Samarqand davlat universiteti I. T. Ergashev, D. S. Normurodov, B. M. Eshonqulov sabzavot ekinlari seleksiyasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/94
Sana24.06.2023
Hajmi3,45 Mb.
#953235
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Oʻz-oʻzini nazorat qilish uchun savollar

1.
Davlat nav sinashining vazifasi nima? 
2.
Yangi nav (duragay)larni Davlat nav sinashiga qabul qilishning shartlari. 
3.
Nima uchun yangi navlar turli tuproq-iqlim zonalardagi Davlat uchastkalarida 
sinaladi? 
4.
Davlat nav sinashiga topshirilishi uchun qanday hujjatlar talab etiladi? 
5.
Davlat nav sinashiga topshirish uchun asosiy sabzavot ekinlarining urugʻlari 
miqdori.
6.
Oʻzidan, chetdan changlanuvchi oʻsimliklar va duragaylarni urugʻlarini Davlat 
nav sinash komissiyasiga topshirib turilishining tartibi. 
7.
Yangi navlar qaysi hollarda Davlat reyestriga kiritiladi? 
Davlat nav 
sinovi


41 
MEVA, GULTOʻPLAM VA URUGʻLIK OʻSIMLIKLARNING 
MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI 
Darsning maqsadi:
Urugʻlik oʻsimliklarining morfologik tuzilishining 
xususiyatlari, asosiy sabzavot ekinlarining mevasi va gultoʻplamlari bilan tanishish, 
urugʻlik oʻsimliklarni pishib yetilganligini aniqlashdan iborat. 
Asosiy tushunchalar
: Urugʻlik oʻsimliklarining morfologik tuzilishi, 
oʻsimliklarning shoxlanish tiplari, urugʻlik sifatining oʻsimliklarning tuzilishi 
oʻrtasidagi bogʻliqlar bilan tanishish. Koʻp sabzavot ekinlari monopodial tipdagi 
shoxlanishga ega. Ularda asosiy tanadan tashqari uchinchi va undan yuqori tipda 
(gulkaramda esa 6-7) shoxlangan boʻladi. 
Sabzavot ekinlarida 4 ta tip shoxlanishlar mavjud: 
1 tip – yaqqol ifodalangan markaziy tana va yuqori qismlarning shoxlanishi 
kuzatiladi. Birinchi tartibli novdalar o`simlik tanasining yuqori qismida boʻlib, pastki 
qismida ular kam yoki umuman yoʻq. Shoxlanish ikkinchi tartib, ayrim hollardagina 
uchinchi tartibgacha boradi. Gullarning va urug`larining asosiy qismi markaziy tana va 
birinchi tartibli shoxlarda joylashadi. 
2 tip – yaqqol ifodalangan markaziy tana va pastki tomonidan shoxlangan boʻlib, 
birinchi tartibli novdalar koʻproq poyaning pastki tomonida, markaziy novdaga 
qaraganda kuchsiz rivojlangan. Gullarning asosiy qismi markaziy novda va birinchi 
tartibli shoxlarda joylashgan. 
3 tip – asosiy tanadan tashqari ildizmeva va karam oʻzagidan yon kurtaklardan 
uygʻongan bir nechta novdalari boʻlib, markaziy tana boshqalaridan kuchliligi bilan 
ajralib turadi. 
4 tip – bir nechta (7-8 va undan koʻp) bir xil kattalikdagi novdalardan tuzilgan. 
Shoxlanish ikkinchi tartibgacha boʻladi. Urugʻlik oʻsimliklarning shakli supurgisimon 
va keng tarqalgan boʻladi. Gullarning asosiy qismi poyaning birinchi tartibli shoxlarida 
joylashadi. 
Birinchi va ikkinchi tip oʻsimliklar kam shoxlangan, uchinchi va toʻrtinchi tip 
koʻp shoxlangan hisoblanadi. 


42 
Shuni ta‟kidlash kerakki, urug`lik o`simliklarni bunday tiplarga bo`linishi nisbiy 
bo`lib, har bir ekinning, ba‟zan novdaning ichida ham har xil tipda shoxlangan 
oʻsimliklar uchraydi. Маsalan, urugʻlik karamda koʻpincha 1-2 tip, sabzi va lavlagida 
3-4 tip, sholgʻomda esa 2-3 tiplar koʻproq uchraydi. 
Urugʻlik o`simliklarning shoxlanish tipining har xil boʻlishiga sabab 
oʻsimliklarning irsiyatidan tashqari, ikki yillik o`simliklarda birinchi yil 
oʻsimliklarining oʻsuv davri davomiyligi, urugʻlik oʻsimliklarning kattaligi, tuzilishi, 
qishki saqlash rejimi, tashqi sharoit, qo`llanilgan agrotexnik tadbirlar va boshqa 
koʻrsatkichlar ta‟sir qiladi. 
Masalan, tezpishar navlarda koʻpincha 1-2 tip, katta ildizmevalilarda koʻpincha
3-4 tip, birinchi yil oʻsimliklari erta ekilganda 3-4 tip, birinchi yil oʻsimliklari kech 
ekilganda 1-2 tipda shoxlanishi mumkin.
Turli botanik oilalarga kiruvchi oʻsimliklarning guli, mevalarining tuzilishi bilan 
bir-biridan farq qiladi.Toʻpgullarning tiplari boʻyicha sabzavot ekinlari quyidagi 
guruhlarga boʻlinadi: 
Soyabonguldoshlar – zontik; 
Piyozboshlar – yolgʻon zontik; 
Shoʻradoshlar – roʻvak va h.k. 
Sabzavot makkajoʻxorida erkak gullar roʻvakka, urgʻochilari – soʻta shaklida, 
bodringda – erkak gullari – toʻp holda, urgʻochilari alohida, qalampir va 
baqlajonlarning gullari bitta-bitta alohida joylashadi. 
Sabzavot ekinlari mevalarining ham quyidagi turlari mavjud: 
Piyoz – qirrali quticha, lavlagi – 2-6 ta urugʻi boʻlgan urugʻ, shpinat – 1-2 ta 
urugʻi bor yongʻoqcha, pomidor, boyimjon – rezavor meva, qalampir va bodring – 
yolgʻon meva, dukkaklilar – dukkak deyiladi. 
Urugʻlik oʻsimliklarda ham urugʻlar har xil vaqtda pishib yetiladi. Birinchi 
navbatda markaziy novdadagi, keyin yon novdalardagi, avval pastki, keyin balanddagi 
novdalardagi urugʻlar yetiladi. Urugʻlar pishish davomida uchta fazani oʻtaydi: 
1.
Yigʻish davri pishiqligi (urugʻ oʻz rangini oʻzgartira boshlaydi); 


43 
2.
Fiziologik pishish (urugʻ qattiqlashadi, rangi mustahkamlanadi –sariq, qora 
va h.k.) ; 
3.
To`liq (botanik) pishish (urugʻ toʻla quruq boʻlib, rangi mustahkam va 
saqlash uchun yaroqli hisoblanadi). 
Oʻsimlikdagi hamma urugʻlar har xil vaqtda pishib yetilgani uchun ham ular 
urugʻlar toʻla pishib yetilgandan keyin emas, oldinroq yigʻib olinadi. 
Urugʻlarni yigʻib olish muddatlarni bilish uchun o`simliklarning quyidagi 
belgilardan foydalaniladi: 
- karamdoshlar – choʻziq shingil, sariq, yashil rangda, urugʻlar qoraya boshlagan; 
- ildizmevali oʻsimliklarda - barglarning qisman qurishi kuzatiladi, urugʻning 
oʻrtacha namligi –50 %; 
- soyabonguldoshlar – soyabonlar qoʻngʻir rangda, ularning chekkalari ichkariga 
qarab egiladi, urugʻlar qoʻngʻir rangda; 
- tomatdoshlarda – mevaning qizarishi va yumshashi; Bundan tashqari, 
qalampirda – mevaning navga xos rangga kirishi (sariq, yashil va h.k.), mevaning 
qisman qurishi; boyimjonda – mevalarda yaltiroq sariqroq mevalarning paydo boʻlishi 
bilan kuzatiladi. Bunda, urugʻ qobigʻi qattiq boʻlishi bilan; 
- poliz ekinlarida: tarvuz mevasi va urugʻning tipik rangga kirishi, mevaning 
ranggi yaltiroq, yorqin rangda, mevaga yaqin moʻylovcha qurigan; qovun navga xos 
rangda, chiziq va setkalar paydo boʻlishi, meva tugunchasi quriydi; qovoq navga xos 
rangga kirishi, magʻzining qattiqlashishi, novdaning bargi qisman qurishi bilan; 
- dukkaklilarda – oʻsimliklarning sariq rangga kirishi, pastki dukkaklarning 
qorayishi va qurishi, ustki qavatning yaltiroq qora, qoʻngʻir rangda, don qattiqlashishi 
bilan; 
- piyozda – urugʻning qorayishi, ustki gultoʻplamlarining yorila boshlashi, 
urugʻlar ezilganda qattiq, oq suyuqlik chiqmasligi, gulpoya sariq, yumshab qolishi va 
quriy boshlashi bilan; 
- bodringda – mevasining rangi va turlanishi navga xos rangga kirishi, magʻzi 
yumshashi, urugʻi toʻla, qattiq terisimon qavat hosil qilishi bilan; 


44 
- lavlagida – pastki urugʻlar qoʻngʻir rangga kirishi, bu vaqtda oʻrtadagi urugʻlar 
ezilganda mumsimon boʻlishi bilan; 
- salatda – poyaning qisman sargʻayishi bilan belgilanadi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish