xar bir jamiyat, oila qolaversa xar bir fuqaroning muqaddas burchi, insoniylik mas’uliyatidir.
Mamlakatimizda voyaga yetmagan Yoshlar muammosiga u yoki bu darajada aloqador bo’lmagan birorta tashkilot yoki shaxsning o’zi yo’q. Biroq bu tashkilotlar va shaxslarning voyaga yetmaganlarni barkamol etib tarbiyalashda har birining o’z o’rni, ahamiyati, o’ziga xos ta’siri bor. Aytaylik, birorta bekorchi, hukuqbuzar yoki diniy aqidaparast o’z manfaatlari yo’lida voyaga yetmagan Yoshlar xizmatidan foydalansa, hatto jinoyatga undasa, bu ham ularga ta’sirning bir ko’rinishi, afsuski, salbiy namoyon bo’lishidir.
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, O'zbekistonda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta`minlash choralarini yanada rivojlantirish, bu borada davlat, nodavlat va qonunchilik organlari hamkorligini kuchaytirish maqsadida joriy yilda to'qqizinchi bor o'tkazilgan tadbirda qayd etilganidek, mamlakatimizda millati, ijtimoiy holatidan qat`i nazar, barcha bolalarni kuchli va manzilli tarzda ijtimoiy himoyalashga oid amaliy chora-tadbirlar jarayonida Mehribonlik uylari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularda tarbiyalanayotgan bolalarning to'laqonli ta`lim-tarbiya olishi va kasb-hunar egallashiga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Respublikada aholining 40 % ini bolalar, 65 % ini esa 30 yoshgacha bo’lgan Yoshlar tashkil etadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni muhofaza qilish tizimining rivojlanish darajasi jamiyatning insonparvar va ma’naviy-axloqiy rivojlanish darajasini aks ettiradi. Bunday bolalarga g’amxo’rlik qilish ahamiyatli umuminsoniy qadriyatlardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar chuqurlashgan sari o’sib kelayotgan avlodni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash g’oyasi maqsadli ijtimoiy harakatlar va real ijtimoiy himoya chizig’ini egallagancha yanada konkretlashib boryapti, ijtimoiy dasturlarning samaradorligi to’g’ridan-to’g’ri ularning xususiyatiga – eng yuqori darajada hayotga yaqinlashish, ijtimoiy ko’makning vazifalarini nafaqat aniq deklarasiya qilish, balki, avvalo, ularni yechishning real yo’llarini topish, doimo aniq insonga mo’ljal olgancha manzilli ishlashga ongli intilishga bog’liq.
2013yilning “Obod turmushyili” deb e’lon qilinganligi respublikaning jamoatchilik tashkilotlari uchun o’z ishini faollashtirish, fuqarolik jamiyatida ijtimoiy tashabbuslarni kengaytirishga o’ta kuchli ehtiyoj sezayotgan islohotchi-davlatning yana bir ijtimoiy asos bo’ladigan buyurtmasi bo’ldi. Abu Ali Ibn Sino ta’kidlaganidek, xayrli ishlarni qilganda uni har qadamda ta’kidlash emas, balki tabiiy, kundalik bir narsadek amalga oshirish juda muhim. Haqiqatan, odamlar va ayniqsa, o’sib kelayotgan avlod ijtimoiy qo’llab-quvvatlash – XXI asr jamoatchilik hayotidagi me’yor ekanini tushunishlari lozim.
Iqtisod, ekologiya va siyosatshunoslikda “barqaror rivojlanish” atamasining mazmunini ochib beruvchi juda ko’p ta’riflar mavjud. Biroq o’sib kelayotgan avlodning turg’un rivojlanishiga erishishda asosiy kafolat mustahkam kelajakni shakllantirish ekanini unutmaslik lozim.
Insoniy manba global ma’naviy-axborot maydonining aksi sifatida tarixiy jarayonni belgilovchi omil hisoblanadi va o’sib kelayotgan avlodning turg’un rivojlanishi zamonaviy bosqichda shunchaki ijtimoiy ko’makni emas, balki maqsadli yo’naltirilgan dasturiy ta’minotni talab qiladi.
“Sen yolg’iz emassan” RJBJ o’z ishini quyidagilarni o’z ichiga olgan o’zaro harakat majmuidan iborat ijtimoiy konstruksiyaning ishlashini ta’minlovchi tizimli yondoshuv asosida olib boradi:
zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratish, ta’limiy va tarbiyaviy jarayonlarni maqbullashtirishni kiritgan holda respublika miqyosida Mehribonlik uylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha ishlarning umumiy koordinasiyasi;
Mehribonlik uyi bolalarini mustaqil hayot ko’nikmalariga o’rgatishni amalga oshirgancha ijtimoiy moslashtirishning majmuaviy rejasini amalga oshirish;
yetim va imkoniyati cheklangan bolalarni huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish;
imkoniyati cheklangan bolalar tarbiyalanayotgan alohida muhtoj oilalarga manzilli yordam ko’rsatish bilan bunday bolalarning jismoniy va psixologik reabilitasiyasi uchun respublika darajasida sharoit yaratish;
yuqori malakali tibbiy yordam, o’ta murakkab xirurgik operasiyalar, shuningdek, dunyoning yetakchi tibbiy markazlarida maslahat va davolashni tashkil etish yuzasidan manzilli ish;
Mehribonlik uyi bitiruvchilarining o’rta maxsus va oliy ta’lim olishi, ish va yashash joyiga ega bo’lish imkoniyatini taqdim etish.
Bu vazifalarni amalga oshirish Jamg’arma tomonidan yaratilgan, o’zida mahalliy ijtimoiy konstruksiyaning moddiy-texnik, intellektual, tashkiliy va ilmiy-amaliy sinchi sifatidagi ishchi mexanizmlarining ishlashi jarayonida sodir bo’ladi:
1) butun respublika bo’ylab Mehribonlik uylarining ishlashin i umumiy maqbullashtirish kabi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari; kam ta’minlangan oilalarning bolalari; og’ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar; vasiylikdag ibolalarni ijtimoiy, tibbiy va yuridik kuzatib borish bo’yicha individual ishga yo’naltirilgan tashkiliy-uslubiy faoliyatni amalga oshiruvchi “Sen yolg’iz emassan” respublika bolalar jamoatchilik jamg’armasi;
2) Mehribonlik uyi bolalari va kam ta’minlangan oilalarning bolalari uchun turli yo’nalishlar bo’yicha rivojlanish va ta’limning inklyuziv metodikasini ishlab chiquvchi hamda tatbiq etuvchi, bolalarga kelgusida mamlakatning o’rta va oliy o’quv yurtlarida o’qishlari uchun qo’shimcha tahsil olish imkonini beruvchi “Sen yolg’iz emassan” jamg’armasi qoshidagi o’quv markazi.
3) imkoniyati cheklangan bolalar va ularning oilalariga amaliy korreksion-psixologik, tibbiy va maslahat yordamini amalga oshiruvchi, shuningdek, xatar guruhidagi bolalar, kam ta’minlangan oilalarning farzandlari va ularning ota-onalariga psixologik hamda yuridik ko’mak beruvchi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi.
Bu barcha jamoatchilik tuzilmalari – Jamg’arma ishlab chiqqan konstruksiyaning ishchi mexanizmi bo’lib, mohiyati bo’yicha – ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning dolzarb vazifalarini qo’yishdan boshlab ularning amaliy jihatdan ro’yobga chiqishigacha bo’lgan ishni amalga oshiruvchi yagona tizimdir.
Harakat va mexanizmlarning bu konstruksiyasini Jamg’arma ijtimoiy jihatdan birmuncha himoyaga muhtoj yetim va imkoniyati cheklangan bolalar muhitini qamrab olish nuqtai nazaridan kelib chiqib yaratdi. Shu tarzda o’sib kelayotgan avlodni turg’un rivojlantirishni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash muammosining kengayishiga yo’l qo’ymasdan Jamg’arma 11 yil davomida ishni ijtimoiy reallikni quyidagi tarzda qo’ygancha bosqichma-bosqich olib bordi:
a) respublika miqyosida ijtimoiy planda himoyaga muhtoj bolalarning butun muhitini qamrab olish;
b) tizimli ishning barcha elementlari – ijtimoiy qo’llab-quvvatlash harakatlarini amalga oshirish mexanizmlarini yo’lga qo’yish;
v) ijtimoiy qo’llab-quvvatlash konstruksiyasiga yetim va imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy realligini qayta tashkil etishning o’sib boruvchi dinamizmini bergancha harakat dasturini ishga solish.
Shuni ta’kidlash joizki, ishning mahsuldorligi ko’p jihatdan davlat tuzilmalarining ko’magi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko’p profilli departamentlari, Sog’liqni saqlash, Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirliklari bilan o’zaro harakatlari bilan bog’liq. Shu bilan birgalikda, o’sib kelayotgan avlodning birmuncha himoyaga muhtoj ijtimoiy guruhdagi muhitini insonparvarlashtirish jarayonini rivojlantirish va chuqurlashtirish jamiyat hamda davlatning integrasion kuchlanishini faollashtirish, ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning barcha asosiy yo’nalishlari bo’yicha Majmuaviy maqsadli dasturlarni yaratish, birinchi navbatda, ota-ona qaramog’isiz qolgan va imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashni maqbullashtirishni talab etadi.
Umumiy majlisda so’zga chiqqan forum ishtirokchilari O’zbekistonda sog’om va barkamol avlodni uning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi, to’laqonli o’z-o’zini ro’yobga chiqarishi va yuqori ijtimoiy harakatchanligi uchun tarbiyalashga ko’maklashuvchi bolalar huquqlarini ta’minlash va himoyalashning qonunchilik bazasi, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik-pedagogik, tibbiyo va boshqa ijtimoiy kafolatlardan tarkib topga mustahkam negizga tayanishini ta’kidladilar. Bu kontekstda ijtimoiy himoyaga muhtoj – alohida ehtiyojli bolalar; ota-ona qaramog’isiz qolgan; xatar guruhidagi; notinch va kam ta’minlangan oilalarning bolalari va h.k. larga manzdilli ko’mak va yordamning maqsadli majmuaviy dasturlarni kuchaytirishga yo’naltirilgan dolzarb vazifalar alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu muammoga fanlararo yondoshuv barcha manfaatdor tuzilmalar vakillarining ijtimoiy sherikchiligining muhim sharti sifatida O’zbekistonda bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashning samarali mexanizmi sifatida ko’rib chiqiladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish O’zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilishni boshqarishda, uni sifatli yangi, zamonaviy rivojlanish darajasiga ko’tarish (ta’limiy, ijtimoiy, boshqaruv texnologiyalarini yangilash; kadrlar malakasini oshirish; zamonaviy ilmiy bilimlar va tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish) da ilg’or mahalliy va xorijiy tajribani inobatga olgan holda zamonaviy yondoshuvlarni izlash va tatbiq etishni talab qiladi. Aynan shu masalalarning yechimi yo’llarini muhokama qilish forum dasturiga kirdi.
Umumiy majlisdan so’ng forum o’z ishini 4 ta seksiya bo’yicha olib boradi.
Seksiya yo’nalishlari:
I seksiya. Rivojlanishida alohida ehtiyoji bo’lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimiga innovasion modellarni tatbiq etishning samarali yo’llari.
II seksiya. Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimini isloh qilish: deinstitusionalizasiya siyosatini rivojlantirish.
III seksiya. Ijtimoiy va xatar guruhidagi bolalarning ijtimoiy moslashuvi va integrasiyasida ijtimoiy hamkorlik.
IV seksiya. Bolalar va oilalar bilan ijtimoiy ishning nazariy va amaliy jihatlari: ta’lim, qadriyatlar va innovasiyalar.
Forum dasturlari doirasida “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar guruhlarini huquqiy tarbiyalash rolini oshirish – huquqiy madaniyatni shakllantirish vositasi sifatida” mavzusida “davra suhbati” va xorijiy amaliyotchi mutaxassislar ishtirokida master-klasslar o’tkaziladi.
Forum doirasida RBIMM va “Sen yolg’iz emassan” RBJJ negizida taqdimot, munozaralar, davra suhbati, master-klasslar o’tkaziladi.
Master-klasslar mavzulari:
Internat muassasalari bitiruvchilarining ijtimoiy integrasiyasi. Vasilina Dibaylo (Ukraina, Kiyev)
Xatar guruhidagi o’smirlar bilan psixologik-ijtimoiy ish. Matvey Pikelner (Isroil).
Oilaviy konferensiyalar: turli shakllar; kim va qanday o’tkazadi, joriy etish shartlari. Inna Tereщyenko (Ukraina, Odessa).
O’zbekiston bolalari uchun adolat kontekstida tiklovchi adliyani tatbiq etish. Ingrid Van Velzenis (Belgiya).
Iqtidorlilik tashhisi: muammolar va usullar. Yuliya Babayeva (Moskva).
Bolalar va oilalar bilan ijtimoiy ish. Aytakin Xusainli (Ozarbayjon). O’zbekiston poytaxtining “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Sen yol’g’iz emassan” respublika jamoatchilik bolalar jamg’armasi (RJBJ) va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RBIMM) tomonidan o’ninchi bor uyushtirilayotgan “Bolalar va Yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash – farovon va taraqqiy etib boruvchi jamiyat asosi” mavzusidagi Xalqaro forum o’z ishini boshladi.
Xalqaro forum salomatligida imkoniyati cheklangan, ota-ona qaramog’isiz qolgan, ijtimoiy va huquqiy xatar guruhidagi, iqtidorli bolalar muammolari yuzasidan o’zaro fikr almashinuvi, g’oyalar, fikrlar muhokamasi uchun o’ziga xos bahslashuv maydoniga aylandi.
Ushbu sohada innovasion tajribalar bilan o’zaro almashinishga yo’naltirilgan forum bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasida O’zbekistonda bolalarning qiziqishlari, huquqlari va farovonligini ta’minlash chora-tadbirlari majmuini ishlab chiqish bo’yicha davlat, jamoatchilik tashkilotlari va qonunchilik organlarining faoliyatini faollashtirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.
Forum ishtirokchilari orasida – Oliy Majlis Palatasining senatorlari, vazirlik, idoralarning mutaxassislari, jamoatchilik va nodavlat tashkilotlarning vakillari bor.
O’zbekistonning manzilli va psixologik xizmat ko’rsatish, ijtimoiy ish va bolalarni psixologik-pedagogik kuzatib borish bo’yicha, shuningdek, davlat va jamoatchilik tashkilotlari, fuqarolik jamiyati, jumladan, mahallalarning ijtimoiy sherikchiligi sohasidagi eng yaxshi amaliyotni taqdim etgancha forum bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ilg’or xorijiy tajribani ham ko’rib chiqadi.
Ikki kunlik forum ishida xorijiy davlatlar, xususan, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldova, Ozarbayjon, Armeniya, Gruziya, Belgiya, Gresiya, Isroildan tashrif buyurgan olimlar va amaliyotchi mutaxassislar, shuningdek, O’zbekistonga vakil qilib yuborilgan, ushbu soha bilan aloqador bo’lgan xalqaro tashkilotlarning vakillar ishtirok etadilar.
Bolalar va Yoshlarning jismoniy, intellektual va ma’naviy rivojlanishi, ko’p bolali oilalar, yetim va oila muhitidan mahrum etilgan bolalarga har tomonlama yordam ko’rsatish uchun eng yaxshi va yoqimli sharoit yaratish bo’yicha davlat siyosati yo’nalishini ustuvorligi O’zbekistonda e’lon qilingan “Obod turmush yili” dasturini amalga oshirishda ham asos soluvchi yo’nalishni egallaydi. Respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy dasturlar bolalikni ijtimoiy himoya qilish tizimini maqbullashtirishga yo’naltirilgan innovasion shakl va usullarni xarakerlaydi.
- O'zbekistonda barkamol avlodni tarbiyalash, onalik va bolalik manfaatlarini ta`minlash, ayniqsa, ota-ona mehridan bebahra qolgan bolalarga g'amxo'rlik qilish, ularni farzandlikka olish, oilalarga har taraflama ko'mak berishga oid ezgu sa`y-harakatlar aniq va manzilli tarzda amalga oshirilib kelinmoqda, - deydi YuNISYeFning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Jan-Mishel Delmot. - O'zbekistonning bu boradagi tajribasi ko'pgina mamlakatlar uchun o'rnak bo'lishi mumkin. Bunda xalqning milliy mentaliteti inobatga olinayotgani, ma`naviy-axloqiy masalalarga alohida va jiddiy yondashilayotgani ijobiy natijalar berayotgani qayd etish lozim.
Tadbirda ta`kidlanganidek, «Sen Yolg'iz Emassan» Respublika jamoatchilik bolalar jamg'armasi ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni himoya qilish tizimiga hissa qo'shib, ota-ona qaramog'idan mahrum va imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan yetakchi jamoat tashkilotlaridan biridir. Shuningdek, jamg'arma Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tarbiyaviy ishlarni yanada yaxshilash va takomillashtirish borasida ham faol harakat qilmoqda. Xususan, «Bitiruvchilarning ijtimoiy-maishiy moslashuvi» loyihasi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini Vatanga muhabbat, umrboqiy an`ana va qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, «ommaviy madaniyat» ta`sirlaridan asrab-avaylash, murakkab taqdirli bolalarning hayotda o'z o'rnini topishida muhim o'rin tutmoqda.
Aytish joizki, jamg'arma faoliyatida bolalarning sifatli ta`lim olishiga alohida ahamiyat beriladi. Shu bois 2003 yilda jamg'arma qoshida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar farzandlari va imkoniyati cheklangan bolalarni o'rta-maxsus va oliy o'quv yurtlariga tayyorlash uchun mo'ljallangan o'quv markazi tashkil etildi. Markazda matematika, kimyo, informatika, ingliz tili, rus tili va adabiyoti, etika va estetika, o'zbek madaniyati va milliy an`analar fanlari bo'yicha darslar o'tkaziladi. E`tiborli jihati, markazda hozirgi kunga qadar 2000 dan ortiq bolalar ta`lim olib, ulardan 214 nafari respublikamizdagi eng nufuzli oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirishga muvaffaq bo'ldi.
O'quv markazida men hayot maktabini o'tadim, u yerda mehnatni sevishga, o'qishga intilishga, qo'yilgan maqsadlarga erishishga o'rgandim, - deydi poytaxtimizdagi 30-Mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi Denis Malenkix. - Bu menga mustaqil hayotga dadil qadam qo'yishga yordam berdi. 2004 yilda Toshkent avtomobil yullari institutining talabasi bo'ldim. Ayni paytda shu yerda Transport va transport kommunikatsiyalarini boshqarish fakultetining dekan o'rinbosari vazifasida faoliyat yuritayapman. Shuni alohida ta`kidlashni istardimki, mening erishayotgan yutuqlarimda «Sen Yolg'iz Emassan» jamg'armasining alohida o'rni bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |