Samarqand davlat tibbiyot instituti


Qonni quyishda shifokorning vazifalari



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

Qonni quyishda shifokorning vazifalari

Qon quyish jarayonida 
shifokor quyidagi vazifalarni amalga oshirishi lozim: 
1. Gemotransfuziyani o’tkazishga ko’rsatmalarni, qarshi ko’rsatma-
larni aniqlash va transfusiya anamnezi ma’lumotlarini yig’ish; 
2. Retsipiyentning qon guruhi va rezus-mansubligini aniqlash; 


K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
85 
3. Retsipiyentga tegishli qonni (bir guruhli va bir rezusli) tanlash va 
uning yaroqliligini makroskopik baholash; 
4. Donor qon guruhini (gemokonteynerdagi) ABO tizimi bo’yicha 
qaytadan tekshirish
5. ABO tizimi bo'yicha individual moslikka sinama o‘tkazish; 
6. Rezus-mansublik bo’yicha individual moslik sinamasini 
o'tkazish; 
7. Biologik sinama o’kazish; 
8. Gemotransfuziyani amalga oshirish; 
9. Tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish; 
10. Gemotransfuziyadan keyin bemor ahvolini nazorat qilish. 
Gemotransfuziyaga ko’rsatmalar va qarshi ko’rsatmalarni aniqlash, 
ABO tizimi va rezus-mansublik bo’yicha qon guruhini, rezus-
mansublikni aniqlash yuqorida keltirilgan umumiy qoidalarga muvofiq 
amalga oshiriladi. 
Transfuziya anamnezi ma’lumotlarini yig’ish

Bunda bemorning 
o‘zidan qon guruhi va rezus-mansubligini bilish-bilmasligini (qo‘shimcha 
ma’lumot sifatida foydalaniladi), unga muqaddam qon va uning tarkibiy 
qismlari quyilgan-quyilmaganligi, quyilgan bo’lsa, bunda asoratlar kelib 
chiqqan yoki yo‘qligi aniqlab olinadi. Ayollarda homiladorlik davrida va 
ularda asoratlar bo’lgan yoki bo’lmaganligi (ayniqsa rezus-manfiy 
ayollardan) aniqlanadi. 
6. Qonning yaroqliligini makroskopik baholash 
Gemotransfuziya o’tkazayotgan shifokor transfuziya vositasini 
quyishga yaroqli ekanligini baholash lozim. Buning uchun qon yoki uning 
tarkibiy qismlari saqlanayotgan shisha yoki paket ko’zdan kechiriladi. 
Ko‘zdan kechirishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim: 

pasportlashtirish hujjatlarining to‘g’riligi (qon va uning tarkibiy 
qismlari saqlanayotgan shishada raqami, tayyorlangan sanasi, guruh va 
rezus-mansubligi, undagi konservantni nomlanishi, donorning familiyasi 
va ismi, otasini ismini bosh harflari, tayyorlovchi muassasani nomlanishi, 
shifokor imzosi bilan bog'liq belgilarga e’tiborni qaratishi lozim); 

yaroqlilik 
muddati. 
Muqaddam 
konservant 
sifatida 
glyugitsirdan foydalanilganida faqat qonni tayyorlash sanasi ko’rsatilib, 
bunda qonni u tayyorlanganidan keyingi 21 kun ichida quyish mumkin 
bo’lgan. Oxirgi paytlarda yangi konservantlardan foydalanish ushbu 


O’quv qo’llanma 
86 
muddatni uzaytirish (maksimum 35 kungacha) imkonini berdi. Shuning 
uchun hozirgi vaqtda yorliqda tayyorlangan sanasi bilan birgalikda uning 
yaroqlilik muddati ham ko‘rsatiladi; 

gemokonteynerning germetik yopiqligi, hatto eng ahamiyatsiz 
buzilishiga, shu jumladan gemokonteynerning yoki flakon qopqog‘ining 
igna bilan teshilganligiga ham yo‘l qo‘yib bo’lmaydi; 

qon uchta qavatga ajratilgan bo‘lishi lozim (pastda qizil 
eritrositlar, o‘rtada - ingichka kulrang leykosit va trombositlar chizig‘i, 
eng tepada esa tiniq sariq plazma). Bunday uch qavatlik faqat shisha 
idishlarda saqlanayotgan yaxlit qonlar uchun xos; 

plazma tiniq bo'lishi, unda turli pardalar va donachalar (qonga 
infeksiya tushganligi belgisi), shuningdek quyqalanishlar va qizil rangga 
bo'yalgan (gemoliz) bo'lmasligi lozim. Plazmaning tiniq emasligi qon 
xillezligi (neytral yog‘lar miqdorining ko‘pligi) deb ataluvchi holat 
sababli bo‘lishi mumkin. Ushbu xillez qonni 37°C haroratgacha isitishda 
piazma tiniq va toza bo’lishi lozim (agarda qonga infeksiya tushgan 
bo’lsa, qon xira bo’lib qolaveradi). 
Agarda makroskopik baho berishda quyiladigan suyuqlik 
yuqoridagi talablardan hatto bittasiga javob bermasa ham bunday qonni 
quyish mumkin emas. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish