Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov



Download 32,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/111
Sana30.01.2023
Hajmi32,89 Kb.
#905485
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   111
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

5.1.
 
Tuproqning ekologik funksiyasi, tuproq hosil qiluvchi omillarning 
roli. 
Tuproq qoplamining atmosferat, gidrosfyera, litosferaga ta‘siri, 
biosfera va tuproq qoplamidagi organik va mineral moddalar harakati, 
biosenozlar o‗rtasidagi munosabat, tuproqning biosferadagi funksiyasi. 
Tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarixi va tuproq qoplamini 
hosil qiluvchi jarayonlar va omillarini tahlili asosida biz tuproq 
polidispyers, tabiiy tana shaklida, o‗zining unumdorlik darajasi bilan 
tabiatda ajralib turadi. Su paytgacha biz tuproq qoplami qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini va insoniyatini kiyim-kechak va boshqa xom-ashyo 
mahsulotlari bilan ta‘mindaydigan manba, ishlab chiqarish vositasi sifatida 
talqin qilib keldik. 
Sanoatning yuksalishi, odam sonining yer yuzasida ko‗payib ketishi 
sababli tuproq qoplamining biosferadagi ahamiyati, uning ekologik 
ahvolining og‗irlashib ketishi, pestisidlar va sanoat qurilish, mayishiy 
chiqindilar tarkibidagi og‗ir metallar bilan ifloslanishi va ularga qarshi 
kurash choralari to‗g‗risidagi masalalarga e‘tibor berish – ekologik 
barqarorlikka erishishni xal qilish, asosiy vazifalardan biri bo‗lib 
hisoblanadi. 


128 
Tuproq qoplami inson, hayvonot dunyosi, 
o‗simliklarning 
yashaydigan, o‗sadigan, rivojlanadigan, ko‗payadigan va tarqaladigan 
makoni bo‗lib xizmat qiladi. Eng muhimi tuproq qoplami bisfyeraning 
hayotiy qobig‗i biosenoz va zoosenozlarning manbai va koni bo‗lib xizmat 
qiladi. 
Shu paytgacha tuproq paydo bo‗lishida atmosfera, gidrosfera va 
litosfera agentlarining ta‘siri har taraflama talqin etib kelindi, ammo tuproq 
qoplamining, atmosferat, gidrosfera va litosferaga uning ekologik 
funksiyasiga ta‘sir etishi kabi masalalariga etarli e‘tibor berilmadi. 
Respublikamizning milliy va viloyat universitetlarida agrokimyo va 
tuproqshunoslik 
tizimi 
bo‗yicha 
ta‘lim 
olayotgan 
talabalarga 
tuproqshunoslik fani miqyosida tuproq qoplamining biosferadagi roli, 
shakllangan xossa va tarkibining atmosferat, gidrosfyera, litosferaga 
ekologik ta‘siri haqidagi ma‘lumotlar masalasini ushbu bobda keltirib 
o‗tish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 
Tuproq qoplami quyosh energiyasining asosiy qismini o‗zida 
to‗plab, o‗simlik dunyosini suv, azot, uglekislota va boshqa oziqa unsurlari 
bilan ta‘minlab, fotosintez jarayonining amalga oshishida ishtirok etadi. 
Tuproq ustida o‗sadigan o‗simlik qoplami yil davomida 0,5 x 1015 
kilovat/soat energiyani fotosintez orqali organik modda sifatida 
o‗zlashtiradi. Insoniyat tomonidan bir yil ichida yoqilg‗i, oziq ovqat va em 
hashok sifatida 7,0 x 1012 kv/soat energiya iste‘mol qilinadi. Insonlar 
tomonidan oldingi o‗tgan geologik jarayonlarda o‗simliklar dunyosi 
tomonidan hosil qilingan ko‗mir, torf, neft sifatida har yili 16,2 x 1012 
kv/soat energiya sarflanishi hisoblangan. Agar hozirgi davrda atom, 
shamol, daryo oqimlari energiyasini hisobga olinmasa, kelajakda tuproq-
o‗simlik-hayvonot dunyosi hosil qiladigan energetika manba‘lari insoniyat 
uchun salmoqli hizmat qiladi. CHunki tuproqda quyosh nuri energiyasini, 
kinetik va potensial energiyaga aylantiradigan, insoniyatni kimyoviy 
energiya va ozuqa moddalari bilan tay‘minlaydigan yagona manba bo‗lib 
tirik jonivorlar va yashil o‗simliklar hizmat qiladi. 


129 
Yer yuzida hayot quruqlikda, okean, dengiz, ko‗llarda va 
atmosferatning 2-3 km balandligida yer qa‘rining o‗n, yuz, ming meir 
chuqurlikda rivojlanishi mumkin. Tirik organizmlar yashab, hayot 
kechiradigan va rivojlanayotgan yer qobig‗i biosfera deyiladi. Tuproq 
biosferaning tarkibiy qismi bo‗lib, litosferada bo‗layotgan jarayonlarning 
tarkibiy mahsuloti sifatida bevosita ishtirok etadi. Tuproq, o‗simlik, 
hayvonot 
dunyosi, 
mikroorganizmlar 
yashaydigan, 
o‗sadigan, 
ko‗payadigan, tarqaladigan, rivjlanadigan makon va manba bo‗lib hizmat 
qiladi. 
Bundan tashqari u o‗simlik va tirik organizmlar qoldig‗i, sanoat, 
qurilish, qishloq xo‗jaligi va maishiy chiqindilar yig‗iladigan ombor 
hisoblanadi. Quruqlikda, Ya‘ni tuproqda o‗simliklar tomonidan nx10
10
tonna fitomassa hosil bo‗ladi, shuningdek 0,5 % minerallanish 
jarayonlariga duchor bo‗ladi. Inson tomonidan yiliga fitomassaning 3,6 x 
10
8
t iste‘mol qilinadi. Demak, biosferada tuproq – organizimlar, ayniqsa, 
tuproq-o‗simlik orasida umumplanetar energiya va ozuqa almashinuvi 
zanjiri amalga oshiriladi.. Ularga yutilish, organik modda holatiga o‗tish va 
organik moddalarning azot, uglerod, kislorod, vodorod, oltingugurt, kalsiy, 
kaliy, kremniy, temir va magniy unsurlariga qadar mineralizasiyalanish 
jarayoni misol bo‗la oladi. Agar o‗simlik kulida biologik jarayonda nx10
8

o‗simlik assimilyasiya qiladigan unsurlarga aylanadi. Ammo, uning asosty 
qismi o‗simliklarning chirish va minerallanishi natijasida tuproq va suv 
havzasiga qaytib tushadi. 
Tuproq qoplami quyoshdan keladigan ridiasiyani yutuvchi va 
qaytaruvchi sifatida ishtirok etish, tuproqning relefi, o‗simlik bilan 
qoplanganligi, namligi, mexanik tarkibi, donadorligi, qattiqligi va 
yumshoqligi, organik-mineral moddalarning tarkibi bilan bog‗liqdir. 
Tuproq qoplami atmosferatdagi namlik o‗zgarishi, harakati va 
almashinuvida ishtirok etadi. Tuproq qoplamidan atmosferatga mayda, 
o‗rtacha, chang va loy hamda kolloid zarrachalari, mikroorganizmlar ham 
ishtirok etishi mumkin. 
Atmosferat tarkibi, Ya‘ni azot, kislrod, vodorod, karbonat angidrid, 
suv bug‗i, tuproq-o‗simlik-hayvonot dunyosi-mikroorganizmlar hayoti
bilan chambarchas 


130 
bog‗liq bo‗ladi. Yuqorida aytib o‗tilgan elementlar o‗simlik tomonidan 
organik moddalar hosil qilishda ishtirok etib, tuproqdagi jonivorlar va 
mikroorganizmlar tomonidan qaytadan ishlanib boshqa moddalarni 
vujudga keltiradi. Tuproq bilan atmosferat orasida gaz almashinuvi bo‗lib 
turadi, Ya‘ni CO
2
, NH
3
, NO
2
, N
2
, H
2
S, CH
4
va suv bo‗g‗lari tuproqdan 
havoga o‗tadi. 
Tuproq qoplami yer usti va osti suvlari bilan chambarchas bog‗liq 
bo‗lib, suv geokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Tuproq tarkibidagi 
suv, uning g‗ovaklarida, organik va mineral moddalar tarkibida, eritmasida 
ham ishtirok etadi va geokimyoviy jarayonlarda qatnashadi. Tuproqdagi 
suv moddalarni erituvchi va hosil bo‗lgan mahsulotlarni transportirovka 
qilishda ishtirok etadi. 
Tuproq tarkibidagi suv, gidrosfyera suvi manba‘larining biri bo‗lib 
hisoblanadi. 
Daryo, 
ko‗l, 
dengiz 
okeanlarning 
shakllanishi 
va 
gidrokimyoviy tarkibi tuproq qoplamining morfologik tuzilishi, suv fizik 
xossalari va holati, kimyoviy va mineral tarkibiga bog‗liq bo‗ladi. Daryo 
suvida 0,2-0,4 g/l mineral moddalar, gumus va mikroorganizmlar bo‗lib, 
tuproq zarrachalari esa 2-5-10 g/l hosil qilishi mumkin. Suv havzasi 
tarkibidagi organik va mineral moddalar tuproq va uni hosil qiluvchi tog‗ 
jinslarining emirilishidan paydo bo‗lgan mahsulotlar tuproq hosil bo‗lishi 
jarayonida bir necha miliard yillardan buyon, Ya‘ni sillur davridan beri 
davom etib kelmoqda. Tuproq tarkibidagi organik va mineral moddalar, 
turli mikroorganizmlar, chang, loy va kolloid zarrachalari shamol va suv 
eroziyasi jarayonida harakatga kelib, to‗zonlar sifatida atmosferatga 
ko‗tarilishi va gidrosfyerani ifloslantirishi mumkin. 
Tog‗ jinslari, ayniqsa cho‗kindi yotqiziqlarida hosil bo‗lgan neft, 
ko‗mir, torf va gaz zahiralari tuproq hosil bo‗lishi jarayonlari bilan 
bog‗liqdir. 
Litosferadagi yotqiziqlar tuproq orqali atmosferatdan havo, suv va 
boshqa moddalarni olib, o‗simlik va mikroorganizmlar yordamida, ko‗mir, 
neft, torf, gaz, temir, marganes, alyuminiy, oltingugurt, gilmoyali loylar, 
tuzlar va fosforli moddalarni hosil qilgan. 


131 
Tuproq qoplamining biosferadagi roli katta geologik va kichik 
biologik doira bo‗yicha moddalar harakati almashinuvi jarayonida yaqqol 
ko‗rinadi. 

Download 32,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish