Mavzu: Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish. Maqsad va vazifalar



Download 53 Kb.
Sana08.04.2017
Hajmi53 Kb.
#6325
Mehnatni ilmiy tashkil etish.Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish.

Mavzu:

Mehnatni ilmiy tashkil etish.Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish.

Maqsad va

vazifalar

Maqsad: O’quvchilarga mehnatni ilmiy tashkil etishni, tabiatni muhofaza qilish , ishlab chiqarishning tabiatga salbiy ta’siri va uni bartaraf qilish usullarini o’rgatish;

Vazifalar:

- o’quvchilarni mehnatni ilmiy tahskil etish usullarini o’rgatish. - stanoklarning tavsifi ularni boshqarish jarayonini o’rgatish; Ishlab chiqarishnin tabiat ifloslanishiga ta’sirini o’rgatish.

- Mehnatni ilmiy tashkil etishni o’rgati , tabiatni muhofaza qilishni ,chiqindilarni tozalash va ulardan maqsadli foydalanishni o’rgatish.

-Ishlab chiqarishga oid kasb-hunarlar bilan tanishtirish.



O’quv jarayonining mazmuni

O’quvchilar mehnatni ilmiy tashkil etishni , tabiatni muhofaza qilishni ,chiqindilarni tozalash va ulardan maqsadli foydalanishni o’rganadilar.tabiatni asrash,ona Vatanimizning har bir qarich yeridan unumli foydalanishni o’rganadilar.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Usul: og’zaki bayon qilish, suhbat o’tkazish, ko’rgazmalilk, bahs-munozara.

Shakl: nazariy ,kichik guruh yoki individual tartibda ishlash.

Vosita: Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar.

Nazorat: og’zaki nazorat, savol-javob, tеst.

Baholash: rag’batlantirish yoki jarima bеrish.

Kutilayotgan natijalar

O’quvchi:

Mavzu yuzasidan qisqa vaqt ichida barcha o’quchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilarning mashg’ulot davomidagi faolligini oshira oladi. Ularda darsga, kasb-hunarga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar jarayonida barcha o’quvchilarni baholashga erishadi.




Uyga vazifa

Mavzu yuzasidan qo’shimcha ma’lumotlarni topish

Kelgusi rejalar

O’qituvchi:

yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish, dars jarayoniga tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.



O’quvchi: Sohaga oid kasb-hunarlar haqida qo’shimcha materiallar bilan tanishib, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. O’zining va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi.


Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism: 2-daqiqa

2.O’tilganlarni takrorlash- 3 daqiqa

3. Yangi mavzu bo’yicha klasterni to’ldirish.-5 daqiqa

4. Yangi mavzu bayoni-15 daqiqa

5.Mustahkamlash- 5 daqiqa

6. Darqsni yakunlash- 5 daqiqa
O’tilganlarni takrorlash uchun savollar:

1.Mehnatni unumli tashkil etish usullarini ayting.

2.Tejamkorlik nimalarga bog’liq?

3. Isbilarmonlik asoslarini tushuntiring.



Yangi mavzu bo’yicha klasterni to’ldirishga harakat qiling.












Doskada darsning borishi va kalit so’z yozilgan ko’rsatkichlar osiladi.









Yangi mavzu bayoni:
Ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishning eng muhim tarkibiy qismi- mehnatni ilmiy tashkil etishdir.U bir korxona doirasida : mehnat taqsimoti ,ish o’rinlarini uyushtirish va ularga xizmat ko’rsatish yaxshilanishini, mehnatning ilg’or usullsri hamda metodlari o’rganilishi va yoyilishini,kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish yaxshilanishini , mehnatni normallashtirish va unga haq to’lash takomillashtirilishini , mehnat sharoiti yaxshilanishini , intizom mustahkamlanishini va mehnatga ongli, ijodiy munosabat tarbiyalanishini nazarda tutadi.Mehnat individual va kollektiv yo’sinda tashkil etilishi mumkin.

U yoki bu ishni bajarish uchun mehnat normalanadi.Normalashning bir necha ko’rsatkichlari mavjud.

Vaqt normasi-mahsulot birligini tayyorlash yoki bitta operatsiyani bajarish uchun belgilangan vaqt.

Ish normasi-ishchi vaqt birligida tayyorlaydigan mahsulot yoki bajaradigan operatsiyalar miqdori

Vaqt yoki ish normasini har doim ham hisoblash mumkin emas.Masalan,texnikaga xizmat ko’rsatishda , uni remont qilishda va sozlashda shunday bo’ladi. Bunday hollarda xizmat normasi- ishchi myayyan vaqt birligi ichida nechta asbob uskunaga yoki qaysi ishlab chiqarish uchastkasida xizmat ko’rsatishi kerakligi belgilanadi.Mamlakatimizda mehnatga haq to’lashning ishbay va vaqtbay usullari mavjud.Ish o’rnini ratsional uyushtirish mehnatni ilmiy tashkil etishning muhim qismidir. Ish o’rnini kerakli stanoklar , asbob uskunalar, instrumentlar,moslamalar, yordamchi qurilmalar bilan jihozlanadi.

Moddiy ishlab chiqarishning har qanday tarmog’idagi texnologik jarayonlar atrof muhitga salbiy oqibatlarga olib boradigan ta’sir ko’rsatishi mumkin.Yonilg’ilar yonganidan keyin qoldiqlar va boshqa sanoat chiqindilarining atmosferaga to’planishi,havzalarning oqindi va yaxshi tozalanmagan suvlar bilan,qishloq xo’jaligi uchun qimmatli tuproqning ishlab chiqarish chiqindilari, axlatlar bilan ifloslanishi ,korxonalar va transportlarning shovqini ,shuningdek boshqa omillar ba’zan o’simlik va hayvonot dunyosini tuzatib bo’lmas o’zgarishlarga olib keladi,kishilar sog’ligiga zararli ta’sir ko’rsatadi.Tabiatni sanoat korxonalarining zararli gazlaridan saqlash uchun maxsus gazotozalagichlar va changni tutib qoluvchi moslamalar, filtrlardan foydalaniladi. Bular aralashmalarni ajratadi, chang metal zarralarini ushlab qoladi, gazlarni tozalaydi.Turli filtrlarda to’plangan sanoat chiqindilaridan qayta ishlash uchun foydalanish mumkin.Hozirgi chiqindilarni yig’ish va tozalash texnikasi ulardan moy, kislotalar, qimmatli metallar va boshqa moddalarni ajratib olish mumkin. Dvigatellar va yonilg’ilarni takomillashtirish, yonish chiqindilarini zararsizlantirish, transport vositalarining butunligi va to’g’ri boshqarilishini nazorat qilish tufayli havoning ifloslanishi kamaymoqda.Qator ishlab chiqarish tarmoqlarida ,masalan,metallurgiya, sellyuloza qog’oz,ximiya sanoatikorxonalarining faoliyati juda ko’pmiqdorda suv sarflash bilan bog’liq. Ana shunday korxonalarning oqindi suvlaridan tabiat uchun xavfli moddalarbo’lishimumkin. Chiqindi suvlar turli ximiyaviyvabiologik usullar bilan zarasizlantiriladi,maxsus reshyotkalardan o’tkaziladi,tindiriladi, qum,shag’al,antrasid kabilar yordamida fil’trlanadi.

Tozalangan chiqindi suvlar isitish va xalq xo’jaligining boshqa ehtiyojlari uchun ishlatiladi.Insonning qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish faoliyati ko’pincha tuproqning shamol va suv ta’sirida eroziyalanishiga ,yerning botqoqlanishi,qovjirashi va sho’rlashiga sabab bo’lishi mumkin.Ximiyaviy o’g’itlarni noto’g’ri saqlash va qo’llash suv havzalarini ifloslantirishi hamda zaharlanishdan tashqari qishloq xo’jalik yer mulklariga zarar yetkazishi mumkin. Yerlardan ratsional foydalanish va uni muhofaza qilish maqsadida qishloq xo’jalik ekinlariga ishlov berishning ilg’or texnologiyalario joriy etilmoqda, eroziyaga qarshimelioratsiya ishlari amalga oshirilmoqda, ixota o’rmonlari barpo qilinmoqda.

Xom ashyolarni kompleks qayta ishlash resurslarni tejash va tabiatni muhofaza qil;ishning muhim yo’nalishi hisoblanadi.Masalan yog’och chiqindilaridan karton,yog’och – tolali,yog’och- qirindili plitalar ishlab chiqilmoqda.


Mustahkamlash uchun

a)Qqaysi biri ortiqcha psixologik testi

1. a) ishlab chiqarish

b) korxona

c) Hunarmand

2. a) Tabiat

b) Muhofazasi

c) metallurgiya

3. a) Tabiat chiqindilari

b) Axlatlar

c)xom ashyo

4.a)Mehnat taqsimoti

b) ish o’rnini kengaytirish

c) taklif

B)”Aqliy hujum” savollari.

1.Mehnatni ilmiy tashkil etish deganda nimani tushunasiz?

2. Ishchilarga haq to’lashning qanday usullarini bilasiz?

3.Ishlab chiqarishning tabiat ifloslanishiga qanday ta’siri bor?

4.Qanday unsurlar tabiatni ifloslanishiga sabab bo’ladi?

5.Tabiat ifloslanishining oldini olish usullari bormi?



6.Chiqindilardan qanday mahsulotlar ishlab chiqariladi?

Uyga vazifa:

Mavzuni o’rganish , qo’shimcha ma’lumotlar topish
Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish