Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi



Download 466,85 Kb.
bet32/49
Sana15.06.2022
Hajmi466,85 Kb.
#673977
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49
Bog'liq
26c54b9703a2c91553a0054ceb625a96 ижт.иш технологиялари

Е.М. Рузаева. Соотношение понятия «инвалид» в российском и международном праве. //Юридические науки. 2009 г. –242 с.

  • Bekmurodov M. Oliy ma`lumotli ijtimoiy xodimlarni tayyorlashda ta`lim muassasalarining roli.T.:2008 y.

  • Xusanova X. O’zbekistonda aholini ijtimoiy muhofazalashda o’zini-o’zi boshqarish organlarini o’rni. 2008 y.

  • Kim L. Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimida kadrlar masalalarini hal qilish yo’lida.T.2008 y.

  • G’aniyeva M.X. Ijtimoiy ish asoslari.T.: 2010 y.

  • Normurodov B. Sotsiologiya tarixi. T.:2010 y.

  • Tadjieva S. Bolalarni patranat oilalarga berishning xorij tajribasi.T.:2010 y.



    8-MAVZU SALOMATLIK VA NOGIRONLIK (4-soat)
    8.1. Salomatlik tushunchasi. Salomatlikka doir muammolar. Alkogolizm, narkomaniya, toksikomaniya: sabablar va oqibat.
    8.2. Nogironlikning rivojlanishi, tushunchalar, omillar, yondoshuvlar. Nogironlar va ularning oilalari bilan ijtimoiy ish. Xorijda nogironlarning ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi.
    8.3. Nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning xorij tajribasi.
    Ijtimoiy ish xodimlari aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘mak berishlari bilan birgalikda, aholini salomatligi bilan bog‘liq muammolarini hal qilishga ham e’tibor qaratadilar.19
    Salomatlik – umuman organizmning hamda uning barcha organlarining o‘z funksiyalarini bajarishga to‘la qodir bo‘lgan holati, kasallikning mavjud emasligidir.
    Inson salomatligini muhofaza qilish (sog‘liqni saqlash) – davlat funksiyalaridan biridir. Jahon miqyosida insoniyat salomatligini muhofaza qilish muammolari bilan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shug‘ullanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Ustavi salomatlikni “Inson organizmining organlari va tizimlari uni o‘rab turgan ishlab chiqarish va ijtimoiy muhit bilan mutanosib bo‘lganida to‘la jismoniy, ma’naviy, ijtimoiy sog‘ligining holati” sifatida talqin etadi20.
    Ushbu tushunchada salomatlikning uchta: jismoniy, psixik va ijtimoiy tarkibiy xususiyatlari qamrab olingan.
    Jismoniy salomatlik – organizm barcha organlari va tizimlari me’yorida amal etib turgan tabiiy holatdir.
    Psixik salomatlik deyilganda fikrlash darajasi va sifati, diqqat va xotiraning hamda irodaning rivojlanganligi, hissiy barqarorlik darajasi anglanadi.
    Ijtimoiy salomatlik inson ijtimoiy hayoti asosini tashkil etadigan ahloq prinsiplari asosida belgilanadi, ya’ni bu insonning muayyan jamiyatdagi hayot faoliyatidir. Mazkur xislatlar, eng avvalo, insonning mehnatga munosabati ahloqqa va turmush tarziga zid xulq va odatlarga faol qarshi turishi nazarda tutiladi.
    Tibbiy-sanitariya statistikasida shaxsiy darajadagi salomatlik deyilganda insonda kasalliklarning mavjud emasligi, jamiyat darajasida esa – o‘lim, kasallanish va nogironlik darajasining pasayishi jarayoni tushuniladi. Bunda quyidagilar farqlanadi:
    ● shaxsiy salomatlik – alohida insonning salomatligi;
    ● guruhiy salomatlik – ijtimoiy va etnik guruhlarning salomatligi;
    ● mintaqaviy salomatlik – ma’muriy hududlar aholisining salomatligi;
    ● ijtimoiy salomatlik – umuman jamiyat salomatligi.
    Ijtimoiy salomatlikni baholash uchun quyidagi tibbiy-demografik ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:

    1. Aholi tabiiy harakatining ko‘rsatkichlari:

    ● tug‘ilish;
    ● umumiy va yosh guruhlaridagi o‘lim;
    ● aholining tabiiy ortishi;
    ● nikoh va hokazolar.

    1. Aholining mexanik harakati ko‘rsatkichlari:

    ● migratsiya;
    ● immigratsiya;
    ● integratsiya.
    3. Kasallanish va uning yoyilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
    4. Nogironlik darajasi.
    5. Aholi jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari.
    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, salomatlikning holatiga turmush sharoitlari va turmush tarzi, ovqatlanish, irsiyat, tashqi muhit, tabiiy sharoitlar va sog‘liqni saqlashning ahvoli ta’sir ko‘rsatadi
    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nuqtai nazaridan odamlarning salomatligi – ijtimoiy xususiyatdir, shuning uchun ijtimoiy salomatlikni baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish tavsiya etiladi:
    ● yalpi ichki mahsulot xajmida sog‘liqni saqlashga xarajatlar ulushi;
    ● birinchi tibbiy-sanitariya yordamdan foydalanish imkoniyati;
    ● aholini emlash darajasi;
    ●homiladorlarning malakali personal tomonidan tekshirilishi darajasi;
    ● bolalarni ovqatlantirish ahvoli;
    ● bolalar o‘limining darajasi;
    ● kutilayotgan o‘rtacha umr davomiyligi;
    ● aholining gigienik savodxonligi.
    Sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan qamrab olishning ko‘rsatkichlari tibbiy yordamga muhtoj aholining sog‘liqni saqlash sohasida eng muhim choralar bilan amalda qamrab olingani darajasini ifoda etadi. Bunday choralarga quyidagilar kiradi:
    ● ayollarga homiladorlik va tug‘ish paytida malakali tibbiy xizmat qo‘rsatish;
    ● reproduktiv salomatlik sohasidagi xizmatlar;
    ● bolalarning yuqumli kasalliklarga chalinishining oldini olish maqsadlarida emlash;
    ● bolalarni A guruhi vitaminlari bilan ta’minlanishi;
    ● bolalar, o‘smirlar va katta yoshdagilarning kasalliklarini davolash.
    Odatda bunday qamrab olish qo‘rsatkichlari muayyan kasalliklardan davolangan yoki profilaktikadan o‘tgan odamlar sonini tibbiy yordam olish huquqiga ega yoki tibbiy yordamga muhtoj aholi soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. Masalan, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlash bilan qamrab olish ko‘rsatkichi u yoki bu aniq bir vaksina olgan bolalar sonini har bir mamlakatdagi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar umumiy soniga bo‘lish orqali hisoblab chiqiladi.
    Umuman, salomatlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi global hisobotda asosiy e’tibor mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlarga qaratiladi. SHu bilan birga mamlakat ichkarisida hamda aholining turli guruhlari salomatligi va sog‘liqni saqlash xizmatlari qo‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham muhimdir. Ushbu ma’lumotlar sog‘liqni saqlash sohasidagi tengsizlikni aniqlashga yordam beradi. Bunday tengsizlikka ijtimoiy-iqtisodiy ahvol (ta’lim darajasi, mashg‘ulot turi, farovonlik yoki uy xo‘jaliklari daromadi darajasi), jo‘g‘rofiy joylashish, etnik mansublik, jins kabi omillar sabab bo‘lishi mumkin.
    U yoki bu mamlakat aholisi salomatligining ahvoli to‘g‘risida tug‘ilgan paytda kutilayotgan umr davomiyligi, shuningdek besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi (tug‘ilganidan bir yoshga hamda besh yoshga to‘lgunicha o‘lim ehtimoli) hamda katta yoshdagi aholi o‘limi (15-60 yoshda o‘lim ehtimoli) ko‘rsatkichlari bo‘yicha xulosa chiqarish mumkin.
    Jamiyatdagi sog‘liqni saqlash ahvolini to‘g‘ri baholash uchun bolalar o‘limi darajasi va bu sohadagi tendensiyalar nihoyatda muhim. Chunki jaxonda barcha o‘limlarning deyarli 20,0% besh yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushiga to‘g‘ri keladi. Neonetal o‘lim (tug‘ilgandan keyin dastlabki 28 kun ichida o‘lim holatlari) ko‘pgina mamlakatlarda, ayniksa daromad darajasi past bo‘lgan mamlakatlar aholisi o‘rtasida tez-tez uchraydi.
    Kutilayotgan umr davomiyligi mazkur vaqtda aniq bir sharoitlarda mavjud o‘lim koeffitsienti xisobga olingan holda u yoki bu odam necha yil umr ko‘rishi mumkinligini baholash imkoniyatini bersa ham mazkur shaxsning butun umri davomidagi salomatligi aholi to‘g‘risida biror ma’lumot bera olmaydi. O‘lim to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarining o‘zi aholi turli guruhlari salomatligining ahvolini baholash va taqqoslash uchun etarli emas. Chunki ularda salomatlik uchun o‘limga olib bormaydigan oqibatlar to‘g‘risida biror ma’lumot mavjud emas.
    Aksincha, “tug‘ilgan paytda kutilayotgan umr davomiyligi” ko‘rsatkichi odam kasallanish yoki jarohat olishi oqibatida nosog‘lom bo‘lsa ham o‘rtacha necha yil umr ko‘rishi mumkinligidan dalolat beradi. SHu sababli ushbu ko‘rsatkich salomatlik uchun o‘limga olib keladigan va olib kelmaydigan oqibatlar va nogironlik turlarini hisobga olmaydi. Bunday xastalik va nogironlik holatlari orasida jaxonda eng tarqalganlari - karlik, ko‘zi ojizlik va asab kasalliklardir.
    Zamonaviy jamiyatlarda sodir bo‘layotgan transformatsion jarayonlar inson hayotiy faoliyatining barcha sohalarida tarixan shakllangan ijtimoiy-madaniy me’yor va qadriyatlarning o‘zgarishiga, turmush tarzi, kundalik hayot va mehnat faoliyati, turli guruhlar va qatlamlarning mavqei va maqomiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Odatda bu kabi o‘zgarishlar va burilishlar aholining ijtimoiy ojiz qatlamlari, jumladan nogironligi bor kishilar ijtimoiy-huquqiy, tibbiy-fiziologik holatida keskin aks-sado beradi.
    So‘nggi yillarda yolg‘iz keksalar va nogironlik muammosi ayniqsa dolzarb va keskin tus oldi. Bu nogironlarning mutlaq va nisbiy sonini ko‘payishi, shuningdek jamiyatning jumladan nogironlarning o‘zlarining ushbu muammoga nisbatan munosabatining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining 2011 yildagi ma’ruzasiga ko‘ra, jahonda 1 mlrd. dan ortiq kishi nogironlikning u yoki bu shaklidan aziyat chekmoqdalar. Bu jahon aholisining 15% ni tashkil etib, 15 yosh va undan katta yoshdagi 110 mln (2,2%) dan 190 mln (3,8%) gacha bo‘lganlar hayotiy faoliyatida turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. Bu ko‘rsatkichlar rivojlangan davlatlarda aholi qarib borishi va surunkali kasalliklar salmog‘ining oshib borishi bilan kuzatilmoqda21. Ularning taxminan 80 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Ko‘plab davlatlarda nogironlar malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, ta’lim olish, jamoat transportida yurish, ayniqsa, ishga joylashishda muammolarga duch kelmoqdalar. Bu ko‘rsatkichlar 1970 yilda 10%ni tashkil qilgan bo‘lib, shu davr maboynida dunyo miqyosida nogironligi bor insonlar yana 5%ga ko‘payganligi aniqlangan. Sababi, dunyo miqyosida aholi qarishi (ayniqsa rivojlangan davlatlarda), surunkali kasalliklar ko‘payishi kuzatilmoqda. Nogironlikni belgilashning ilmiy metodologiyasi takomillashmoqda va aniq tashhislash o‘lchovlari amalga oshirilmoqda. Istiqbolda esa nogironlikning yanada keng tarqalishi bashoratlanmoqda22.
    Hozirda nogironlik yoki invalidlik (lot - invalidus - so‘zma-so‘z “kuchli emas”) insonning hayotiy faoliyatini jismoniy, aqliy, sensorli yoki ruhiy og‘ishlar natijasida cheklanganligini anglatadi.Xalqaro Sog‘liqni saqlash tashkiloti Ustaviga ko‘ra sog‘liq insonning bosh huquqlaridan biri bo‘lib, - u nafaqat kasallik va jismoniy nuqsonlardan holilik, balki jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy muvaffaqiyat, farovonlik holatidir23. Ijtimoiy sog‘lomlik esa – aholining biologik va ijtimoiy omillar majmuasi ta’sirida shakllangan salomatligi bo‘lib, u mavjud ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tuzilma xususiyatlaridan kelib chiqib mehnat, maishiy, oziq-ovqat, hordiq, ta’lim va madaniya, sog‘liqni saqlash kabi sohalarning barqaror faoliyati mahsulidir.
    1991 yilda qabul qilingan “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasida ushbu tushunchaga quyidagicha ta’rif beriladi: “Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxs nogiron hisoblanadi. Shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi uning o‘z-o‘ziga xizmat qilish, yurish, yo‘lni topa olish, muloqot qilish, o‘z hatti-harakatini nazorat etish, shuningdek mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish qobiliyati yoki imkoniyatini to‘la yoxud qisman yo‘qotganligida ifodalanadi”244.
    BMT Nogironlar huquqlari Deklaratsiyasi tomonidan 1975 yilda qabul qilingan ta’rifga ko‘ra «nogironlik deganda – shaxsning jismoniy va aqliy imkoniyatlarini tug‘ma yoki orttirma etishmovchilik tufayli mustaqil holda shaxsiy yoki ijtimoiy ehtiyojlarini butunlay yoki qisman ta’minlay olmasligi» tushuniladi25.
    Evropa Ittifoqi Parlamentining 44 sessiyasida reabilitatsiya dasturi bo‘yicha qabul qilingan 1185-sonli tavsiyalarda: «Nogironlik — jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) rivojlanishida nuqsonlari sababli ijtimoiy, madaniy, qonunchilik va boshqa to‘siqlarga duch kelishi oqibatida jamiyatga integratsiyalashuvida murakkabliklarga duch keladi va oilaviy yoki ijtimoiy hayotda to‘laqonli ishtirok etish imkonining cheklanganligidir» - deb ta’riflangan.
    Nogironlarga teng imkoniyatlar ta’minlashning Standart qoidalariga ko‘ra, «nogiron» atamasi qator funksional cheklanishlarga ega sanaladi. Individ jismoniy, aqliy yoki sensor nuqsonlari yoki sog‘lig‘ining holati yoki psixik kasalliklar bois nogiron bo‘lib qolishi mumkin. Bu kabi nuqsonlar o‘z xususiyatiga ko‘ra, doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lishi mumkin26 Nogironlikning yuqorida ko‘rsatilgan rasmiy ta’riflari mavjud bo‘lishiga qaramasdan ilm-fan vakillari bu talqinlar nogironlikning asl mohiyatini batafsil izohlay olmaydi, deb biladilar. Shu bois fan olamida ushbu hodisa atrofida turli bahs-munozaralar hamon davom etmoqda.
    Ushbu atamaga ta’rif bergan E.R.Yarskaya-Smirnova va E.K.Naberushkinalarning fikriga ko‘ra «Nogironlik – nogiron insonlar organizmidagi turli kasalliklarning og‘ir kechuvchi oqibati bois me’yoriy rivojlanishida buzilishlar, tashqi ko‘rinishda nuqsonlarga egaligi oqibatida shakllangan alohida ehtiyojlariga tashqi muhitning moslashtirilmaganligidir»27. Demak, nogiron inson – bu sog‘lig‘ida tug‘ma yoki orttirma buzilishlari tufayli ijtimoiy etishmovchilikka ega shaxslar bo‘lib, ularning ehtiyojlarini qondirilishi va mustaqil faoliyat yuritishiga to‘siqlik qiluvchi ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy, ma’naviy-ahloqiy va boshqa imkoniyatlari cheklangan. Ammo, jamiyatda hamon bu kabi insonlarning me’yoriy rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi aqidalar, stereotiplar talaygina.
    «Nogiron» va «imkoniyati cheklangan shaxs» tushunchalari qonunchilik va me’yoriy hujjatlarda qo‘llanilishiga qaramasdan ko‘pgina tadqiqotchilar ushbu atamalar qo‘llanilishidan voz kechish zaruriyatini ko‘rsatadi. Xususan, T.F. Maslova, V.K. Shapovalov, B.C. Tkachenkolar ko‘rsatishicha, bu ma’noda «nogironlikka ega kishilar» yoki «nogiron kishilar» tushunchasi o‘rinlidir. Mualliflar quyidagi ta’rifni taklif etadilar: «Hayotiy faoliyatning ijtimoiy va individual darajasida nogironligi bor kishilar – bu og‘ir hayotiy vaziyatdagi kishilar bo‘lib, yuzaga kelgan turmush muammolarini mustaqil hal etishda etarli shart-sharoitga ega emaslar»28. Ammo, ushbu ta’rifda nogiron kishilar og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan boshqa aholi qatlamlari masalan, daydilar, etimlar, kam ta’minlanganlardan farqlanib ko‘rsatilmaydi.
    Shuningdek, «nogironlik» va «mehnatga layoqatsizlik» tushunchalarining qo‘llanilishida chigalliklar mavjud. Ammo, bizningcha, «mehnatga layoqatsizlik» keng tushuncha bo‘lib, u «nogironlik»ni ham qamrab oladi. Nogironlik bilan bog‘liq mehnatga layoqatsizlik boshqalar qatorida jamiyat hayotida ishtirok etish imkoniyatining yo‘qotilishi yoki cheklanishini anglatadi.
    P.Taunsend, nogironlik tushunchasini beshta kategoriyaga bo‘lib o‘rganishni taklif etadi, bular: anomaliya yoki nuqson, klinik holat, funksional cheklanganlik, me’yordan og‘ish va etishmovchilik29. Sanab o‘tilgan kategoriyalar mazkur atamani batafsil izohlamasda, turli vaziyatlarda qo‘llanilishi mumkin. Masalan, anomaliya sifatida nogironlik oyoq-qo‘llarni yo‘qotilishi, eshitish va ko‘rish yoki boshqa qobiliyatlarning cheklanganligi anglatsa-da insonning mehnatga butkul layoqatsizligi va faolligini cheklanganligining belgisi emas. Klinik holatda ba’zi kasalliklarni tashhislash murakkabligi natijasida ushbu maqomini o‘rnatilishida chigalliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Ma’naviy va jismoniy muhitning tegishli tarzda shakllantirilmaganligi va tashkillanmaganligi oqibatida funksional cheklangan yuzaga kelsada aksincha holat nogiron inson faoliyatini aslo cheklamaydi. Masalan tegishli moslama va qurilmalar bilan jihozlangan binoda nogiron inson o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli amalga oshirilishi mumkin. Nogironlik tushunchasini me’yordan og‘ish siaftida talqin etilishi mavjud jamiyatning ijtimoiy-madaniy ustqurmasidagi ijtimoiy adolat tamoyillarining buzilganligidan darak beradi. Nogironlikni nuqson, etishmovchilik sifatida qabul qilishda esa ushbu kategoriyaga nafaqat jismoniy balki ijtimoiy ojizlik omillariga bog‘liq boshqa qatlamlar masalan ayollar, bolalar, keksalar va boshqalar ham kirib ketishi mumkin
    L.P. Xrapilinaning nogironlik borasidagi fikriga ko‘ra – bu «insoning sog‘lig‘idagi buzilishlari bilan bog‘liq hayotiy faoliyatining cheklanishi atrof-muhit bilan munosabatlardagi uyg‘unlikning buzilishidir30. Bu ta’rifda «uyg‘unlikning buzilish» sababi sog‘liqdagi muammolar bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy omillar esa e’tiborga olinmaydi. Demak ushbu ta’rif ham mohiyatan to‘kis emas.
    Nogironlikni ta’riflashdagi yana bir tadqiqot T.Maleev va S.Vasinlarning ishlariga doir bo‘lib, ular nogironlikni keltirib chiqaruvchi tibbiy-fiziologik buzilish oqibatlarini nazardan chetda qoldirganlar va uni nazorat qilinadigan ijtimoiy hodisa sifatida talqin etganlar. Ularning fikriga ko‘ra nogironlikni bevosita (ya’ni, nogironlikni aniqlanishi, uning mezonlari, o‘rnatilishi jarayonlari va h.k) va bilvosita masalan «bonuslar» (ya’ni, imtiyozlar, ularning real-iqtisodiy mazmuni va qalamlarning ijtimoiy holatiga ta’siri) orqali nazorat etish mumkin31.
    V.S. Tkachenkoning nuqtai nazariga ko‘ra, nogironlik bu – organizmni me’yordagi faoliyatida turg‘un buzilishlar sababli hosil bo‘lgan ijtimoiy etishmovchilik bo‘lib, insonning hayotiy faoliyatini cheklanishiga olib keladi va uni ijtimoiy himoya ob’ektiga aylantiradi32. Muallif jamiyatda nogironlikni ijtimoiy institut sifatida shakllantirish va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan guruhli hatti-harakat sifatida ko‘rsatishga harakat qilgan. U nogironlikni ikki darajali ijtimoiy voqelik sifatida talqin qilgan va uningcha nogironlik tabiiy hodisa (ijtimoiy dalil) bo‘lib, ikkiyoqlama xususiyatga ega, ya’ni individual – bu biologik (psixofiziologik) asos va noindividual – ijtimoiy tizimlar faoliyati bilan bog‘liq asosga ega.
    E.A. Tarasenko ilmiy bahs munozaralar nogironlik atamasiga oydinlik kiritish doirasi banib qolayotganligini ta’kidlar ekan, nogironlikni anomaliya sifatida individual hayot tarzi modellaridan biri33, deb qabul qiladi. Demak, nogironlik patologiyaning xususiy ko‘rinishi sifatida «me’yordan» farqlanuvchi holat yoki har bir individ hayotida duch kelish ehtimoli bo‘lgan anomaliyadir.
    Bizningcha, nogironlikni ta’riflashdagi ushbu harakatlarda atama asosan tibbiy-fiziologik yoki ijtimoiy xususiyatlaridan kelib chiqib izohlangan. Natijada ushbu hodisaning mohiyatan to‘kis ijtimoiy portreti yaratilmagan. Nogironlik alohida shaxsga tegishli integral holatdir. U tibbiy, ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy va ma’naviy omillarning majmuaviy hosilasi sifatida kishida ijtimoiy etishmovchilik, jismoniy nuqsonni shakllantiradi. Ko‘rsatilgan omillar ta’sirchanligi va qamrovidan kelib chiqib nogironligi bor insonning jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi o‘rni belgilanadi.
    Ijtimoiy hodisa sifatida nogironlik jamiyatning ijtimoiy differensiallashuvi asosida yotadi va o‘zgacha xususiyatli maqom sifatida institutsionallashgan huquq va majburiyatlar majmuasiga ega bo‘ladi. Ularning ijtimoiy mas’uliyatiga bo‘lgan talablar susaytiriladi va alohida ehtiyojlarini qondirilishida davlat ijtimoiy siyosati tomonidan legitimlashgan qo‘shimcha vositalar talab etiladi.
    Tuzilmali-funksional yondashuvda (K. Devis, R. Merton, T. Parsons) nogironlik muammolari individning o‘ziga xos ijtimoiy holati sifatida tahlil etilgan. T.Parsons tomonidan «bemor roli» tushunchasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u ichkilikbozlik, homiladorlik va nogironlik kabi psixofiziologik holatlarni kasalliklar safiga kiritsada va bunday holatda individ ijtimoiy majburiyatlardan ozod etilmaydi deb hisoblaydi.
    Ramziy interaksionallik nazariyasida (Dj. G. Mid, H.A. Zaligina va boshqalar) nogironligi bor shaxslar holati ramzlar yordamida tavsiflanadi. Mazkur tadqiqotchilar tomonidan imkoniyati cheklangan kishilarning ijtimoiy «Men»ning shakllanishi, ulardagi ijtimoiy rollarning o‘ziga xosligi, nogironligi bor shaxs hulqidagi stereotiplar va ularga ijtimoiy muhitning munosabati muammolari o‘rganilgan.
    Yorliq yopishtirish yoki ijtimoiy aks ta’sir nazariyasida (G. Bekker, E. Lemerton, M.P. Levitskaya) nogironligi bor shaxsning ijtimoiy ojizligi me’yordan og‘ish sifatida jamiyat tomonidan qaul qilinadi va unga «nogiron» yorlig‘i yopishtiriladi.
    Alohida individga jamiyatning munosabati shuningdek I. Gofmanning stigmatizatsiya (tamg‘alash) nazariyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Muallif insonning ideal sotsial mushtarakligi va real sotsial mushtarakligi o‘rtasidagi uzilishni o‘rganib chiqqan. Bu ikki mushataraklik o‘rtasida uzilishi bo‘lgan har qanday inson uningcha «tamg‘alangan» «stigmalangan»dir34. SHu kabi insonlar qatorida nogironlar ham bor. I.Gofman fikricha barcha insonlar u yoki bu darajada «tamg‘alangan» bo‘lib, ular o‘z tashqi ko‘rinishi, sog‘liqning jamiyat tomonidan o‘rnatilgan me’yorlariga mos kelmaslikning qurboniga aylanadi. Gofmanning nazariyasini o‘rgangan Dj.Ritser «Gofman u yoki bu vaziyat, makon va zamonda biz barchamiz tamg‘alanib qolishimiz mumkinligi haqida gapiradi» - deydi35.
    Fenomenologik yondashuvda E.R. YArskaya-Smirnovaning ijtimoiy madaniy noodatiylik nazariyasi diqqatga sazovor. «Noodatiy inson» hodisasi uni o‘rab turgan ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi va bunday holat jamoatchilik tomonidan avlodlarga uzatiladi. Ushbu hodisaga ko‘ra tarixan hosil bo‘lgan etnokonfessional, ijtimoiy-madaniy, makro va mikrosotsiumning turfa xil ijtimoiy muhitida nogironligi bor kishining ijtimoiylashuvi sodir bo‘ladi36.
    E.R. Yarskoy-Smirnovning fikriga ko‘ra noodatiy odamlar jamiyat ijtimoiy tuzilmasida alohida o‘ringa ega37. Me’yordan og‘ish o‘z-o‘zidan kishining egallagan maqomi xususiyatlarni o‘zgarishiga olib keladi. Bunda jismoniy yoki ruhiy sog‘liqdagi buzilishlar farqlanmaydi. Kundalik ongda sog‘liqning vizual standartlari o‘rnashib qolgan.
    Shu tariqa nogironlik kishining jamiyat ijtimoiy tuzilmasida tutgan o‘rni, maqomining xususiyatlaridan biri sanaladi. U sotsial differensiatsiyaning asosida turadi va boshqalardan ayricha maqom tarzida mavjud bo‘ladi. Nogironlik ehtiyojlarni qondirilishining qo‘shimcha vositalarini talab etadi, institutsional hosil bo‘lgan huquq va majburiyatlar majmuasini qamrab oladi hamda davlat ijtimoiy siyosati va jamiyat tomonidan shakllangan munosabat, ijtimoiy mas’uliyat darajasining paysatirilishini talab etadi.
    Nogironlikning ijtimoiy institut sifatida shakllanishidagi bosh omillar quyidagilarda iborat: 1) nogironlik guruhining belgilanishi va fuqarolarninig ijtimoiy himoya chora-tadbirlariga jumladan ijtimoiy reabilitatsiyaga bo‘lgan ehtiyojini belgilanishi. 2) sog‘lig‘ida turg‘un buzilishlar bo‘lgan shaxslarning alohida ehtiyojlarini qondirilishi. 3) nogironligi bor shaxslarning jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib me’yoriy turmush darajasini ushlab turish. 4) nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy himoyalashda turli to‘lovlar to‘lash va taqsimlash. 5) nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy integratsiyasi va adaptatsiyasi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
    Shu tariqa nogironligi bor inson faoliyati ijtimoiy faoliyatning rasmiy va norasmiy qoidalarini o‘rnatuvchi ijtimoiy institutlar doirasida kechadi. Ushbu qoida va me’yorlar doirasida nooddiy ijtimoiy, psixologik yoki jismoniy xususiyatlarga ega alohida individ va ijtimoiy guruhlarni qabul qilish stereotiplari shakllanadi. Hulq-atvor namunalari va stereotpilar jamiyatning ijtimoiy madaniy rivojlanishi jarayonida jamoatchilik ongi tuzilmasi va alohida individning kundalik hayotiy amaliyotida mustahkam o‘rnashadi.
    Hozirda nogironlik yoki invalidlik (lot - invalidus - so‘zma-so‘z “kuchli emas”) insonning hayotiy faoliyatini jismoniy, aqliy, sensorli yoki ruhiy og‘ishlar natijasida cheklanganligini anglatadi.Xalqaro Sog‘liqni saqlash tashkiloti Ustaviga ko‘ra sog‘liq insonning bosh huquqlaridan biri bo‘lib, - u nafaqat kasallik va jismoniy nuqsonlardan holilik, balki jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy muvaffaqiyat, farovonlik holatidir38. Ijtimoiy sog‘lomlik esa – aholining biologik va ijtimoiy omillar majmuasi ta’sirida shakllangan salomatligi bo‘lib, u mavjud ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tuzilma xususiyatlaridan kelib chiqib mehnat, maishiy, oziq-ovqat, hordiq, ta’lim va madaniya, sog‘liqni saqlash kabi sohalarning barqaror faoliyati mahsulidir.
    Xullas, nogironlik ijtimoiy hodisasi jamiyat institutsional tuzilmasida muqim o‘rnashib ulgurganligi bois qisman rasmiylashgan ijtimoiy institut sanaladi.
    Nogironlik ijtimoiy institut sifatida birinchidan, jamiyatda sog‘liqni saqlash, ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy himoya, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va hakazo kabi butun bir ijtimoiy tizimga mushtarakligini ta’minlaydi. Ikkinchidan, nogironlik integral ijtimoiy institut sanaladi va o‘ziga xos tizim hosil qiluvchi funksiyalarni bajaruvchi institutlar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini yo‘naltiradi. Mazkur institutning asosiy unsurlari moddiy to‘lov (pul, moddiy va nomoddiy vositalar), va nomoddiy vositalar - maxsus qurilmalar, transport, aloqa vositasi, kompyuterlar va haqozolardir.

    Download 466,85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish