Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
530
fursat boy berilishi, natijasi yomon bo‘lishi mumkin.
Ko’p qon ketishi
(odatdagidan ko’p) yoki abortdan keyingi infeksiya xavflidir. Tez tib
-
biy yordamga murojaat qiling! Tibbiy yordam kelgunga qadar quy
-
idagilarni bajaring:
♦ Qon ketishni to‘xtatishga harakat qiling. Bolaning tushib ketganidan
keyingi qon ketish xususida 19-bobda aytilgan yo‘l-yo‘riqlarga amal qiling.
Metilergometrin ukolini oling.
♦ Shokka qarshi davo qiling (10-bob).
♦ Agar infeksiya belgilari bo‘lsa, tug‘ruqdan keyingi isitma mahalidagidek
antibiotik bering, 19-bob.