O’quv qo’llanma
88
bildiradi va bunday qonni bemorga quyish mumkin emas. Probirkadagi
suyuqlikning bir tekisda ranglanishi, agglyutinatsiyaning yo’qligi esa
donor va retsipiyentlar qonining rezus-mansublik bo’yicha o‘zaro
muvofiqligini bildiradi.
10%li jelatin jelatin yordamida sinama o’tkazish.
Probirkaga
oldindan
fiziologik eritma bilan yuvilgan donor eritrositlaridan 1 tomchi
solinadi. So’ngra suyuqlangunicha isitilgan 10%li jelatinadan 2 tomchi va
retsipiyent qonidan 2 tomchi tomiziladi.
Probirka ichidagi suyuqlik
aralashtirilib, 46-48°C haroratda suv bug’i yordamida 10 minut davomida
isitiladi. So’ngra probirkaga 6-8 ml fiziologik eritma qo’shilib, probirkani
1-2 marta aylantirib aralashtiriladi va natijasi baholanadi: bunda
agglutinatsiyaning mavjudligi donor va retsipiyent qonining o‘zaro
nomuvofiqligini bildiradi va shunga ko‘ra bu qonini quyish mumkin
emas. Shuningdek, suyuqlikning bir tekisda ranglanishi, agglyutinatsiya-
ning yo‘qligi donor va retsipiyentlar qonining rezus- mansublik bo‘yicha
o‘zaro muvofiqligini bildiradi. Natija yanada ishonarli bo‘lish
uchun
tekshirish jarayonini mikroskopda nazorat qilib turish tavsiya etiladi.
Donor va retsipiyent qonining ABO tizimi va rezus-mansublik
bo‘yicha o’zaro muvofiqligi qayd etilsada,
qon quyishni keyingi
bosqichga o’tish mumkin, biroq ayrim retsipiyentlarda (organizmida
notoliq yashirin yoki blokirovka qiluvchi antitanachalar mavjudligi yoki
immun antitanachalar faolligining sust bo’lishi) yuqoridagi sinamalarda
nomuvofiqlikni ko’rsatmaydi. Bunday hollarda donor qonining individual
tanlash o’tkaziladi.
Donor qonini individual tanlash quyidagi guruhga kiruvchi
retsipiyentlarga zarur:
1. Muqaddam o’tkazilgan gemotransfuziya yoki izoimmunizatsiya
aniqlangan homiladorlik.
2. Posttransfuzion asoratlarini boshidan kechirganlar.
3. Salmoqli miqdorda gemotransfuziyaga muhtojlar.
4. Oddiy usullar bilan qonning muvofiqligini aniqlashga mos
keluvchi qonni topish imkoni bo‘lmaganda.
Individual tanlov maxsus laboratoriyalarda o’tkaziladi
va buning
uchun alohida texnik ta’minot zarur bo‘ladi. Bunda muvofiqlikni
aniqlashga qaratilgan yanada sezuvchan usullardan (tuzli muhitda
agglutinatsiya
reaksiyasi, Kumbs bilvosita sinamasi tekshiruvi, jelatin
vositasida muvofiqlikni aniqlash sinamasi tekshiruvi) foydalaniladi.
K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
89
Individual tanlangan qon transfuziyasini o’tkazayotgan
shifokor
yuqorida keltirilgan barcha nazorat tekshiruvlarini, shu jumladan
individual muvofiqlik sinamasini ham o‘tkazib ko‘rishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: