Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Ijtimoiy xizmatchilar faoliyatining ma’naviy roli



Download 1,06 Mb.
bet6/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

2. Ijtimoiy xizmatchilar faoliyatining ma’naviy roli
Ijtimoiy ish xodimi aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning turli tizimlari, harakatlarini tashkil qilish, dasturlash va muvofiqlashtirishda faol rol o‘ynaydi. Shuningdek, u shaxs yoki insonlar guruhiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sirni amalga oshirish ijtimoiy ish xodimiga xos bo‘lgan interaktiv faoliyatning asosidir. “Ta’sir” atamasining keng ko‘lamdagi ma’nosiga shaxs yoki tizimni rivojlantirish uchun sharoitlarni rivojlantirish jarayoni deb ta’rif beriladi va u ijtimoiy faoliyatning amaliyotida tegishli usullar yordamida belgilangan maqsadga erishish samaradorligini ta’minlashni bildiradi. Ta’sir ikki tomonlama o‘zaro aloqa jarayoni bo‘lib, bir tomondan, ijtimoiy xodimning mijoz ongiga ta’sir qilish qobiliyati, ikkinchi tomondan, mijoz unga yo‘naltirilgan ta’sirni to‘g‘ri va ijobiy qabul qilishi ehtimoli, shuningdek, unga chetdan ta’sir qilish faktining borligida muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Ushbu jarayon doimo ikki tomonlama, shuningdek, insonga nafaqat ijtimoiy xodim so‘zlari, uning qarashlari, balki uning shaxsiy fazilatlari hamda mijozning unga ta’sir subyekti sifatida munosabati ta’sir qiladi. Bundan tashqari, ushbu jarayon ikki tomonlamadir, chunki mijozga ta’sir ko‘rsatish jarayonida ijtimoiy xodim uning ta’sirida ham bo‘ladi: aytilgan so‘zlarga hamda ijtimoiy xodim shaxsiga munosabati.
Ijtimoiy xodimning ushbu ta’sir ko‘rsatish huquqi o‘ziga ishonchining manbalari quyidagicha: bilimlar va tajriba, qonunlashtirilgan, status va reputatsiya, xarizmatik xususiyatlar va shaxsiy jozibadorlik, axborotga ega bo‘lish va boshqalar.
Ijtimoiy xodim tomonidan o‘qish va hayotiy amaliyot jarayonida orttirilgan bilimlar va tajriba, garchi ushbu qobiliyatlar shaxsiy tajriba, shaxsiy qiziqishlar, shsaxsiy iste’dodga qarab turlicha bo‘lsa-da, uning boshqa insonlarga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatining eng fundamental asosi hisoblanadi.
Bilimlar va tajriba, birinchi navbatda, o‘zaro shaxsiy munosabatlarda qo‘llanishi mumkin. Ushbu sohada intervyu olish, qo‘llab-quvvatlash, yetkchilikka moyillik, teskari aloqani o‘rnatish, vositachilik kabi xulqda o‘zgarish va bir-biriga munosabatlarning o‘zgarishiga erishishga yo‘naltirilgan ko‘nikmalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy xodimning bilim va ko‘nikmalarini qo‘llashning boshqa sohasi mijozlarga differensial yondashuv hisoblanadi. Bu yerda inson hayot yo‘lining turli bosqichlari, inqirozli hodisalar, jismoniy va psixik darmonsizliklarida uning ehtiyojlari va qiziqishlarini haqida boxabar bo‘lish zarur.
Ijtimoiy xodim bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash yana bir sohasi bor, bu ‒ ijtimoiy xizmatlar faoliyatini boshqarish, ular uchun kadrlarni tayyorlash va kerakli texnologiyalarni qo‘llash.
Ijtimoiy xodimning mijozlarga yordam ko‘rsatish ixtisosligi muhim o‘rin egallaydi: bir xillari qonunbuzarliklar profilaktikasi sohasiga ixtisoslashadi, boshqalari kam ta’minlanganlar va yolg‘iz insonlarga yordam ko‘rsatishga, ba’zilari esa – ota-onasi yo‘q bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan. Bunday ixtisoslashish tegishli nazariyalar va konsepsiyalar haqida tasavvurlar bo‘lishini hamda empirik tadqiqotlarga tayanishni talab etadi. Soha mutaxassislar vaziyatni tahlil qilish, yordam ko‘rsatish dasturini ishlab chiqish, muammolarni yechish uchun qaysi usullar kerakligi kabi masalalar bo‘yicha davlat siyosati va tegishli qonunlarni bilishlari shart.
Ijtimoiy ish xodimining o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llashning alohida sohasi – oila, guruhlar, hamjamiyatlar kabi ijtimoiy tizimlarning kelgusi rivojlanishi va ishlashini modellashtirish va bashorat qilish muammolari haqida tushunchalarga ega bo‘lishdir. Bu yerda qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir etuvchi tuzilmalar va jarayonlar, hokimiyat vakolatlaridan foydalanish, kommunikativ funksiyalar, rolli pozitsiyalar haqida bilimlar talab etiladi.
Va nihoyat, ijtimoiy ish xodimi ijtimoiy manbalari va yashash joyi bo‘yicha shifoxonalar, maktablar bolalar uchun muassasalar, davlat organlari kabi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimlari haqida ma’lumotlarga ega. Ushbu tizimlar qanday ishlashi, ular faoliyatining o‘ziga xosligi, mijozlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi, ushbu tizimlarga murojaat qilishi, ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar haqida axborotga ega.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish