Topshiriq:
1.
Seleksion jarayon bilan tanishish 4-jadvalni ma‟lumotlarni toʻldirish.
2.
FSMU texnologiyasidan foydalanib seleksion jarayon qanday ketma-
ketlikda olib borilishini bayon qiling.
35
4-jadval
Seleksiya jarayoni pitomniklarining qisqacha ta’rifi
Koʻrsatkichlar
Dastlabki
material
pitomnigi
S
el
eks
ion
pi
tom
ni
k
N
azorat
pi
tom
ni
gi
konk
urs
nav
si
nashi
kol
leks
ion
D
uragay
1.Namunalar qayerdan olinadi.
2.Bu pitomnikdan seleksion namunalar
qayerga beriladi.
3.Sinaladigan namunalar soni.
4.Sinovlardagi takrorliklar.
5.Standart navni joylashtirish tartibi.
6.Oʻtkaziladigan
kuzatishlar
va
baholashlar.
7.Sinov davomiyligi.
8.Har bir namuna uchun delyanka
maydoni, m
2
1) Tomatdoshlar
2) ldizmevalilar
3) Bodring
4) Ertagi karam
5) Kechki karam
9.Har bir namunadagi oʻsimliklar soni:
1) Tomatdoshlar
2) ldizmevalilar
3) Bodring
4) Ertagi karam
5) Kechki karam
36
5- jadval
Seleksion jarayonda delyankalar maydoni va qaytariqlar soni
Ekinlar
Pitomniklar
boshlangʻich
material
seleksion
nazorat
dastlabki nav
sinash
Delyankalar maydoni, m
2
Bodring
2-5
2-5
5-10
20
Pomidor
10-15
10-15
10-15
20
Piyoz
0,3-1,5
2-5
5-10
10
Ildizmevalilar
0,3-1,5
2-5
7-10
10
Ertagi karam
3,5-7,5
7-15
7,5
20
Koʻk noʻxat
0,3-3,0
3
7-10
20
Qaytariqlar soni
-
1-2
2,4; 6
4-6
(F)
– Fikringizni bayon eting.
(S)
– Fikringiz bayoniga biron sabab koʻrsating.
(M)
– Koʻrsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring.
(U)
– Fikringizni umumlashtiring.
Oʻz-oʻzini nazorat qilish uchun savollar.
1.
Seleksion jarayon deganda nimani tushunasiz?
2.
Seleksiya ishida tajribalar aniqligi va tipikligi deganda nima tushuniladi?
3.
Sabzavot ekinlari seleksiyasining bosqichlarini ayting.
4.
Dastlabki material pitomnigining vazifasi, turlari va unda bajariladigan ishlar.
5.
Seleksion pitomnikda delyankalar maydoni va qaytariqlar soni qancha?
6.
Nazorat pitomnigida baholanadigan namunalar soni, delyankalar maydoni,
takrorlar soni qancha?
7.
Konkurs nav sinashining vazifasi va bajariladigan ishlarning hajmi.
8.
Konkurs nav sinashi necha yil davom etadi?
37
DAVLAT NAV SINOVI VA YANGI NAVLARNI DAVLAT
REYESTRIGA KIRITISH TARTIBI
Darsning maqsadi:
Qishloq xo`jalik ekinlari yangi navlarini Davlat nav
sinashi tizimi to`g`risida. Sabzavot ekinlari yangi navlari va duragaylarini Davlat
reyestriga kiritish tartibi va bu jarayonda yuritiladigan hujjatlar bilan tanishish.
Asosiy tushunchalar:
Oʻzbekiston Respublikasi hududlari bir-biridan keskin
farq qiladigan tuproq-iqlim sharoitlari bilan xarakterlanadi. Shuning uchun har bir
sharoit uchun nav va duragaylarni yaratish va mavjudlari orasidan ekish uchun ularni
toʻgʻri tanlash yuqori va sifatli hosil olishning shartlaridan biri hisoblanadi.
Respublikada 1937-yildan boshlab qishloq xo`jalik ekinlari Yangi navlarini Davlat
nav sinashi tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi qishloq xoʻjalik ekinlarining nav va
duragaylariga obyektiv baho berish, xoʻjalik-biologik qimmatli belgi va xususiyat-
larga ega navlarni ajratish va rayonlashtirishga tavsiya etishdan iborat.
Davlat nav sinashini Qishloq xoʻjaligi vazirligi qoshidagi qishloq xoʻjalik
ekinlarining navlarini sinash Davlat markazi bajaradi. Bu tashkilotning viloyatlararo
oʻz stansiyalari mavjud.
Nav sinashdan tashqari bu tashkilot uslubiy hujjatlar tayyorlash, yangi navlarni
rayonlashtirishni tezlashtirish va nav originatorlariga avtorlik guvohnomalari yoki
patentlarni olishga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda respublikada 63 ta nav sinash uchastkalari boʻlib, shundan 16
tasida sabzavot ekinlarining yangi nav va duragaylari sinaladi. Bunday uchastkalarda
har yili o`rtacha qishloq xoʻjalik ekinlarining 12 ming, jumladan sabzavot va poliz
ekinlarining mingga yaqin nav va duragaylari sinovdan oʻtmoqda va ulardan 15-20
tasi Davlat reyestriga kiritilmoqda. Davlat nav sinashi bilan bir vaqtda ishlab chiqarish
nav sinashi oʻtkaziladi.
Davlat nav sinashi 3-4 yil davomida oʻtkaziladi. Ishlab chiqarish nav sinashi
esa 2-3 yil davomida oʻtkaziladi.
Nav sinalayotgan maydonlarda yerni ishlash, ekish, oʻgʻitlash, sugʻorish, ekinni
parvarish qilish va hosilni yigʻib olish kabi agrotexnika tadbirlarni umumqabul
qilingan texnologiya bo`yicha oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazishni ta‟minlash zarur. Nav
38
sinash shaxobchasining dalalarida yer tuzish ishlarini, tuproq tarkibini oʻrganish va
almashlab ekish tizimi joriy etiladi. Sinalayotgan navlar bir xil oʻtmishdoshlardan
keyin joylashtiriladi. Barcha sinalayotgan navlar tuproq unumdorligi, yer yuzasi,
oʻtmishdoshlar, parvarish texnologiyasi va boshqa tadbirlar boʻyicha taqqoslash
mumkin boʻlgan tarzda joylashtiriladi.
Yangi nav va duragaylarni Davlat nav sinashiga qabul qilinishi uchun quyidagi
shartlar bajarilishi kerak:
1. Yangi nav rayonlashgan shu zonada kata maydonlarda ekib kelinayotgan
yaxshi (standart) navdan hosildor boʻlishi kerak. Bu koʻrsatkich pomidorda va
kartoshkada 30-40 s ni etishi kerak, umuman qoʻshimcha 10-40 % hosil berishi lozim.
2. Mahsulot sifati yuqori boʻlishi kerak.
3. Yangi nav 3 yil davomida konkurs nav sinashdan oʻtishi kerak.
4. Yangi navning kerakli miqdorda urugʻ miqdori jamlangan boʻlishi kerak.
Davlat nav sinashiga topshirilayotgan nav uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi
lozim:
1. Davlat nav sinash markazi rahbari nomiga yozilgan ariza;
2. Nav topshirayotgan ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashi qarori
(rahbar imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan)
3. Nav (duragay)ning toʻla tavsifnomasi yozilgan ta‟rifi. Unda navni yaratish
usullari, botanik ta‟rifi, morfologik, biologik xususiyatlari, agrotexnik tadbirlarga
munosabati va h.k. (uch yillik konkurs nav sinashi natijalariga asoslanib yoziladi).
4. Oʻsimlikning muhim qismlarining (mevasi, ildizmevasi, piyozi va h.k.)
fotosurati.
Davlat nav sinashga topshirish vaqtida ilmiy-tadqiqot muassasasida nav sinash
uchastkalariga yetarli ravishda yangi nav yoki duragayning urugʻlari jamlangan
boʻlishi lozim. Buning uchun Davlat nav sinash markaziga topshiriladigan urugʻlar va
urugʻlik materialning eng kam miqdori quyidagicha boʻlishi lozim: kartoshka –50 s.,
bodring –50 kg, oq bosh karam, pomidor, boyimjon, qalampir - 3 kg, karamning
boshqa turlari –1 kg, qovoq, qovun, tarvuz –70 kg, piyoz –35 kg, sarimsoqpiyoz,
39
lavlagi, turp va sholgʻomcha –50 kg, loviya –60 kg, koʻk noʻxat –200 kg, selderey,
pasternak, sparja -5 kg va h.k.
Keyingi sinov yillarida oʻzidan changlanuvchi va vegitativ usulda ko`payuvchi
oʻsimliklar birinchi marta berilgan urugʻlardan foydalanilsa, chetdan changlanuvchi
oʻsimliklarda esa nav mualliflari Davlat nav sinashi uchun har yili urugʻlar bilan
yetarli darajada ta‟minlab turadi. Duragaylarda esa ularning urug`lari va otalik hamda
onalik shakllari Davlat nav sinashi sinovlari uchun har yili taqdim etib turiladi.
Davlat nav sinash uchastkalarida tajribalar har bir ekinning biologik
xususiyatlarini e‟tiborga olgan holda ma‟lum uslublarda olib boriladi. Bu yerda
namunalar 4-6 qaytariqlikda ekiladi. Delyankalar maydoni 100-200 m
2
. Davlat nav
sinash uchastkalarida ekinlar shu zona uchun qabul qilingan ilg`or agrotexnik
tadbirlar asosida olib boriladi.
Davlat nav sinashida quyidagi hujjatlar, kuzatishlar va tadbirlar olib boriladi va
dala jurnallariga kiritib boriladi:
1.
Zonaning tuproq-iqlim tavsifi;
2.
Tajribalar sxemasi, maydoni;
3.
Nav yoki namunaning ekilgan vaqti;
4.
Fenologik kuzatishlar natijalari;
5.
Biometrik oʻlchovlar natijalari;
6.
Kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishi va ularga chidamlilik
darajasi;
7.
Sovuqqa, issiqga munosabati;
8.
Kimyoviy tahlillar natijalari;
9.
Degustasiya natijalari;
10.
Hosildorlik koʻrsatkichlari va hosil strukturasi;
11.
Maxsulot tovarligi va h.k.
Davlat nav sinashi asosida yillik hisobot tayyorlanadi. Uni inspekturalar bilan
koʻrib chiqib Davlat reyestriga kiritish lozimligi yoki undan chiqarish lozimligi
toʻgʻrisida xulosa qilinadi. Hal qiluvchi soʻz Davlat nav sinash markazining xulosasi
hisoblanadi.
40
Topshiriq:
1.
Asosiy ma‟lumotlar bilan tanishish, nav ta‟rifi, dala jurnallari, avtorlik
guvohnomasi va patentlar bilan tanishish, navlarning kataloglarini koʻrib chiqish.
2.
Yangi nav va duragaylarni Davlat nav sinashiga qabul qilinishi uchun
qanday shartlar bajarilishini “guruhlarni joylashtirishtirishning eng ma‟qul
chizmasi”da yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |