5-ma’ruza. Mavzu: Suv xo‘jaligi qurilishida me’yoriy hujjatlar va dasturlarining ahamiyati. Reja


Mehnat sarfi va mashina vaqtini me’yorlash



Download 51,79 Kb.
bet2/6
Sana13.10.2022
Hajmi51,79 Kb.
#852809
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-MAVZU

Mehnat sarfi va mashina vaqtini me’yorlash.
Me’yorlarni ishlab chiqarish shartlari. Qurilish ishlab chiqarish turli xil ishlab chiqarish jarayonlarini o‘z ichiga olish bilan xarakterlanadi, masalan, qo‘l mehnati, mehanizatsiya, avtomotizatsiya kabilar, hamda jarayonlarni davriy takrorlanish va uzoq muddatli bo‘lishi sohaning o‘ziga xos hususiyatidir. Shuning uchun texnik asoslanagan me’yorni ishlab chiqishda yuqori aniqlik kerak. Buning uchun qurilish jarayonini alohida qismlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda mehnat jarayonini tadqiqot qismida unga ta’sir etuvchi barcha faktorlarni chuqur o‘rganish, xususan, qurilish jarayoni faoliyatlarini, ya’ni inson, texnika va texnologiyalarining majmuasi sifatida qaralib unga ta’sir etuvchi fiziologik, psixologik, estetik, mehnat sharoitini va tashqi muxitni ta’siri yaxshi o‘rganilishi lozim.
Mehnat sarfi me’yorini ishlab chiqish quyidagi ketma –ketlikda: qurilish jarayonini dastlabki o‘rganish, qurilish jarayonini normal amalga oshirish uchun sharoitni belgilash (qanday, qanday usul, asboblar, mashinalar, qanday tashqi sharoitda ish olib borilishi), qurilishni zamonaviy texnika rivojlanishi va ishlab chiqarishni tashkil qilishga haqiqiy mos keladigan; ma’lum ishni bajarish uchun zveno tarkibini belgilash, bir nechta qurilishlarda ish vaqtini taqsimlash va davomiyligini hisobga olish bo‘yicha kuzatuvni tashkil etish; olingan ma’lumotlarni tizimlash, taxlil etish va qayta ishlash; texnik me’yorni loyihalash; ishlab chiqarish sharoitida me’yorlarni tekshirish.
Texnik me’yorlarni loyihalash - deb qurilish ishlab chiqarishining zamonaviy yutuqlarini qanoatlantiradigan qurilish jarayonining tashkiliy texnik sharoitini aniqlash tushuniladi. Bu jarayon me’yorni tuzish demakdir. Qurilish yoki montaj jarayonini xarakterlovchi sharoitlar majmuasi qurilish jarayonining “normali”deb tushuniladi. U jarayonning ish operatsiyalariga maqsadli taqsimlanishni, ish joyini rotsional tashkil etilishini ko‘rsatadi. Har bir qurilish jarayoni “normali”ni tuzish natijasida keng xarakatlanadi, bunda jarayonni yoritish, uni bajarishni usul va metodlari qo‘llaniladigan asboblar, ishchi – bajaruvchilar iqlim sharoiti va boshqa tomonlari yoritiladi.
Me’yorlash faqat unumli tashkil etilgan qurilish jarayoni uchun, qaysiki ilg‘or metodlar bilan amalga oshirilayotgan va talluqli jarayonni yaxshi o‘zlashtirgan malakali ishchi tomonidan mehnatni ilmiy tashkil etish va mehnat muxofazasi talablarini qanootlantirish sharoitida amalga oshiriladi. Me’yorlash amaliyotda, ko‘pchilik xolatlarda mehnatni ilmiy tashkil etish talablaridan ajralgan holda bajariladi. Bu esa me’yorning sifatini ma’lum darajada pasaytiradi, mehnatni tashkil qilishni yomonlashtiradi va ish unumdorligini oshirishiga salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. To‘g‘ri tuzilgan me’yor barcha salbiy holatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ish unumdorligini oshishi, sifatini yaxshilanishi va mehnat uchun rag‘batlantirish kabilar.
Ish vaqti sarfini o‘rganish. Ish vaqti sarfini o‘rganish ish jarayonidagi yo‘qotishlarni aniqlash bilan baholanadi. Bu ishning texnik me’yorlash bo‘yicha asosiy qismi hisoblanadi. Ish vaqti – bu qonun bilan tanafuslar va tushlikni hisobga olmay belgilangan ish smenasining davomiyligidir. Ish vaqti me’yorlanadigan va me’yorlanmaydigan qismlarga bo‘linadi. (1.4-rasm). Birinchisiga topshirilgan ishni bajarish uchun zaruriy vaqt sarfi kiradi. Ular foydali ishni bajarish va majburiy belgilangan texnologik tanaffus va dam olish vaqti sarflaridan tashkil topadi. Me’yorlanmaydigan (noishlab chiqarish) vaqti sarfiga mehnatni yaxshi tashkil etilmaganligi, kutilmagan sabablar bo‘yicha, mehnat intizomini buzilishi, hamda ko‘zda tutilmagan va ortiqcha ishlar vaqt sarflari kiradi. Ko‘zda tutilmaganlarga topshiriqda hisobga olingan ishlar vaqt sarfi kiradi, qaysiki ish jarayonida aniqlanadi. Ortiqcha ishlar ish jarayonida yo‘l qo‘yilgan braklar hisobiga qayta qurish yoki tuzatish hisoblanadi. Ular ham bajarish uchun vaqt talab qiladi.
Qurilish mashinalaridan foydalanish vaqtining klassifikatsiyasi ishchining vaqt sarfi sxemasiga o‘xshaydi. Bunda faqat mashina ishini topshiriq bo‘yicha to‘liq yuklanishi, qisman yuklanishi va bo‘sh turishini hamda mashinani texnik parvarishi bilan bog‘liq belgilangan tanaffuslarni kuzatiladi.
Vaqt sarfini tahlil qilish asosida ish vaqtidan foydalanish koeffitsentining me’yoriy qiymatini belgilanadi. Bu me’yor me’yorlangan vaqt sarfini umumiy sarfga nisbati sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymat me’yorni loyihalashda hisobga olinadi.




Download 51,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish