K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
171
Plazma hujayra elementlaridan ajratilgan
qonning suyuq qismi
hisoblanadi. Plazmaning normal hajmi tananing umumiy og‘irligini 4%
ga
yaqinini
tashkil
qiladi
(40-45
ml/kg).
Plazma
tarkibi
sirkulyatsiyalanuvchi qonning va uning suyuq holatining normal hajmini
ushlab turadi. Plazma oqsillari uning kolloid – onkotik bosmini va
gidrostatik bosim bilan balansini belgilaydi; ular qonning ivish tizimi va
fibrinoliz holati muvozanatini ta’minlaydi. Bundan tashqari plazma
qonning kislota-ishqor muvozanati va elektrolitlar balansini ta’minlaydi.
Davolash
amaliyotida
yangi
muzlatilgan
nativ
plazma,
kriopretsipitat
va
plazma
preparatlari
qo‘llanadi:
albumin,
gammaglobulinlar,
qon ivish omillari, fiziologik antikoagulyantlar
(antitrombin III, C va S oqsillari), fibronolitik tizim tarkibiy qismlari
10.1. Plazmali koagulyasiya gemostaz korrektorlarining
ma’lumoti
.
Yangi muzlatilgan plazma deyilganda qon eksfuziyasidan keyin 4-
6 soat vaqt davomida eritrotsitlardan sentrifugalash yoki aferez usullari
bilan ajratilgan va -30
0
C darajagacha to‘liq muzlashini ta’minlovchi past
haroratli muzlatgichga bir soat oldin qo‘yilgan plazma tushuniladi.
Plazma tayyorlashning bunday tartibi uni uzoq muddat (1 yilgacha)
saqlanishini ta’minlaydi. Yangi muzaltilgan plazmada optimal
mutanosiblikda labil (V va VIII) va stabil qon ivishining omillari saqlanib
qoladi.
Agar plazmadan ajratish jarayonida
kriopretsipitat olib tashlansa,
plazmaning qolgan qismi plazma supernatanli fraksiyasi hisoblanadi
(kriosupernatant), qo‘llashga ko‘rsatmaga ega bo‘ladi.
Plazmadan suv ajratilgandan keyin unda umumiy oqsil
konsentratsiyasi, ivishning
plazmaga oid omillari, xususan IX faktor
sezilarli darajada ortadi – bunday plazma ―nativ konsentratsiyalangan
plazma deb ataladi.
Yangi muzlatilgan quyilayotgan plazma bir guruhli va ABO tizimi
bo‘yicha retsipiyent bilan mos bo‘lishi kerak. Antigenlar bo‘yicha rezus
tizimining
mos kelishi shart emas, chukni yangi muzaltilgan plazma
hujayrasiz muhitni namoyon etadi, shunga qaramasdan yangi muzlatilgan
plazmani ko‘p miqdorda quyishda (1 l.dan ko‘proq) rezus antigenlarning
bir nomda, individual moslik tekshiruvlari kabi bo‘lishi shart. Minor
eritrotsitar antigenlar bo‘yicha mutanosiblik talab qilinmaydi.
Yangi
muzlatilgan
plazma
sifatining
quyidagi
standart
tamoyillariga mos kelishi maqsadga muvofiq: oqsil miqdori 60 g/l dan
O’quv qo’llanma
172
kam emas, gemoglobin miqdori 0,05 g/l.dan kamroq, kaliy miqdori 5
mmol/l.dan kamroq. Transaminazalar miqdori me’yor darajasida bo‘lishi
kerak. Zahm, B va C gepatitlari, OITS markerlariga tekshiruv natijalari –
manfiy.
Plazma eritilgandan keyin bir
soat ichida ishlatilishi kerak,
plazmani qaytadan muzlatib bo‘lmaydi. Shoshilinch holatlarda yangi
muzlatilgan bir guruhdagi plazma yo‘qligida har qanday qon guruhli
retsipiyentga AB (IV) guruhidagi plazma quyilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: