Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Download 1,06 Mb.
bet7/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

Qonun doirasida vakolatlar. Ijtimoiy xodim lavozimi va uning qonuniy vakolatlari bu ixtisoslikning mavqeini oshiradi, unga mijozlar tomonidan alohida hurmat-e’tiborga sabab bo‘ladi.
Maqomi va reputatsiyasi. Ijtimoiy soha xodimining mavqei uning jamiyatda tutgan o‘rnining ifodasi hisoblanadi. Ijtimoiy xodim reputatsiyasi uning atrof-muhit bilan o‘zaro ishlash jarayonida shakllanadi. Ijtimoiy xodim atrof-muhit bilan qanchalik ko‘p muloqot qilsa, atrofdagilar uning chuqur bilimlari, yuqori kompetentligi, boy hayotiy tajriba, xayrixohlik, insonlarga e’tibori, haqqoniylik va ochiqligi, kommunikabelligi va mas’uliyatligiga ishonch hosil qilsa, uning reputatsiyasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Ijtimoiy xodimning mavqeyi va huquqiy holati ko‘p jihatdan uning reputatsiyasi o‘ziga, o‘z shaxsiy fazilatlari va ishga, shuninigdek, davlat siyosatiga munosabatiga bog‘liq.
Xarizmatik xususiyatlar va shaxsiy jozibadorlik. Ba’zi ijtimoiy ish xodimlari atrofdagilar uchun ijtimoiy xodimlarning jozibasi va xarizmatik xususiyatlari mavjudligi tufayli jozibadordir. Bunday mutaxassislar insonlarni o‘ziga chorlab, ularni ishda faol qatnashishga ilhomlantiradi. Ijtimoiy xodimning boshqa o‘ziga xos xususiyatlardan farqli ravishda shaxsiy jozibadorligi uning egallagan lavozimiga bog‘liq emas. Shu bilan birga u ijtimoiy xodimning insonlarga ijobiy ta’sir qilish potensial imkoniyatlarini kuchaytirishi mumkin. Xarizmatik xususiyatlar insonning tabitan noyoblik va yuqori qobiliyat sohibi ekanligidan dalolat beradi va uni ijtimoiy faoliyat sohasida yuqori cho‘qqilarga erishish, jamiyatda yuqori mavqeni egallashga imkon beradi.
Axborotga ega bo‘lish. Insonlarning atrof-muhitni anglash hamda ularning xulqi ma’lum ma’noda axborotga ega bo‘lish darajasiga bog‘liq. Shuning uchun ijtimoiy ish xodimiga boshqa talablar qatorida uning axborotga ega bo‘lish darajasi muhim o‘rin tutadi. Axborotga ega bo‘lish ijtimoiy xodimga mijozlar tomonidan unga ishonch bildirilishiga, tegishli yordam va qo‘llab-quvvatlashga ishonch qozonishiga yordam beradi. Demak, ijtimoiy xodim quyidagilarga ega bo‘lishi shart:
yaxshi kasbiy tayyorgarlikka, psixologiya, pedagogika, fiziologiya, iqtiso-diyot turli sohalari hamda ishlab chiqarish, qonunchilik, informatika va matematik statistikasini tashkil qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
yetarli darajada yuqori umumiy madaniyatga, eruditsiyaga ega bo‘lish, bu esa adabiyot, musiqa, rassomchilik va h.k. sohalarida chuqur bilimlar bo‘lishini nazarda tutadi;
jamiyatda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotlar, aholining turli ijtimoiy guruhlari to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish;
oldindan ko‘ra bilish, ya’ni o‘z harakatlarning oqibatlarini ko‘ra bilish, mijoz “qopqoniga tushmaslik”, o‘z pozitsiyani hayotga tatbiq etish qobiliyatiga ega bo‘lish;
ma’lum ijtimoiy moslashuvchanlikka ega bo‘lish (ijtimoiy soha mutaxassisi maslahatlariga muhtoj kontingentning turli-tumanligi tufayli);
unga “murakkab” o‘smirlar, yetimlar, nogironlar, keksa, reabilitatsiyada bo‘l-gan va h.k. insonlar bilan mahorat bilan muloqot qilish zarur;
atrofdagilar ishonchi va o‘ziga tortuvchi kasbiy xushmuomalalikka ega bo‘lish, inson hayotining shaxsiy jihatlariga tegishli bo‘lgan barcha masalalarda odob bilan muomala qilish hamda kasbiy sirni saqlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
emotsional bardoshlik, psixik yuklamalarga tayyor bo‘lish, o‘z baholarida va harakatlarida nevrotik buzilishlardan qochish hamda mumkin bo‘lgan omadsiz-liklarga (mazmunan noto‘g‘ri reaksiyalar, rad etishlarga...) qaramasdan mijozga nisbatan xotirjam, ko‘ngilchan va e’tiborli bo‘lib qolish; kutilmagan vaziyatlarda kerakli qarorlarni qabul qilish, o‘z fikrlarni aniq to‘g‘ri va tushunarli qilib bayon etish.
Ushbu talablar ro‘yxatini davom ettirish mumkin, ammo shuni ta’kidlash lozimki, ularning hammasi umumiy ijtimoiy ish xodimining kasbiy majburiyatlarni bajarishda kerak bo‘lgan psixologik xususiyatlar ta’rifi berilgan professiogrammada batafsil keltirilgan. Unda, shuningdek, ijtimoiy xodim o‘z xulqining yuqori standartlarini qo‘llab-quvvatlash kerak, deb ta’kidlanadi. U o‘z kasbiga sodiq, haqqoniy va rostgo‘y bo‘lishi, fitna, firibgarlik, tovlamachilikda yoki mijozni aldashda ishtirok etmasligi zarur.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5308-sonli Farmonida:
“Eng avvalo, zamonaviy ishlab chiqarishni joriy etishga mo‘ljallangan innovatsion g‘oyalar hamda texnologiyalarni, faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga;
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi va aholining hayot darajasi hamda farovonligini oshirishga ko‘maklashuvchi fan va innovatsion faoliyatni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga;
ilg‘or fikrlaydigan, tashabbuskor va mas’uliyatli xodimlar hamda fuqarolarni har tomonlama amaliy qo‘llab-quvvatlashga;
“Har bir davlat xizmatchisi har kuni o‘zining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart” degan qoidani ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratishi” lozimligi ko‘rsatilgan40.
Bu talablar bevosita ijtimoiy ish xodimlariga ham taalluqli bo‘lib, mijozlar bilan ishlashda yuqorida keltirilgan kasbiy talablarga amal qilish sifatli ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlashi bilan birga jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni samarali hal etish uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish