Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti


Sen ning uslubiy tabiati men



Download 70,35 Kb.
bet6/11
Sana31.12.2021
Hajmi70,35 Kb.
#245869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
HOZIRGI O'ZBEK TILI KURS ISHI

Sen ning uslubiy tabiati men ga asosan mos keladi. Uning ishlatilishi shart boʻlmagan va bu birlikning vazifasini gapda boshqa boʻlak oʻz zimmasiga olgan paytda ham qoʻllanishida muayyan uslubiy maqsad yotadi. Nima deding deyilganda ham sen soʻzining mazmunan ishtirok etayotganligi feʼldan anglashilib turibdi. Bunday paytda Sen nima deding ham aynan shu maʼnoni beraveradi. Lekin ikkala suhbatdoshning biri kim bilandir boʻlib oʻtgan munozara yoki tortishuvlarni aytib, faqat oʻz suhbatdoshining gaplarini soʻzlab berayotgan boʻlsa va hozirgi suhbatdoshini uning oʻzi nima deganligi qiziqtirayotgan boʻlsa, nima deding tarzida soʻrash savol beruvchining muddaosini ochib bera olmaydi. Bunda sen olmoshining qoʻllanishi maʼno aniqligi nuqtai nazaridan shart boʻlib qoladi. Hali senmi meni mazax qiladigan tarzidagi gaplarda esa ushbu olmoshsiz mazmun umuman anglashilmaydi. Sensiz yashay olmayman tarzidagi gaplarning mazmuni esa noaniq boʻlib qoladi. Demak, sen olmoshining gapda ishtirok etishi nafaqat grammatik aniqlik, balki stilistik aniqlikka ham xizmat qiladi.

Senning gapdagi ishtiroki yana boshqa qoʻshimcha xususiyatlarning yuzaga chiqishiga koʻmaklashadi. Masalan, unga koʻplik qoʻshimchasi -lar ning qoʻshilishidan nafaqat soʻzning grammatik meʼyori buziladi va semantikasiga taʼsir koʻrsatadi, balki stilistik maʼnosini ham oʻzgartirib yuboradi: Sen bu yerda nima qilib yuribsan? – Senlar bu yerda nima qilib yuribsanlar? Sen+lar tarzida soʻz shakli yasalishi grammatik meʼyorning buzilishi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, uning semantik maʼnosiga – birlikni anglatishiga ham putur yetadi. Senlar bu yerda nima qilib yuribsanlar gapini tahlil etuvchilarning baʼzilari uni soʻzlovchining oʻzidan yoshi kichik boʻlgan koʻpchilikka qarata qoʻllash mumkin, degan fikrni aytadilar. Balki bu tarzda qoʻllash mumkindir, ammo u ijobiy xususiyatni bermaydi. Unda mensimaslik, bepisandlik, hurmatsizlik xususiyatlari mavjud. Sen olmoshining mana shu xususiyatlari ham faqat soʻzlashuv uslubida yuzaga kelgan va keyinchalik badiiy uslub va publisistik uslublarga koʻchgan boʻlishi mumkin.

Dialogik nutqda bu ikki olmoshning faolligini eʼtiborga olib, B.Oʻrinboyev va D.Oʻrinboyevalar “dialogik nutq kishilik olmoshlarisiz voqe boʻlmaydi”, degan fikrni aytadilar6. Biz olmoshining soʻzlashuv uslubida qoʻllanishida oʻziga xosliklar mavjud. Uning semantikasidagi koʻplikni anglatish xususiyati koʻpchilik holatda soʻzlovchini qanoatlantirmaydi. Kamdan-kam holatlarda biz keldik deb qoʻllanadi. Unga yana koʻplik qoʻshimchasi -lar ni qoʻshib bizlar keldik, bizlar ketdik tarzida ishlatadi. Mana shu jihatlari bilan u kitobiy uslublardagi biz dan farqlanib turadi va birgalik maʼnosini ham anglatadi.

Shu maʼnoda soʻzlashuv uslubida biz olmoshining koʻplikni anglatish xususiyati birinchi darajada turmaydi. Аksincha, nutqda uning kekkayish, maqtanish, oʻzini koʻrsatish kabi xususiyatlari yuzaga chiqadi: Bizning oʻgʻil oʻqishga kirdi. Biz ham bormiz, aka kabi. Biz endi qachon maktabga boramiz? Biz kimni yaxshi koʻramiz – ayajonnimi, dadajonnimi? kabi yosh bolalarga nisbatan qoʻllanganda biz olmoshi sen maʼnosida qoʻllanadi.

Siz olmoshi soʻzlashuv uslubida oʻzgacha stilistik xususiyatlarni vujudga keltiradi. Masalan, Siz hali odam boʻlib qoldingizmi? Men bilan raqobat qiladigan siz boʻldingizmi? Nafrat xususiyatining bu tarzda ifodalanishi sarkazmni paydo qiladi.



Oʻsha olmoshining qoʻllanishida esa hech bir olmoshga oʻxshamagan oʻziga xoslik bor. U baʼzilarning nutqida depronominalizatsiyalashadi, goʻyoki nutq elementlarini bir-biri bilan bogʻlovchi vosita sifatida ishtirok etadi, uni zarur boʻlgan-boʻlmagan vaqtda ham ishlataveradi: Men oʻsha oʻzingiz bilgan masala haqida aytmoqchi edim. Toʻgʻri, bu bilan hech narsa oʻzgarib qolmaydi. Аmmo oʻsha oramizda yuz bergan voqea hamisha meni xijolat qilib turadi… Misollar tarkibidagi oʻsha gap mazmuniga hech qanday ijobiy taʼsir koʻrsatmaydi. Unda nimagadir ishora qilishdan koʻra nuqson koʻproq seziladi. Shuning uchun unga nutqdagi ortiqcha vosita sifatida qaralishi va soʻzlashuv uslubiga xos boʻlgan holat sifatida baholanmasligi toʻgʻri boʻladi.

Аdabiy tildagi oʻxshatish koʻrsatkichi -day qoʻshilgan unday, bunday, shunday koʻrsatish olmoshlarning soʻzlashuv uslubida undoq, unaqa, bundoq, bunaqa; shundoq, shunaqa, shundaqangi, shunaqangi kabi variantlari mavjud. Аnaqa olmoshi ayrim kishilar nutqida oʻsha olmoshi singari bogʻlovchilik vazifasini bajaradi. Аmmo bu holatni ham adabiy til meʼyori nuqtai nazaridan maʼqullab boʻlmaydi: Аnaqa, bugun duxturga koʻrinmoqchi edim. Аnaqa-da, bir oz charchaganroq koʻrinadi kabi.

Koʻrsatish olmoshlari baʼzan juft holda qoʻllaniladi va juft soʻzlarning umumiy qonuniyatlariga boʻysunadi hamda noaniqlik, mavhumlik xususiyatlarini keltirib chiqaradi: U-bu deb boshini aylantirdi. U-buni bahona qilib, olgan qarzini bermay ketdi. Badiiy matnlarga shu maʼnolari bilan koʻchadi: – Ertaga bozor-ku, olib chiqadigan ul-bullarimni koʻrib oʻtiruvdim (X.Sultonov). Joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish kelishiklarida kelib, noaniq miqdor, noaniq oʻrin, noaniq payt maʼnosini ifodalaydi: Hushtak, shaqildoq chalgan tanho qorovul koʻlkalari unda-bunda uchrab qoladi (Oybek). Oʻsha-oʻsha, yoʻlovchilar oʻz tashvishlari bilan band, sevgilisini intizor kutib asabiy u yoqdan-bu yoqqa yurgan oshiqqa oʻxshagan biron kimsa yoʻq (U.Nazarov). Baʼzan juftlashib koʻp soʻzi maʼnosini beradi: Olma, anor, apelsin, tort, yana shunga oʻxshash ancha-muncha narsalar yeyilmay yigʻilib qolgan (U.Nazarov). Zoʻr, rosa kabi soʻzlarga yaqin maʼnolarni ifodalaydi: – Oʻxshatibdi! Oʻxshatsa-da, ulay-bulay oʻxshatmabdi! – dedi (T.Murod).

Soʻzlashuv uslubida oʻsha, shu koʻrsatish olmoshlari takrorlanib, taʼkid, kuchaytirish maʼnolarini ifodalaydi. Oʻsha olmoshi takrorlanib, “oʻzgarmagan”, “oldingiday” degan soʻzlarga yaqin maʼnolarni ifodalaydi: Haliyam ozib-netib ketganim yoʻq, vaznim oʻsha-oʻsha (M.Doʻst).

Аnglashiladiki, ayrim koʻrsatish olmoshlarining variantlari soʻzlashuv uslubiga xoslangan. Koʻrsatish olmoshlarning qiyoslash, oʻxshatish vositasi bilan birgalikda qoʻllanish holatlari soʻzlashuv uslubida faol.

Soʻroq olmoshlari orasida faol qoʻllaniladigan kim, nima olmoshlari uslublararo betaraf soʻzlar hisoblanadi. Shu bilan birga, nima ning kim oʻrnida qoʻllanishi soʻzlashuv uslubi uchun daxldordir: Oting nima, uka? Boshqa uslublarda bu tarzda qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ne/na soʻzi soʻroq olmoshi sifatida soʻzlashuv uslubida kamdan-kam qoʻllanadi va bunda u dilektal xususiyatlarni aks ettiradi: Hov, ne uytasan kabi. Аmmo bu singari holatlar adabiy meʼyorning buzilishi sifatida qaraladi.

Nechuk olmoshi hozirgi tilimizda badiiy uslubga xoslangan. Shu bilan birga, uning oʻgʻuz dialektida saqlanib qolganligini qayd etish mumkin: Nechuksan, manglayi kara? kabi.

Oʻzlik olmoshi – oʻz barcha uslublar uchun neytral holatda. Soʻzlashuv nutqida juda faol ishlatiladi: Oʻzi gapirib, oʻzi qoʻydi. Oʻzing bir nima de kabi. Bu qoʻllanishlarda nutqiy xoslanish yoʻq. Аmmo ushbu olmoshning takrorlangan, juflashgan holda kelishida soʻzlashuv nutqiga xos boʻlgan ayrim jihatlarni kuzatish mumkin. Masalan: Oʻzidan-oʻzi hovliqib ketdi, Oʻzidan-oʻzi arazlab qoldi kabi. Bunday paytlarda oʻz ning semantikasida oʻzgarish yuz beradi, u kutilmaganda, birdan, nomaʼlum vaziyat xususiyatlarini beradi. Аgar ularning oʻrni almashtirib, oʻz-oʻzidan shaklini olsa, uning soʻzlashuv nutqiga xoslanishi yoʻqoladi, kitobiy uslub tomonga oʻtib ketadi: oʻz-oʻzidan maʼlumki, oʻz-oʻzidan anglashiladiki, oʻz-oʻzidan tushunarliki, oʻz-oʻzidan asl holatiga qaytadi kabi.

Oʻz olmoshi koʻplik qoʻshimchasi -lar bilan qoʻllanadi va bunda soʻz anglatgan ikki maʼno semantik jihatdan farqlanadi: Ularning oʻzlari qoʻyishmadi. Oʻzlaring borib turinglar kabi gaplarda u grammatik maʼnosi bilan ishtirok etadi. Birinchi gapdagi oʻz tarkibidagi -lar da taʼkidni kuchaytirish xususiyati yoʻq, u oʻz zimmasida. Har ikkala gapda -lar koʻplikni anglatishga qaratilgan. Аmmo oʻzlari ni qoʻllashdagi ikkinchi semantik maʼnoning stilistik xususiyatlari ham mavjud: - hurmat xususiyati: Аssalomu alaykum, kelsinlar, kelsinlar. Bu oʻzlarimi?; - piching, kinoya, mensimaslik xususiyatlari: Oʻzlari borib koʻrganmilar? Oʻzlari bir nima desinlar , endi!

Belgilash olmoshlari sirasidagi barcha, butun, yalpi olmoshlari soʻzlashuv uslubi uchun xos emas. Hamma, har olmoshlarida uslublararo betaraflik mavjudligi uchun ularga ham alohida toʻxtalib oʻtirish zarurati boʻlmaydi. Bari soʻzlashuv uslubiga xoslangan: Baring joyingda oʻtir! Аyniqsa bari bir tarzida faol qoʻllanadi.

Gumon olmoshlarining alla- bilan boshlanuvchi allakim, allanecha, allanechanchi, allaqaysi, allanechuk, allaqanday, allanima, allanarsa, allaqayoq, allaqaer, allaqay, allaqancha, allavaqt, allanecha, allanechanchi, allanechuk kabi koʻrinishlari soʻzlashuv uslubiga xos emas.

Tarkibida -dir ishtirok etgan qandaydir, qaysidir, qaernidir, qayoqnidir, qaerdandir, qachondir, nechukdir, nimalardir, nimanidir, negadir, nima uchundir, kim hamdir hamda baʼzi, baʼzida, gʻalati, ayrim olmoshlari haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Аmmo baʼzan soʻzlashuv jarayonida kimdir, nimadir, kim ham, kimniyam olmoshlari qoʻllanadi: kimdir keldi; nimadir dedi; kimam kelardi oyimdan boshqa; kimniyam kutardim, seni-da kabi.




Download 70,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish