5-ma’ruza. Mavzu: Suv xo‘jaligi qurilishida me’yoriy hujjatlar va dasturlarining ahamiyati. Reja



Download 51,79 Kb.
bet1/6
Sana13.10.2022
Hajmi51,79 Kb.
#852809
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-MAVZU


5-ma’ruza.
MAVZU: Suv xo‘jaligi qurilishida me’yoriy hujjatlar va dasturlarining ahamiyati.
Reja:

  1. Qurilish ishlab chiqarishida texnik me’yorlash.

  2. Ishlab chiqilgan va tasdiqlangan me’yorlar.

  3. Mehnat sarfi va mashina vaqtini me’yorlash.

  4. Materiallar va resurslar sarfini me’yorlash.

Qurilish ishlab chiqarishida texnik me’yorlash. Qurilish ishlab chiqarishda uchraydigan rejalashtirish, tashkil qilish, ishlab chiqarish, mehnat sarfi, xom ashyo resurslari va mablag‘ masalalari texnik me’yorlarga asoslangan holda yechiladi. SHuningdek, texnik me’yorlar qurilishda ishchilar mehnatini tashkil qilish, hisobga olish va ish haqini belgilashga hizmat qiladi. Texnik me’yorlar asosida amaliy ish unumdorlik, qurilishni bajarish uchun sarflanadigan vaqt, mablag‘, material, energiya va boshqa resurslar miqdori aniqlanadi. Suv xo‘jaligi qurilishlarida amaldagi zamonaviy texnika va texnologiyaga asoslangan, o‘rtacha taraqqiyotli (o‘rtacha ya’ni eng kam yoki rekord ko‘rsatkich emas) texnik me’yorlar qo‘llanilmoqda. Bu ishlab chiqarishda ilg‘or texnika va texnologiyalarni ish uslublarini, tashkil qilishni yaxshilash, barcha ishchilar va xodimlar uchun muqobil bo‘lishligi demakdir. Shularga asosan texnik me’yorlashning vazifalari samarali ishlab chiqarish metodlarini tanlash, MITE(mehnatni ilmiy tashkil etish) asosida mehnatni yaxshi tashkil etishni aniqlash, ilmiy asoslangan mehnat sarfini, materiallar va boshqa resurslarni belgilashdir. Ishlab chiqilgan va tegishli darajada tasdiqlangan me’yorlar soha qurilishi va loyihalash amaliyotida qo‘llaniladi.
Me’yor – bu mehnat xovfsizligini ta’minlagan holda, sanitar – gigienik talablarni qanoatlantirgan holda bir birlik miqdorda ish bajarish yoki birlik sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt yoki resurslar (materiallar, energiya, suv, mehnat sarfi va boshqa) miqdoriga aytiladi.
Qurilish amaliyotida qurilish materiallarini tayyorlashning yangi texnologiyalari, resurslari, hamda usullari ishlab chiqilmoqda va ishlab chiqarishga joriy etilmoqda. Shu sababli me’yorlarni ishlab chiqish, yangilash, to‘ldirish va hayotga joriy etish doimiy zaruriyat hisoblanadi. Fan va texnika taraqqiyoti hamda jamiyat rivojlanishi me’yorlarni ham takomillashtirishni taqozo etadi.
Me’yorlarni ishlab chiqish bilan maxsus tashkilotlar, masalan “O‘zbekiston Respublikasi arxitektura qurilish, qurilishni tashkil qilish va iqtisodiyot boshqarmasi”, “O‘zshaxarsozlik LITI” va boshqalar shug‘ullanadilar. Qurilish amaliyotida texnik me’yorlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi: vaqt me’yori, mehnat sarfi, yarim fabrikatlar, jihozlar, energomanbalar (elektr energiyasi, suv, bug‘, siqilgan havo va boshqalar).
Vaqt me’yori (Nv.m) – bu ma’lum mutaxassis yoki ishchi tomonidan ishni tashkil etishni va texnikani zamonaviy darajasiga to‘g‘ri keladigan darajada ish qurollari va uslublarini qo‘llab birlik miqdorda sifatli mahsulot ishlab chiqarish yoki birlik miqdorda ish hajmini bajarishdir. Vaqt me’yori vaqt o‘lchov birligida, masalan min, soat, smena, oy va shu kabilarda o‘lchanadi.
Mehnat sarfi me’yori (Nm.s) – bu me’yor mehnat talablik yoki birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun mehnat sarfi miqdoridir. U kishi – soatda o‘lchanadi. Bu “Birlik me’yorlar va baholar” da vaqt me’yori, mehnat sarfi me’yorlari bilan belgilanishi qabul qilingan. Ma’lum ishlar ishchilar (zveno) tomonidan bajariladi. Bunday holatlar “Birlik me’yorlar va baholar”da umumiy ya’ni zvenodagi ishchilar mehnati sarflarining yig‘indisi shaklida qabul qilingan. Bunda ishni yoki qurilishni bajarish uchun kalendar vaqt me’yordagi miqdorni ishchilar soniga bo‘lish bilan amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish me’yori (Ni/ch) – bu vaqt birligida ma’lum mutaxassislikka va malakaga ega bo‘lgan ishchi yoki ishchilar tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan ish hajmi yoki mahsulot miqdoridir. U vaqt birligida o‘lchanadi. Uni kerakli tashkilotlari tegishli loyiha va ilmiy tadqiqot institutlarini jalb etgan holda ishlab chiqiladi.
Unumdorlik me’yori (Pu) - bu mashina yoki mexanizm yordamida vaqt birligi ichida bajarish kerak bo‘lgan ish hajmi yoki mahsulot miqdoridir. U ham vaqt birligida o‘lchanadi, masalan soatda, oyda va boshqalar.
Ishlab chiqarish me’yori va vaqt me’yori o‘rtasida teskari proporsional bog‘lanish bor, ya’ni
Ni/ch=1/Nv.m
Mashina vaqti me’yori (Nv.m) – bu bir birlikdagi mahsulot ishlab chiqarish yoki birlik hajmdagi ishni bajarish uchun mashina tomonidan sarflanadigan vaqt miqdoridir. Mashina vaqti soat yoki smenada ifodalanadi. Agar mashinaga bir necha kishidan iborat zveno xizmat ko‘rsatsa, u holda mashina vaqti bilan ishchilar vaqti orasida quyidagi bog‘liqlik bor
Vaqt me’yori = Mashina vaqti me’yori va zvenodagi ishchilari soni.
(Qm.s) – bu bir birlik hajmdagi ishni bajarish yoki mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar (energiya, material, suv va boshqalar) miqdoridir.
Texnik vaqti me’yori – vaqti bilan yangilanib hamda to‘ldirib turiladi.

Download 51,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish