A.Jumaboyev, A.Shodiyev, Z.Mamatov va B.Xudoyqulov
OPTIKA FANIDAN LABORATORIYA
ISHLARINI BAJARISH
Samarqand - 2019
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA FAKULTETI
OPTIKA KAFEDRASI
OPTIKA FANIDAN LABORATORIYA
ISHLARINI BAJARISH
Samarqand davlat universiteti
O’quv-uslubiy Kengashi tomonidan
nashrga tavsiya etilgan ( 2019 yil
26 oktabr, №2 )
SAMARQAND - 2019
Optika fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga doir uslubiy qo’llanma.
-Samarqand: SamDU nashri, 2019. - bet.
Ushbu uslubiy qo’llanmada o’quv dasturlarining o’zgartirilishi va uning davr talablariga moslashtirilishi e’tiborga olingan. Uslubiy qo’llanmada oldingi materialllarni qisman zamonaviy talqin qilish, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda virtual laboratoriyalarni bajarish bilan birgalikda optika fanining keyingi yillarda tashkil topgan yangi sohalarining fizik asoslari ham bayon qilingan bo’lib, yangi namunaviy o’quv dasturi asosida yaratilgan.
Tuzuvchilar: prof. A.Jumaboyev
dots. A.Shodiyev
dots. Z.Mamatov
ass. B.Xudoyqulov
Taqrizchilar: dots. G’.Murodov
dots. R.Q.Turniyozov
Samarqand davlat universiteti, 2019
SO’Z BOSHI
Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanmada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda 2018 yil 5 iyundagi PQ-3745 sonli “Oliy ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorlarida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida SamDU fizika fakulteti optika kafedrasidagi optika fani bo’yicha o’quv laboratoriyasi to’liqligicha qaytadan zamonaviy jihozlangan bo’lib, bu laboratoriya ishlarini bajarishga doir uslubiy ko’rsatmalar bayon etilgan.
Hozirgi kunda mashg’ulotlar yangi o’quv dasturlari asosida olib borilmoqda. Mana shu yangi o’quv dasturlardagi talablarni inobatga olgan holda uslubiy qo’llanmada oldingi shu sohadagi ma’lumotlar zamonaviy talqin qilinib, axborot texnologiyalardan foydalangan holda laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar bayon qilingan.
Mazkur uslubiy qo’llanma oliy ta’lim muassasalarining fizika va astronomiya ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo’ljallangan bo’lib tasdiq etilgan namunaviy o’quv dasturida keltirilgan barcha laboratoriya ishlarini qamrab olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |