1 – rasm. Ishchining vaqt sarfi
Qurilish montaj jarayonlarini va ish vaqti sarfini tadqiqot qilish uchun vizual kuzatuv va avtomatik hisobga olish qo‘llaniladi. Bular xronometraj, fotohisob, ish kuni fotografiyasi, texnik hisobga olish, kinoga olish va televidenidir.
Xronometraj – bu qurilish jarayoni davriy takrorlanadigan ishchi elementlarining davomiyligini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Xronometraj tanlab yoki yoppasiga o‘tkaziladi. Xronometrajning tanlab o‘tkazilishi qurilish jarayonining ayrim elementini ko‘p marta o‘lchanadi, yoppasiga o‘tkazishda esa ish jarayonining barcha elementlari bo‘yicha o‘lchov o‘tkaziladi. Vaqt 0.2-1.0s. aniqlikda o‘lchanadi. Olingan ma’lumotlar matematik statistika metodi bilan ishlanadi.
Fotohisob – bu ma’lum ish jarayonini bajarishda ish vaqti sarfining barcha shakllarini hisobga olishdir. Bu umumlashgan me’yorni tuzish uchun me’yoriy kuzatuvning asosiy metodidir, o‘lchov aniqligi 5-30s. Ular alohida elemnt yoki bajaruvchilar (zveno, brigada) ustida olib boriladi.
Fotografiya (vaqt yozuvi) – bu brigadani ish bilan bandlik (yuklanganligi) darajasini aniqlash uchun ish kunini rasmga olishdir. Bunda bo‘sh turishning sababini aniqlash va uni bartaraf qilish maqsadida o‘tkaziladi. Kuzatuv bir smenadan kam bo‘lmagan vaqtda 1-2 min. aniqlik bilan o‘lchanadi.
Texnik hisobga olish – bu amaldagi me’yorni bajarilishini tekshirish uchun foydalaniladi. Butun ish kuni davomida kuzatuv bir vaqtning o‘zida 3-4 zvenoda yoki brigadada 5-10 min. aniqlik bilan o‘tkaziladi. Texnik hisobga olish natijalari bo‘yicha belgilangan me’yordan sezilarli chekkaga chiqishning sabablari aniqlanadi.
Kuzatuv natijalarini ishlanmasi va registratsiyasi qabul qilingan namunaviy blankalarga bajariladi. Kuzatuv natijalari matematik statistika metodi bilan ishlanadi, undagi tasoddifiy qiymatlar tashlab yuboriladi, qolganlarining o‘rtacha arifmetik qiymati aniqlanadi, o‘rtacha arifmetik qiymatdan maksimal ruxsat etiladigan chekkaga chiqish aniqlanadi.
bu yerda va - o‘lchavlarning maksimal va minimal qiymatlari; K – o‘lchovlar soniga bog‘liq koeffitsent.
Ko‘z bilan kuzatishda kuzatuvchi uchun ma’lum qiyinchiliklar bo‘ladi. Bu kuzatuv jarayonidagi baholash, ko‘rsatma berish hamda har xil zaruriy e’tiborlar bilan bog‘liq. Shu sababli to‘liqroq va to‘g‘riroq ma’lumotlarni olish uchun avtomatok hisobga olish usuli qo‘llaniladi. Bunda kinoga olish apparatlari, televidenie apparaturalaridan foydalaniladi. Mazkur usulda qurilish jarayoni bilan bog‘liq to‘liq ma’lumotlar olish mumkin, ya’ni nafaqat vaqt sarfi o‘lchovi, shu bilan birga ish sharoiti jarayondagi qatnashuvchilar, o‘zaro bog‘linishlar va boshqa shu kabi ma’lumotlar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |