132
6.
Tuproq qoplamining atmosfera gaz tarkibiga ta’siri vazifasi
–
tuproq qoplamining yer sharining gaz rejimi
va atmosferat tarkibining
shakllanishida, fotosintezida, karbonat angidridining birikishi, azot
to‗plashi, kislorod va
vodorodning to‗planishida, denitrifikasiya,
desulfofikasiyada,
oksidlanish va nafas olishda, karbonat angidridining
atmosferaga qaytishi va aylanishi kabi jarayonlarida ham katta rol
o‗ynaydi.
Biologik nurash
.
Tog‗ jinslari va minerallar turli organizmlar
(mikroorganizmlar, o‗simlik va hayvonot organizmlari) va
ularning hayoti
tufayli vujudga kelgan mahsulotlar ta‘sirida mexanikaviy ravishda
parchalanadi va kimyoviy o‗zgarish yuz beradi. Organizmlar ta‘sirida
yuzaga keladigan ana shunday o‗zgarishlarga
biologik nurash
deyiladi.
Biologik nurashda organizmlar tog‗ jinslardan o‗z hayot faoliytlari uchun
kerakli moddalarni ajratib oladi va mineral jinslar yuzasiga to‗playdi. Bu
jarayon natijasida tuproq paydo bo‗lishi uchun qulay sharoit vujudga
keladi. O‗simlik ildizlari va mikroorganizmlar
hayoti davomida tashqi
muhitga ajraladigan karbonat angidridi va har xil kislotalar kimyoviy
nurashga sababchi bo‗ladi. Biologik nurashda mikroorganizm (bakteriya,
zamburug‗ va aktinomiset) larning ahamiyati kattadir, chunki 1g. tuproqda
millionlab-milliardlab mikroorganizm bo‗ladi.
Mikroorganizmlar ta‘sirida kechadigan nitrifikasiya va sulfofikasiya
jarayonlari natijasida hosil bo‗ladigan nitirat va sulfat kislotalari ham
ko‗pgina mineral birikmalarni eritadi va biologik nurashni kuchaytiradi.
Shuningdek, zamburug‗lar chiqaradigan
organik kislotalar nurash
jarayoniga chidamli bo‗lgan dastlabki birlamchi minerallarni parchalaydi.
Tog‗ jinslari va minerallarda paydo bo‗lgan yoriqlar orasiga o‗simlik
ildizlarining kirib rivojlanishi natijasida ular maydalana boshlaydi.
Shuningdek, qurt- qumirsqa va kalamush singari yer qazuvchi jonivorlar
ham tog‗ jinslari va minerallarning mexanikaviy maydalanishida aktiv
ishtirok etadi. Bundan tashqari, o‗simlik va hayvonlarning ko‗plab
qoldiqlari yer yuzasida to‗planadi
- chiriydi,
133
ulardan paydo bo‗ladigan organik kislotalar ham tog‗ jinslari va
minerallarni kimyoviy ravishda o‗zgartadi.
Hamma tog‗ jinslari va minerallar nurash jarayonida bir xil va bir
tekis parchalanmaydi. Ba‘zi tog‗ jinslari (kvarsit) va minerallar (kvars)
nurash faktorlari ta‘siriga juda chidamli bo‗lsa, ayrimlari (cho‗kindi tog‗
jinslari va tog‗ shpatlari) chidamsizligidan tezroq parchalanadi. Nurash
faqat mexanikaviy parchalanish jarayonidan iborat bo‗lmay,
balki ayni
paytda bu jarayon tufayli ikkilamchi minerallar shaklidagi yangi birikmalar
ham paydo bo‗ladi.
Tirik organizmlar ta‘sirida qayta hosil bo‗lgan moddalar o‗simliklar
tanasi tarkibiga o‗tib o‗zlashtiriladi yoki kamroq harakatchan formalarga
aylanib, keyinchalik nurash qobig‗i hamda tuproq hayotida katta rol
o‗ynovchi murakkab organik - mineral birikmalarni hosil qiladi.
O‗simliklar nobud bo‗lgandan so‗ng ular o‗zlashtirib olgan tog‗
jinslarining emirilish mahsulotlari mikroorganizmlar ta‘sirida o‗zgargan
shakldagi yangi mineral hamda organik - mineral birikmalarni hosil qiladi.
Bu birikmalarning bir qismi tuproqqa o‗rnashib qoladi, bir qismi esa
yuvilib ketishi natijasida moddalar almashinishining
katta geologik
davrasiga qo‗shilib, tabiiy suvlar orqali dengiz hamda okeanlarga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: