Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Muso 

 
Qur’onda tilga olingan payg‘ambarlardan biri. Qadimgi yahudiy 
man-balarida Moshe, xristian manbalarida Moisey nomi bilan ma’lum. 
Yahudiylikka (iudaizmga) e’tiqod qiluvchilar Musoni iudaizm asoschisi deb 
hisoblaydilar. Qur’onning bir necha suralarida Musoning nomi qayd etilgan. Ba’zi 
rivoyatlarda Muso Bani Isroil qabilasida tug‘ilishi, Misr podshohi (firavn)ning 
taxtdan ketishiga sababchi bo‘lishi, taqdir taqozosi bilan Misrdan qochib ketishi va 
arab qiziga uylan-ganligi aytiladi. Xudo Musoni Isroil qabilasini Firavn zulmidan 
ozod qilib, Misrdan olib chiqib ketishga da’vat qiladi. Unga Sino tog‘ida “10 
vasiyat” toshlavhasini taqdim etadi. Muso qo‘lidagi tayoqning ilonga aylanishi, 
cho‘ntagidan qo‘lini chi-qarganda oyna kabi yaltirab ko‘zlarni qamashtirishi kabi 
mo‘jizalarga ega bo‘lgan. Unga Tavrot nozil etilgan. Musoni yahudiylar, 
musulmonlar, xristianlar payg‘ambar deb hisoblaydilar
224

Xristian etikasi.
O‘rta asrlar Ovro‘pasida nasroniylik dini falsafa, adabiyot 
va san’at kabi ma’naviy sohalarga yondash turish bilan kifoyalanmadi, balki ular 
orasida birinchi bo‘lishga, mutlaq hukmronlikka intildi. Axloqshunoslik oldida 
nas-roniylik ta’limotini ratsional tarzda umumlashtirish vazifasi turardi ‒ cherkov 
talabining mohiyati ana shu edi. Mazkur vazifa esa Bibliyadagi quyidagi axloqiy 
konsepsiyadan kelib chiqadi. 
Xudo olamning yaratuvchisi va unga jon baxsh etuvchi mohiyatdir. U ‒ 
mutlaq ijodiy-yaratuvchi ibtido, ayni paytda, olamning oliy maqsadi, yashirin 
ma’nosi. Xudo nimaniki yaratadigan bo‘lsa, uni o‘zi uchun yaratadi va faqat 
birgina U o‘z faoliyatining sababi, me’yori va maqsadini o‘zida mujassam etadi. 
Boshqa barcha mavjudot bunday muxtorlikdan benasib: ular Xudo sababli va Xudo 
uchun mavjud. Inson ham bundan mustasno emas. Lekin inson, shuning 
barobarida, muayyan imtiyozga ham ega zot. Zero, u Xudoga o‘xshash, ammo 
Xudo bilan aynan emas: hissiyotli, o‘limga mahkum yerdagi mavjudot. U erkin 
qilib yaratilgan va oliy maqsadi bo‘lmish ‒ Xudoga ibodat uning uchun majburiyat 
shaklida yuzaga chiqadi. Chunki insonning yerdagi, o‘z baxtini izlashga qaratilgan 
butun hayoti ‒ inkor etilishi lozim bo‘lgan gunohkorlikdan iborat. Ilk ajdod ‒ 
Odam Atoning qilmishi bunga yorqin misoldir. Xullas, nasroniylik ta’limoti 
mantiqiga ko‘ra, inson Xudoga ibodat qilish uchun yaratilgan, biroq u o‘zi Xudo 
bo‘lgisi kelib qoladi: barcha insoniy baxtsizliklarning sababi mana shu kibr-u 
havo, axloqiy mustaqillikka da’vodan kelib chiqadi, umuman, hamma 
yovuzliklarning ildizi shunda. 
Shunday qilib, nasroniylik axloqi mavjudlikning mohiyat bilan mos kelmas-
ligiga asoslanadi. Inson o‘zining mohiyatan belgilangan o‘zligini amalga oshira 
olmaydi. Chunki u gunohkor zot; u faqat Xudo yordamidagina gunohdan qutulishi 
ибрат олишлари ва улар йўл қўйган хатоларни такрорламасликлари керак. Шунинг учун ҳам Қуръони Карим 
бу масалага алоҳида эътибор берган”. 
224
 https://uz.wikipedia.org/wiki/Muso 


174 
mumkin. Iso ‒ insonning Xudo bilan birlashuviga va, ayni paytda, bunday 
birlashuvning faqat Xudo tufayligina ro‘y berishiga dalolatdir. Shu bois Xudoga 
iqtido Isoga iqtido qilishda o‘zini namoyon etadi. Odam Atodan gunohkorlik 
boshlangan bo‘lsa, Isodan yangilanish, ruhan qayta tug‘ilish boshlanadi, chunki 
aynan u gunohdan qutulish yo‘lini ko‘rsatdi. Iso o‘z mavjudligining oliy va yagona 
ma’nosini Xudo-Otaga yetishishda deb biladi. U havoriylarni ota-ona va o‘g‘il-
qizlarini tark etishga chaqiradi, chunki kimda-kim gunohdan qutulish yo‘liga kirsa, 
uning qalbida Xudodan o‘zga zotga joy bo‘lmasligi kerak, yonveringdagilarni 
xuddi o‘zingdek sevmoq Xudoga muhabbatning in’ikosidir; Xudoni sevmoq ularni 
sevish orqali amalga oshadi. Hammani sevish kerak, degan talab shundan. Agar 
inson tanlab sevsa, birovga ezgulik, boshqasiga yovuzlik qilishi mumkin va bu 
bilan u bo‘yniga Xudolik huquqini olgan, ya’ni nima adolatli-yu, nima adolatsiz 
ekanini o‘zi hal etgan bo‘ladi.
Umuman olganda, o‘rta asrlar Ovro‘pa axloqshunosligi u qadar yuksak 
darajaga ko‘tarila olmadi. Faqat O‘rta asrlardan Yangi davrga o‘tish bosqichi 
sifatida namoyon bo‘lgan Uyg‘onish davridagina muayyan o‘zgarishlar ro‘y berdi: 
O‘rta asrlar musulmon Sharqida o‘rtaga tashlangan ko‘pgina axloqiy muammolar 
ta’sirida axloqqa insonparvarlik, insonni ulug‘lash, inson aqliy qudratiga ishonch 
singari yangicha nuqtayi nazardan yondashildi. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish