Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti


Ilmiy uslubda olmoshlarning qoʻllanishi



Download 70,35 Kb.
bet10/11
Sana31.12.2021
Hajmi70,35 Kb.
#245869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
HOZIRGI O'ZBEK TILI KURS ISHI

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Yalpi
Ilmiy uslubda olmoshlarning qoʻllanishi
Ilmiy uslub oʻzbek tilshunosligida M.Mukarramovning “Ilmiy stilda fikr ifodalash usuli ham boshqachadir. Uni badiiy yoki soʻzlashuv nutqlariga qiyoslasak, oʻrtadagi farq yanada konkretlashadi. Ilmiy asar obyektiv haqiqatni logik tafakkur, mantiqiylik orqali aks ettiradi. Shuning uchun ilmiy adabiyot boshidan oxirigacha asosan muhokama yuritish va isbotlashdan iborat boʻladi”9, – degan fikrlari olmoshlarning ham ushbu uslub doirasida qoʻllanish darajasini belgilaydi. Boshqacha aytganda, turli matnlarda oʻziga xos tarzda ishtirok etadigan olmoshlarning ilmiy uslubda qoʻllanishi shu uslub xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ilmiy bayonda uning muallifi birinchi oʻrinda turmasligi, fikrning umumga qaratilganligi, koʻpincha majhul nisbatda ifodalanishi, unda faqat monologik nutq shaklidan foydalanilishi matn tarkibida olmoshlarning ham oʻziga xos oʻrnini belgilab beradi.

Kishilik olmoshlari men, sen, siz kabilarning qoʻllanishi ilmiy uslub uchun xos xususiyat sanalmaydi. Biz olmoshi oʻzining asosiy vazifasidan chetga chiqib, Biz ushbu tadqiqotimizda tildagi ekstralingvistik omillarga asosiy eʼtiborimizni qaratdik. Biz bu bilan fandagi mavjud qarashlarni inkor etmoqchi emasmiz. Bizning tekshirishlarimiz shuni koʻrsatadiki, ilmiy nutqda faqat kishilarning taxalluslari va hayvonlarga qoʻyilgan nomlargina uchramaydi (M.Mukarramov) singari gaplar tarkibida qoʻllanilganda 2-shaxs koʻplik maʼnosini emas, balki 1-shaxs birlik maʼnosini ifoda etadi va bunda kamtarlik xususiyati mavjud boʻladi. Toʻgʻri, ana shu xususiyatni eʼtiborimizni qaratdik, inkor etmoqchi emasmiz jumlalari tarkibidagi -miz elementi ham beradi oladi. Masala shu tarzda qoʻyilganda, biz oʻz zimmasiga yana ikkinchi stilistik vazifani – fikr muallifini taʼkidlash xususiyatini oʻz zimmasiga olganligi maʼlum boʻladi.

1-shaxs birlik koʻrsatkichi men esa, aksincha, nutqni buzadi, manmanlik, maqtanchoqlik xususiyatini keltirib chiqaradi: Men ushbu tadqiqotimda tildagi ekstralingvistik omillarga asosiy eʼtiborimni qaratdim singari. Аmmo bu ilmiy uslubda men mutlaqo ishlatilmaydi degani emas. Gap ushbu olmoshning muallif bayoni tarkibidagi ishtiroki toʻgʻrisida bormoqda. Uni oʻzgalar nutqida bemalol qoʻllash mumkin: agar men kishilarni ilmiy asosda tanlab olsam, ilmiy asosda ularni tayyorlasam. Bundan tashqari, dissertatsiyalar himoyasi jarayonida shunday mazmundagi gaplar aytiladi: Men ushbu ishimni sinchiklab oʻqib chiqib, oʻzlarining qimmatli maslahatlarini bergan hurmatli ishtirokchilarimga ham oʻz minnatdorchiligimni izhor qilaman kabi. Bu ilmiy nutqdan koʻra rasmiy nutq hisoblanadi. Uning muallifiga hech kim men deb aytmaslikni chegaralay olmaydi. 3-shaxsni koʻrsatuvchi u, ular olmoshlarining qoʻllanishi 1- va 2-shaxs koʻrsatkichlari singari chegaralangan emas. Bu olmoshlarning qoʻllanishi barcha uslublarda ham chegaralanmagan, shu maʼnoda ular neytrallik xususiyatiga ega. Shu bilan birga, ilmiy uslub doirasida asosiy xususiyati – shaxslarga nisbatan qoʻllanish xususiyatlarini saqlab qolgani holda, ularning mohiyati biroz oʻzgaradi – predmetlar, hodisalar oʻrnida faol qoʻllanadi va ularni koʻrsatish xususiyati ustunlik qiladi. Bunda ilmiy matnning janr xususiyatlarini ham eʼtiborga olish maqsadga muvofiq boʻladi. Masalan, tarixiy-ilmiy asarlarda yoki umuman ilmiy asarlarning, ilmdagi kashfiyotlar, qarashlar va fikrlarning mualliflari haqida gap ketganda, ushbu olmoshlar qoʻllaniladi.

Nashr mazmuniga qarab, ilmiy bayonda bu olmoshlarning oʻrnini boshqa birliklar bilan almashtirib qoʻllash imkoniyati paydo boʻladi. Masalan, R.Vohidovning “Samarqandning ilmiy vijdoni” asarida akademik Botirxon Valixoʻjaevga nisbatan u olmoshi bilan birgalikda Boturxon domla, alloma, ustoz, olim soʻzlari ham qoʻllanilgan: U oʻzbek va tojik adabiyotlari tarixiga doir jiddiy tadqiqotlarning muallifi. Boturxon domlaning jumhuriyat matbuotidagi qaldirgʻoch maqolasi 1953 yilda bosilgan. Olimning ellik yillik toʻyi munosabati bilan eʼlon qilingan maqolalarning birida quyidagilarni oʻqiymiz. Ustozdagi tiniq xotira, hofiza quvvasining sarhadsizligi bizni lol qodirar, koʻnglimizdan har qanday shubhalarni haydab chiqarardi. Bu esa iliy matnlarda ham ularning janr xususiyatlariga qarab, odatda boshqa uslublarga xoslangan elementlarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilishidan dalolat beradi.

Koʻrsatish olmoshlarining ilmiy uslubda qoʻllanilishda maʼlum chegaralanganlik seziladi. Boshqa uslublarga tegishli boʻlgan bundoq, bunaqa, buncha, shundoq, shunaqa, shundaqangi, shunaqangi kabi elementlar ilmiy matnlarga xos emas. U, ular, bu, shu, oʻsha birliklari esa qoʻllaniladi

Аyrim matnlarda bular olmoshining qoʻllanishi ham kuzatiladi: Bular oʻrni bilan badiiy stilga qiyoslanib, ilmiy stilning oʻziga xos morfologik belgilarini aniqlashga harakat qilindi (M.Mukarramov).

Аmmo oʻsha, bular kabi qoʻllanishlar ilmiy matnlarda mahsuldor sanalmaydi. Qaratqich kelishigi shaklidagi koʻrsatish olmoshlar natijasida, orqasida kabi soʻzlar bilan; joʻnalish kelishigi shaklidagi olmosh koʻra, qarab (qaraganda) soʻzlari bilan; chiqish kelishigi shaklidagi olmosh tashqari, buyon soʻzlari bilan birga kelib yordamchi soʻz vazifasida ishlatiladi: shuning (buning, uning) uchun, shuning natijasida, shunga koʻra, bundan tashqari kabi10. Mana shu holatlarda ilmiy uslubga xoslanish yuz beradi: Shu tufayli, shu sababli, shuning oqibatida, shu qadar kabi. Olmoshlarining uslublararo xoslanishida u bilan yonma-yon kelgan soʻzlarning roli katta boʻladi, boshqacha aytganda, yakka olmoshlardan koʻra olmoshli birikmalar xoslanishi haqidagi xulosalar ishonarli boʻladi. Koʻrsatish olmoshlarini ilmiy matnning shakllanishidagi muhim unsurlardan biri sifatida qarash toʻgʻri boʻladi. Biz bunga olmoshlarning ilmiy matnlarda xulosalarni berishda, yakuniy fikrlarni bayon etishda ham ahamiyati borligini qoʻshimcha qilishimiz mumkin: Bu esa kelajakda rus va oʻzbek tili chogʻishtirma stilistikalarining, turkiy tillar qiyosiy stilistikalarining yaratilishiga sabab boʻladi (M.Mukarramov) kabi.

Keltirilgan misollardan u, ular, bu, shu singari koʻrsatish olmoshlari ilmiy uslub uchun xoslangan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Maʼnosida koʻrsatish xususiyati boʻlgan ana, mana soʻzlari ham ilmiy matnlarda bu, shu koʻrsatish olmoshlari bilan birgalikda qoʻllaniladi. Аslida ularning oʻzbek tilining barcha uslublarida faol uchratish mumkin. Uning faqatgina shu sababli, shu bois, shu tufayli, shuning uchun, shu uchun kabi koʻrinishlarining ilmiy matnlar sintaktik qurilishida muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlash mumkin.

Soʻroq olmoshlari orasida kim va nima olmoshlaridan ilmiy matnlarda samarali qoʻllaniladi: …ona tilimizning madaniyligi uchun kim kurashayapti, kim fidoyilik qilyapti?

Qaysi olmoshi haqida ham shuni aytish mumkin: qaysi adabiyotlar ilmiy matn sirasiga kiritilmoqda. Bu misoldan qaysi soʻroq olmoshining ilmiy uslubga xosligi toʻgʻrisida xulosa chiqarib boʻlmaydi. U oʻzbek tilining boshqa uslublarida ham faol uchraydi. Qaysi, qanday, necha, qancha, qachon, nega, nimaga, nima uchun olmoshlari haqida ham shu fikrni aytishimiz mumkin. Аmmo nechuk, ne/na olmoshlari ilmiy uslub uchun xos emas, qani elementi esa juda kam uchraydi.

Oʻzlik olmoshi barcha uslub uchun baravar hisoblanadi. Lekin aksini topmoq, yechimini topmoq, ifodasini topmoq, oʻrnini topmoq hamda zimmasiga olmoq, mulohaza bildirmoq kabi ilmiy bayon uslubiga xos boʻlgan turgʻun birikmalar tarkibida qoʻllanishi aynan ana shu elementlar bilan birgalikda ilmiy uslubda oʻz oʻrniga ega ekanligidan dalolat beradi: Sohani kuzatishga bagʻishlangan tadqiqotlar anjuman materiallarida oʻz aksini topdi. 90-yillarda ushbu masala maʼlum maʼnoda oʻz yechimini topganligi koʻrinadi. …bu majburiylik tegishli hujjatlarda, lugʻatlarda oʻz ifodasini topdi. Demak, Togʻay Murod qoʻllagan tarvuzi yorilmoq iborasi ham adabiy tilimizda oʻz oʻrnini topishga, meʼyorlashishga haqli. Ular bizning uy, bizning mahalla, bizning maktab tarzida qoʻllanishi, egalik qoʻshimchasi bajaradigan vazifani qaratqich kelishigi koʻrsatkichi oʻz zimmasiga olishi ham mumkin. Oʻzbek tilida ravishlar uslubiyati va meʼyori haqida olimlarimiz haligacha oʻz mulohazalarini bildirishgan emas kabi. Bundan tashqari, oʻz zamonida, oʻz davrida, oʻz navbatida kabi birikmalarning maʼnolari ham ilmiy matnlar uchun xarakterli va ularning maʼnosi oʻz olmoshisiz yuzaga chiqmaydi: Аvloniyning “oʻqish, oʻqitish, tarbiya ishlarida davr talabi asosida islohotni amalga oshirish nihoyatda zarur” degan fikri oʻz zamoni uchun ham, bugungi kun uchun ham qimmatlidir. Bu qoidalar oʻz davri imkoniyatlari doirasida yaratilgan boʻlib, undagi bir qator qoidalar ham nazariy, ham amaliy jihatdan yetarli asoslanmagan yoki eskirgan edi.U yana oʻz navbatida har bir holatdan kelib chiqadigan grammatik meʼyorlar haqida mulohaza yuritishimizga imkon beradi Belgilash olmoshlarining qoʻllanilishida chegaralanishlar mavjud. Uslublararo neytral hisoblanadigan jamlash maʼnosidagi hamma soʻzi ilmiy matnlarda faoldir.Yalpi olmoshi ilmiy nutq va rasmiy nutqga xoslangan boʻlsa-da, sinonimik qatordagi boshqa soʻzlarga nisbatan kam qoʻllaniladi. Bari olmoshining qoʻllanishi ilmiy uslub uchun xos emas.

Belgilash maʼnosini anglatadigan har, har kim, har nima, har qaysi, har qanday, har qanaqa, har qancha, har qachon olmoshlari orasida har qanday birligi koʻzga tashlanib turadi. Ular orasida biz oʻrgangan deyarli barcha ilmiy matnlarda har qanday olmoshining qoʻllanishi faol. Kichik xulosalarni keltirishda, xat boshilarni oʻzaro bogʻlashda, aytilgan fikrlarni alohida taʼkidlash uchun har qalay, har holda elementlaridan foydalaniladi: Har qalay, yuqorida aytilganlardan fanning predmeti, maqsad va vazifalarini belgilab olish mumkin.

Boʻlishsizlik olmoshlaridagi qatʼiyat xususiyati ilmiy matnlarda qoʻl keladi. Shuning uchun ilmiyda ularning hech kim, hech nima, hech qaysi, hech qanday, hech qancha, hech qachon singari barcha turlarini uchratish mumkin: Bundan tashqari kimdir shved modeli qotib qolgan va yakunlangan narsa, shvedlar endi hech narsa qilmay yashayverishlari mumkin deb oʻylaydi. Har qanday faoliyatning intellektual tarkiblari jismoniy elementlardan ustun turgan sharoitda odamlarni nafaqat qoʻli bilan balki aqli bilan ishlashga majbur etish hech qanday maʼmuriy buyruqbozlik vositalari bilan insonni oʻzi xohlamasa ijodiy fikrlashga va harakat qilishga majbur qilishi mumkin emas. Binobarin, til - maʼnaviyat koʻzgusi, maʼrifat chirogʻi, bilim kaliti ekan unga hech qachon ikkinchi darajali narsa deb qarashga haqqimiz yoʻq.

Gumon olmoshlarining qoʻllanilishi ilmiy uslubning tabiatiga toʻgʻri kelmaydi. Shuning uchun olmoshning bu turi sifatida qaraladigan birliklarga ilmiy matnlarda deyarli duch kelmaymiz. Аmmo bu degani ular mutlaqo uchramaydi, degan gap emas. Bu fanlarning tabiat va jamiyatni aks ettirish xususiyatlariga, ilmiy asarlarning janr xususiyatlariga ham bogʻliq. Ilmiy bayon aniqlik, obyektivlik va mantiqiy izchillik kabi talablarga rioya qilsa-da, uning ayrim sohalarida, masalan, matematika, fizika va boshqa yoʻnalishlarida ilmiy farazlarga, taxminlarga, gipotezalarga yoʻl qoʻyiladi va bunda gumon olmoshlarining qandaydir kabi koʻrinishlariga murojaat qilinadi. Gumon olmoshlar sifatida qaraladigan va noaniqlik xususiyatini beradigan baʼzi, baʼzi bir elementlari ham ilmiy matnlarda uchraydi11.
XULOSA
Olmoshlarda umumiylik nihoyat darajada kuchliligini shundan koʻrsak boʻladiki, ot, sifat, son, ravish turkumlariga oid soʻzlar oʻzbek tilida bir necha ming miqdorni tashkil etadi. Shu soʻzlar oʻrnida qoʻllanuvchi olmoshlar esa butun yasama shakllari bilan yuzdan oshmaydi. Shunday boʻlsa ham turli-tuman ma’nolarni ixcham va oson yoʻl bilan (oz soʻz yordamida) ifodalash imkonini beruvchi vositalar hisoblanadi. Agar olmoshlar boʻlmaganda milliard miqdordan qancha miqdori olinganligini soʻzlash uchun har bir miqdor milliardgacha alohida sanalishi (soʻralishi) kerak boʻlar edi – bittami, ikkitami, uchtami yoki bitta oldingini va hokazo.

Olmoshlarning uslubiy xususiyatlaridan biri shundaki, ayniqsa, ogʻzaki nutqda xima-xil variantlar bilan qoʻllanadi. Olmoshlarning variantdorligi ularning tarkibi kengaytirilgan shakli, tarkibi qisqartirilgan shaklidan iborat boʻlib, muhim uslubiy ahamiyat kasb etadi, ya’ni xilma-xil ekspressiv emotsional vazifalarni bajaradi. Boshqa soʻz turkumlariga nisbatan, olmoshlarning sof sinonimiyasi unchalik faol emas. Olmoshlar sinonimiyasi nutqning xilma-xilligini ta’minlovchi muhim lisoniy omillardan biridir. Chunki biror kengroq matnda bir xil olmoshni qoʻllayverish soʻzlovchi yoxud yozuvchi nutqning ta’sirchanligini ta’minlay olmaydi. Ogʻzaki yoki yozma nutq jarayonida olmoshlar xilma-xil funksional – uslubiy vazifalarni bajaradi.

Olmoshlar turli manbalarda, birinchidan, turli xil uslublarga xoslangan boʻladi. Soʻzlashuv uslubiga xoslangan (fonetik shakli oʻzgargan, yasovchi affikslarining oʻzgarishini olmosh shakllarining olmosh soʻzlariga aylanishi, olmoshlarning dialektal shakllari), publisistik asarlarga xoslangan olmoshlar shular jumlasidandir.

Olmoshlarning qoʻllanish chostatasida eng yuqori oʻrinni soʻzlashuv va badiiy nutq egallaydi. Ammo ular anglatgan semantik-stilistik ma’nolar koʻlami badiiy matnda kengdir. Badiiy matnda barcha olmoshlarning ishtirok etishi adabiy asarlarda tasvir doirasining kengligi, ijodkorning badiiy mushohada quvvati bilan izohlansa, ayrim olmoshlardagi xoslanganlik ularning tarixiy variant sifatida tilimizda saqlanib kelayotganligi, ba’zilarida obrazlilik darajasining yuqori ekanligiga bogʻliqdir.



Download 70,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish