K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
167
Qonning har bir dozali donatsiyasi temir zahirasini 200 mg (taxminan, 1
ml eritrotsitga 1 mg)ga kamaytiradi. Temir preparatlarini qabul qilish
birinchi qon topshirishgacha boshlanadi. Bir qator holatlarda eritrotsitlar
hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun bir vaqtda eritropoetinni buyurish
maqsadga muvofiq. Temir preparatlari va eritropoetinni autodonorga
buyurish davolovchi shifokor bilan kelishilgan holda bo‘lishi kerak.
Autoqon yoki uning tarkibiy qismlarini saqlash qonning gomologik
tarkibini saqlash qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Infeksiyaning har qanday o‘choqlari (avvaldan sanatsiya zarur)
yoki bakteriemiyalar aniqlangan shaxslar, noturg‘un stenokardiya, aorta
stenozi, o‘roqsimon hujayrali anemiya
aniqlanganda autodonorlikka
ruxsat berilmaydi. Trombotsitopeniya aniqlanganda (trombotsitlar
miqdori 100x10
9
/l/l.dan kam) ham autodonorlikka ruxsat bermaslikka
asos bo‘ladi.
Autoretsipiyentning OITS, “B” va “C” virusli gepatit va zahmga
serologik testining musbat ko‘rsatkichi autodonorlikda foydalanishga
qarshi ko‘rsatma hisoblanadi va u autoqon olishgacha amalga oshiriladi.
Qon tarkibiy qismlarini tayyorlashni o‘tkazishda reaksiyalarning
takroriyligi umumiy donorlik amaliyotiga o‘xshash
va hamma
donatsiyalashning 2 dan 5 % gachasini tashkil qiladi. Vaqtinchalik qon
yo‘qotishda vazovagal reaksiyalar eng ko‘p uchraydi (hushsizlik, bosh
aylanishi. Yurak ritmining buzilishi, sistolik arterial bosimning keskin
bo‘lmagan pasayishi). Autodonorlarda qon eksfuziyasi o‘tkaziladigan
xona ehtimoliy shoshilinch terapiya tadbirlarini o‘tkazish uchun
jihozlangan bo‘lishi, xodimlar esa – tegishli tarzda tayyorlangan bo‘lishi
kerak.
Allogen qon tarkibini qo‘llash
holatida, ayniqsa, agar qonning
donor va autodonor tarkibi qo‘llansa, qonning tarkibiy qismida autologiya
eritrotsit bo‘lgan dastlabki transfuziya nazorati, ularning retsipiyent bilan
mosligi va biologik tekshiruvlarni o‘tkazish bevosita transfuziya
vositasini quyuvchi shifokorga yuklanadi.
Umuman olganda, autoqon yoki uning tarkibiy qismlari bemorning
ahvolini operatsiyagacha yomonlashtirmasligi kerak.
Ko‘p holatlarda autodonorlik dasturi toza konservatsiyalangan
autologiya qon va autoeritrotsitar massasi yoki suyuqlikni yig‘ish, qisqa
muddatli saqlash va quyishni nazarda tutadi. SHu bilan birga plazma,
trombotsitlarning autodonorligi ehtimoli
ham eьtibordan chetta
qoldirilmaydi.
O’quv qo’llanma
168
Autologiya qondan olingan yangi muzlatilgan autoplazma
terapevtik qiymat miqdorlarida tayyorlanishi mumkin (500-1000 ml) va
akusherlikda og‘ir keservo kesishlarida, yurak-qon tomir jarrohligida va
ortopediyada muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin.
Trombotsitlarning autologiya konsentranti va yangi muzlatilgan
autoplazma
operatsiyadan
keyingi
davrda
trombotsitopeniya
kuzatiladigan yurak-qon tomir jarrohligida sun’iy qon aylanishili
operatsiyalarda qo‘llanilishi mumkin. Operatsiyadan 3-5 kun oldin
tayyorlangan autotrombotsit konsentrat xona haroratida (20-24
0
S) doimiy
aralashtirib turilgan holatda saqlanadi va operatsiya vaqtida yoki birdan
operatsiyadan
keyin quyiladi, bu operatsiyadan keyingi qon yo‘qotish
hajmini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: