Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 70,35 Kb.
bet9/11
Sana31.12.2021
Hajmi70,35 Kb.
#245869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
HOZIRGI O'ZBEK TILI KURS ISHI

Hamma bilan barcha olmoshlari qiyoslanganda, birinchisida ommaviylik, ikkinchisida rasmiylik xususiyatlari kuchli ekanligi maʼlum boʻladi. Shuning uchun barcha olmoshi, garchi boshqa uslublarda qoʻllanilsa ham, uning rasmiy uslubga moyilligi sezilib turadi. Insoniyat oilasining hamma aʼzolariga xos qadr-qimmat va ularning teng, ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligini eʼtiborga olib; aʼzo boʻlgan davlatlar BMT bilan hamkorlikda inson huquqlari va asosiy erkinliklarini yalpi hurmat qilish va unga rioya qilishga koʻmaklashish majburiyatini olganligini eʼtiborga olib… (Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi) kabi.

Boshqa uslublarga oid matnlar bilan qiyoslanganda yalpi ning toʻliq maʼnoda rasmiy uslubga xoslangani aniq boʻladi. Mabodo boshqa uslublarga tegishli matnlarda uchraganda ham u rasmiylik xususiyati bilan ishtirok etadi; Har bir inson yashash, erkin boʻlish va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir. Har bir inson qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻzining huquqli subyekt sifatida tan olinishiga haqli (Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi);



Bari olmoshi RU uchun xos emas. Har kim, har nima, har qaysi, har qancha, har qachon kabi olmoshlar haqida ham shuni aytish mumkin. Butun soʻzi rasmiy munosabatlardagi butun jahon, butun dunyo, butun olam, butun ittifoq kabi turgʻun birikmalar tarkibida keladi.

Boʻlishsizlik olmoshlari sanaladigan hech, hech kim, hech qaysi, hech qanday, hech qachon singari olmoshlarning qoʻllanilishi rasmiy munosabatlar mantiqiga zid kelmaydi. Chunki bu matnlar oldiga qoʻyiladigan aniqlik va bir maʼnolilik, keskinlik va qatʼiyat shu xususiyatlarni ifodalashga xizmat qiladigan olmoshlarni talab etadi. Boʻlishsizlik olmoshlarining aksariyat qismi esa ana shu vazifalarni uddalay oladi. Masalan:

-hech: Ushbu huquq va erkinliklarni amalga oshirish BMTning maqsad va printsiplariga hech zid boʻlmasligi kerak (Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi);

-hech kim: Hech kim asossiz qamalishi, ushlanishi yoki quvgʻin qilinishi mumkin emas. Hech kim oʻzboshimchalik bilan oʻz fuqaroligidan yoki oʻz fuqaroligini oʻzgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas (Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi).

hech bir: Mazkur moddaning hech bir qismi ayrim shaxslar va muassasalarning ushbu moddaning birinchi bandida bayon qilingan tamoyillarga ogʻishmay rioya etib… Barcha bolalar va oʻsmirlarga hech bir kamsitishsiz, oilaviy kelib chiqishi yoki boshqa belgilaridan qatʼi nazar alohida himoya choralari va yordam koʻrsatilishi shart (Xalqaro Pakt);

-hech qanday: Balogʻat yoshiga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati yoki diniy belgilari boʻyicha hech qanday cheklashlarsiz nikohdan oʻtishga va oila qurishga haqli (Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi) kabi.

Аmmo bu olmoshning hech nima, hech qancha, bir narsa kabi koʻrinishlari rasmiy munosabatlarda deyarli uchramaydi.

Gumon olmoshlari qoʻllanilishi rasmiy uslubga mos kelmaydi. Shuning uchun ularga deyarli murojaat qilinmaydi. Hech kim biror-bir uyushmaga kirishga majbur qilinishi mumkin emas singari gaplarda ham unda gumon maʼnosidan koʻra qatʼiyat xususiyati ustundir.

Shunday qilib, olmoshlarning aksariyat qismi rasmiy uslubga xoslanmagan. Аmmo ular rasmiy munosabatlarda oʻzbek tili lugʻat tarkibining aʼzosi sifatida ishtirok etadi va oʻzining lingvistik tabiatidan kelib chiqib maʼlum leksik-semantik va oʻrni bilan funksional-stilistik vazifani ado etadi8.


Download 70,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish