Deviant so‘zi - lotincha “deviatio” so‘zidan olingan bo‘lib, chekinish, buzilish degan manoni anglatadi. Deviant xulq-atvor - mavjud jamiyatda o‘rnatilgan axloq meyorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat , ijtimoiy xodisadir.
Deviant xulq-atvor - jamiyatda o‘rnatilgan axloq meyorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘irlik, ichqilikbozlik, giyoxvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Deviant xulq deganda, quyidagilar nazarda tutiladi:
a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va meyorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi.
b) ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud:
1) Alkogolni har-har zamonda istemol qilish.
2) Alkogolni ko‘p istemol qilish - spirtli ichimliklarni muntazam, yani xaftada bir martadan bir necha martagacha yoki, birvarakayiga o‘rtada tanaffus bilan ko‘p mikdorda (200 ml. dan oshiq). Bu ko‘pincha alkogolizmga olib keladi.
3) Alkogolizm - spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o‘rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik.
v) giyohvandlik. Giyoxvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga doimiy ruju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz istemol qilish.
g) fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikkita turga bo‘lib o‘rganiladi:
1. Konkubinat - nikohsiz birga yashash.
2. Fohishabozlik - pul uchun o‘z tanasini sotish. G‘arbda asosan ikkinchisi qoralansada, SHarqda ikkala holatga ham meyordan og‘ish sifatida karaladi.
Bulardan tashqari, xalqimizda maxalliychilik, urug‘-aymoqchilik, boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham meyordan chekinishning diqqattalab ko‘rinishlaridan hisoblanadi.
Deviant xulq-atvor bir shaxsning salbiy xulq-atvordan iborat faoliyatini, shuningdek, muayyan guruhning og‘ma xulq-atvorlarini ham ifodalovchi tushunchadir.
Ma’lumki, insoniyat tarixining dastlabki davrlarida ijtimoiy deviantlik va xulq-atvor og‘ishining yuz berish jarayonlari axloqsizlik sifatida qaralgan va asosan diniy me’yorlar orqali tartibga keltirib turilgan. Turon xalqlari ham qadim-qadimdan ijtimoiy deviantlik holatlariga salbiy munosabatda bo‘lishgan va ushbu munosabat zardushtiylik, budda va boshqa qadimgi Turonda mavjud boshqa diniy ta’limotlarda aks etgan.
“Deviant xatti-harakatlar” tushunchasi jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy tartib-qoidalardan chetga chiqish degan ma’noni bildiradi va ushbu tartib-qoidalarga rioya qilmaslik va ularni buzish bilan xarakterlanadi. Deviant xatti-harakat ayniqsa, voyaga etmaganlar uchun xosdir. Ushbu davrda voyaga etmagan yoshlarning shaxsiy xislatlari shakllanadi, uning o‘z-o‘zini anglashi, dunyoni bilishi qaror topadi. Biroq shaxsning shakllanishi va rivojlanishi murakkab jarayon bo‘lib, o‘ziga xos qiyinchiliklar va og‘ishlar, ichki qarama qarshiliklar hamda ijtimoiy hayotdagi turli vaziyatlarga ko‘nika olmasliklar bilan kechishi mumkin. Deviant xarakterga ega bo‘lgan yoshlar ko‘pincha maktabdagi darsga bormaydilar, uydan qochib ketadilar, daydilik qiladilar, tilanchilik bilan shug‘ullanadilar, ichkilik ichadilar, giyohvandlikka ro‘ju qo‘yadilar. Natijada qonunbuzarlikka moyil bo‘lib, jinoyatga qo‘l uradilar.
XVIII asarlarga kelib yangi davr mutafakkirlari ijtimoiy me’yor va deviant holatlar muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. Sh.L.Monteske, J.J.Russo, Ch.Bekkaria, K.Gelvetsiy, D.Didro, P.Golbax, Morelli va Sh.Furelar o‘z ilmiy izlanishlarida turli g‘oyalarni ilgari surdilar. Xususan, Monteske barcha ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarni topishga intildi.
Evropa mutafakkirlaridan I.Kant va uning shogirdlari I.G.Fixte, jinoiy huquqning asoschisi hisoblanuvchi L.Feyerbax, Gegel ham jamiyat muammolarini tadqiq qilish jarayonida jamiyatning doimiy dolzarb muammosi bo‘lgan ijtimoiy me’yor va undan chekinishlarga ham alohida e’tibor berdilar. Klassik yo‘nalish vakillari garchi deviant xulq –atvorni sotsiologik tushuntirishda ancha ilgarilab ketishgan bo‘lsalarda, ushbu nazariyalarning amaliy tadqiqotlar bilan mustahkamlanmaganligi natijasida, ularning nazariyalari XIX asrlarga kelib biologik yo‘nalish vakillari tomonidan osongina inkor qilina boshlandi. XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar Sotsiologiya va ijtimoiy ish taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, ijtimoiy xulq-atvor tadqiqotchilari klassik yo‘nalishdagi “tabiiy huquq”, “erkin iroda” kabi g‘oyalardan voz kechib, ijtimoiy deviantlikning “sababiyligini” yoqlab chiqdilar. Italiyalik psixiator Chezare Lombrozoning 1876 yilda chop etilgan “Jinoyatchi shaxs” asari bu boradagi dastlabki qadam bo‘lib hisoblanadi.
Ch.Lombrozo (1835-1909) Italiyada psixiatr bo‘lib ishlar ekan, o‘n yil davomida 14 ming mahbusni tekshirib, ular ustida tadqiqot olib boradi. O‘z kuzatishlari asosida Lombrozo xulq-atvor sababiylikka ega degan xulosaga keladi. Uning g‘oyasi “sabab - o‘zaro aloqador sabablar zanjiridan iborat”, degan qarashdan iboratdir. U jinoyatchilarni 4 guruhga bo‘ladi:
1. Tug‘ma jinoyatchilar;
2. Ruhiy kasal jiinoyatchilar;
3. E’tiqodga ko‘ra jinoyatchilar (siyosiy jinoyatchilar ham shular jumlasidandir);
4. Tasodifiy jinoyatchilar.
Lombrozo o‘z g‘oyalarida qasddan qilinadigan jinoyatchilik, fohishabozlik va ichkilikbozlik kabi illatlarning tug‘ma bo‘lishligiga urg‘u beradi. “Tug‘ma individual omillar-jinoiy xulqning asosiy sabablaridir” deb yozadi.
L ombrozo o‘z asarlari deviant holatlarni tug‘ma bo‘lishini qat’iylik bilan ta’kidlab kelsada, ba’zi o‘rinlarda ijtimoiy deviantlikning namoyon bo‘lishida boshqa omillarning ham ta’sirini e’tirof etadi. Xususan, u o‘zining “Jinoyatchi va fohisha ayol” asarida aytadi: fohisha uchun erkan bilan qovushish-ruhiy jihatdan ham, jismoniy jihatdan ham o‘ta oddiy holat va u ushbu kasbga yaxshi haq to‘lashgani uchun o‘z tanasini sotadi”, ya’ni iqtisodiy omil ustunlik qiladi.
Lombrozo o‘z tadqiqotlari orqali bir narsaga, axloq va axloqsizliklarning tug‘ma bo‘lishini isbotlashga bag‘ishladi. Garchi biologiya, sotsiologiya va psixologiya fanlarida erishilgan keyingi yutuqlar buni to‘la inkor eta olgan bo‘lsada, uning uzoq yillar mobaynida olib borgan amaliy tadqiqotlari natijalari, deviant holatlarni o‘ziga xos klassifikatsiyalari o‘sha davrdagi ijtimoiy deviantlikning amaliy tavsifi keyingi davr olimlari uchun ajoyib qiyosiy material vazifasini o‘tab kelmoqda. Masalan, Lombrozo yuqorida aytilgan “Jinoyatchi va fohisha ayol” asarida tahlil qilib bergan fohishabozlik va jinoyatchilikning yoki ichkilikbozlikning “hamkorlik” nuqtalari hozirgi kunda ham kuzatiladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek Ch.Lombrozoning asarlarida inson tabiiy omillar oldida ojiz maxluqqa aylantirib qo‘yiladi, shaxs shakllanishida ijtimoiy muhit va tarbiyaning o‘rni yo‘qqa chiqarilgan.
Alkogolizm va giyohvandlik millat genofondini jismoniy majruhlik va degradatsiya tomon etaklaydi, shuningdek, u jamiyatning ijtimoiy salomatligini buzadi.
JSST bahosiga ko‘ra, alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish umumiy o‘limlar miqdorining uchdan bir qismini tashkil etadi. Ajralishlarning 25-30 foizi er-xotinlardan birining ichkilikbozligi tufayli yuz beradi.
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, o‘spirinlarning 2,5 foizida ota-onasi bo‘lmagan, 97,5 foizida esa oilasi bo‘lgan, 55 foizida ham otasi, ham onasi bo‘lgan. YOshlarning 45 foizida yo otasi, yo onasi, shundan 66,2 foizida faqat onasi bo‘lgan. Voyaga etmaganlarning faqat 3,8 foizi otasi bilan yashaydi. Bundan kelib chiqadiki, voyaga etmaganlarning qariyb 50 foizi to‘liqsiz oilada tarbiyalanishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |