K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
169
transfuziolog kasallik tarixida gemodilyutsiya o‘tkazilishining zarurligini
asoslashi kerak. Operatsiyadan oldingi gemodilyutsiyani transfuziolog
yoki maxsus tayyorlangan shifokor o‘tkazadi.
Muolaja boshlanishidan
oldin bevosita AB, puls, gemoglobin va gematokrit miqdori o‘lchanadi va
qayd etiladi. Ikkita vena belgilanadi – bittasi eksfuziya uchun, boshqasi
to‘ldirish uchun. Ikkinchi vena punksiyasining imkoni bo‘lmaganida
eksfuziya va to‘ldirish navbatma-navbat bajariladi.
Qonning eksfuziyalangan hajmi tuzli eritmalar bilan (har bir
olingan ml.qonga 3 ml) yoki kolloidlar bilan (har bir yig‘ilgan ml.qon
uchun 1 ml.) to‘ldiriladi. Olingan qonning miqdori o‘zgaradi, lekin
gemoglobinning gemodilyutsiyadan keyingi miqdori 90-100 g/l.dan kam
bo‘lmasligi kerak, gematokrit miqdori esa 28% dan kam bo‘lmasligi
kerak. Qon tarkibida gemokonservant bo‘lgan standart plastik
konteynerlarga yig‘iladi. Gemodilyutsiya bayonnomasi olib boriladi,
unda bemorning holati,
eksfuziya qilingan qon hajmi, to‘ldirish hajmi,
gemodinamika holati, muolajaning boshlanish va tugash vaqti qayd
etiladi.
Toza konservatsiyalangan autoqonli konteyner o‘ta puxta
markalanadi: kun, soat, bemorning familiyasi, tarkib nomi, agar
konteynerlar bir nechta bo‘lsa, unda ularning tartib raqami. Eksfuziya va
reinfuziya orasidagi interval 6 soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak; aks holda
konteynerlar qon bilan 4
0
C li muzlatgichga joylashtirilishi kerak.
Operatsiyadan
oldin
gemodilyutsiyani
o‘tkazishda
toza
konservatsiyalangan autoqon bo‘lgan konteynerlar operatsiya xonasidan
olib chiqilmaydi.
Toza konservatsiyalangan autoqonni quyish, qoidada ko‘p yo‘qotish
bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiya
bosqichichdan keyin boshlanadi, oxirida
tayyorlangan autoqon dozasi birinchi quyiladi. Autoqon quyish uchun
filtrli standart tizim orqali quyiladi.
Normovolemik gemodilyutsiya bemorni narkoz holatigacha yoki
narkoz berilgandan keyin operatsiya boshlanguncha amalga oshiriladi.
Ohirgi holatda autoqon oksigenatsiyalanib olinadi, chunki o‘pkani narkoz
paytida mo‘tadil giperventilyasiya tartibida sun’iy ventilatsiyalash
venadagi qonda kislorod tarkibini ortishiga olib keladi. Asosiy narkoz va
operatsiya paytida a’zolarning adekvat perfuziyasini ta’minlovchi
normovolemiya va to‘qimalar normal oksigenatsiyasini
quvvatlash
maqsadida qondagi gaz, har soatdagi diurez, gemodinamik ko‘rsatkichlar
nazorati zarur.
O’quv qo’llanma
170
Gipervolemik gemodilyutsiya normovelemik tamoyillari kabi
o‘tkaziladi, lekin bunda eksfuziyasiyalangan autoqonni o‘rnini bosish
uchun gidrooksietilkraxmal yoki 5-10 % li albumin eritmasidan
foydalanib, gematokritning miqdorini 23-25 % chegarada ushlab turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: