O’quv qo’llanma
162
8. Pediatriyada eritrositlar massasini transfuziyasini
asoslari.
Qonning eritrosit saqlovchi tarkibiy qismlarini quyish pediatriyada
farqlanmaydi, yangi tug’ilgan chaqaloqlardan tashqari katta odamlarniki
bilan bir xil. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar faqatgina kattalardan emas, yosh
bolalardan ham quyidagi belgilari bilan farq qiladi:
-
to‘qimalarining
gipovolemiyaga
yuqori
sezuvchanligi,
anoksiyalar va gipotermiya holati;
-
qonning asosiy formulalari: AQH - 85 ml/kg; gematokrit - 45-
60%; eritrositlar miqdori - 4,0-5,6xl0
12
/l; fiziologik xususiyatlarining
ko’rsatkichlarining oshishi;
-
fetal gemoglobin ko'rsatkichi (60-80%) kislorodga bo’lgan
talabni oshiradi va to‘qimalarga berishni kamaytiradi.
Bir qancha plazma omillari qon ivishining fiziologik sabablari
tug‘ilgan vaqtda past darajada turadi (II, VII, X), shunda boshqa
omillardek (I, V, VIII, XIII) trombosit darajasi katta odamlarnikidek
ko’rsatkichda bo‘ladi.
Shuni aytish kerakki, yosh bolalar uchun immunosupressiya
xarakterlidir.
Qon quyish muolajasi yangi tug‘ilgan bolalarda gematokrit
ko‘rsatkichini 40%da ushlab turish operativ davolashda bolalardagi og‘ir
yurak o‘pka patalogiyalari; yurak o‘pka patologiyasida gematokrit
ko‘rsatkich 30%dan yuqori bo‘lishi kerak, yengil jarrohlik
operatsiyalarida yosh bolalarda gematokrit 25%dan kam bo‘lmasligi
kerak.
To‘rt oylik bolalar uchun qon transfuziyasi operatsiya oldi
anemiyasida (gemoglobin 130 gr/1 dan kam) va operatsiya vaqtida qon
yo'qotishda (15% AQH) operatsiyadan keyin gemoglobin 80 gr/1 dan
kamroq va klinik xarakterli anemik sindromda quyiladi. Bundan tashqari,
qonning eritrosit saqlovchi tarkibiy qismlari ko‘rsatilgan kuchli qon
ketishida, ko‘p miqdorda tuzli eritmalar quyishda yoki kolloidlar va
davomiy gipovolemiya paydo bo‘lganda quyiladi.
Qon quyishda og‘ir o‘pka kasalliklarida gemoglobin miqdori 110
gr/1 bo‘lganda sun'iy ventilatsiya talab qilinadi. Surunkali anemiyada qon
quyish gemoglobin miqdori 80 gr/1, patologik terapiyada yoki
gemoglobin miqdori 80 gr/1 va klinik anemiya paydo bo‘lishida ham
shunday miqdorda bo‘ladi.
K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
163
Chaqaloqlarda transfuziya o‘tkazishning fiziologik farqlari:
-
hamma transfuziyalar ко‘rib chiqiladi, gipotermiyaga yuqori
sezuvchanligi, qonning ionli tarkibi, kislota-ishqor muvozanatidagi
tebranish hisobga olinadi. Shuning uchun transfuziya chaqaloqlarda qattiq
nazorat ostida o‘tkazilishi kerak;
-
eritrositlar quyish tezligi 2-5 mg/kg tana massasi 1 soatda
gemodinamika va nafas olish ko‘rsatkichlari nazorat ostida;
-
tez transfuziya qilishda eritrosit saqlovchi gemokomponentni
isitish (0,5 ml/kg tana massasi minut ichida). Ba’zida isitish qiyin kechadi
va gipotermiyaga sabab bo‘ladi, sababi sovuq eritrositar massa quyilgan;
-
kuchli qon ketishda AQH defitsiti 15%dan oshganda eritrositlar
saqlovchi tarkibiy qismlarni quyishda gipovolemiyaning oldini olish
uchun 5%li albumin eritmasini vaznga nisbatan 20 ml/kg miqdorida
quyish kerak;
-
donor
eritrositlarini
quyishda
konservatsiyalash
uchun
antikoagulantlarning tipi katta ahamiyatga ega. Chaqaloqning yetilmagan
jigari sitratni juda sust metobilizatsiyalaydi. Sitrat intoksikatsiyalari,
alkogolizm oqibatida paydo bo‘ladi, bunda plazmada karbonatlar
konsentratsiyasi ostlib ketadi. Qondagi yaxshi коnservant bo‘lib geparin
hisoblanadi, ayniqsa chala tug‘ilgan chaqaloqlarda va yangi
tug‘ilganlarda;
-
donor tarkibiy qismlariga kelganda shuni bilish kerakki, ona
donor plazmasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eritrositlariga qarshi
alloimmun antanacha bor. Ota eritrositlarida esa yangi tug’ilgan
chaqaloqlar qonida antigenga qarshi antitanacha bo’lishi mumkin.
Eritrositlar ona qonidan yo’ldosh orqali o‘tadi;
-
homiladorlik davrida yoki chala tug‘ilgan chaqaloqlarga
radiaktiv usulida leykositlardan tozalangan eritrositar massasini manfiy
sitomegavirusli quyish mumkin;
Chaqaloqlarga eritrositar va trombositar massani quyish uchun:
-
ABO tizimi bo’yicha qon guruhini aniqlash;
-
ABO test sinamasi faqat retsipiyent eritrositlari bilan olib
boriladi;
-
bolalarda anti-A va anti-B reagentlarida agglutininni aniqlash.
4-jadvalda 4 oygacha bo’lgan bolalarda qon va eritrositlar massasini
ABO tizimi bo‘yicha quyish keltirilgan. Agar yangi tug‘ilgan bolalarda
qon guruhini ABO tizimi bo‘yicha aniqlash qiyinchilik tug‘dirsa,
O’quv qo’llanma
164
onasining O(I) guruhli qon zardobini, onasi bo‘lmagan taqdirda O(I)
guruhli eritrositar massani quyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |