Foydali maslahatlar:
1-Rasmda keltirilgan qo’sh dispersiya uchun, kengligi taxminan 10 mm va balandligi 60 mm tirqishli karton ekran qo’llaniladi. Uning ortida prizma joylashtiriladi. Spektrning uzatilgan sohasi birinchi ekrandan qisqa masofada joylashgan ikkinchi ekranda namoyon bo’ladi.
Spektral ranglarning qayta rekombinasiyasi uchun biz diametri 120 mm va fokus masofasi 500 mm bo’lgan linzadan foydalanishni maslahat beramiz , chunki bu linzada, prizmaning sirti ekranda unchalik kattalashmasada, spektr juda yaxshi namoyon bo’ladi.
Kesishgan prizmalar 2-Rasmda keltirilganidek o’rnatiladi. Ikkinchi prizma (yakka kristalli) gorizontal qirrasi bilan bevosita birinchi prizmaning ortida minimal og’ish bilan joylashtiriladi.
NAZORAT SAVOLLAR
Ishning maqsadi va bajarilish tartibi.
Dispersiya hodisasini tushuntiring.
Yorug’likning yutilish qonunini formulasini yozib tushuntiring.
Elektronga qanday kuchlar ta’sir etadi?
Normal va anomal dispersiya hodisasini tushuntiring.
ADABIYOTLAR
1.Frish S.E., Timoreva T.V. Umumiy fizika kursi. 3 tom. Toshkent: O’qituvchi, 1962.
2. Landsberg G.S. Optika – Toshkent: O’qituvchi, 1981,
3.Korolev F.A. Optika, atom va yadro fizikasi. Toshkent: O’qituvchi, 1978.
4.Godjaev N.M. Optika. – M.: Visshaya shkola, 1977,
5.Sivuxin D.V. Optika. – M. Nauka, 1980.
6.Matveev A.N. Optika. – M.: Visshaya shkola, 1985
7.Butikov E.N. Optika. – M.: Visshaya shkola, 1986.
LABORATORIYA ISHI № 3
QO’SH TIRQISHDA VA KO’P SONLI TIRQISHDA DIFRAKSIYA - VIDEOCOM VOSITASIDA QAYD QILISH VA HISOBLASH.
Maqsad: Quyidagi hollar uchun difraksion tasvirlarni qayd qilish va intensivlik taqsimotini modellashtirish:
tirqishning turli kengliklari uchun, tirqish kengligi doimiy qo’sh tirqishlar va tirqish kengligini aniqlash bilan.
tirqishning turli intervallari uchun, tirqish kengligi doimiy qo’sh tirqishlar va tirqish intervalini aniqlash bilan.
tirqishlar turli soni uchun ko’p tirqishlar va tirqish kengligini va tirqish intervalini aniqlash bilan.
Kerakli asbob uskunalar: 1. 3 ta qo’sh tirqishli diafragma, 2.4 ta qo’sh tirqishli diafragma, 3. 5 ta qo’sh tirqishli diafragma, 4. Prujinali siqib turuvchi tutgich, 5. Chiziqli qutblangan He-Ne-Lazer, 6. Polyarizatsion filtr, 7. VideoCom USB, 8. Gardishli linza, f = +5 mm, 9. Gardishli linza, f = +50 mm, 10. Gardishli linza, f = +500 mm, 11. Optik stol, profili standard 1 m 12.7 Optik reyder 60/50, 13. Windows 2000/XP/Vista o’rnatilgan PK qo'shimcha talab qilinadi:
Xavfsizlik bo’yicha eslatma
Agar instruksiyada keltirilgan mos punktlarga amal qilinsa, geliy- neonli lazer bilan tajriba o’tkazish xavfli emas. Hech qachon bevosita to’g’ri yoki akslangan lazer nuriga qaramang. Hech qaysi kuzatuvchi ko’zini qamashganini sezmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |