Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi



Download 466,85 Kb.
bet34/49
Sana15.06.2022
Hajmi466,85 Kb.
#673977
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
Bog'liq
26c54b9703a2c91553a0054ceb625a96 ижт.иш технологиялари

Kasallik, jarohat, nuqson


Hayotiy faoliyatni cheklanishi

Ijtimoiy etishmovchilik

Funktsional buzilish, kasallik


Rasm 1. Kasallikni ijtimoiylashuvi
Uzoq kechuvchi kasallik organlar va tizimlar faoliyatini o‘zgarishiga olib keladi. Individning funksional faolligi nuqtai nazaridan hayotiy faoliyatni cheklanganligi shaxs darajasidagi buzilishlarni anglatadi. Kasallikni bilish yoki individ hulq-atvorini o‘zgarganligi yoki uning faoliyatini cheklanganligi tufayli nogiron inson o‘zini o‘rab turgan muhitda nisbatan noqulay holatni egallaydi.
Shu tariqa kasallik ijtimoiy xususiyat kasb etadi. Bu holat hayotiy funksiyalar buzilganligi yoki cheklanganligidan kelib chiquvchi ijtimoiy etishmovchilikni aks etadi. Buzilish yoki etishmovchilik (impairment) – bu psixologik, fiziologik va anatomik tuzilma yoki funksiyalardagi har qanday yo‘qotilish yoki anomaliyadir. Buzilishlar me’yordan og‘ishni anglatib, ular vaqtinchalik yoki doimiy bo‘lishi mumkin. «Buzilish» tushunchasi oyoq-qo‘llar, turli organlar, to‘qimalar va tananing boshqa qismi, jumladan aqliy faoliyatdagi anomaliya, nuqson yoki yo‘qotish mavjudligini nazarda tutadi. Buzilish individning biotibbiy holatidagi og‘ishni anglatib, ushbu maqom xususiyatlarini belgilash mutaxassis-vrachlar tomonidan amalga oshiriladi va jismoniy va aqliy funksiyalarni umumqabul qilingan funksiyalarga nisbatan solishtirgan holda og‘ishni o‘rnatadi. Tibbiy tashhislashda nogironlikka olib keluvchi sog‘liqdagi buzilishlar kishida jismoniy, ruhiy va ijtimoiy barqarorlikning izdan chiqqanligini anglatadi44.
Hayotiy faoliyatni cheklanganligi(disability) – ma’lum yoshga mansub kishining o‘z faoliyatini me’yoriy sanaluvchi usullar vositasida amalga oshirish imkoniyatining (buzilish oqibatida) yo‘qligi yoki cheklanganligidir. Agarda buzilishlar organizmning alohida qismlariga doir bo‘lsa unda cheklanganlik murakkab yoki integratsiyalashgan faoliyat turlariga mansub bo‘ladi.
Hayotiy faoliyatning cheklanganligini asosiy xarakteristikasi sifatida uning namoyon bo‘lish darajasi xizmat qiladi.
Ijtimoiy etishmovchilik (handicap yoki disadvantage)- sog‘liqdagi buzilishlarning ijtimoiy oqibatlari bo‘lib, individdagi bu kabi etishmovchilik hayotiy faoliyatining buzilishi va cheklanishidan kelib chiqadi va individ hayotdagi odatiy rollarni (yosh, jins, ijtimoiy madaniy holatidan kelib chiqib) cheklangan miqdorda yoki butunlay bajara olmaydi.
Shu tariqa Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining zamonaviy konsepsiyasidan kelib chiqdigan bo‘lsak, yolg’iz keksalik va nogironlikni tayinlanishi kasallik yoki jarohatning o‘zi tufayli emas, uning psixologik, fiziologik yoki anatomik tuzilma yoki funksiyalar buzilishi tufayli hayotiy faoliyatni cheklanishi va ijtimoiy moslashmaganlikka olib keluvchi oqibatlari asos bo‘ladi.
Yolg’iz keksalar va imkoniyati cheklangan insonlar faoliyatini cheklovchi ijtimoiy to‘siqlar. Reabilitatsiya jarayoni samarali kechishi uchun nogironlik inson oldida yaratadigan to‘siqlar, ijtimoiy to‘siqlarning mazmun mohiyatini tahlil qilish kerak.
Avvalambor yolg’iz keksa vanogiron insonning jismoniy cheklanganligi yoki izolyasiyalanganligi muammosi bo‘lib – bu yolg’iz keksa va nogiron insonning mustaqil harakatlanishi, makonda mo‘ljallanishiga halal beruvchi jismoniy, sensor, aqliy-psixologik nuqsonlar, etishmovchiliklar bois sodir bo‘ladi. Boshqa tomondan tashqi muhit omillari ushbu etishmovchiliklar ta’siri yanada chuqurlashtirish yoki engillashtirishi mumkin.Sababi nogiron uchun nafaqat to‘siqsiz muhit balki do‘stona yoki agressiv muhitning ta’siri mavjud. Bu cheklanganlik binolarda, transport, maishiy uzilganlik, hissiy deprivatsiyani bartaraf etuvchi maxsus choralarni qo‘llash va mehnat adaptatsiyasi imkonini berishni talab etadi.
Ikkinchi to‘siq – bu mehnat segregatsiyasi (ajratib tashlash) yoki izolyasiyasi. Cheklangan imkoniyatlari bois yolg’iz keksa vanogiron kishi ish toppish va ishlash imkoniyatlari o‘ta chegaralagan yoki bunday imkoniyatga umuman ega emas. Ayrim holatlarda bu kabi insonlar mehnat faoliyatiga umuman yaroqsiz bo‘lsalar, ammo boshqa vaziyatlarda nogiron insonlarga past kvalifikatsiyali, bir xil, stereotipli ishlar va past oylik maosh taklif etiladi. Bu holat nafaqat ularning jismoniy va aqliy imkoniyalari cheklanganligi asoslanib qolmay balki alohida ehtiyojli shasxlar mehnat bozorining rivojlanmaganligi bilan xususiyatlanadi.
Uchinchi to‘siq – ijtimoiy-mehnat imkoniyatlari cheklovlar bois ularning kam ta’minlanganligi. Bunday insonlar yoki past oylik maoshga yoki ijtimoiy yordam puli hisobiga yashashiga to‘g‘ri keladi. Ammo, ularnning miqdori to‘kis yashash darajasiga etmasligi mumkin.
Jismoniy muhit to‘siqlari yolg’iz keksalar vanogironlar uchun murakkabliklarni yaratadi. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan inson harakatlanish vositalariga ega bo‘lsada tura rjoy, transport vositalari ularga etarlicha moslashtirilmagan. Maishiy jarayonlar, o‘ziga xizmat ko‘rsatish, erkin harakatlanish imkoniyatini kengaytiruvchi qurilma va jihozlari etishmaydi. Sensorli buzilishlarga ega insonlar o‘rab turgan atrof muhit haqida ma’lumot beruvchi maxsus axbrot vositalari tanqisligi mavjud.Shu bois, aqliy cheklangan shaxslarning atrof-muhitda mo‘ljallanishi va bexatar harakatlanishi imkoniyatlari o‘ta cheklangan.
Axborot to‘sig‘i ham muhim rol o‘ynaydi. Yolg’iz keksalar va nogironlar umumiy mazmundagi va bevosita o‘zlari uchun muhim axborot (o‘zidagi funksional buzilishlar borasida batafsil ma’lumot, davlatning yolg’iz keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash siyosati, ularni qo‘lab-quvvatlovchi ijtimoiy zahirlar)ni olishda murakkabliklarga duch keladilar. Bu iqtisodiy sabablar (masalan radiopriyomnik sotib olish yoki gazetaga yozilish imkonining yo‘qligi) axoborotning maxsus vositalari tanqisligi (surdo tarjima, brayl shriftidagi kitoblar, ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun kasseta va disklar) va zamonaviy global axborot tizimi (internet) ning etarlicha ommalashmaganligi va b. Boshqa tomondan jamiyatni nogiron insondan to‘sib qo‘yuvchi axborot bar’erlari mavjud. Imkoniyati cheklangan insonlar o‘z fikr, o‘y-hayollarin namoyish etish o‘z manfaat va ehtiyojlarini boshqalarga etkazib berishi ancha qiyin. Shu bois, nogironlarninig ehtiyojlari va ulardagi shaxsiyat borasida buzilgan tasavvurlar hosil bo‘lishi mumkin.
Hissiy to‘siq ham ikkiyoqlama hususiyatga ega. Xalqaro hujjatlarda yolg’iz keksalar vanogironlar uchun teng imkoniyatlar ta’minlanishining standart tartiblari bo‘yicha xorijiy davlatlarning reabilitatsiya xizmatlari tomonidan faol amaliyotda qo‘llanilib, "Shape your life" — " O‘z hayotingni shakllantir» dasturlari doirasida qo‘llanilmoqda. Ushbu dasturga muvofiq nogironlar davlat yoki munitsipal organlar tomonidan ularning reabilitatsiyasi uchun ajratilayotgan vositalarga ega bo‘ladilar. Xorijiy tadqiqotchilar, xususan, ijtimoiy ish xodimlari ta’kidlashlaricha nogironlar ularga nisbatan ishlab chiqilgan siyosat va dasturlarni baholashda eng yaxshi ekspertlari imkoniyati cheklangan kishilarda alohida yashashi hisobidan o‘ziga xizmat ko‘rsatish, o‘ziga yordam berish, o‘zini o‘zi ta’minlashdagi qobiliyatlarini imkon qadar rivojlantirish va qo‘llash tamoyili ustuvor sanaladi.

  1. Nogironlik bo‘yicha butunjahon ma’ruzasiga ko‘ra quyidagi holatlar ham nogironlarning me’yoriy hayotiga to‘siqlarni yaratuvchi omillarni shakllantirmoqda:

  2. - davlatning nomukammal siyosati yoki me’yorlari: davlat siyosati ishlab chiqilishda nogironlar ehtiyojlari oim ham e’tiborga olinmasligi mumkin. Masalan, nogironlarga mo‘ljallangan inklyuziv ta’lim bo‘yicha ushbu ma’ruzada ko‘rsatilisha monitoring natijalari 28 davlat ishtirokchilardan 18 tasida ta’lim b turi borasidagi ma’lumotlar aholiga etkazilmaydi.

-xizmatlar doirasining torligi: imkoniyati cheklangan kishilar tibbiy-sanitar, reabilitatsiya, qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan foydalanishda tanqislikni sezadilar.Masalan, Janubiy Afrika davlatlarida 26-55% kishilar zaruriy reabilitatsiya xizmatlaridan foydalana oladilar.17-37% zaruri yordamchi moslamalarga ega.5-23% kasbiy ta’lim olmoqda.5-24% zaruriy ijtimoiy xizmatga ega45.
-xizmat ko‘rsatishdagi muammolar: xizmatlarning muvofiqlashtirilmaganligi uning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 51 davlatda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, nogironligi bor insonlarga xizmat ko‘rsatishda mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalari talab darajasida emas. AQSHdagi tadqiqotlar yakunlariga binoan 80% ijtimoiy ish xodimlari zaruriy kasbiy ta’limga ega emasligi aniqlandi.
- moliyaviy tanqislik: turli davlatlar va mintaqalarda moliyaviy mablag‘larning etarli emasligi nogironligi bor insondarga sifatli xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlashdagi asosiy to‘siq sanaladi. masalan iqtisodiy rivojlangan davlatlarda nogironlarning atiga 20-30 foizi ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qoniqmasalar, rivojlanayotgan davlatlarda bu ko‘rsatkich ikki-uch karra kattadir.

  1. Axborot va muloqotning noadekvatligi: 93 davlatda o‘tkazilgan tadqiqotlar yakunlariga binoan 31 davlatda surdotarjima xizmatlari butunlay yo‘q bo‘lsa 30 davlatda atiga 20 nafar mutaxassis borligi aniqlandi46.

Nogironligi bor insonlar ehtiyojlarining to‘laqonli qondirilmasligi o‘z o‘rnida quyidagi sohalarda ularning ortda qolishiga olib keladi:
Ta’limdagi yutuqlarining pastligi – boshlang‘ich maktabga qatnovchi nogiron bolalarning nisbiy ko‘rsatkichi Hindistonda 10%ni va Indoneziyada 60%ni tashkil etadi. Sharqiy Evropada esa ko‘pgina nogiron bolalar maktabga bormaydilar.
Iqtisodiy faollik darajasining pastligi – nogironlar orasida ishsizlik yuqori bo‘lib, jahon miqyosida Sog‘liqni saqlash butunjahon tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra erkak nogironlarning atiga 35%, ayol-nogironlarning 20% ish bilan band xolos. Nogironlarning o‘rtacha ish bilan bandligi 44%ni tashkil etgan holda sog‘lom insonlarning bu ko‘rsatkichi 75%ni tashkil etdi.
Nogironlar orasida qashshoqlik darajasining yuqoriligi – nogironlik kishining uy xo‘jaligi doirasida qolib ketish ehtimolini oshiradi.Natijada ularda oziq-ovqat tanqisligi, uy-joy sharoitlarining yomonligi, maishiy tizim sifatining pastligi muammolari bilan yashashga majburdirlar.Ular o‘zlarini qo‘llab-quvvatlash, tibbiy parvarish, qo‘shimcha qurilmalar uchun qo‘shimcha harajatlarni amalga oshira olmaydilar.
Mustaqilik harakatlanish imkonini o‘ta cheklanganligi, o‘zgalar yordamiga bog‘liqlik – AQSHdagi 1 505 nogironligi bor kishilar orasida o‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha ularning 42% i o‘zgalar ko‘magisiz yotgan joyidan turaolmasligini bildirganlar. Ammo, ko‘pchilik hollarda noironlarga ko‘maklashishda oila a’zolarining roli katta. AQSHda nogiron bolasi bor oila a’zolari ish kuni cheklangan yoki mehnat faoliyatini tugatish ehtimoli baland.Bu ayniqsa oila a’zolari yoshining qarib borishi bilan keskinlashadi.Natijada ular jiddiy moliyaviy muammolarga duch keladilar.
Nogironlikni an’anaviy anglash inson sog‘lig‘ida nimadir muammo borligi bilan izohlanadi. Bu kabi fikrlar imkoniyati cheklanganlikni birgina jismoniy rivojlanishdagi buzilishlarga tenglashtirib qo‘yadi. Bunga ko‘zi ojizlik, eshitish imkoniyati cheklanganlik, tayanch-harakatlanish tizimi qisman yoki butunlay ishlamasligi, psixik kasalliklar, Daun sindromi va epilepsiya kabi holatlar kiritiladi. Jismoniy imkoniyati cheklanganlikka bunday munosabat odatda nogironlikning tibbiy modeli sifatida qabul qilinadi. Tibbiy modelda ruhiy-jismoniy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan kishilarga me’yordan og‘ish holati sifatida reabilitatsion aralashish uchun patsient yoki tibbiy muolajalarga tobe insonlar sifatida qaraladi. Bunda insonning cheklangan imkoniyatlarining ijtimoiy oqibatlari aynan nogironlik natijasida jamiyatdan uzilib qolishning oqibati sifatida ta’riflanadi. Demak, nogironlik ushbu modelga ko‘ra sof tibbiy muammo sifatida qabul qilinar ekan uni faqatgina tibbiy davolash yoki reabilitatsiya orqali bartaraf etish mumkin, deb tushuniladi471. Bu kabi tushunchalar ko‘pchilik hollarda nogironligi bor insonning institutsional muassasalarda izolyasiyada, ya’ni yakkalanib, jamiyatdan uzilib qolishiga olib keladi.
Nogironlikni ta’riflashning ijtimoiy modeliga ko‘ra, yuqorida keltirilgan an’anaviy yondashuv tanqid ostiga olinib, bu model Buyuk Britaniyada XX asrning 70 yillarida imkoniyati cheklangan kishilarning nogironlikka an’anaviy yondashuvga qarshi harakat asosida yuzaga kelgan. Bu harakat individuallashgan tibbiy nazariyaning radikal muqobil shaklini taklif etadi. Unga ko‘ra, imkoniyati cheklangan odamlarning noxush holatlari ulardagi kasalliklar tufayli emas balki, ularga ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy to‘siqlar ta’siridagi cheklashlar, o‘zlarini o‘rab turgan muhitning ijtimoiy to‘siqlarini sabab qilib ko‘rsatadilar. Bunday aniq ifodaga binoan nogironlik tushunchasi salomatlik yoki patologik holatlar bilan emas, balki ijtimoiy muhit tomonidan kamsitishlar va ijtimoiy cheklashlar bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy modelning istiqboli nuqtai-nazaridan nogironlik ijtimoiy-siyosiy muammodir482. Ushbu yondashuvga ko‘ra, nogironligi bor insonlarning xitobi “Bizni kasallik emas, jamiyat nogiron qiladi” degan iboradan iborat bo‘lib, ushbu ibora ijtimoiy model xususiyatini o‘zida yaqqol ifoda etadi.
Shu tariqa ijtimoiy model nogironligi bor insonlarni boshqalar qatorida teng huquqli ekanliklari va buning uchun kurashish g‘oyasi atrofida birlashtiradi. Ijtimoiy model imkoniyati cheklangan inson tibbiy muolajalarga tobe passiv inson emas, aksincha o‘z taqdirlarining ijodkor egalari bo‘lish zaruriyatini rivojlantiradi. Bu modelning kuchli tomoni shundaki, u qashshoqlik va himoyasizlikning ildizi biologik kelib chiqishda emas, balki, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasida ekanligini isbotlaydi.
2000 yil Rio de Janeyro shahirda BMTning nogironlik bo‘yicha maxsus komissiyasi ma’ruzachisi Bengt Lindkvist xalqaro reabilitatsiya muammolariga bag‘ishlangan 19 kongressda nogironlikning ijtimoiy modeli xususiyatlarini yaqqol ifodalovchi quyidagi nutqini so‘zlaydi:
“Nogironlik – bu inson huquqlari muammosidir! Men takror aytaman: nogironlik inson huquqlari muammosi. Nogiron insonlar o‘z atrofdagilarning o‘zlariga nisbatan layoqatsiz, go‘yoki koinotdan tushgan g‘alatilar sifatida munosabatda bo‘lishlaridan to‘yib ketishgan. Ammo, biz teng qadriyatli insoniy mavjudotmiz va biz ham teng huquqga da’vogarmiz....”492. Ushbu xitob imkoniyati cheklangan insonlarning qalbida chuqur iz qoldirgan ijtimoiy to‘siqlarni engishga ruhlantirdi.
Xullas, yolg’iz keksalik va nogironlikning ijtimoiy modeli imkoniyati cheklanganlik to‘g‘risidagi tasavvurlarga yangicha yondashuvni keng omma orasida rivojlanishiga chorlov bo‘ldi. U imkoniyati cheklangan insonni hayotda ijobiy o‘zgarishiga turtki bo‘ldi. Bu borada, nogironligi bor insonlar manfaatlari muhofazasi uchun kurashuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarining faolligi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu tashkilotlar bu kabi insonlarning asl ehtiyojlarining mazmun mohiyatini davlat muassasalari va siyosatchilar diqqatiga etkazilishi va hukumat darajasidagi o‘zgarishlarga turtki berdilar.
Yolg’iz keksalar va nogironlikning ijtimoiy modeli imkoniyati cheklangan insonlarga nisbatan jamoatchilikning munosabatini o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Shu bois, nogironligi bor kishilar hayotining turli bosqichlarida ularga munosib munosabat bildirish, tegishli ijtimoiy yordam bilan ta’minlashga e’tibor kuchaydi.
Xalqaro Sog‘liqni saqlash tashkilotining 67 sessiyasida «Nogironligi bor insonlarni qo‘llab quvvatlashning 2014-2021 yillarga mo‘ljallangan global Rejasi» qabul qilindi. Ushbu reja dunyo miqyosida nogironlikning turli shakllaridan aziyat chekayotgan 1 mlrd. kishi hayoti sifatini yaxshilanishida turtki bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu reja bo‘yicha harakat dasturi uch vazifadan iborat:
- sog‘liqni saqlash xizmatlari va dasturlaridagi to‘siqlarni bartaraf etish va teng imkoniyatlarni yaratish;
- reabilitatsiya, abilitatsiya, ko‘makchi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va mustahkamlash;
-nogironlikni tadqiq etishni qo‘llab-quvvatlash, uni xalqaro ko‘lamda tashkil etilishiga yordamlashish.
Nogironlik buzilgan salomatlik hamda munosabat va muhit to‘siqlari o‘zaro munosabatlari natijasi bo‘lib, bu nogironlarni jamiyat hayotida boshqalar bilan teng va samarali ishtirok etishiga halaqit beradi. Xalqaro hamjamiyat buni hisobga olgan holda, nogironlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hurmat qilish va buni insoniy turfa xillikning tarkibi va insoniyatning uzviy ajralmas bir qismi sifatida qabul qilish, ularning jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlarini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratgan.
Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasida har bir inson irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoxud boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy yoxud tabaqaviy yoki boshqa sharoitidan qat’i nazar, barcha huquqlar va erkinliklarga ega bo‘lishlari shart ekanligi belgilab qo‘yilgan. Bu nogironlarga ham bevosita va to‘la taalluqlidir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 2006 yil 13 dekabrdagi 61/106-rezolyusiyasi bilan qabul qilingan “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” hamda “Nogironlarning huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga Fakultativ protokol” ana shu xalqaro hujjatlarning asosiylari hisoblanadi. Ularda nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatlarini rag‘batlantirish va himoya qilish, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini va bu huquqlardan boshqalar bilan teng ravishda foydalanish imkoniyatlarini kafolatlash tamoyillari belgilab qo‘yilgan.
Ushbu Konvensiyada ishtirok etuvchi davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavida e’lon qilingan insoniyat oilasining barcha a’zolariga xos qadr-qimmat va qadriyatlar hamda ularning teng va ajralmas huquqlari prinsiplari ozodlik, adolat va yalpi tinchlikning asosi deb e’tirof etiladi.
Ushbu Konvensiyaning maqsadi barcha nogironlarning insonning barcha huquqlari va asosiy erkinliklarini rag‘batlantirish, himoya qilish hamda to‘la va keng amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek ularga xos qadr-qimmatni hurmat qilishni rag‘batlantirishdir.
Nogironlarga turli to‘siqlar bilan o‘zaro munosabatda ularning boshqalar bilan teng holda jamiyat hayotida to‘la va samarali ishtirok etishiga halaqit beradigan barqaror jismoniy, psixik, intellektual yoki sensor50buzilishlari bo‘lgan shaxslar taalluqlidir.
Ushbu Konvensiyaning 2-moddasida undan ko‘zlangan maqsadlari uchun “muomala” — tillardan, matnlardan, Brayl alifbosi, taktil51muomalasi, yirik shrift, foydalanish imkoniyati bo‘lgan multimedia vositalari, ayni vaqtda bosma materiallar, audiovositalar, suhandonlarning odatiy tili, shuningdek muomalani kuchaytiruvchi va muqobil usullari, vositalari va shakllari, shu jumladan foydalanish imkoniyati bo‘lgan axborot-komunikatsiya texnologiyalarini qamrab oladi.
“Nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitish” — maqsadi yoki natijasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqaro yoki har qanday boshqa sohada boshqalar bilan teng holda insonning barcha huquqlari va asosiy erkinliklarining e’tirof etilishi yoki amalga oshirilishini kamsitadigan yoki rad etadigan har qanday tafovut, istisno yoki cheklashni anglatadi. U kamsitishning barcha shakllarini, shu jumladan oqilona moslashtirishdan voz kechishni qamrab oladi. “Oqilona moslashtirish” — nogironlarning boshqalar bilan teng ravishda barcha inson huquqlari va asosiy erkinliklarini amalga oshirish maqsadlarida aniq bir holatda zarurat bo‘lganda mos kelmaydigan yoki oqlanmaydigan yuk bo‘lmaydigan zarur va muvofiq modifikatsiyalar va tuzatishlar kiritishni anglatadi. “Universal dizayn” — barcha odamlar uchun moslashtirish yoki maxsus dizaynni talab etmaydigan holda eng yuqori imkoniyat darajasida yaroqli qilishga da’vat etilgan buyumlar, sharoit, dastur va xizmatlar dizaynini anglatadi. “Universal dizayn” zarurat bo‘lganda aniq bir nogironlar uchun assistiv52qurilmalarni istisno etmaydi.
Ushbu Konvensiyaning prinsiplari quyidagilardan iborat:
- insonga xos bo‘lgan qadr-qimmatni, uning shaxsiy mustaqilligi, shu jumladan mustaqil tanlovi erkinligini hamda mustaqilligini hurmat qilish;
- kamsitmaslik;
- jamiyatga to‘la va samarali jalb etish va qo‘shish;
- nogironlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hurmat qilish va buni insoniy turfa xillikning tarkibi va insoniyatning bir qismi sifatida qabul qilish;
- imkoniyatlarning tengligi;
- to‘siqsiz foydalanish;
- erkaklar va ayollarning te ngligi;
- nogiron bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatlarini hurmat qilish va nogiron bolalarning o‘z shaxsiy xususiyatlarini saqlab qolish huquqini hurmat qilish. Ishtirok etuvchi davlatlar barcha nogironlar tomonidan nogironlik belgisi bo‘yicha hech qanday kamsitishsiz insonning barcha huquqlarini amalga oshirish va asosiy erkinliklarini to‘la ta’minlash va rag‘batlantirish majburiyatini oladi.
Ushbu Konvensiyada nogironlarning huquqlari va asosiy erkin­liklari, xususan ularning yashash, fuqarolik, huquqiy himoyalanish, ta’lim olish, salomatliklarini saqlash, boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish, siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotda, bo‘sh vaqtni o‘tkazish, dam olish va sport bilan shug‘ullanishda ishtirok etish, o‘zlari va oilasi uchun etarlicha turmush sharoitiga ega bo‘lish va ijtimoiy yordam huquqlari e’tirof etilgan va ularni amalga oshirishning huquqiy kafolatlari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”sini imzolagan. Mamlakatimizda nogironlarning barcha huquq va erkinliklarini ta’minlashning mustahkam huquqiy asoslari ham yaratilgan. 2008 yilda mamlakat parlamenti yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilganib, uning 3-moddasiga ko‘ra, nogiron - jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgalangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxsdir53.
Ushbu Qonunning 5-moddasidaDavlat nogironlar turmush faoliyatining cheklanganligini baholash asosida ularning ijtimoiy yordam hamda himoya chora-tadbirlariga bo‘lgan ehtiyojlari hisobga olinishi ta’minlanishini, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turlaridagi dasturlar amalga oshirilishini, nogironlarning jamiyat bilan uyg‘unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini, nogironlarni kamsitishning barcha shakllaridan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini kafolatlaydi”54 deb belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunida barcha fuqarolar uchun umumiy o‘rta (9 yillik) ta’limi asosida majburiy bepul o‘rta maxsus, kasb ta’lim olishi kafolatlangan. Bizning mamlakatimizda ayni paytda 9765 umumiy o‘rta ta’lim maktabi mavjud bo‘lib, ularda jami 5390490 nafar o‘quvchi taxsil oladi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilari orasida rivojlanishida turli xil (nogiron) muammolari bo‘lgan bolalar 26836 nafarni tashkil etadi. Xalq ta’limi vazirligining 2008 yilda olingan statistik ma’lumotlariga binoan respublikamizda jami 17890 o‘quvchi uchun 86ta maxsus maktab, maktab internatlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. markaziy asab tizimiga shikast etganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.
Mamlakatimizda nogiron insonlar huquqlari qator qonunchilik hujjatlari orqali muhofazalanadi: bular: Yangi tahrirdagi “Nogironlarni ijtimoiy himoyalash to‘g‘risida”gi Qonun (11.07.2008), “Sog‘liqni saqlash to‘g‘risida”gi Qonun (29.08.1996), “Bandlik to‘g‘risida”gi Qonun (29.08.1997), “Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun (03.09.1993), 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “2011–2015 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligi va ular ijrosi sobitqadamlik bilan ta’minlanayotganligi buning yaqqol dalolatidir.
Mustaqillik yillarida respublikamizda inson huquqi va erkinliklari monitoringi institulari tashkil etildi. Ushbu institutlar aholining alohida qatlamlari xususan, nogironlar huquqlari kafolatlarini ham monitoringini amalga oshiradi. Ushbu institutlarga quyidagilar mansub:

  • Oliy Majlis Senati;

  • Oliy Majlis inson huquqlari bo‘yicha vaikli (Ombudsman);

  • Inson Huquqlari bo‘yicha Milliy Markaz;

  • Vazirlar Mahkamasi;

  • Adliya Vazirligi huzuridagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar amaliyoti monitoringi markazi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonunlar monitroingi instituti;

  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziligi

  • Sog‘liqni saqlash vazirligi

  • Xalq ta’limi markazi

  • Ayollar qo‘mitasi;

  • O‘zRNNTMA;

  • O‘zR Nogironlar Jamiyati;

  • Turli NNT lar va b.

Ushbu institutlar nogironlar huquq va erkinlari kafolatlarini monitroingi amaga oshiradi. Bu borada yuzaga kelayotgan muammolarning amaliy echimi bilan shug‘ullanadi.
Nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularni ijtimoiy himoya qilish va kompleks reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirish orqali to‘laqonli jamiyatga uyg‘unlashuviga erishish, davlatimiz siyosatining bosh yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan qabulqilingan “Nogironlarning huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiya”, “Nogironlar borasida Butunjahon harakat dasturi”, “Nogironlarni rivojlanishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashning standart qoidalari”, “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”, “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” kabi bir qator muhim xalqaro hujjatlarni hisobga olgan holda, birgina 2007-2010 yillarda Respublikamizda nogironlik hamda nogironlar reabilitatsiyasiga oid ko‘plab me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga kiritildi.
Jumladan: O‘zR Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari: “Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati to‘g‘risida” (17.05.2007 y. 100-son); “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni tashkillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (08.08.2008 y. 175-son); “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” (20.08.2008 y. 186-son); “Nogironni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi to‘g‘risidagi
Nizomni tasdiqlash haqida” (18.03.2009 y. 75-son); “Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”(17.06.2009 y. 166-son) qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining: “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazini moddiy ta’minotini yaxshilash bo‘yicha Yaponiya Hukumati grantidan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (05.02.2009 y. PQ-1053-son); “Fuqarolar pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (30.12.2009 y. PF-4161-son); va boshqa bir turkum Davlat dasturlari yuqoridagifikrlarimizni tasdiqlaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 17-maydagi 89-sonli qaroriga muvofiq Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb bo‘yicha sog‘lomlashtirish milliy markazi hamda Tayanch-harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni sog‘lomlashtirish respublika markazini birlashtirish yo‘li bilan 200 koyka-o‘rinli Nogironlarni sog‘lomlashtirish va protezlash milliy markazi (keyinchalik, “Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi” deb nomlandi).
Bugungi kunda, Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining nogironlarning reabilitatsiyasi bo‘yicha 1996-2000 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida»gi 1995 yil 11 noyabr 433-sonli qaroriga muvofiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida tashkil etilgan, har biri 50 koyka-o‘rinli, jami 500 koyka-o‘ringa ega bo‘lgan 10 ta nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlari faoliyat yuritmoqda. Respublikadagi umumiy mavjud 700 koyka-o‘rindan 80 o‘rin tayanch-harakat a’zolari tizimi patologiyasi bo‘lgan va aksariyati protez-ortopediya mahsulotlariga muhtoj nogiron bolalar uchunajratilgan. Har yili, ushbu tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya markazlarida 15 mingga yaqin nogironga yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturiga binoan statsionar ravishda reabilitatsiya xizmati ko‘rsatilmoqda. Mazkur reabilitatsiya markazlarida jami 94 nafar vrach va 299 nafar o‘rta tibbiyot xodimi nogironlarga reabilitatsiya xizmatini ko‘rsatdilar. Reabilitatsiya tadbirlarini olgan nogironlarni guruhi bo‘yicha taqsimoti quyidagicha bo‘ldi: I-gurux – 3,4%, II-gurux – 81,4%, III- gurux -15,2%.
Yaponiya Hukumati tomonidan beg‘araz Grant yordami sifatida NRPMMga berilgan 59 turdagi jami 308 ta tibbiy asbob-uskuna va jihozlar Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqdi. Natijada, nogironlarni funksional-diagnostika va tibbiy reabilitatsiya qilish tadbirlarining sifati, ko‘lami hamda ish samaradorligi oshdi. SHu bilan birga, klinik-biokimyo laboratoriya tahlillarini o‘tkazish uchun sarflanadigan vaqt tejaldi, tahlillar soni va turi ko‘paydi.
Grant orqali olingan barcha tibbiy apparaturalar Markazning klinik bo‘limlari, jarrohlik bloki va intensive terapiya bo‘limi, kompyuter-tomografiya bo‘linmasi, fizioterapiya va davolash badan tarbiya, funksional-diagnostika va testlash bo‘limi, biokimyo laboratoriyalarida nogironlarga bepul ishlatilmoqda. Tibbiy apparaturalarni olinishi munosabati bilan NRPMM amaliyotida ishlatilib kelinayotgan 57 turdagi jami 45,0 mln. so‘mlik tibbiy asbob-uskunalar, Vazirlikning 11 ta tibbiy-ijtimoiy muassasalariga (Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, Muruvvat va Saxovat uylari, Samarqand va Farg‘ona viloyati nogironlar uchun reabilitatsiya markazlari) balansdan-balansga o‘tkazish yo‘li bilan berildi.

Download 466,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish