Qadimgi Xitoy Diplomatiyasi



Download 195,19 Kb.
Sana28.08.2021
Hajmi195,19 Kb.
#157741
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Qadimgi Xitoy Diplomatiyasi

Xan imperiyasining qoshni xalqlar bilan munosabatlarda avvalgi davrdan meros bolib qolgan oykumena egotsentrik (egotsentrizmga oid, ota manmanlik. Ozini dunyoga ustun deb bilish) konsepsiyasi katta rol oynagan.

Ushbu rasmiy tashqi siyosiy doktrinaga daosizm falsafasiga oid asarlarda oz aksini topgan ozgacha konsepsiya qarshi turganki, unga kora Orta imperiya-ning boshqa xalqlarga nisbatan ustunligi inkor qilingan. Xan imperiyasining, uning tarkib topgan kunidan boshlab, eng muhim tashqi siyosiy vazifasi chegaralarni kochmanchi Syunnu qabilalarning muntazam bosqinlaridan himoya qilish edi. Miloddan avvalgi III asrning oxiriga kelib imperiyaning shimoliy chegaralarida ushbu qabilalarning qudratli birlashmasi vujudga keldi.

  • Tinchlik va qarindoshchilikka asoslangan shartnoma deb malum bolgan va miloddan avvalgi 198 yilda tuzilgan shartnomaga binoan Lyu Ban shanyuy (syunnu qabilalarining oliy sardori) Modega nisbatan olpon tolovchi ekanligini faktik jihatdan tan oldi. Miloddan avvalgi 195 yilda Lyu Banning olimidan song Mode, vaziyatni ozi uchun qulay deb xisoblab, yana bir marotaba nazarini Xitoyga qaratdi. Modomiki, Xitoyga hujum qilishga rasmiy baxonasi bolmagan Mode igvo qilmoqchi boldi va miloddan avvalgi 192 yilda Lyu Banning beva xotini imperatritsa Lyuyxouga nikoh taklifi bilan maktub yubordi. Konfutsianlik ahloqiga binoan beva xukmdor ayolga nikoh taklifi bilan murojaat qilish rasm odat bolib qolgan odob qoidalarining qopol tarzda buzilishi edi. Lyuyxou darhol shanyuy Modega qimmatbaxo sovgalar yubordi. Shu bilan bir qatorda nikoh togrisidagi taklifiga rad javobini berdi
  • Xan imperiyasi Buyuk ipak yoli boylab joylashgan Sharqiy Turkiston vohasining shahar-davlatlarida oz tasirini va xukmronligini yoyish uchun turli diplomatik va harbiy usullardan foydalangan. Ushbu siyosatni amalga oshirishdagi muhim bosqich sifatida Xan imperiyasining usun qabilalari bilan ittifoq tuzishi namoyon boldi. Miloddan avvalgi 115 yilda usunlar xuzuriga Chjan San boshchiligidagi elchilik yuborildi. Ushbu elchilik Xan davridagi Xitoy davlatining Markaziy va Orta Osiyoning, hamda Orta Sharqning boshqa mamlakatlari bilan savo va diplomatik aloqalarini rivojlanishida katta rol oynadi. Biroq Buyuk ipak yolini egallash Udi uchun uning imperiya sarhadlarini 10 ming li miqdorida kengaytirish va xokimiyatini butun dunyo boylab yoyish goyasini amalga oshirishdagi muhim bosqichi edi xolos. Harbiy yonalishdagi faol tashqi siyosat bilan bir qatorda Udi janubiy va shimoliy-sharqiy yonalishlar boyicha keng istilochilik harakatlarini olib bordi. Shu bilan birga, yillar davomida Udi tomonidan olib borilgan urushlar davlat zahiralarini va hazinani quritdi. Imperiyaning chekka hududlardagi qabilalarni Xanlarga qarshi chiqishlari kengaydi. Udi vafotidan song yirik istilochilik yurishlari deyarli olib borilmadi
  • Miloddan avvalgi I asrning oxiri milodiy I asrning boshiga qadar Xan imperiyasining tashqi siyosati passiv korinishga ega boldi. I asrning ortalariga kelib esa Xan imperiyasi qadimgi dunyoning eng yirik davlatiga aylandi. Ushbu davrda imperiyaning eng asosiy vazifasi shimoliy syunnu qabilalarini boysundirish va garbiy olkada oz xukmronligini tiklash edi.
  • 73 yilda Ban Chao elchilik vazifasi bilan garbiy olkaga yuborildi. Uning bu yerlardagi harakatlari osha zamon diplomatiyasiga xos tarzda olib borildi. Ban Chao faoliyati natijasida garbiy olkada Xan xukmronligining mustahkamlanishi Xitoyni garbiy mamlakatlar bilan siyosiy va savdo aloqalarining kengayishi uchun katta ahamiyatga ega boldi. 80-yillarning oxiridan boshlab Buyuk ipak yoli orqali Kushon davlati, Parfiya va Yaqin va Orta Sharqning boshqa Uzoq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlar ornatildi. Ular (munosabatlar) I va II asrlar chegarasida eng yuqori nuqtasiga kotarildi. Rim imperiyasi (qadimgi Xitoy manbalarida Datsin deb nomlanadi) bilan togridan-togri aloqa ornatishga urinishlar ham qilib korildi
  • Qadimgi Xitoyning deyarli 2000 yillik tarixi davomida yaqin va uzoq qoshnilar bilan tashqi munosabatlarni amalga oshirishning muayyan tamoyillari ishlab chiqildi. Qadimgi Xitoy uchun xos bolgan ikki eng muhim tendensiyani, davlatlararo aloqalar va shartnomalar negizidagi munosabatlarning ikki asosiy turini etirof etish lozimdir. Ularning birinchisi di go-teng davlatlar konsepsiyasiga tayanadi. Teng sheriklar nazariyasi birinchi galda, ortadagi podsholiklarning ozaro munosabatlari amaliyotidan kelib chiqqan va teng huquqli davlatlar ortasidagi munosabatlarni uzoq muddatli va mustahkam ananasiga ega bolgan.
  • Ammo Udi xukmronligi davridan boshlab qoshni xalqlar bilan ozaro munosabatlarni amalga oshirishda ozgacha tamoyil ustunlik qildi. Bu tamoyil, konfutsianlikning dunyoni tartibga soluvchi monarxiya doktrinasiga tayanib, varvarlarning (yani chegaradan narigi barcha xalqlarning) yetilmaganligi togrisidagi nazariya bilan bevosita bogliq edi va barcha ozga mamlakatlarga Xitoyning ehtimolli olpon tolovchisi sifatida rasman qarardi.
  • Garovga olish hodisalari Xan imperiyasining qoshni mamlakatlar va xalqlar bilan munosabatlardagi odatiy xol edi. Xan zamonidan elchilarni qabul qilishning maxsus marosimi ishlab chiqildiki, uning maqsadielchilik yuborgan xukmdorning Xan imperatoriga nisbatan tobelik xolatini takidlab otishi kerak edi. Saroyga ornatilgan qoidalarga bekami-kost rioya qilishga katta ahamiyat berilardi. Elchilar albatta sovgalar bilan yetib kelardilar. Xan imperiyasi ham oz navbatida, inomlar berishga qizganmasdi. Elchilarni qabul qilish va ular tomonidan sovgalarni topshirish marosimi xorijlik vakillarni kamsitadigan va ozga yurtlar xukmdorlarining tobe xolatini takidlashga qaratilgan bolsada ham, Xan imperiyasi va qoshni mamlakatlar ortasidagi munosabatlarning haqiqiy korinishlarini buzib korsatardi.

Download 195,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish